DYUSPATALIN tabletkalari 135mg N15

DYUSPATALIN tabletkalari 135mg N15 o'xshash dorilari




DYUSPATALIN tabletkalari 135mg N15 qo'llanmasi
So'rilishi
Mebeverin ichga qabul qilingandan so'ng tez va to'liq so'riladi.
Taqsimlanishi
Preparatning takroriy dozalari qabul qilinganda sezilarli akkumulyatsiya sodir bo'lmaydi.
Metabolizmi
Mebeverin gidroxloridi asosan esterazalar tomonidan metabolizmga uchraydi, ular birinchi bosqichda efirni verat kislotasi va mebeverin spirtiga parchalaydi. Plazmada aylanib yuruvchi asosiy metabolit demetillangan karbon kislotasi hisoblanadi. Demetillangan karbon kislotasining muvozanat holatidagi yarim chiqarilish davri taxminan 2,45 soatni tashkil qiladi. Takroriy dozalar qabul qilinganda qonda demetillangan karbon kislotasining maksimal konsentratsiyasi (Cmax) 1670 ng/ml ni tashkil qiladi, qonda demetillangan karbon kislotasining maksimal konsentratsiyasiga erishish vaqti (Tmax) — 1 soat.
Chiqarilishi
Mebeverin o'zi kabi organizmdan chiqarilmaydi, balki to'liq metabolizmga uchraydi; uning metabolitlari organizmdan deyarli to'liq chiqariladi. Verat kislotasi buyraklar orqali chiqariladi. Mebeverin spirti ham buyraklar orqali, qisman karbon kislotasi ko'rinishida va qisman demetillangan karbon kislotasi ko'rinishida chiqariladi.
Miotrop ta'sirga ega spazmolitik, ichakning normal peristaltikasiga ta'sir qilmasdan oshqozon-ichak trakti silliq mushaklariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Aniq ta'sir mexanizmi noma'lum, ammo ion kanallari o'tkazuvchanligini pasaytirish, noradrenalinning qayta qamrab olinishi blokadasi, mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sir, shuningdek suv so'rilishini o'zgartirish kabi ko'plab mexanizmlar mebeverinning oshqozon-ichak traktiga mahalliy ta'sirini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu mexanizmlar orqali mebeverin ichak peristaltikasini normallashtirib va oshqozon-ichak trakti silliq mushak hujayralarining doimiy relaksatsiyasini ("gipotoniya") keltirib chiqarmasdan spazmolitik ta'sirga ega. Tizimli nojo'ya samaralar, shu jumladan antixolinergik samaralar yo'q.
Sanab o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlar haqidagi xabarlar spontan xarakterga ega bo‘lgan va holatlar tez-tezligini aniq baholash uchun mavjud ma'lumotlar yetarli emas.
Allergik reaksiyalar asosan teri qoplamalari tomonidan kuzatilgan, ammo allergiyaning boshqa ko‘rinishlari ham qayd etilgan.
Teri qoplamalari tomonidan:
Eshakemi (allergik toshma), angionevrotik shish (nafas olishning qiyinlashishi, yuz, bo‘yin, lablar, til, tomoq shishini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan jiddiy allergik reaksiya), yuz shishi, ekzantema (teri toshmasi).
Immun tizimi tomonidan:
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktik reaksiyalar − nafas olishning qiyinlashishi, tezlashgan puls, qon bosimining keskin pasayishi (holsizlik va bosh aylanishi), terlashni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan jiddiy allergik reaksiyalar).
Agar sizda har qanday nojo‘ya ta'sirlar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta'sirlar kuzatilsa, Dyuspatalin® preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.
Dyuspatalin® preparatini qabul qilishdan oldin quyidagi hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak:
- agar kasallik simptomlari birinchi marta yuzaga kelgan bo'lsa;
- vaznning ataylab qilinmagan va tushunarsiz yo'qolishi;
- anemiya;
- rektal qon ketish yoki axlatda qon aralashmasi;
- isitma;
- agar oilangizda kimgadir yo'g'on ichak saratoni, celiakiya yoki ichakning yallig'lanish kasalliklari tashxisi qo'yilgan bo'lsa;
yoshi 50 dan katta va agar kasallik simptomlari birinchi marta yuzaga kelgan bo'lsa;
- yaqinda antibiotiklar qo'llanilganda.
Agar preparat qabul qilish fonida ahvol yomonlashsa yoki 2 hafta qo'llanilgandan so'ng simptomlar yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qiling.
Preparatning avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Preparatning farmakologik xususiyatlari, shuningdek uni qo'llash tajribasi mebeverinning avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga biror-bir noxush ta'siridan dalolat bermaydi.
- preparatning har qanday komponentiga gipersezuvchanlik;
- 18 yoshgacha bo'lganlar;
- tug'ma galaktozaga (laktozaga) yoki fruktozaga toqat qilolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi;
- homiladorlik va emizish davri.
Ushbu preparatning faqat alkogol bilan o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilgan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar Dyuspatalin® preparati va etil spirti o'rtasida har qanday o'zaro ta'sir yo'qligini namoyish etdi.
Ichishga qabul qilish uchun.
Tabletkalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv (kamida 100 ml) bilan yutish kerak.
Kuniga 3 marta bitta tabletkadan, ovqatdan taxminan 20 daqiqa oldin.
Preparatni qabul qilish davomiyligi cheklanmagan.
Agar bemor bir yoki bir necha dozani qabul qilishni unutgan bo'lsa, preparatni qabul qilishni keyingi dozadan davom ettirish kerak. O'tkazib yuborilgan bir yoki bir necha dozani odatdagi dozaga qo'shimcha ravishda qabul qilmaslik kerak.
Keksa yoshdagi bemorlar, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozalash tartibi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Postmarketing qo'llash bo'yicha mavjud ma'lumotlar keksa yoshdagi bemorlar va buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda uni qo'llashda o'ziga xos xavf omillarini aniqlamadi. Keksa yoshdagi bemorlar va buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozalash tartibini o'zgartirish talab qilinmaydi.
Dyuspatalin boshqa chiqarish shakllari


DYUSPATALIN tabletkalari 135mg N15 analoglari







