Apteka.uz
SavatKirish

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Belarusiya
Faol modda:Geparin natriya
Ishlab chiqaruvchi:Belmedpreparati RUP
Teglar:Qon uchun
ATX kodi:B01AB01
Barcha Geparin dorilari
77 ta dorixonada bor
Narxi 48 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 77 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Vena ichiga qo‘llanilganda preparatning ta’siri deyarli darhol, 10-15 daqiqadan kechiktirmasdan boshlanadi va uzoq davom etmaydi, atigi 4-6 soat. Teri ostiga qo‘llanilganda preparatning ta’siri sekin boshlanadi, TCmax - 4-5 soat, lekin 12 soat va undan ko‘proq davom etadi. Plazma oqsillari bilan geparinning 95% gacha qismi bog‘lanadi, taqsimlanish hajmi juda kichik - 0.06 l/kg (plazma oqsillari bilan kuchli bog‘lanishi tufayli tomir o‘zanini tark etmaydi). Yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tmaydi. Endotelial hujayralar va mononuklear-makrofagal tizim hujayralari (RES hujayralari) tomonidan intensiv ravishda qamrab olinadi, jigar va taloqda to‘planadi. Jigarda N-desulfamidaza va geparin metabolizmiga keyingi bosqichlarda qo‘shiladigan trombotsitlar geparinazasi ishtirokida metabolizmga uchraydi. Metabolizmda trombotsitar omil 4 (antigeparin omili) ishtirok etishi, shuningdek, geparinning makrofaglar tizimi bilan bog‘lanishi uning tez biologik inaktivatsiyasi va ta’sirining qisqa muddatliligini tushuntiradi. Desulfatsiyalangan molekulalar buyrak endoglikozidazasi ta’sirida past molekulyar fragmentlarga aylanadi. T1/2 - 1-6 soat (o‘rtacha - 1.5 soat); semizlikda, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida uzayadi; o‘pka emboliyasida, infeksiyalarda, xavfli o‘smalarda qisqaradi. Buyraklar orqali, asosan nofaol metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi va faqat yuqori dozalar kiritilganda o‘zgarmagan holda (50% gacha) chiqarilishi mumkin. Gemodializ orqali chiqarilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Qon ketishi, teri ostiga qon quyilishlar, shilliq qavatlarga, buyrak usti bezi po‘stlog‘iga qon quyilishlar, shuningdek in'ektsiya joyida gematomalar.



Boshqa potentsial nojo‘ya ta'sirlar bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, bo‘g‘imlarda og‘riq, qon bosimining oshishi va eozinofiliyani o‘z ichiga oladi. Kamdan-kam hollarda uzoq muddatli davolanishda qaytuvchan osteoporoz va alopesiya qayd etilishi mumkin.



O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: toshma, eshakemi, rinit, ko‘z yoshlanishi, in'ektsiya joyida teri nekrozi, bronxospazm, isitma, anafilaktik shok, kollaps, arterial gipertenziya.



Geparin bilan davolash boshlanishida ba'zida trombositlar soni 80x10⁷ l dan 150x10⁹/l gacha bo‘lgan oraliqda o‘tkinchi trombositopeniya qayd etilishi mumkin. Odatda bu holat asoratlar rivojlanishiga olib kelmaydi va geparin bilan davolash davom ettirilishi mumkin. Kamdan-kam hollarda og‘ir immun trombositopeniya (oq tromb hosil bo‘lishi sindromi) qayd etilishi mumkin. Ushbu asoratni trombositlar soni 80x10⁹/l dan pastga yoki boshlang‘ich darajadan 50% dan ko‘proqqa kamaygan taqdirda taxmin qilish kerak. Og‘ir trombositopeniya bo‘lgan bemorlarda iste'mol koagulopatiyasi (fibrinogen zaxiralarining tugashi) rivojlanishi mumkin.



Geparin terapiyasi fonida qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar (transaminazalar, erkin yog‘ kislotalari va qon plazmasidagi tiroksin darajasining oshishi; organizmda kaliyning qaytuvchan ushlanib qolishi; xolesterin darajasining soxta pasayishi; qon glyukoza darajasining soxta oshishi va bromsulfalein testining natijalaridagi xato) kuzatilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Katta dozalar bilan davolashni statsionar sharoitida o'tkazish tavsiya etiladi. Trombotsitlar sonini nazorat qilishni davolash boshlanishidan oldin, davolashning birinchi kunida va geparin tayinlashning butun davri davomida qisqa oraliqlar bilan, ayniqsa davolash boshlangandan so'ng 6 va 14 kunlar orasida o'tkazish kerak. Trombotsitlar soni keskin kamayganda davolashni darhol to'xtatish kerak («Nojo'ya ta'sirlar»ga qarang).

Trombotsitlar sonining keskin kamayishi geparin-indutsirlangan immun trombotsitopeniyani aniqlash yuzasidan keyingi tekshiruvni talab qiladi. Agar bunday holat mavjud bo'lsa, bemorga kelajakda unga geparin tayinlash mumkin emasligi (hatto quyi molekulyar geparin ham) haqida xabar berish kerak. Agar geparin-indutsirlangan immun trombotsitopeniya ehtimoli yuqori bo'lsa, geparinni darhol bekor qilish kerak.

Tromboembolik kasallik bo'yicha yoki tromboembolik asoratlar rivojlangan taqdirda geparin olayotgan bemorlarda geparin-indutsirlangan trombotsitopeniya rivojlanganda, boshqa antitrombotik vositalarni ishlatish kerak.

Geparin-indutsirlangan immun trombotsitopeniyasi (oq tromb hosil bo'lishi sindromi) bo'lgan bemorlar geparinizatsiya bilan gemodializga duchor qilinmasligi kerak. Zarurat tug'ilganda, ularda buyrak yetishmovchiligini davolashning muqobil usullari ishlatilishi kerak.

Dozani oshirib yuborishni oldini olish uchun ehtimoliy qonashni ko'rsatuvchi klinik simptomlarni (shilliq qavatlarning qonashi, gematuriya va h.k.) doimiy kuzatib borish zarur. Geparinga reaksiyasi yo'q yoki geparinning yuqori dozalarini tayinlashni talab qiluvchi shaxslarda antitrombin III darajasini nazorat qilish kerak.

Garchi geparin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tmasa va ko'krak sutida aniqlanmasa-da, terapevtik dozalarda tayinlanganda homilador ayollar va emizikli onalarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Tug'ruqdan keyin 36 soat davomida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Tegishli nazorat laboratoriya tekshiruvlarini (qon ivish vaqti, faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti va trombin vaqti) o'tkazish zarur.

60 yoshdan katta ayollarda geparin qonashni oshirishi mumkin.

Arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda geparin ishlatilganda arterial qon bosimini doimiy nazorat qilish kerak.

Geparin bilan terapiyani boshlashdan oldin doimo koagulogramma tekshiruvi o'tkazilishi kerak, past dozalarni ishlatish bundan mustasno.

Peroral antikoagulyatsion terapiyaga o'tkazilayotgan bemorlarga, qon ivish vaqti va faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (AChTV) testlari natijalari terapevtik diapazonda bo'lguniga qadar geparin tayinlashni davom ettirish kerak.

Davolash maqsadlarida geparin tayinlanganda mushak ichiga in'eksiyalar istisno qilinishi kerak. Shuningdek imkon qadar punksion biopsiyalar, infiltratsion va epidural anesteziya va diagnostik lyumbal punksiyalardan saqlanish kerak.

Agar massiv qon ketish yuzaga kelsa, geparinni bekor qilish va koagulogramma ko'rsatkichlarini tekshirish kerak. Agar tahlil natijalari me'yor doirasida bo'lsa, u holda geparin ishlatilishi oqibatida ushbu qon ketish rivojlanishi ehtimoli minimal. Koagulogrammadagi o'zgarishlar geparin bekor qilingandan so'ng me'yorlashish tendensiyasiga ega.

Protamin sulfat geparinning o'ziga xos antidoti hisoblanadi. Bir ml protamin sulfat 1 000 XB geparinni neytrallaydi. Protamin dozalari koagulogramma natijalariga bog'liq holda tuzatilishi kerak, chunki ushbu preparatning ortiqcha miqdori o'zi qon ketishini qo'zg'atishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Geparinga yuqori sezuvchanlik; MIY eroziv-yarali shikastlanishlari, o'smalari va poliplari; o'tkir osti bakterial endokardit; jigar va buyrak funksiyalarining yaqqol buzilishlari; og'ir nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya; gemorragik insult; yaqinda bosh miya va umurtqa pog'onasida, ko'zda, jigar yoki o't yo'llarida o'tkazilgan operatsiyalar; proliferativ diabetik retinopatiya; qon ivish vaqtining pasayishi bilan kechuvchi

kasalliklar; tushish xavfi; trombotsitopeniya; tomirlar o'tkazuvchanligining oshishi; o'pkadan qon ketishi; gemofiliya; trombotsitopeniya.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Peroral antikoagulyantlar (masalan, dikumarinlar) va antiagregantlar (masalan, asetilsalitsil kislotasi, dipiridamol) har qanday jarrohlik aralashuvidan kamida 5 kun oldin bekor qilinishi kerak, chunki ular operatsiya vaqtida yoki operatsiyadan keyingi davrda qon ketishini kuchaytirishi mumkin.



Askorbin kislotasi, antigistamin preparatlar, digitalis yoki tetratsiklinlarni bir vaqtda qo'llash geparin ta'sirini kamaytirishi mumkin. Dekstran, fenilbutazon, indometatsin, sulfinpirazol, probenetsid, etakrin kislotasi, penitsillinlar va tsitostatiklarni tomir ichiga yuborish geparin ta'sirini potentsiyalashi mumkin. Geparin fenitoin, kvinidin, propranolol, benzodiazepinlar va bilirubinni oqsillar bilan bog'lanish joylarida o'rnini bosadi. Samaradorlikning o'zaro pasayishi tritsiklik antidepressantlar bir vaqtda qo'llanilganda sodir bo'ladi, chunki ular geparin bilan bog'lanishi mumkin.

Faol ingredientlar potentsial ehtimoliy pretsipitatsiyasi tufayli geparin boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasligi kerak.

Dozirovkasi

DozalashGeparin uzluksiz vena ichiga infuziya yoki teri ostiga yoki vena ichiga in'ektsiyalar ko'rinishida buyuriladi.

Davolash maqsadida yuboriladigan geparinning boshlang'ich dozasi 5000 XB ni tashkil qiladi va vena ichiga yuboriladi, shundan so'ng davolash teri ostiga in'ektsiyalar yoki vena ichiga infuziyalardan foydalangan holda davom ettiriladi.

Ushlab turuvchi dozalar qo'llash usuliga qarab belgilanadi:

-uzluksiz vena ichiga infuziyada soatiga tana vaznining har kg siga 15 XB dozada yuboriladi;

-muntazam vena ichiga in'ektsiyalarda 5 000-10 000 XB geparin har 4-6 soatda buyuriladi;

-teri ostiga yuborilganda har 12 soatda 15 000-20 000 XB yoki har 8 soatda 8 000-10 000 XB yuboriladi

Har bir dozani yuborishdan oldin keyingi dozani to'g'rilash maqsadida qon ivish vaqtini va/yoki faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqtini (FQTV) tekshirish zarur. Teri ostiga in'ektsiyalarni qorinning oldingi devori sohasida bajarish afzalroq, istisno tariqasida boshqa yuborish joylarini ham ishlatish mumkin (yelka, son). Geparinning antikoagulyant ta'siri optimal hisoblanadi, agar qon ivish vaqti normal ko'rsatkichga nisbatan 2-3 baravar uzaysa, faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (FQTV) va trombin vaqti 2 baravar oshsa (FQTV ni uzluksiz nazorat qilish imkoni bo'lganda).

Ekstrakorporeal qon aylanishda bo'lgan bemorlarga Geparin 150—400 XB/kg tana vazni dozasida yoki 1 500— 2 000 XB/500 ml konservatsiya qilingan qon (to'liq qon, eritrotsitar massa) hisobida buyuriladi.

Dializda bo'lgan bemorlarga dozani to'g'rilash koagulogramma natijalari bo'yicha o'tkaziladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 o'xshash dorilari

AREPLEKS tabletkalari 75 mg N28
Retseptli
AREPLEKS tabletkalari 75 mg N28
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Pharma S.A.
•71 ta dorixonada bor
Narxi
120 000 so'm dan
ASEKARD tabletkalari 100mg N30
ASEKARD tabletkalari 100mg N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM OOO
Narxi
17 000 so'm dan
NOKLOT tabletkalari 75mg N30
Retseptli
NOKLOT tabletkalari 75mg N30
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•97 ta dorixonada bor
Narxi
88 700 so'm dan
Ksalia tabletkalari 10mg N30
Ksalia tabletkalari 10mg N30
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt.) Limited
•34 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 xususiyatlari

Geparin boshqa chiqarish shakllari

GEPARIN eritma 1ml 5000YeD/ml N5
GEPARIN eritma 1ml 5000YeD/ml N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Uzgermed Pharm, SP, OOO
•24 ta dorixonada bor
Narxi
41 000 so'm dan
GEPARIN  eritma 1 ml 5000 ME/ml N5
GEPARIN eritma 1 ml 5000 ME/ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
•24 ta dorixonada bor
Narxi
41 000 so'm dan
GEPARIN INDAR inyeksiya uchun eritma 5ml 5000ME/ml N5
Retseptli
GEPARIN INDAR inyeksiya uchun eritma 5ml 5000ME/ml N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
INDAR,CHAO
•26 ta dorixonada bor
Narxi
197 400 so'm dan
GEPARIN NATRIYA eritma 5ml 5000me/ml N5
Retseptli
GEPARIN NATRIYA eritma 5ml 5000me/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Ellara, OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
148 000 so'm dan
GEPARINOVAYA maz 25g
Retseptsiz
GEPARINOVAYA maz 25g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
Narxi
10 000 so'm dan
GEPARIN maz 25 g
GEPARIN maz 25 g
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
ZIYO NUR FARM, CHP
•131 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
GEPARINOVAYA maz 25mg
Retseptsiz
GEPARINOVAYA maz 25mg
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm,OAO
Narxi
10 000 so'm dan
GEPARINOVAYA maz 25g
Retseptsiz
GEPARINOVAYA maz 25g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Zelenaya Dubrava, ZAO
Narxi
10 000 so'm dan
GEPARIN BELMED inyeksiya uchun eritma 5ml 5000ME/ml N5
Retseptli
GEPARIN BELMED inyeksiya uchun eritma 5ml 5000ME/ml N5
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•77 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 analoglari

GEPARIN NATRIYA eritma 5ml 5000me/ml N5
Retseptli
GEPARIN NATRIYA eritma 5ml 5000me/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Ellara, OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
148 000 so'm dan
LIOTON 1000 gel 30g
Retseptsiz
LIOTON 1000 gel 30g
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite S.r.l., Italiya proizvedeno: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.I.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
64 800 so'm dan
LIOTON 1000 gel 50g
Retseptsiz
LIOTON 1000 gel 50g
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite S.r.l., Italiya proizvedeno: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.I.
•111 ta dorixonada bor
Narxi
89 900 so'm dan
GEPARIN eritma 1ml 5000YeD/ml N5
GEPARIN eritma 1ml 5000YeD/ml N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Uzgermed Pharm, SP, OOO
•24 ta dorixonada bor
Narxi
41 000 so'm dan
LIOTON 1000 gel 100g
Retseptsiz
LIOTON 1000 gel 100g
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite S.r.l., Italiya proizvedeno: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.I.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
200 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
200 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
200 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
210 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
215 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
215 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
215 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
215 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
215 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
215 000 so'm
Bron qilish

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 haqida savollar

GEPARIN eritma 5ml 5000me/ml N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil