ERITROMISIN 10,0 ko'z uchun maz 10000YeD/g

ERITROMISIN 10,0 ko'z uchun maz 10000YeD/g o'xshash dorilari


ERITROMISIN 10,0 ko'z uchun maz 10000YeD/g qo'llanmasi
Shoh parda va ko'zning suvli namligiga so'riladi. Mahalliy qo'llanilganda tizimli absorbtsiya past. Biokiraolishligi 30-65% ni tashkil qiladi. Organizmning ko'pchilik to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 70-90% ni tashkil qiladi. Jigarda, qisman faol bo'lmagan metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri - 1,4-2 soat. Ichak va buyraklar orqali chiqariladi.
Mahalliy reaksiyalar: giperemiya, ko'z shilliq qavatining ta'sirlanishi, ko'rishning xiralashishi, allergik reaksiyalar.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar oftalmiyasi profilaktikasida eritromitsin ko'z mazini ko'zdan yuvib tashlamaslik kerak.
Onalarida klinik yaqqol gonoreya bo'lgan bolalarda eritromitsin oftalmologik dori vositasi sifatida parenteral qo'llash uchun penitsillin G ning suvdagi eritmasi bilan bir vaqtda ishlatiladi.
Tuba ochilgandan keyin 1 oy davomida ishlatilsin.
Transp. vos. va mex. boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash vaqtida qo'llanilgandan keyin darhol ko'rish aniqligini talab qiluvchi transport vositalarini boshqarish va mashina va mexanizmlarga xizmat ko'rsatishdan saqlanish kerak.
Preparat komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik, og‘ir jigar va buyrak funksiyasi buzilishlari, anamnezda sariqlik.
Ehtiyotkorlik bilan:
Keksa yosh, buyrak va jigar funksiyasi buzilishi.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlikda qo‘llash faqat o‘ta zarur hollarda, ona uchun ehtimoliy foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lganda mumkin.
Laktatsiya davrida preparatni tayinlash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat linkomitsin, klindamitsin, xloramfenikol bilan nomutanosib (antagonizm).
Beta-laktam antibiotiklar (penitsillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlar) ning bakteritsid ta'sirini pasaytiradi.
Aminoglikozidlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.
Kortikosteroidlar bilan qo'llanilganda ularning samarasini oshishiga olib keladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar oftalmiyasi, bakterial kon’yunktivit, blefarit, blefarokon’yunktivit, meybomitni davolash davomiyligi, keratit kompleks terapiyasida kasallikning shakli va og‘irligiga bog‘liq, lekin 14 kundan oshmasligi kerak.
Traxomani davolashda - kuniga 4-5 marta, davolashni follikulalarni ochish bilan birga olib borish kerak; yallig‘lanish jarayoni pasayganda preparat kuniga 2-3 marta qo‘llaniladi. Traxomani davolash davomiyligi 4 oygacha.
Xlamidiyali kon’yunktivitni davolashda surtma kon’yunktival qopchaga kuniga 4-5 marta qo‘yiladi, davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq, 3 oygacha.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreya profilaktikasi uchun uzunligi 0,5-1 sm bo‘lgan surtma tasmasi pastki qovoq orqasiga bir marta qo‘yiladi.Dozani oshirib yuborishPreparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Eritromitsin boshqa chiqarish shakllari




ERITROMISIN 10,0 ko'z uchun maz 10000YeD/g analoglari
















