Apteka.uz
SavatKirish

Rinlaktin

Rinlaktin chiqarilish shakllari

RINLAKTIN infuziya uchun eritma 250ml
Retseptli
RINLAKTIN infuziya uchun eritma 250ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
•5 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan
RINLAKTIN infuziya uchun eritma 100ml
Retseptli
RINLAKTIN infuziya uchun eritma 100ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
- Rinlaktin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Rinlaktinning tarkibi
- Rinlaktin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Rinlaktin narxi Toshkent dorixonalarida

Rinlaktin haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINLAKTIN

RINLAKTINUM

 

Preparatning savdo nomi: Rinlaktin

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): natriy laktati, natriy xloridi, kaliy xloridi, kalsiy xloridi.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: natriy laktati – 3,2 g, natriy xloridi – 6,0 g, kaliy xloridi – 0,4 g, kalsiy xloridi – 0,27 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.

ATX kodi: V05VV

Farmakologicheskix xususiyatlari

Regidratasiya uchun tuzli eritma. Hujayralararo suyuqlikda uchta muhim kationlar – Na+, K+, Ca2+ ionlarini o‘rnini qoplanishini ta‘minlaydi, metabolik asidozni korreksiyasi bilan birga suv muvozanati buzilishlarini kompensasiyalaydi, dezintoksikasion va gemodinamikani boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Diurezni kuchaytiradi, tuzli diuretiklar ta‘sirini kuchaytiradi.

Qo‘llanilishi

Me‘eriy kislota-ishqor muvozanatida yoki kuchsiz asidozda gipovolemiya va degidratasiya bilan kechuvchi qon aylanishini o‘tkir buzilishlarni, kuyish travmatik, gemmorragik, operasion va operasiyadan keyingi shokni, peritonitni, turli etiologiyali og‘ir qusish va diareya holatlarini, shuningdek metabolik asidozni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga sutkada 2500 ml gacha dozada yuboriladi, o‘rtacha yuborish tezligi – minutiga 60 tomchi, shoshilinch holatlarda minutiga – 100 tomchigacha buyuriladi. Qo‘llanadigan eritma miqdori pasientning klinik holatiga bog‘liq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Et uvishishi, tana haroratini oshishi. Adekvat bo‘lmagan yuqori dozada qo‘llanganda suv va elektrolit muvozanatini buzilishi, shu jumladan gipervolemiya, gipernatriemiya, giperkaliemiya, giperkalsiemiya, giperxloremiya, kuzatilishi mumkin. Preparatni tez yuborish qon aylanishini o‘tkir yetishmovchiligini va o‘pka shishini chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Alkaloz, organizmga ko‘p miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar (bosh miya ichki gipertenziyasi bilan kechuvchi bosh miyaning yopiq jarohati, yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi va boshqalarda), jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, laktoasidoz, gipertonik degidratasiya, qon aylanishini yetishmovchiligi, gipernatriemiya, gipergidratasiya, preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Erituvchi yoki boshqa dori vositalarini tashuvchisi sifatida qo‘llash mumkin emas, chunki ularni qo‘shish preparatning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar preparatga bunday qo‘shimchalarni qo‘shish zarur bo‘lsa, ularning mutanosibligi sinchkov tekshirilishi kerak. Preparat ampisillin, vibramisan, monosiklin bilan nomutanosibdir.

Maxsus ko‘rstmalar

Shoshilinch holatlarda faqat plazma hajmini fiziologik chegaralarda vaqtinchalik tutib turish uchun qo‘llanadi. Na+, K+, Ca2+ ionlarini og‘ir tanqisligida va quyish uchun buyurilgan plazmaning o‘rniga qo‘llash mumkin emas. Surunkali yurak yetishmovchiligida, buyrak faoliyatini buzilishlarida, jigar kasalliklarida va gipoproteinemiyada, shuningdek kortikosteroidlar va kortikotropin bilan davolash fonida o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Katta hajmda uzoq vaqt qo‘llanganda plazmada, siydikda elektrolitlar miqdorini shuningdek diurezni nazorat qilish lozim. Homiladorlik davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanadi. Preparatning dozasi oshirib yuborilganda ko‘pchilik hollarda yuborishni to‘xtatish yetarli hisoblanadi. Buyrak yetishmovchiligida kislota-ishqor muvozanatini uzluksiz nazorati ostida gemodializni qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani sezilarli oshirib yuborilganda alkaloz va gipergidratasiya holatlari kuzatilishi mukmkin. Bunday hollarda preparatni yuborish darhol to‘xtatiladi. Simpomtatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 250 ml va 500 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tarbtibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Алкалоз, организмга кўп миқдордаги суюқликни юбориш мумкин бўлмаган ҳолатлар (бош мия ички гипертензияси билан кечувчи бош миянинг ёпиқ жароҳати, юрак етишмовчилиги, ўпка шиши ва бошқаларда), жигар фаолиятини оғир бузилишлари, ўткир буйрак етишмовчилиги, лактоацидоз, гипертоник дегидратация, қон айланишини етишмовчилиги, гипернатриемия, гипергидратация, препаратга юқори сезувчанликда қўллаш мумкин эмас.

Farmakodinamikasi

Регидратация учун тузли эритма. Ҳужайралараро суюқликда учта муҳим катионлар – Na+, K+, Ca2+ ионларини ўрнини қопланишини таъминлайди, метаболик ацидозни коррекцияси билан бирга сув мувозанати бузилишларини компенсациялайди, дезинтоксикацион ва гемодинамикани бошқарувчи таъсир кўрсатади. Диурезни кучайтиради, тузли диуретиклар таъсирини кучайтиради.

Dozani oshirib yuborilishi

Дозани сезиларли ошириб юборилганда алкалоз ва гипергидратация ҳолатлари кузатилиши мукмкин. Бундай ҳолларда препаратни юбориш дарҳол тўхтатилади. Симпомтатик даволаш ўтказилади.

 

Maxsus ko‘rsatmalari

Шошилинч ҳолатларда фақат плазма ҳажмини физиологик чегараларда вақтинчалик тутиб туриш учун қўлланади. Na+, K+, Ca2+ ионларини оғир танқислигида ва қуйиш учун буюрилган плазманинг ўрнига қўллаш мумкин эмас. Сурункали юрак етишмовчилигида, буйрак фаолиятини бузилишларида, жигар касалликларида ва гипопротеинемияда, шунингдек кортикостероидлар ва кортикотропин билан даволаш фонида ўта эҳтиёткорлик билан қўлланади. Катта ҳажмда узоқ вақт қўлланганда плазмада, сийдикда электролитлар миқдорини шунингдек диурезни назорат қилиш лозим. Ҳомиладорлик даврида фақат она учун кутилаётган фойда, ҳомила учун мумкин бўлган хавфдан устун бўлган ҳоллардагина қўлланади. Препаратнинг дозаси ошириб юборилганда кўпчилик ҳолларда юборишни тўхтатиш етарли ҳисобланади. Буйрак етишмовчилигида кислота-ишқор мувозанатини узлуксиз назорати остида гемодиализни қўллаш мумкин.

Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати ўтганидан кейин ишлатилмасин.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Препаратни фосфат ва карбонат сақловчи эритмалар билан аралаштириш мумкин эмас. Эритувчи ёки бошқа дори воситаларини ташувчиси сифатида қўллаш мумкин эмас, чунки уларни қўшиш препаратнинг физик-кимёвий хусусиятларини ўзгаришига олиб келиши мумкин. Агар препаратга бундай қўшимчаларни қўшиш зарур бўлса, уларнинг мутаносиблиги синчков текширилиши керак. Препарат ампициллин, вибрамицан, моноциклин билан номутаносибдир.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Вена ичига суткада 2500 мл гача дозада юборилади, ўртача юбориш тезлиги – минутига 60 томчи, шошилинч ҳолатларда минутига – 100 томчигача буюрилади. Қўлланадиган эритма миқдори пациентнинг клиник ҳолатига боғлиқ.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Rinlaktin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Rinlaktin haqida savollar

Rinlaktin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil