GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 o'xshash dorilari



GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 qo'llanmasi
Vena ichiga yuborilgandan so‘ng maksimal konsentratsiya (Cmax) deyarli darhol, teri ostiga yuborilgandan so‘ng esa 2-4 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 95% gacha, taqsimlanish hajmi juda past va 0,06 l/kg ni tashkil qiladi (qon plazmasi oqsillari bilan kuchli bog‘lanishi tufayli tomir o‘zanini tark etmaydi).
Geparin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tmaydi.
Endotelial hujayralar va mononuklear-makrofagal tizim hujayralari (retikuloendotelial tizim hujayralari) tomonidan intensiv ravishda qamrab olinadi, jigar va taloqda to‘planadi. Jigarda N-desulfamidaza va geparin metabolizmiga keyingi bosqichlarda qo‘shiladigan trombotsitlar geparinazasi ishtirokida metabolizmga uchraydi. Metabolizmda trombotsitar omil IV (antigeparin omili) ishtirok etishi, shuningdek, geparinning makrofaglar tizimi bilan bog‘lanishi uning tez biologik inaktivatsiyasi va ta’sirining qisqa muddatliligini tushuntiradi. Desulfatsiyalangan molekulalar buyrak endoglikozidazasi ta’sirida past molekulyar fragmentlarga aylanadi. Geparinning yarim chiqarilish davri (T1/2) - 1-6 soat (o‘rtacha 1,5 soat); T1/2 semizlikda, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida uzayadi; o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida, yuqumli kasalliklarda, xavfli o‘smalarda qisqaradi. Buyraklar orqali, asosan nofaol metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Yuqori dozalar kiritilganda o‘zgarmagan holda (50% gacha) chiqarilishi mumkin. Gemodializ orqali chiqarilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlarning rivojlanish tez-tezligi: tez-tez (1-10%), tez-tez emas (0,1-1%), kam hollarda (0,01-0,1%), juda kam hollarda (0,01% dan kam), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Gemorragik asoratlar: juda tez-tez rivojlanadi. Eng tipiklari bu me'da-ichak yo‘llari, siydik chiqarish yo‘llaridan, natriy geparin yuborilgan joylardan, operatsiyadan keyingi yaralardan qon ketishi, shuningdek, bosimga uchraydigan sohalarda qon quyilishlaridir. Shuningdek, boshqa ichki a'zolarga, shu jumladan buyrak usti bezlariga (o‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojlanishi bilan), qorin parda orti bo‘shlig‘iga, tuxumdonlarga qon quyilishlari rivojlanishi mumkin. Qon ketishlarning tez-tez yuzaga kelishi 60 yoshdan oshgan bemorlarda (ayniqsa ayollarda) qayd etiladi.
Allergik reaksiyalar: tez-tez emas - teri giperemiyasi, toshma, terining qichishishi va tovonlarda achishish hissi, oyoq-qo‘llarda og‘riq, gipertermiya, eshakemi, rinit, kon'yunktivit, hansirash, bronxospazm, angionevrotik shish: juda kam hollarda - anafilaktik shok. Yuborish joyidagi reaksiyalar: tez-tez - ta'sirlanish, og‘riqlilik, to‘qimalar giperemiyasi, in'ektsiya joyida kichik gematoma va yaralar, tez-tez emas - gistaminsimon reaksiyalar (in'ektsiya joyida teri nekrozini o‘z ichiga olgan holda), juda kam hollarda - yuborish joyida yumshoq to‘qimalar kaltsinozi (asosan og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda).
Geparin-induktsiyalangan trombositopeniya (GIT): og‘ir immun reaksiya,
antitanalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq va trombositlarning qaytmas agregatsiyasiga olib keladi. Geparin bilan davolash fonida (kam hollarda) ham, u to‘xtatilgandan keyin bir necha hafta ichida (juda kam hollarda) ham rivojlanishi mumkin. Klinik ko‘rinishlari: venoz va arterial trombozlar (shu jumladan oyoqlar chuqur venalari trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, miya venalari trombozi, insult, miokard infarkti, mezenterial va buyrak arteriyalari trombozi, gangrena rivojlanishi bilan oyoq-qo‘l arteriyalari trombozi). Laborator diagnostika: natriy geparin tayinlashdan oldin, davolashning birinchi kunida va keyin davolashning butun davri davomida har 2-3 kunda (ayniqsa terapiyaning 6-dan 14-kunigacha) trombositlar sonini aniqlash kerak.
Natriy geparin bilan davolash boshlanishida ba'zida trombositlar soni 80x10⁹/l dan 150x10⁹/l gacha bo‘lgan oraliqda o‘tkinchi trombositopeniya qayd etilishi mumkin. Odatda bu holat asoratlar rivojlanishiga olib kelmaydi va natriy geparin bilan davolash davom ettirilishi mumkin. Kamdan-kam hollarda og‘ir trombositopeniya (oq tromb hosil bo‘lishi sindromi) qayd etilishi mumkin, ba'zida o‘lim bilan tugaydi. Ushbu asoratni trombositlar soni 80x10⁹/l dan pastga yoki boshlang‘ich darajadan 50% dan ko‘proqqa kamaygan taqdirda taxmin qilish kerak, bunday hollarda natriy geparinni darhol bekor qilish kerak. Zarurat tug‘ilganda muqobil antitrombotik terapiya tayinlash kerak. Og‘ir trombositopeniya bo‘lgan bemorlarda iste'mol koagulopatiyasi (fibrinogen zaxiralarining tugashi) rivojlanishi mumkin.
Geparin-induktsiyalangan trombositopeniya fonida: teri nekrozi, gangrena, miokard infarkti, insult rivojlanishi bilan kechuvchi arterial tromboz.
GIT yuzaga kelganda natriy geparinni darhol bekor qilish kerak. Bemor kelajakda unga fraksiyalanmagan geparin va past molekulyar og‘irlikdagi geparinlarni tayinlash mumkin emasligi haqida ogohlantirilishi kerak. Agar bemor antitrombotik terapiyaga muhtoj bo‘lsa, boshqa preparatlarni qo‘llash kerak.
Uzoq vaqt qo‘llanilganda: osteoporoz, suyaklarning spontan sinishi, yumshoq to‘qimalar kaltsifikatsiyasi, gipoaldosteronizm, o‘tkinchi alopesiya, priapizm.
Natriy geparin terapiyasi fonida qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar (jigar transaminazalari, erkin yog‘ kislotalari va qon plazmasidagi tiroksin faolligining oshishi; giperkaliemiya, natriy geparin bekor qilingan fonida qaytuvchi giperlipidemiya, qondagi glyukoza kontsentratsiyasining soxta oshishi va bromsulfalein testining soxta musbat natijasi) kuzatilishi mumkin.
Boshqa noxush holatlar:
Markaziy nerv tizimi va sezgi a'zolari tomonidan: tez-tez emas - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Yurak-qon tomir tizimi, tez-tez emas - qon bosimining pasayishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas - ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, tez-tez - qon plazmasida "jigar" transaminazalari (AST va ALT) miqdorining oshishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: tez-tez - o‘rtacha trombositopeniya (trombositlar miqdori (150-100)x10⁹/l), antitanalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan va trombozlar bilan kechmaydigan (geparin qabul qilayotgan bemorlarning 6-30 foizida kuzatilishi mumkin); kam hollarda - qaytuvchan eozinofiliya.
Tayanch-harakat aparati tomonidan: kam hollarda - osteoporoz (natriy geparin uzoq vaqt qo‘llanilganda), suyaklarning spontan sinishi.
Endokrin tizim tomonidan: kam hollarda - gipoaldosteronizm (aldosteron sintezi susayishi tufayli).
Suv-elektrolit almashinuvi tomonidan, kam hollarda - kaliyning qaytuvchan ushlanib qolishi, metabolik asidoz.
Boshqalar: tez-tez emas - o‘tkinchi alopesiya, juda kam hollarda - priapizm.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: tez-tez - "jigar" transaminazalarining (AST va ALT) qaytuvchan oshishi; tez-tez emas - geparin bekor qilingandan keyin erkin yog‘ kislotalari miqdorining oshishi, qon plazmasida tiroksin miqdorining oshishi, xolesterin miqdorining soxta pasayishi, glyukoza miqdorining soxta oshishi va bromsulfalein testining noto‘g‘ri natijalari.
Rejali jarrohlik aralashuvlaridan oldin operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrda qon yo'qotishni kamaytirish uchun odatda operatsiyadan 7 kun oldin peroral antikoagulyantlar (varfarin) va antitrombotsitar preparatlarni (atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel, tiklopidin) bekor qilish tavsiya etiladi. Antitrombotik terapiya sifatida geparin natriyni davolovchi dozalarda tayinlash mumkin. Geparin natriy yuborish operatsiyadan 6 soat oldin to'xtatiladi va u tugaganidan 6 soat o'tgach qayta boshlanadi.
Geparin natriyni mushak ichiga yuborishdan saqlanish kerak (gematomalar yuzaga kelishi mumkinligi sababli).
Geparin natriyga rezistentlik ko'pincha isitmada, trombozlarda, tromboflebitlarda, yuqumli kasalliklarda, miokard infarktida, xavfli o'smalarda, shuningdek jarrohlik aralashuvlaridan keyin va antitrombin III tanqisligida kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda yanada sinchkov laborator monitoring (AChTV nazorati) talab etiladi.
60 yoshdan katta shaxslarda (ayniqsa ayollarda) qon ketishlar xavfi yuqori, shu munosabat bilan ushbu toifadagi bemorlarda geparin natriy dozasi kamaytirilishi kerak.
Geparin natriy bilan terapiya vaqtida ehtimoliy qon ketishni ko'rsatuvchi klinik simptomlarni (shilliq qavatlarning qonashi, gematuriya va h.k.) doimiy kuzatib borish zarur.
Arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda geparin natriy qo'llanilganda arterial qon bosimini muntazam nazorat qilish va adekvat gipotenziv terapiya o'tkazish kerak.
Konservant sifatida benzil spirtini saqlovchi dori preparatlarini yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (ayniqsa chala tug'ilgan va tana vazni kam bo'lgan bolalarda) qo'llash jiddiy noxush hodisalar (markaziy asab tizimining susayishi, metabolik atsidoz, gasping-nafas) va o'limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda konservantlar saqlamaydigan geparin natriy preparatlarini ishlatish kerak.
Transport vositalarini va yuqori diqqatni jamlashni talab qiluvchi boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Geparinga yoki preparat tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Anamnezda yoki hozirgi vaqtda geparin chaqirgan trombotsitopeniya (tromboz bilan yoki usiz).
Qon ketish (geparin natriyni qo'llashdan foyda potensial xavfdan ustun bo'lgan hollar bundan mustasno).
Agar qon ivishini muntazam laboratoriya monitoringini ta'minlash imkoniyati bo'lmasa, geparin natriy terapevtik dozada buyurilmasligi kerak. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar, ayniqsa chala tug'ilgan yoki tana vazni past bo'lganlar (chunki preparat tarkibiga benzil spirti kiradi).
Homiladorlik va emizish davri.
Ehtiyotkorlik bilan
Anamnezda polivalent allergiyasi bo'lgan bemorlarga (shu jumladan, bronxial astma).
Qon ketish xavfi yuqori bo'lgan patologik holatlarda, masalan:
-yurak-qon tomir tizimi kasalliklari: o'tkir va o'tkir osti infeksion endokardit, og'ir nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, aorta qatlamlanishi, bosh miya tomirlari anevrizmasi;
-me'da-ichak trakti (MIY) organlarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan stress chaqirgan), jigar sirrozi va boshqa kasalliklarda qizilo'ngach venalarining varikoz kengayishi, me'da va ingichka ichak drenajlaridan uzoq muddat foydalanish, yarali kolit, gemorroy;
-qon yaratish a'zolari va limfa tizimi kasalliklari: leykozlar,
gemofiliya, trombotsitopeniya, gemorragik diatez;
-markaziy nerv tizimi kasalliklari: gemorragik insult, bosh miya jarohati:
-xavfli o'smalar;
-tug'ma antitrombin III yetishmovchiligi va antitrombin III preparatlari bilan o'rinbosar terapiya (qon ketish xavfini kamaytirish uchun geparinning kichik dozalarini qo'llash kerak).
Boshqa fiziologik va patologik holatlar: hayz ko'rish davri, tushish xavfi, erta tug'ruqdan keyingi davr, oqsil sintezlash funksiyasining buzilishi bilan kechuvchi og'ir jigar kasalliklari, surunkali buyrak yetishmovchiligi, yaqinda ko'zda, bosh yoki orqa miyada o'tkazilgan jarrohlik amaliyoti, yaqinda o'tkazilgan spinal (lumbal) punksiya yoki epidural anesteziya, proliferativ diabetik retinopatiya, vaskulitlar, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (tarkibidagi benzil spirti toksik va anafilaktoid reaksiyalarga sabab bo'lishi mumkin), keksa yosh (60 yoshdan katta, ayniqsa ayollar). Geparin natriyni qo'llash terapiyadan kutilayotgan foyda potensial xavfdan ustun bo'lgan hollarda mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Geparin natriy platsentar to'siq orqali o'tmaydi. Hozirgi vaqtda homiladorlik paytida geparin natriyni qo'llash oqibatida homila rivojlanishida nuqsonlar paydo bo'lishi mumkinligini ko'rsatadigan ma'lumotlar yo'q, shuningdek, hayvonlarda o'tkazilgan tajribalar natijalari ham geparin natriyning embrio- yoki fetotoksik ta'sirini ko'rsatmaydi. Biroq, qon ketish bilan bog'liq erta tug'ilish va o'z-o'zidan tushish xavfining oshishi to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Yondosh kasalliklari bo'lgan homilador ayollarda, shuningdek qo'shimcha davolash olayotgan homiladorlarda geparin natriyni qo'llashda asoratlar paydo bo'lishi ehtimolini hisobga olish kerak.
Geparin natriyning yuqori dozalarini 3 oydan ortiq vaqt davomida har kuni qo'llash emizikli ayollarda osteoporoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Ko'rsatilgan davrlarda qo'llash zarurati tug'ilganda, yordamchi modda sifatida benzil spirtini saqlamaydigan boshqa geparin natriy preparatlarini qo'llash kerak.
Faol ingredientlar potentsial ehtimoliy pretsipitatsiyasi tufayli geparin natriyni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Farmatsevtik o'zaro ta'sir: geparin natriy eritmasi 0,9 % li natriy xlorid eritmasi bilan mutanosib.
Geparin natriy eritmasi quyidagi dori vositalari eritmalari bilan nomutanosib: alteplaza. amikatsin, amiodaron, ampitsillin natriy, benzilpenitsillin natriy, siprofloksatsin, sitarabin. dakarbazin, danorubitsin, diazepam, dobutamin, doksorubitsin gidroxloridi, droperidol, eritromitsin, gentamitsin sulfat, galoperidol laktat, gialuronidaza, gidrokortizon natriy suksinat, dekstroza (glyukoza), idarubitsin, kanamitsin sulfat, metitsillin natriy, netilmitsin sulfat, opioidlar, oksitetratsiklin gidroxloridi, polimiksin V sulfat, promazin gidroxloridi, prometazin gidroxloridi, streptomitsin sulfat, sulfafurazol dietanolamin, tetratsiklin gidroxloridi, tobramitsin sulfat, sefalotin natriy, sefaloridin, vankomitsin gidroxloridi, vinblastin sulfat, labetalol gidroxloridi, nikardipin gidroxloridi.
Farmakokinetik o'zaro ta'sir: geparin natriy fenitoin, xinidin, propranolol va benzodiazepin hosilalarini qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish joylaridan siqib chiqaradi, bu ko'rsatilgan preparatlarning farmakologik ta'siri kuchayishiga olib kelishi mumkin. Geparin natriy protamin natriy, ishqoriy reaksiyaga ega polipeptidlar, shuningdek tritsiklik antidepressantlar bilan bog'lanadi va inaktivatsiyalanadi. Farmakodinamik o'zaro ta'sir: geparin natriyning antikoagulyant ta'siri gemostazga ta'sir qiluvchi boshqa dori vositalari, sh. t. antitrombotsitar preparatlar (asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel, prasugrel, tiklopidin, dipiridamol), bilvosita ta'sirga ega antikoagulyantlar (varfarin, fenilin, sinkumar), trombolitik preparatlar (alteplaza, streptokinaza, urokinaza) nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (fenilbutazon, ibuprofen, indometatsin. diklofenak va b.), glukokortikosteroidlar va dekstran bilan bir vaqtda qo'llanilganda kuchayadi. buning natijasida qon ketishlar xavfi ortadi. Bundan tashqari, geparin natriyning antikoagulyant ta'siri gidroksixloroxin, sulfinpirazon. probenetsid, etakrin kislotasi, tsitostatiklar, sefamandol, sefotetan, valproat kislotasi, propiltiouratsil bilan birga qo'llanilganda kuchayishi mumkin.
Geparin qo'llaniladigan har qanday jarrohlik aralashuvlaridan oldin kamida 5 kun oldin peroral antikoagulyantlar va antiagregantlar bekor qilinishi kerak, chunki ular operatsiyalar vaqtida yoki operatsiyadan keyingi davrda qon ketishini kuchaytirishi mumkin. Geparin natriyning antikoagulyant ta'siri AKTG, antigistamin preparatlar, askorbin kislotasi, sporinya alkaloidlari, nikotin, nitroglitserin, yurak glikozidlari, tiroksin, tetratsiklin va xinin bilan bir vaqtda qo'llanilganda kamayadi.
Geparin natriy AKTG, glukokortikosteroidlar va insulinning farmakologik ta'sirini kamaytirishi mumkin.
Geparin uzluksiz vena ichiga infuziya yoki muntazam vena ichiga in'ektsiyalar, shuningdek teri ostiga (qorin sohasiga) buyuriladi.
Geparin natriyni mushak ichiga gematomalar rivojlanish xavfi tufayli mushak ichiga yuborish mumkin emas.
Teri ostiga in'ektsiyalarni qorinning oldingi-lateral devori sohasida (istisno hollarda yelkaning yuqori sohasi yoki songa yuboriladi) bajarish afzalroq, bunda ingichka igna ishlatiladi, uni eritmani yuborish tugaguncha bosh va ko'rsatkich barmoqlar orasida ushlab turilgan teri burmasiga chuqur, perpendikulyar kiritish kerak. Yuborish joylarini har safar almashtirish kerak (gematoma hosil bo'lishining oldini olish uchun). Birinchi in'ektsiyani operatsiya boshlanishidan 1-2 soat oldin, operatsiyadan keyingi davrda - 7-10 kun davomida, zarurat bo'lganda esa - uzoqroq vaqt davomida amalga oshirish kerak.
Davolash maqsadida yuboriladigan geparin natriyning boshlang'ich dozasi odatda 5000 ME ni tashkil qiladi va vena ichiga yuboriladi, shundan so'ng davolash teri ostiga in'ektsiyalar yoki vena ichiga infuziyalardan foydalangan holda davom ettiriladi.
Ushlab turuvchi dozalar qo'llash usuliga qarab belgilanadi:
-uzluksiz vena ichiga infuziyada 1000-2000 ME/soat (24000-48000 ME/sut) dan buyuriladi, geparinni 0,9 % natriy xlorid eritmasi bilan suyultirib; muntazam
-vena ichiga in'ektsiyalarda 5000-10000 ME geparin har 4-6 soatda buyuriladi;
-teri ostiga yuborilganda har 12 soatda 15000-20000 ME yoki har 8 soatda 8000-10000 ME dan yuboriladi.
Geparin natriy bilan terapiyaning samaradorligi va xavfsizligining laboratoriya monitoringi. Geparin natriy dozasini qon ivishining laboratoriya ko'rsatkichlari asosida to'g'rilash kerak. Geparin natriyni qo'llashda faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (FQTV) yoki qon ivish vaqti (QIV) ni nazorat qilish kerak. Agar FQTV nazorat qiymatlaridan 1,5-2,5 baravar oshsa yoki bemorning QIVi nazorat qiymatlaridan 2,5-3,0 baravar yuqori bo'lsa, yuborilayotgan geparin natriy dozasi adekvat hisoblanadi.
Geparin natriyning uzluksiz vena ichiga infuziyasida dastlabki FQTV ni aniqlash, keyin har 4 soatda FQTV ni aniqlab, so'ngra geparin natriy infuziyasi tezligini FQTV ning maqsadli darajasiga (normadan 1,5-2,5 baravar yuqori) erishilgunga qadar oshirish yoki kamaytirish, keyinchalik har 6 soatda FQTV ni aniqlash tavsiya etiladi.
Geparin natriyni bolyusli vena ichiga yuborishda dastlabki FQTV ni aniqlash, keyin har bir bolyusli yuborishdan oldin FQTV ni aniqlab, so'ngra yuborilayotgan geparin natriy dozasini oshirish yoki kamaytirish tavsiya etiladi.
Geparin natriyni teri ostiga yuborishda in'ektsiyadan 4-6 soat o'tgach FQTV ni nazorat qilib, so'ngra yuborilayotgan geparin natriy dozasini oshirish yoki kamaytirish tavsiya etiladi.
Geparin natriyni kichik dozalarda (kuniga 2-3 marta 5000 ME) tromb hosil bo'lishining profilaktikasi uchun teri ostiga yuborishda FQTV ni muntazam nazorat qilish shart emas, chunki u sezilarli darajada oshmaydi.
Uzluksiz vena ichiga infuziya geparin natriyni qo'llashning eng samarali usuli hisoblanadi, muntazam (davriy) in'ektsiyalarga qaraganda yaxshiroq, chunki u barqarorroq gipokoagulyatsiyani ta'minlaydi va qon ketishlarni kamroq chaqiradi. Maxsus klinik vaziyatlarda geparin natriyni qo'llash.
ST segmenti ko'tarilmagan o'tkir koronar sindromda va ST segmenti ko'tarilgan miokard infarktida birlamchi teri orqali koronar angioplastika: geparin natriy vena ichiga bolyusli 70-100 ME/kg dozada (agar glikoprotein IIb/IIIa reseptorlari ingibitorlarini qo'llash rejalashtirilmasa) yoki 50-60 ME/kg dozada (glikoprotein IIb/IIIa reseptorlari ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanilganda) yuboriladi. ST segmenti ko'tarilgan miokard infarktida trombolitik terapiya: geparin natriy vena ichiga bolyusli 60 ME/kg dozada (maksimal doza 4000 ME), keyinchalik vena ichiga infuziya 12 ME/kg dozada (soatiga 1000 ME dan ko'p bo'lmagan) 24-48 soat davomida yuboriladi. FQTV ning maqsadli darajasi 50-70 soniya yoki normadan 1,5-2,0 baravar yuqori; FQTV nazorati terapiya boshlangandan 3, 6, 12 va 24 soatdan keyin.
Geparin natriyning past dozalaridan foydalangan holda jarrohlik aralashuvlaridan keyingi tromboembolik asoratlarning profilaktikasi: geparin natriy teri ostiga, qorin terisi burmasiga chuqur yuboriladi. Boshlang'ich doza operatsiya boshlanishidan 2 soat oldin 5000 ME. Operatsiyadan keyingi davrda: har 8-12 soatda 5000 ME dan 7 kun davomida yoki bemorning harakatchanligi to'liq tiklangunga qadar (qaysi biri oldin kelishiga qarab). Tromboembolik asoratlarning profilaktikasi uchun geparin natriyni past dozalarda qo'llashda FQTV ni nazorat qilish shart emas.
Yurak-qon tomir jarrohligida ekstrakorporeal qon aylanish tizimlaridan foydalangan holda operatsiyalarda qo'llash: geparin natriyning boshlang'ich dozasi - tana vazniga kamida 150 ME/kg. Keyin geparin natriy 1 l infuzion eritmaga 30000 ME dan 15-25 tomchi/daq tezlikda uzluksiz vena ichiga infuziya yo'li bilan yuboriladi. Geparin natriyning umumiy dozasi odatda 300 ME/kg vaznni (agar operatsiyaning taxminiy davomiyligi 60 daqiqadan kam bo'lsa) yoki 400 ME/kg tana vaznini (agar operatsiyaning taxminiy davomiyligi 60 va undan ortiq daqiqa bo'lsa) tashkil qiladi.
Gemodializda qo'llash. Geparin natriyning boshlang'ich dozasi: 25-30 ME/kg (yoki 10000 ME) vena ichiga bolyusli, keyin geparin natriyning uzluksiz infuziyasi 20000 ME/100 ml 0.9 % natriy xlorid eritmasi 1500-2000 ME/soat tezlikda (agar gemodializ tizimlarini qo'llash bo'yicha qo'llanmada boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa).
Varfarin bilan terapiyaga o'tish: barqaror antikoagulyant ta'sirni ta'minlash uchun geparin natriy bilan to'liq dozada terapiyani barqaror maqsadli XNN (xalqaro normallashgan nisbat) darajasiga erishilgunga qadar davom ettirish kerak. Shundan so'ng yuborishni to'xtatish zarur.
Dabigatran bilan terapiyaga o'tish: geparin natriyni uzluksiz vena ichiga yuborishni dabigatranning birinchi dozasini qabul qilgandan keyin darhol to'xtatish kerak. Bo'lib-bo'lib vena ichiga yuborishda bemor dabigatranning birinchi dozasini ichishga geparin natriyning navbatdagi dozasini rejalashtirilgan yuborishdan 1-2 soat oldin qabul qilishi kerak.
Pediatriyada geparin natriyni qo'llash.
Bolalarda geparin natriyni qo'llash bo'yicha adekvat nazoratli tadqiqotlar o'tkazilmagan. Taqdim etilgan tavsiyalar klinik tajribaga asoslangan.
Boshlang'ich doza: 75-100 ME/kg vena ichiga bolyusli 10 daqiqa davomida.
Ushlab turuvchi doza: 1-3 oylik bolalar - 25-30 ME/kg/soat (800 ME/kg/sutka), 4-12 oylik bolalar - 25-30 ME/kg/soat (700 ME/kg/sutka), 1 yoshdan katta bolalar - 18-20 ME/kg/soat (500 ME/kg/sutka) vena ichiga tomchilab.
Geparin natriy dozasini qon ivish ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda tanlash kerak (FQTV ning maqsadli darajasi 60-85 soniya).
Terapiya davomiyligi ko'rsatmalar va qo'llash usuliga bog'liq. Vena ichiga qo'llanilganda davolashning optimal davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi, shundan so'ng terapiya peroral antikoagulyantlar bilan davom ettiriladi (peroral antikoagulyantlarni geparin natriy bilan davolashning 1-kunidanoq yoki 5 dan 7-kungacha tayinlash, geparin natriyni qo'llashni esa kombinatsiyalangan terapiyaning 4-5-kunida to'xtatish tavsiya etiladi). Yonbosh-son venalarining keng ko'lamli trombozlarida geparin natriy bilan uzoqroq davolash kurslarini o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Keksa bemorlar
60 yoshdan oshgan shaxslarda (ayniqsa ayollarda) qon ketish xavfi yuqori, shu sababli ushbu toifadagi bemorlarda geparin natriy dozasi kamaytirilishi kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: qon ketish belgilari.
Davolash: geparin natriy dozasini oshirib yuborish oqibatida yuzaga kelgan kichik qon ketishlarda uni qo'llashni to'xtatish kifoya.
Keng ko'lamli qon ketishlarda geparin natriyning ortiqchasi protamin sulfat bilan neytrallanadi (100 ME geparin natriyga 1 mg protamin sulfat). 1 % (10 mg/ml) protamin sulfat eritmasi vena ichiga juda sekin yuboriladi. Har 10 daqiqada 50 mg (5 ml) dan ortiq protamin sulfat yuborish mumkin emas. Geparin natriyning tez metabolizmini hisobga olgan holda, talab qilinadigan protamin sulfat dozasi vaqt o'tishi bilan kamayadi. Protamin sulfatning zarur dozasini hisoblash uchun geparin natriyning T1/2 i 30 daqiqa deb hisoblash mumkin. Protamin sulfatni qo'llashda o'lim bilan yakunlangan og'ir anafilaktik reaksiyalar qayd etilgan, shu sababli preparatni faqat anafilaktik shokda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish uchun jihozlangan bo'lim sharoitida yuborish kerak.
Gemodializ samarasiz.
Xususiyatlar GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5
Geparin boshqa chiqarish shakllari
GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 analoglari


















