GRAMMIDIN sprey 0,06mg

GRAMMIDIN sprey 0,06mg haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Mahalliy ta’sirga ega preparat. Farmakokinetika bo‘yicha klinik oldi tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra so‘rilish deyarli yo‘q.
Nojo'ya samaralari
Preparat tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta'sirlar kuzatilsa yoki ular kuchaysa, yoxud Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni og'iz bo'shlig'ida ochiq yaralar mavjud bo'lganda qo'llash kerak emas, chunki setilpiridiniy xlorid yaralar bitishini sekinlashtiradi.
Preparat etanol saqlaydi. Preparatning maksimal bir martalik dozasida etanol miqdori 0,08 g gachani tashkil qiladi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Preparat alohida diqqat va reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va h.k.) ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
-Gramitsidin S, setilpiridiniy xlorid va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-homiladorlik (I trimestr);
-laktatsiya davri;
-18 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
Homiladorlik (II-III trimestr).
Homiladorlik va laktatsiya:
Preparatni qo'llashdan oldin, agar Siz homilador bo'lsangiz yoki homilador bo'lishingiz mumkinligini taxmin qilsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Homilador ayollarda preparatni qo'llash bo'yicha adekvat nazorat qilinadigan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Homiladorlikning I trimestrida preparatni qo'llash mumkin emas. Homiladorlikning II-III trimestrida preparatni qo'llash faqat ona uchun potensial foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan hollardagina mumkin.
Preparat komponentlarining ko'krak sutiga o'tishi haqida ma'lumotlar yo'q. Agar laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sirlar ta'riflanmagan.
Dozirovkasi
Kattalar uchun dozalash: 7 kun davomida kuniga 3 marta bir qo'llashda 4 purkashdan. Preparatni qabul qilgandan so'ng darhol 1 soat davomida ovqat va ichimliklar qabul qilishdan saqlanish kerak.
Agar davolashdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan ko'rsatmalar, qo'llash usuli va dozalarga muvofiq qo'llang.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: preparatni tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qabul qilish oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Hajm/og'irlik
GRAMMIDIN sprey 0,06mg o'xshash dorilari



GRAMMIDIN sprey 0,06mg xususiyatlari
Grammidin boshqa chiqarish shakllari




GRAMMIDIN sprey 0,06mg analoglari





