Apteka.uz
SavatKirish

Cena-Mig

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:Sharq Darmon MChJ
ATX kodi:A06AB06
Barcha Sena-mig dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Cena-Mig haqida qo'llanma

Farmakologik ta'siri

Surgi ta'sirini ko'rsatadi, bu axlat massalarining yumshashi yoki suyulishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Surgi samarasi preparat qabul qilingandan 6-10 soat o'tgach boshlanadi va asosan yo'g'on ichakdan suyuqlik so'rilishini tormozlash va uning peristaltikasiga ta'sir qilish bilan bog'liq. Preparat chambar ichakka tanlab ta'sir qiladi, ichakning normal faoliyatini tiklaydi. Sena-MIG o'rganib qolishni keltirib chiqarmaydi, ichakni ta'sirlamaydi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Diareya, degidratatsiya va yo'g'on ichak atoniyasi rivojlanishining oldini olish uchun preparatni uzoq vaqt (bir haftadan ortiq), shifokor ko'rsatmasisiz qabul qilish tavsiya etilmaydi. Sena-MIG homiladorlikda, emizishda, bolalik yoshida (6 yoshgacha), jigar, buyrak yetishmovchiligida, abdominal operatsiyalardan keyingi holatlarda ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Sena-MIG transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Preparat yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasligi va bolalar ololmaydigan joyda saqlanishi kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, appenditsit va qorin bo'shlig'i a'zolarining boshqa yallig'lanish kasalliklari, peritonit, spastik kolit, qisilgan churra, me'da-ichak traktidan qon ketishlar, bachadondan qon ketishi, sistit, neyrogen va endokrin kelib chiqishga ega qabziyatlar, suv-elektrolit almashinuvining buzilishi. 1 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo'lsangiz, preparatni qo'llash imkoniyati bo'yicha albatta shifokor bilan maslahatlashing! Sena-MIG tabletkalarini boshqa dori vositalarini qabul qilishdan ikki soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu oxirgilarining so'rilishi va samaradorligini kamaytirishi mumkin. Sekin so'riladigan va dori vositalarining retard shakllari samaradorligini kamaytiradi. Tetratsiklinlar absorbsiyasini buzadi.

Dozirovkasi

Kattalarga uyqudan oldin yoki ertalab och qoringa 1 tabletkadan tayinlanadi. Zarurat bo'lganda dozani bir qabulga 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1/2 tabletkadan (zarurat bo'lganda - 1 tabletkagacha), 4 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 1 tabletkadan (zarurat bo'lganda - 11/2 –2 tabletkagacha) tayinlanadi. Qo'llash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Cena-Mig preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Cena-Mig o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
31 900 so'm dan
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom apelsina N120
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom apelsina N120
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
88 000 so'm dan
KARTAN eritma dlya priema vnutr 10ml 1g/10ml N10
Retseptli
KARTAN eritma dlya priema vnutr 10ml 1g/10ml N10
Gretsiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Demo S.A Pharmaceutical Industry
•42 ta dorixonada bor
Narxi
116 900 so'm dan

Sena-mig boshqa chiqarish shakllari

SENA MIG tabletkalari N20
Retseptsiz
SENA MIG tabletkalari N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «SHARQ DARMON»
Narxi
7 000 so'm dan
Analoglar Cena-Mig
Analoglari yo'q

Cena-Mig haqida savollar

Cena-Mig haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil