Apteka.uz
SavatKirish

ENALAPRIL 0,01 tabletkalari N28

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Enalapril
Ishlab chiqaruvchi:Obnovlenie PFK AO
Teglar:Yuqori qon bosimidan
ATX kodi:C09AA02
Barcha Enalapril dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ENALAPRIL 0,01 tabletkalari N28 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so'ng preparatning 60% i so'riladi. Ovqat qabul qilish enalaprilning so'rilishiga ta'sir qilmaydi.

Enalapril 50% gacha qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi. Enalapril jigarda tez metabolizmga uchrab, faol metabolit enalaprilat hosil qiladi, u enalaprilga qaraganda ancha faol AAF ingibitori hisoblanadi. Preparatning biokiraolishligi 40%. Qon plazmasida enalaprilning maksimal kontsentratsiyasi 1 soatdan keyin, enalaprilatniki ? 3-4 soatdan keyin erishiladi. Enalaprilat gistogematik to'siqlar orqali oson o'tadi, gematoensefalik to'siq bundan mustasno, oz miqdori yo'ldosh va ko'krak sutiga o'tadi.

Enalaprilatning yarim chiqarilish davri taxminan 11 soat. Enalapril asosan buyraklar orqali ? 60% (20% ? enalapril ko'rinishida va 40% ? enalaprilat ko'rinishida), ichak orqali ? 33% (6% ? enalapril ko'rinishida va 27% ? enalaprilat ko'rinishida) chiqariladi.

Gemodializ (tezlik 62 ml/daq) va peritoneal dializda chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Enalapril umuman olganda yaxshi o'zlashtiriladi va ko'p hollarda preparatni bekor qilishni talab qiladigan nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB haddan tashqari pasayishi, ortostatik kollaps, kamdan-kam hollarda ? to'sh ortida og'riq, stenokardiya, miokard infarkti (odatda arterial qon bosimining yaqqol pasayishi bilan bog'liq), juda kam hollarda aritmiyalar (bo'lmachalar bradi- yoki taxikardiyasi, bo'lmachalar hilpillashi), yurak urishi, o'pka arteriyasi tarmoqlarining tromboemboliyasi.

Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, holsizlik, uyqusizlik, xavotir, ongning chalkashishi, charchoqning kuchayishi, uyquchanlik (2-3 %), juda kam hollarda yuqori dozalarda qo'llanilganda ? asabiylik, depressiya, paresteziyalar.

Sezgi organlari tomonidan: vestibulyar apparat buzilishlari, eshitish va ko'rishning buzilishi, quloqlarda shovqin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz qurishi, anoreksiya, dispeptik buzilishlar (ko'ngil aynishi, diareya yoki qabziyat, qusish, qorin sohasida og'riq), ichak tutilishi, pankreatit, jigar faoliyati va o't ajralishining buzilishi, gepatit, sariqlik.

Nafas olish tizimi tomonidan: balg'amsiz quruq yo'tal, interstitsial pnevmonit, bronxospazm, hansirash, rinoreya, faringit.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, juda kam hollarda disfoniya, polimorf eritema, eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, pemfigus, fotosensibilizatsiya, serozit, vaskulit, miozit, artralgiya, artrit, stomatit, glossit.

Maxsus ko‘rsatmalari

Aylanib yuruvchi qon hajmi pasaygan bemorlarga (diuretiklar bilan terapiya natijasida, osh tuzi iste'moli cheklanganda, gemodializ o'tkazishda, diareya va qusishda) tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – AAF ingibitorining hatto boshlang'ich dozasi qo'llanilgandan keyin to'satdan va yaqqol arterial bosim pasayishi xavfi yuqori. Tranzitor arterial gipotenziya arterial bosim (AB) barqarorlashgandan keyin preparat bilan davolashni davom ettirish uchun qarshi ko'rsatma hisoblanmaydi. Qon bosimining takroriy yaqqol pasayishi hollarida dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak.

Yuqori oqimli dializ membranalarini qo'llash anafilaktik reaksiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Dializdan bo'sh kunlarda dozalash tartibini korreksiya qilish AB darajasiga qarab amalga oshirilishi kerak. AAF ingibitorlari bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida AB, qon ko'rsatkichlari (gemoglobin, kaliy, kreatinin, mochevina, «jigar» fermentlari faolligi), siydikdagi oqsilni davriy nazorat qilish zarur. Og'ir yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi va miya tomirlari kasalliklari bo'lgan bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak, ularda qon bosimining keskin pasayishi miokard infarkti, insult yoki buyrak funksiyasi buzilishiga olib kelishi mumkin. Davolashni to'satdan bekor qilish «rikoshet» sindromi (AB keskin ko'tarilishi) rivojlanishiga olib kelmaydi.

Bachadon ichida AAF ingibitorlari ta'siriga uchragan yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli bolalar ustidan AAF ingibitorlari chaqirgan arterial bosim pasayishi oqibatida buyrak va miya qon oqimi kamayishi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yaqqol qon bosimi pasayishi, oliguriya, giperkaliemiya va nevrologik buzilishlarni o'z vaqtida aniqlash uchun sinchkovlik bilan kuzatish olib borish tavsiya etiladi.

Oliguriyada tegishli suyuqliklar va tomir toraytiruvchi vositalarni yuborish yo'li bilan AB va buyrak perfuziyasini ushlab turish zarur. Qalqonsimon oldi bezlari funksiyalarini tekshirishdan oldin bekor qilish kerak. Alkogol preparatning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi. Davolash boshida, doza tanlash davri tugaguncha, avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur, chunki bosh aylanishi mumkin, ayniqsa diuretik vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda AAF ingibitorining boshlang'ich dozasidan keyin. Jarrohlik aralashuvidan (shu jumladan stomatologiya) oldin jarroh/anesteziologni AAF ingibitorlari qo'llanilayotgani haqida ogohlantirish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Enalaprilga va boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik, anamnezda AAF ingibitorlari bilan davolash bilan bog‘liq angionevrotik shish mavjudligi, porfiriya, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Birlamchi giperaldosteronizm, buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi, yagona buyrak arteriyasi stenozi, giperkaliemiya, buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat; aortal stenoz, mitral stenoz (gemodinamika buzilishlari bilan), idiopatik gipertrofik subaortal stenoz, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari, yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, qandli diabet, buyrak yetishmovchiligi (proteinuriya 1 g/sut dan ortiq), jigar yetishmovchiligi, tuz cheklangan parhezga rioya qilayotgan yoki gemodializda bo‘lgan bemorlarga, immunodepressantlar va saluretiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, keksa odamlarda (65 yoshdan katta) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Enalapril nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQV) bilan bir vaqtda tayinlanganda enalaprilning gipotenziv samarasi pasayishi mumkin; kaliy tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteren, amilorid) bilan - giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin; litiy tuzlari bilan ? litiy chiqarilishining sekinlashishiga (qon plazmasida litiy kontsentratsiyasini nazorat qilish ko'rsatilgan).

Isitmani tushiruvchi va og'riq qoldiruvchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish preparat samaradorligini kamaytirishi mumkin.

Enalapril teofillin saqlovchi preparatlar ta'sirini susaytiradi.

Enalaprilning gipotenziv ta'sirini diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, metildopa, nitratlar, "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari digidropiridin qatori, gidralazin, prazozin kuchaytiradi.

Immunodepressantlar, allopurinol, tsitostatiklar gematotoksiklikni kuchaytiradi. Suyak ko'migi susayishini keltirib chiqaruvchi preparatlar neytropeniya va/yoki agranulotsitoz rivojlanish xavfini oshiradi.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqatlanish vaqtidan qat’iy nazar tayinlanadi.

Arterial gipertenziya monoterapiyasida – boshlang‘ich doza sutkasiga 1 marta 5 mg.

Klinik samara bo‘lmaganda 1-2 haftadan keyin doza 5 mg ga oshiriladi. Boshlang‘ich doza qabul qilingandan keyin bemorlar AB barqarorlashguncha 2 soat va qo‘shimcha 1 soat davomida tibbiy nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Zarurat bo‘lganda va yetarlicha yaxshi o‘zlashtirilganda, dozani 2 qabulda 40 mg/sut gacha oshirish mumkin. 2-3 haftadan keyin tutib turuvchi dozaga – 1-2 qabulga bo‘lingan holda 10-40 mg/sut ga o‘tiladi. O‘rtacha arterial gipertenziyada o‘rtacha sutkalik doza taxminan 10 mg ni tashkil qiladi.

Preparatning maksimal sutkalik dozasi 40 mg/sut ni tashkil qiladi.

Diuretiklarni bir vaqtda olayotgan bemorlarga tayinlanganda, diuretik bilan davolashni enalapril tayinlashdan 2-3 kun oldin to‘xtatish kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, unda preparatning boshlang‘ich dozasi 2,5 mg/sut ni tashkil qilishi kerak.

Giponatriemiyasi bo‘lgan (qon zardobidagi natriy ionlari konsentratsiyasi 130 mmol/l dan kam) yoki qon zardobidagi kreatinin konsentratsiyasi 0,14 mmol/l dan ortiq bo‘lgan bemorlarga boshlang‘ich doza – sutkasiga 1 marta 2,5 mg.

Renovaskulyar gipertenziyada boshlang‘ich doza – 2,5-5 mg/sut. Maksimal sutkalik doza – 20 mg.

