Bralekord
Bralekord chiqarilish shakllari
Bralekord haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikda
• parasempatik nerv tizimida tonusning ortishida ;
• gipervolemiya, gipernatremiya, giperkalemiya, giperxloremiya, alkaloz, sut kislotali atsidozda;
• og‘ir arterial gipertenziya, dekompensatsiyalangan yurak etishmovchiligida
• oliguriya, anuriya
• o‘tkir buyrak etishmovchiligida
• hujayradan tashqari gipergidratatsiyada;
Tarkibi
Ta’sir etuvchi moddalar: Sitikolin natriya (1g sitikolin moddasi hisobida) – 1,045 g, arginin gidroxlorid – 4,2 g, levokarnitin – 2 g;
Yordamchi modda: in’eksiya uchun suv.
Farmakodinamikasi
Bralekord tarkibida sitikolin, arginin va levokarnitin faol moddalar sifatida mavjud.
Sitikolin neyronlarning membranasidagi strukturaviy fosfolipidlarning biosintezini rag‘batlantiradi, membranalarning funksiyalarini yaxshilaydi, shu jumladan ion almashinadigan nasoslar va neyroretseptorlarning ishlashini yaxshilaydi. Sitikolin membranani barqarorlashtiruvchi ta’siri tufayli shishlarni yo‘qotish xususiyatiga ega, shuning uchun miya shishini kamaytiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sitikolin ba’zi fosfolipaza faolligini ingibirlaydi, erkin radikallarning qoldiq shakllanishiga to‘sqinlik qiladi, membrana tizimlarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi va himoya antioksidant tizimining saqlanishini ta’minlaydi.
Sitikolin shikastlangan to‘qima hajmini pasaytiradi, hujayralar o‘limining oldini oladi, apoptoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Sitikolin shuningdek miya insultiga profilaktik neyroprotektiv ta’sirga ega.
Sitikolin miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lgan bemorlarning tezkor funksional reabilitatsiyasiga yordam beradi, miya to‘qimalariga ishemik zararni kamaytiradi, bu rentgenologik tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlangan.
Miya travmatik jarohatlarini tiklanish davrini qisqartiradi va travmadan keyingi sindromning intensivligini pasaytiradi.
Sitikolin miya faoliyati darajasini oshirishga yordam beradi, amneziya darajasini pasaytiradi, miya yarim ishemiyasida kuzatiladigan kognitiv, sezgir va motorli kasalliklar holatini yaxshilaydi.
Arginin (α-amino-δ-guanidinovalerian kislotasi) – aminokislota bo‘lib, shartli almashinmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning ko‘psonli hayotiy muhim faoliyatlarning faol va har tomonlama xujayra regulyatori hisoblanib, organizmning og‘ir holatida muhim protektor samara ko‘rsatadi. Arginin gidroxloridi antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion faollik ta’sir ko‘rsatib, oraliq almashinuv va energiya bilan ta’minlash jarayonlarini faol boshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi, organizmda gormonal balansni tutib turishda ma’lum rol o‘ynaydi. Ma’lumki arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormonlar va prolaktinlar miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Arginin gidroxloridi endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiladigan NO-sintaza-fermentiga substrat hisoblanadi. Preparat guanilatsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliysida siklik guanidinmonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi, qon tomirlar endoteliyida trombotsitlar va leykotsitlar faolligi va adgeziyasini kamaytiradi, adgeziyalovchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini bostiradi va shu bilan aterosklerotik blyashalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon tomirlar devoridagi silliq miotsitlar migratsiyasi va proliferatsiyasi stimulyatori va kuchli vazakonstriktor bo‘lgan endotelin-1 sintezini bostiradi. Arginin gidroxloridi shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – assimetrik dimetilarginin sintezini bostiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag‘batlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Yaqqol kislota hosil qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirishga olib keladi.
Levokarnitin B guruhi vitaminlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy moddadir. U metabolik jarayonlarda hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga yog‘ kislotalarini tashuvchisi sifatida ishtirok etadi, bu yerda ular ATF shaklida ko‘p miqdordagi metabolik energiya hosil qilib beta-oksidlanishga uchraydi, lipid peroksidatsiyasini oldini oladi va antioksidant ta’sirga ega. Lipoliz jarayonlarini kuchaytirib, yog‘larni erituvchi ta’siriga ega va giperlipidemiyani yo‘q qiladi, antiaterosklerotik xususiyatlarga ega. Fosfolipidlar, sfingomiyelin, serebrosidlar, atsetilxolin sintezida ishtirok etib, u membranani himoya qiluvchi, neyrotrofik ta’sirga ega, asab impulslarining uzatilishini normallashtiradi.
Levokarnitin - oqsil va yog‘ almashinuvini normallashtiradi, gidroksidi qon zahirasini tiklaydi, keto kislotalar va anayerob glikolizning hosil bo‘lishini ingibirlaydi, lakto atsidozni pasaytiradi, to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, shuningdek, motor faolligini oshiradi va jismoniy mashqlar bajarish saloxiyatini oshiradi, natijada glikogeng tejaladi va uning jigarda zaxirasi ortadi. Levokarnitin anabolik ta’sirga ega, tiroksinning qisman antagonisti xisoblanib gipertireozda kuchaygan metabolizmni normallashtiradi, me’da shirasining ajralishini rag‘batlantiradi, oqsil va uglevodlar molekulalarining parchalanishini sekinlashtiradi. Tananing ortiqcha vaznini pasaytiradi va mushaklardagi yog‘ni kamaytiradi. U neyrotrofik ta’sirga ega, apoptoz rivojlanishini ingibirlaydi, ta’sirlangan hududni cheklaydi va asab to‘qimalarining tuzilishini tiklaydi.
Farmakokinetikasi
Bralekord tomir ichiga yuborilganda yaxshi so‘riladi. Parenteral usulda yuborilganda u barcha to‘qimalarga yaxshi kirib boradi, skelet mushaklari va miokardda yuqori konsentratsiyalar hosil bo‘ladi. Buyraklar tomonidan asosan atsil efirlari shaklida ajraladi, erkin karnitin esa qayta so‘riladi. Preparat ichak va jigarda metabollanib, xolin va sitidin hosil qiladi. Qo‘llashdan keyin sitikolin miya to‘qimalari tomonidan so‘riladi, xolinlar fosfolipidlarga, sitidin esa sitidin nukleoidlari va nuklein kislotalariga ta’sir qiladi. Sitikolin tezda miya to‘qimalariga yetib boradi va hujayralar membranalariga, sitoplazma va mitoxondriyalarga faol qo‘shilib, fosfolipidlar faolligini oshiradi.
Uzluksiz infuziya bilan qon plazmasidagi arginin gidroxloridning maksimal kontsentratsiyasiga yuborish boshlangandan 20-30 daqiqadan so‘ng erishiladi. Arginin gidroxloridi platsent to‘sig‘iga kirib boradi, buyrak kalavasida filtrlanadi, ammo buyrak kanallarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi.
Yuborilgan dozaning ozgina qismi siydik va najas bilan chiqariladi (3% dan kam). Yana dozaning taxminan 12% nafas yo‘llari orqali chiqariladi. Preparatning siydik va nafas yo‘llari orqali chiqarilishi ikki bosqichga ega: birinchi faza tez ajraladi (siydik bilan - dastlabki 36 soat ichida, nafas olish yo‘llari orqali - dastlabki 15 soat ichida), ikkinchi faza sekin ajralib chiqadi. Sitikolin va levokarnitin dozasining asosiy qismi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.
Davolash: Dozani oshirib yuborish holatida preparat infuziyasini to‘xtatish kerak. So‘ngra fiziologik reaksiyalarni nazorat qilish va hayotiy funksiyalarni ta’minlash kerak. Agar kerak bo‘lsa, ishqoriy moddalar va diurezni o‘rnatuvchi uchun vositalar (saluretiklar), elektrolitlar eritmalari (0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% glyukoza eritmasi) yuboriladi. Davolash simptomatikdir.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparatni qabul qilishdan oldin shiforkor bilan boshqa dorilar bilan o‘zaro tasirini maslaxatlashing.
Sitikolin levodopaning ta’sirini kuchaytiradi.
Melofenoksat tarkibli dorilar bilan bir vaqtda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparat sefamandol, amfoteritsin, etil spirt, tiopental, aminokapron kislota, metaraminol, ampitsillin, Vibramitsin va monotsiklin bilan qo‘llanilmaydi.
Aminofilin bilan bir vaqtning o‘zida foydalanilsa qonda insulin miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.
Arginin gidroxloriddan foydalanganda, preparat spironolaktonni qabul qilayotgan yoki qabul qilayotgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi fonida og‘ir va doimiy giperkalemiya keltirib chiqarishi mumkinligini yodda tutish kerak. Oldindan kaliyni tejaydigan diuretiklarni qo‘llash qonda kaliy miqdorini oshirishi mumkin. Aminofilin bilan bir vaqtning o‘zida foydalanish bilan qonda insulin miqdorini oshirish mumkin.
Glyukokortikoidlarning to‘qimalarda to‘planishini oshiradi (jigardan tashqari), boshqa anabolik steroidlar ta’sirni kuchaytiradi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Vena ichiga yuborish uchun.
Kattalar uchun tavsiya etilgan dozasi tomchilatib yuborish shaklida kuniga 50 ml dan 200 ml gacha (daqiqada 30-60 tomchi).
Davolash: dastlabki 2 hafta, kuniga 2 marta 50-100 mldan. Maksimal sutkalik doza 200 ml ni tashkil qiladi.
O‘tkir va shoshilinch holatlarda, preparat dastlabki 24 soat ichida ishlatilsa, maksimal terapevtik ta’sirga erishiladi.
Preparatning dozalarini va davolanish davomiyligini miyaning shikastlanish darajasiga va boshqa kasalliklarga qarab individual belgilanadi.
Keksa bemorlarda dozani sozlash talab qilinmaydi.
Bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar etarli emas.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













