FEZAM 400/25 mg

FEZAM 400/25 mg qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Fezam piratsetam va tsinnarizin dori moddalarini saqlovchi majmuaviy dori preparati hisoblanadi. Piratsetam nootrop dori vositalari deb ataladigan guruhga kiradi. U bilish jarayonlarini va aqliy ish qobiliyatini yaxshilaydi va tiklaydi. Tsinnarizin hujayra membranalari orqali kaltsiy ionlari tashilishi jarayonlarini bostiradi va qon tomirlarining kengayishiga olib keladi, muvozanat markazi qo'zg'aluvchanligini kamaytiradi, hujayralarning kislorod yo'qligiga chidamliligini oshiradi. Majmuaviy preparat yaqqol antigipoksik ta'sirga (kislorod yetkazib berish kamayishiga qarshi turuvchi) ega. Ikkala dori moddasi bir-birining samaralarini o'zaro kuchaytiradi va natijada miya qon oqimi yaxshilanadi.
Dozirovkasi
Fezamni har doim davolovchi shifokoringiz yo'riqnomasiga aniq muvofiq qo'llang. Agar biror narsaga ishonchingiz komil bo'lmasa, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so'rang. Kattalar - 1-2 kapsuladan sutkasiga uch marta 1 oydan 3 oygacha kasallik og'irligiga qarab. Bolalar - 1-2 kapsuladan sutkasiga 1-2 marta. Preparatni tanaffussiz 3 oydan ortiq qabul qilmaslik kerak!
Hajm/og'irlik
FEZAM 400/25 mg o'xshash dorilari


FEZAM 400/25 mg xususiyatlari
Fezam boshqa chiqarish shakllari
FEZAM 400/25 mg analoglari











