DITILIN JURABEK inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10

Periferik ta'sir etuvchi miorelaksantlar. Xolin hosilalari. Suksametoniy xlorid.
DITILIN JURABEK inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10 o'xshash dorilari


DITILIN JURABEK inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10 qo'llanmasi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
faol modda:suksametoniy xloridi (suvsizga qayta hisoblanganda) - 20,0 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, Trilon B, in'ektsiya uchun suv 1,0 ml gacha
faol modda:suksametoniy xloridi (suvsizga qayta hisoblanganda) - 20,0 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, Trilon B, in'ektsiya uchun suv 1,0 ml gacha
Chiqarilish shakli
5 ml yoki 10 ml dan shisha yoki polietilen ampulalarda 2 % li in'ektsiya uchun eritma.
Қисқа муддат таъсирли қутбсизлантирувчи миорелаксант. Нерв-мушак узатилиши блокадасини чақиради. H-холинорецепторлар билан ўзаро таъсирланиб, синапси кейинги пластинка қутбсизланишини чақиради. Жараён туташ мембраналарга тарқалади, миофибриллнинг генерализацияланган дезороганизацияланган қисқариши пайдо бўлади (яъни, блокада ривожланишидан олдин нерв-мушак тортилишининг қисқа муддатли енгиллашиши натижаси –нерв-мушак узатилишилари юз беради). Мембраналар қутбсизланган ҳолатда қолиб, қўшимча импульсларга реакция билдирмайди, мушак тонусинин бир маромда сақлаш учун кейинги пластинка қайта қутбланиши билан боғлиқ такрорий импульслар келиши талаб қилиниши туфайли спастик фалажлик пайдо бўлади. Вена ичига юборилгандан кейин миорелаксация қуйидаги кетма-кетликда юз беради: кўз қовоғи мушаклари, чайнаш мушаклари, қўл бармоқлари, кўз, қўл-оёқлар, бўйин, бел ва қорин мушаклари товуш пайчалари, ундан кейин қовурғалараро мушаклар ва диафрагма. Бош мияда қон оқими кўпайишини ва бош суяги ичидаги босим ошишини чақиради. Вена ичига юборилганда таъсири 54-60 секунддан кейин бошланади. 2-3 минутдан кейин эса мушаклар релаксацияси максимумга эришади ва 3 минут тўлиқ ҳажмда сақланиб қолади.
Таъсир қилиш давомийлиги-5-10 минут.
Таъсир қилиш яққоллиги юборилган доза миқдорига боғлиқ:0,1 мг/мл-суяк мушакларининг нафас тизимига сезиларли таъсирсиз бўшашиши; 0,2-1 мг/кг-қорин девори мушаклари ва нафас мушакларини тўлиқ бўшашиши (спонтан нафас ахамиятли чекланиши ёки тўлиқ тўхтатилиши юз беради ). Мушакларнинг узоқ вақт бўшашиши учун доза такрорий юборилиши керак. Самарага тез эришилиши ва кейинчалик мушаклар тонусининг тез тикланиши назорат қилинадиган ва бошқариладиган мушаклар релаксациясини юзага келтириш имконини беради.
So‘rilishi:vena ichiga yuborilgandan keyin plazmada va hujayralardan tashqari suyuqlikda taqsimlanadi. Taqsimlanishi :90 % dan ko‘prog‘i qon zardobi xolinesterazasi bilan farmokologik faolikka ega bo‘lmagan xolin va suktsinilmonoxolingacha gidrolizga uchraydi. Chiqarilishi: xolinesteraza normal darajasida yarim chiqarilish davri 90 sekundni tashkil qiladi. Buyraklar tomonidan chiqariladi (10 % o‘zgarmagan ko‘rinishida). Intakt gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. To‘planmaydi.
Periferik ta'sir etuvchi miorelaksantlar. Xolin hosilalari. Suksametoniy xlorid.
2 % li in'ektsiya uchun eritma.
Allergik reaktsiyalar:anafilaktik shok, bronxospazm. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:AB pasayishi, yurak o‘tkazuvchanligini buzilishi, aritmiya, bradikardiya (ko‘proq bolalarda, takroriy yuborilganda-bolalar va kattalarda) , kardiogen shok.bolalarda, yosh bemorlarda va ayollarda (asosan vagotoniklarda) qisqa muddatli bradikardiya, ayrim hollarda asistoliya paydo bo‘lishi mumkin. Moddalar almashinuvi tomonidan:giperkaliyemiya. Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar:ko‘z ichki bosimini oshishi. Suyak-mushak tizimi tomonidan:preparat qo‘llanilgandan 10-12 soatdan keyin mushak og‘riqlari (operatsiyadan keyingi davrda) paydo bo‘lishi mumkin. Kam xollarda mioglobinemiya va mioglobinuriya rivojlanishi bilan rabdomioliz. Boshqalar:isitma, gipersalivatsiya. Preparat ko‘p marta yuborilganda ba'zan mushaklarning haddan tashqari davomiy relaksatsiyasi va uzoq muddatli apnoe rivojlanishi mumkin.
Faqat ixtisoslashgan bo‘linmalarning o‘pka sun'iy ventilyatsiyasi uchun apparaturalar mavjud bo‘lgan sharoitlarida va umumiy anesteziya fonida qo‘llanadi. Suksametoniy xloridi infuziyasigacha 1 minut oldin 3-4 mg tubokurarin xloridi yoki 10-15 mg diplatsin xlorid preparatining dastlabki yuborilishi mushaklarning fibrillyar tortishishlarini va keyinchalik mushaklar og‘riqlari paydo bo‘lishini bartaraf qiladi. Muvofiqli dozada va takroriy yuborishda uzoqroq davom etadigan operatsiyalar uchun ham foydalanish mumkin, ammo mushaklarning davomiy bo‘shashishi uchun, odatda, qayta qutblanmaydigan miorelaksantlar qo‘llanib, ular suksametoniy yodid sharoitida nafas yo‘llari dastlabki intubatsiyasidan keyin yuboriladi. Preparatning sekin yuborilishi, shuningdek atropinning 1-1.5 mg dozada dastlabki vena ichiga in'ektsiyasi bradikardiya va bronxial sekretsiya oshishini sezilarli darajada bartaraf etadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga (giperkaliyemiya va neyropatiya alomatlarisiz) preparat o‘rtacha dozalarda bir marta yuboriladi, biroq giperkaliyemiya rivojlanishi xavfi tufayli ko‘p martali yuborishlar uchun yoki yuqori dozalarda qo‘llanmaydi. Apnoe ehtimolini o‘z ichiga olgan cho‘zilgan miorelaksatsiya quyidagi bir necha sabablar: qon zardobining «atipik» xolinesterazi, zardob xolinesterazining irsiy yetishmovchiligi yoki uning darajasi vaqtincha pasayishi tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Agar preparat ko‘p marta va oxirgi in'ektsiyadan keyin 25-30 minutdan keyin yuborilsa, bemorda mushak tonusi tiklanmaydi, nafas yuzaki bo‘lib qoladi, qayta qutblantiruvchi blokni qayta qutblantirishga qarshi blokka o‘tkazish to‘g‘risida o‘ylash mumkin (“qo‘sh blok” paydo bo‘lishi). Ushbu samarani bartaraf etish uchun oddiy usul bo‘yicha prozerin qo‘llanishi kerak: venaga dastlab 0.5-0.7 mg (0.5-0.7 ml 0.1% eritma) dozada atropin yuboriladi, qon tomir urishi tezlashishi kutib turiladi va 1-2 minutdan keyin vena ichiga 1.5 mg (3 ml 0.05% li eritma) dozada prozerin yuboriladi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida ushbu preparatni qabul qilish taqiqlanadi.
•spontan nafasni to‘xtatish (intraxeal intubatsiya, bronxoskopiya); •to‘liq miorelaksatsiya (endoskopiya, chiqishlarni o‘rniga solish, suyak sinishlarini repozitsiya qilish, ginekologik, torakal, abdominal jarroxlik aralashuvlari); •elektroimpulьsli terapiyada tomir tortishishlari oldini olish; •strixnin bilan zaharlanish; •qoqshol kasalligi (simptomatik davolash) qo‘llaniladi.
•o‘ta yuqori sezuvchanlik; •xavfli gipertermiya (shu jumladan, anamnezda); •miasteniya; •tug‘ma va distrofik miotoniya; •Dyushenn mushak distrofiyasi; •yopiq burchakli glaukoma; •o‘tkir jigar yetishmovchiligi; •o‘pka shishi; •ko‘z ichiga kirib boruvchi jarohatlar; •bronxial astma; •ginerkaliyemiya; •1 yoshgacha bolalik yoshi; •homiladorlik; •laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: zardob soxta-xolinesteraza faolligi pasayishi (jigar yetishmovchiligining terminal bosqichi, anemiya, kaxeksiya, uzoq muddatli och qolish, surunkali infektsiyalar, tarqalgan kuyishlar, jarohatlar), surunkali buyrak yetishmovchiligi (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga (giperkaliyemiya va neyropatiya belgilarisiz) preparatni bir marta o‘rtacha dozalarda yuboriladi, giperkaliyemiya rivojlanish xavfi sababli ko‘p marta yuborish uchun yuqori dozalarda qo‘llanilmaydi) , tug‘ishdan keyingi davr, qoqshol kasalligi, tuberkulyoz, xavfli o‘smalar, miksedema, biriktiruvchi to‘qimalarning tizimli kasalliklari, plazma quyilgandan keyingi holat, plazmaferez, sun'iy ravishda qon aylantirish, insektitsidlar bilan o‘tkir va surunkali zaxarlanish-xolinesteraza ingibitorlari (ichga tushganda) yoki antixolinesteraza vositalari (neostigmin, fizostigmin,distigmin bromid) , suktsinilxolin bilan xolinesteraz uchun raqobatlashadigan preparatlardan bir vaqtda qo‘llash (vena ichiga prokain) , “oshqozoni to‘la” bemorlarda shoshilinch jarrohlik aralashuvlari.