Surunkali yurak yetishmovchiligida boshlang‘ich doza – 2,5 mg bir marta, keyin doza har 3-4 kunda klinik reaksiyaga muvofiq maksimal o‘zlashtiriladigan dozalargacha AB kattaligiga qarab, lekin 40 mg/sut dan oshmagan holda bir marta yoki 2 qabulda 2,5-5 mg ga oshiriladi. Past sistolik AB (110 mm sim.ust. dan kam) bo‘lgan bemorlarda terapiyani 1,25 mg dozadan boshlash kerak. Dozani tanlash 2-4 hafta davomida yoki qisqaroq muddatlarda o‘tkazilishi kerak. O‘rtacha tutib turuvchi doza – 1-2 qabulda 5-20 mg/sut.

Keksalarda ko‘pincha yaqqolroq gipotenziv ta’sir va preparat ta’sir vaqtining uzayishi kuzatiladi, bu enalaprilning chiqarilish tezligining pasayishi bilan bog‘liq, shuning uchun keksalarga tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – 1,25 mg.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida kumulyatsiya filtratsiya 10 ml/daq dan kamayganda yuzaga keladi. Kreatinin klirensi (KK) 80-30 ml/daq bo‘lganda doza odatda 5-10 mg/sut ni, KK 30-10 ml/daq bo‘lganda – 2, 5- 5 mg/sut ni, KK 10 ml/daq dan kam bo‘lganda – faqat dializ kunlarida 1,25-2,5 mg/sut ni tashkil qiladi.

Davolash davomiyligi terapiya samaradorligiga bog‘liq. AB haddan tashqari pasayganda preparat dozasi asta-sekin kamaytiriladi.

Preparat monoterapiyada ham, boshqa antigipertenziv vositalar bilan birgalikda ham qo‘llaniladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ENALAPRIL 0,01 tabletkalari N28 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ENALAPRIL 0,01 tabletkalari N28 o'xshash dorilari

TORASEMID SANDOZ tabletkalari 10mg N30
Retseptli
TORASEMID SANDOZ tabletkalari 10mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek S.A.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
49 000 so'm dan
TELMISTA tabletkalari 80mg N28
Retseptli
TELMISTA tabletkalari 80mg N28
Polsha
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d., Sloveniya proizvedeno: Krka Polska SP.z.o.o.
•101 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
VALSAKOR tabletkalari 160mg N28
Retseptli
VALSAKOR tabletkalari 160mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•130 ta dorixonada bor
Narxi
52 300 so'm dan
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Retseptli
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•116 ta dorixonada bor
Narxi
66 000 so'm dan

ENALAPRIL 0,01 tabletkalari N28 xususiyatlari

Enalapril boshqa chiqarish shakllari

ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
Retseptli
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•65 ta dorixonada bor
Narxi
3 500 so'm dan
ENALAPRIL tabletkalari 5mg N20
Retseptli
ENALAPRIL tabletkalari 5mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•36 ta dorixonada bor
Narxi
2 900 so'm dan
ENALAPRIL tabletkalari 10 mg N20
Retseptli
ENALAPRIL tabletkalari 10 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy SP OOO, Uzbeksko-Britanskoe
•65 ta dorixonada bor
Narxi
3 500 so'm dan
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
Retseptli
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
•65 ta dorixonada bor
Narxi
3 500 so'm dan
ENALAPRIL tabletkalari 5 mg N20
Retseptli
ENALAPRIL tabletkalari 5 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy SP OOO, Uzbeksko-Britanskoe
•36 ta dorixonada bor
Narxi
2 900 so'm dan

ENALAPRIL 0,01 tabletkalari N28 analoglari

ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
Retseptli
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
•65 ta dorixonada bor
Narxi
3 500 so'm dan
ENAM tabletkalari 5mg N20
Retseptli
ENAM tabletkalari 5mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr. Reddi's Laboratories LTD
•1 ta dorixonada bor
Narxi
21 000 so'm dan
ENAP tabletkalari 2,5mg N20
Retseptli
ENAP tabletkalari 2,5mg N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d. Novo Mesto
•77 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
ENAP tabletkalari 5mg N20
ENAP tabletkalari 5mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•124 ta dorixonada bor
Narxi
13 400 so'm dan
ENAP tabletkalari 10mg N20
ENAP tabletkalari 10mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•116 ta dorixonada bor
Narxi
21 900 so'm dan
ENAP tabletkalari 20mg N20
ENAP tabletkalari 20mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•78 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
Retseptli
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•65 ta dorixonada bor
Narxi
3 500 so'm dan
ENALAPRIL tabletkalari 5mg N20
Retseptli
ENALAPRIL tabletkalari 5mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•36 ta dorixonada bor
Narxi
2 900 so'm dan

ENALAPRIL 0,01 tabletkalari N28 haqida savollar

ENALAPRIL 0,01 tabletkalari N28 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil