Ringer
Ringer chiqarilish shakllari



Ringer haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RINGER
RINGER
Preparatning savdo nomi: Ringer
Ta‘sir etuvchi moddalari (XPN): natriy xloridi, kaliy xloridi, kalsiy xloridi digidrati.
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritmada quyidagilar saqlanadi:
faol moddalar: natriy xloridi – 8,6 mg, kalsiy xloridi digidrati – 0,33 mg, kaliy xloridi – 0,3 g;
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.
ATX kodi: V05VV
Farmakologik xususiyatlari
Ringer eritmasi yo‘qotilgan ekstrasellyular suyuqlikning va asosiy elektrolitlar (natriy, kaliy, kalsiy) va xloridlarning o‘rnini to‘ldiradi.
Regidratasiyalovchi va dezintoksikasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Aylanayotgan qon hajmini to‘ldiruvchi vosita sifatida qo‘llanganida, qon tomir xavzasidan tashqaridagi bo‘shliqqa tez chiqishi sababli, samarasi faqat 30-40 minut davomida saqlanadi (shuning uchun eritma aylanayotgan qon hajmini faqat qisqa muddatli to‘ldirish uchun yaroqlidir). Siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Eritrositlar o‘rnini to‘ldirishning zarurati bo‘lmagan hollarda plazma o‘rnini bosuvchi vosita sifatida: shok, kollaps, kuyish, davomli qayt qilish va diareyada qo‘llanadi. Preparat turli genezli degidratasiyada, giponatriemiyada, gipovolemik shokda (yordamchi davolash sifatida), suyuqlikni yo‘qotilishi bilan bog‘lik bo‘lgan metabolik alkalozda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritma faqat vena ichiga (v/i) yuborish uchun mo‘ljallangan.
Doza pasientning yoshiga, tana vazniga, klinik holatiga va laborator ko‘rsatkichlariga qarab, shifokor tomonidan buyuriladi. V/i tomchilab sutkada 500 ml dan 1000 ml gacha yuboriladi, yuborishning o‘rtacha tezligi tana vazniga – 3,0 ml/kg yoki minutiga 70 tomchini yoki soatiga 250 ml ni tashkil qiladi.
Eritmani buyurish, har bir pasient uchun suyuqlikni tutib turuvchi yoki ehtiyojini o‘rnini bosuvchi hajmini nazarda tutilgani hisobiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Umumiy sutkalik doza tana vaznining 2-6% ni tashkil qiladi.
Parenteral preparatlarni ishlatishdan avval zarrachalar borligini tekshirish va rangini o‘zgarishishini vizual tekshirish lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Suyuqlikning katta hajmi yuborilganda asidoz rivojlanishi mumkin.
Noadekvat yuqori dozada suv-elektrolit balansi buzilishi, shu jumladan gipovolemiya, gipernatriemiya, giperkaliemiya, giperkalsiemiya, giperxloremiya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi;
- giperkaliemiya;
- oliguriya va anuriya;
- o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
- o‘pka shishi;
- miya shishi;
- giperkoagulyasiya;
- gipergidratasiya;
- tromboflebit;
- metabolik asidoz;
- giperkalsiemiya;
- yondosh davolash.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida organizmda natriyni tutilishi oshishi mumkin: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, androgenlar, anabolik gormonlar, estrogenlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar.
Kaliyni tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaliy preparatlari bilan qabul qilinganida giperkaliemiyani rivojlanish xavfi kuchayadi.
Yurak glikozidlari bilan majmuada qo‘llanganda, ularning zaharli samaralarining ehtimoli oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Katta hajmda tez yuborilgan hollarda kislota-ishqor muvozanatini va elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak. Qon rN ning o‘zgarishi kislotali bo‘lishi K+ – ionlarini qayta taqsimlanishiga olib keladi (rN ni pasayishi zardobda K+ – ionlarining miqdorini oshishiga olib keladi).
Uzoq muddat qo‘llanganida plazmadagi elektrolitlarning konsentrasiyasini va sutkalik diurezni nazorat qilish kerak.
Xlor ionlarining darajasini yuqoriligi tufayli, preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik davrida ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llangadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza sezilarli oshirib yuborilganida, asidoz va gipergidratasiya ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan butilkada (flakonlarda).
Saqlash sharoiti
Quruq. yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Degidratatsiya va elektrolitlar muvozanati buzilishi (3 va 4 darajali og'ir termik kuyishlarda, muzlashlarda, uzoq muddatli qusish va diareyada), o'tkir qon yo'qotish, o'tkir tarqalgan peritonit va ichak tutilishida suv-tuz balansini korrektsiya qilish, ichak oqmasi, o'tkir ichak infektsiyasi, gipovolemik shok, davolash plazmaferezi.
- Kontsentrlangan elektrolit eritmalarini suyultirish uchun ishlatiladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, gipernatriemiya, giperxloremiya, atsidoz, surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha III-IV funksional sinf), oliguriya, anuriya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, bosh miya shishi, giperkoagulyatsiya, gipervolemiya, tromboflebit, metabolik alkaloz, glyukokortikosteroidlar bilan yo‘ldosh davolash.
- Ehtiyotkorlik bilan
- Arterial gipertenziya, surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha I-II funksional sinf), ayniqsa operatsiyadan keyingi davrda yoki keksa yoshdagi bemorlarda; qon preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda yurak glikozidlarini olayotgan bemorlarga. Yengil va o‘rta darajadagi surunkali buyrak yetishmovchiligi. Jigar funksiyasining buzilishi.
- Homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida qo‘llanilishi
- Preparatni homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida qo‘llash imkoniyati bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shu munosabat bilan, preparatni homilador ayollarda faqat kutilayotgan foyda yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash kerak.
Tarkibi
- 1 l eritma saqlaydi:
- Ta'sir etuvchi moddalar:
- Natriy xlorid - 8,6 g
- Kaliy xlorid- 0,3 g
- Kaltsiy xloridi geksagidrati (suvsizga qayta hisoblanganda)- 0,25 g
- Yordamchi modda:
- In'ektsiya uchun suv - 1,0 l gacha
- 1 l da ion tarkibi:
- Natriy-ion - 147,2 mmol
- Kaliy-ion - 4,0 mmol
- Kaltsiy-ion - 2,25 mmol
- Xlorid-ion- 155,7 mmol
- Nazariy osmolyarlik: 309 mOsm/l.
Farmakodinamikasi
Рингер эритмаси йўқотилган экстрацеллюлар суюқликнинг ва асосий электролитлар (натрий, калий, кальций) ва хлоридларнинг ўрнини тўлдиради.
Регидратацияловчи ва дезинтоксикацияловчи таъсир кўрсатади.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Tuzli eritma, regidratatsiya vositasi. Ekstratsellyulyar suyuqlikdagi uchta eng muhim kationlar – Na+, K+, Ca2+ o'rnini to'ldirishni ta'minlaydi, metabolik atsidozni bir vaqtda korrektsiya qilish bilan suv balansi buzilishini qoplaydi; dezintoksikatsion va gemodinamikani tartibga soluvchi ta'sir ko'rsatadi. Preparat tarkibiga kiruvchi laktat metabolik jarayonlar natijasida bikarbonat anionlariga aylanadi, ular qon reaktsiyasini ishqoriy tomonga kuchsiz o'zgartiradi. Diurezni oshiradi, tuzli diuretiklar ta'sirini kuchaytiradi.
Nojo'ya ta'sirlar
- Gipergidratatsiya, giperkaliemiya, xloridli atsidoz, allergik reaktsiyalar.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Ҳомиладорлик даврида она учун кутиладиган фойда, ҳомила учун бўлган хавфдан устун бўлган ҳолларда қўлланилади.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Tiniq rangsiz suyuqlik
Maxsus ko‘rsatmalari
Katta hajmni tez yuborish hollarida kislota-asos holati (KAH) va elektrolitlar konsentratsiyasini nazorat qilish zarur. Qon pH o‘zgarishi (kislotalanish) kaliy ionlari (K+) qayta taqsimlanishiga olib keladi (pH pasayishi qon zardobida K+ miqdori oshishiga olib keladi).
Preparatning transportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri aniqlanmagan.
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
ta'riflanmagan
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Vena ichiga 2500 ml/sut gacha dozada, o'rtacha yuborish tezligi - 60 tomchi/daq, shoshilinch holatlarda - 100 tomchi/daq gacha yuboriladi. Dozani shifokor bemorning ahvoliga qarab tayinlaydi. Davolash muddati bemorning klinik holatiga bog'liq.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)


