Natriy xloridning izotonik eritmalari, Ringer eritmasi, 5 % li fruktoza eritmasi va 6 %li dekstran eritmasi bilan mutanosib. Antixolinesteraza vositalari, prokaiin, prokainamid, lidokain, verapamil, beta-adrenoblokatorlar, aminoglikozid antibiotiklar, amfoteritsin V, klindamitsin, siklopropan, propanidid, fosfororganik insektitsidlar, magniy va litiy tuzlari, xinidin, xinin, xloroxin, pankuroniy miorelatsiya qiluvchi ta'sirni kuchaytiradi va uzaytiradi. Boshqa miorelaksantlar, narkotik analьgetiklar bilan mutanosib. Yurak glikozidlar kardial samaralarni kuchaytiradi (bradikardiya). Miasteniyaga qarshi preparatlarning samaradorligini kamaytiradi. Umumiy anesteziya uchun galogen saqlovchi preparatlar yurak-tomir tizimiga nojo‘ya ta'sirni kuchaytiradi, tiopental natriy va atropin esa ushbu ta'sirni kamaytiradi. Qon xolinesteraza faolligini potentsial pasaytirishi mumkin bo‘lgan preparatlar (aprotinin, difengidramin, promegazin, estrogenlar, oksitotsin, glyukokortikosteroidlar yuqori dozalarda, peroral kontratseptivlar) suksametoniy xloridning miorelaksatsiya qiluvchi ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Kattalar: vena ichiga oqim bilan sekin yoki tomchilab yuboriladi (uzoq muddatli tomchilab infuziya qilish uchun 0,1 % li eritma qo‘llaniladi). Klinik vaziyatga qarab, vena ichiga yuborilganda bir martali doza tana vazni 100 mkg/kg dan 1,5-2 mg/kg gacha o‘zgarib turadi. Traxeya intubatsiyasini o‘tkazish uchun-0,2-0,8 mg/kg;miorelaksatsiya va spontan nafas to‘xtatish uchun- 0,2-1 mg/kg;chiqishlarni o‘rniga solishda va suyak sinishlarida suyak parchalarini repozitsiya qilishda skelet mushaklarini bo‘shashtirish uchun- 0,1-0,2 mg/kg endoskopiya o‘tkazish uchun -0,2 mg/kg;elektroimpulьs davolash o‘tkazishda asoratlarni oldini olish uchun (tirishishlar, mushaklar va paylar uzilishi) oldini olish uchun-0,1-1 mg/kg vena ichiga, va mushak ichiga 2,5mg/kg gacha, ammo eng ko‘pi bilan 150 mg yuboriladi. Butun operatsiya davomida muskulaturani uzoq muddat bo‘shashtirish uchun fraktsion ravishda 0,5-1 mg/kg 5-7 minutdan keyin yuborish mumkin. Takroriy dozalar uzoqroq ta'sir qiladi. Mushak ichiga yuborish faqat bolalarda 25 mg/kg gacha, ammo 150 mg dan yuqori bo‘lmagan dozalarda qo‘llanadi;vena ichiga-1-2 mg/kg qo‘llaniladi.
Simptomlari: nojo‘ya samaralarning ifodalanish darajasi kuchayishi, nafas olish to‘xtashi. Davolash: intermitlovchi pozitiv bosim bilan o‘pka sun'iy ventilyatsiyasi, “Qo‘sh blokka” o‘tkazish, keyinchalik neostigminni qo‘llash. Qon zardobida xolinesteraza miqdori pasaygan holatda- yangi qon yoki konservatsiyalangan plazma quyilishi kerak.
Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida ushbu preparatni qabul qilish taqiqlanadi.
O'tkir jigar etishmovchiligida qollash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: sarum psevdoxolinesteraza faolligining pasayishi (jigar etishmovchiligining oxirgi bosqichi).
Ehtiyotkorlik bilan: surunkali buyrak etishmovchiligi. Buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun (giperkalemiya va neyropatiya belgilarisiz) preparat o'rtacha dozalarda bir marta qo'llaniladi, ammo giperkalemiya rivojlanish xavfi tufayli takroriy yoki yuqori dozalarda qo'llanilmaydi.
DITILIN JURABEK inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10 boshqa chiqarish shakllari

DITILIN JURABEK inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10 analoglari





