GRAMMIDIN DETSKIY sprey 0,03mg+0,1mg 112 doz

GRAMMIDIN DETSKIY sprey 0,03mg+0,1mg 112 doz haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Mahalliy ta’sirga ega preparat. Farmakokinetika bo‘yicha klinik oldi tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra so‘rilish deyarli yo‘q.
Nojo'ya samaralari
Preparat tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta'sirlar kuzatilsa yoki ular kuchaysa, yoxud Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni og'iz bo'shlig'ida ochiq yaralar mavjud bo'lganda qo'llash kerak emas, chunki setilpiridiniy xlorid yaralar bitishini sekinlashtiradi.
Preparat etanol saqlaydi. Preparatning maksimal bir martalik dozasida etanol miqdori 0,04 g gachani tashkil qiladi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat alohida diqqat va reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va h.k.) ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
-gramitsidin S, setilpiridiniy xlorid va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-laktatsiya davri;
-3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak («Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi» ga qarang).
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Preparatni qo'llash faqat ona uchun potensial foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan hollardagina mumkin. Preparatni qo'llashdan oldin, agar Siz homilador bo'lsangiz yoki homilador bo'lishingiz mumkinligini taxmin qilsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Preparat komponentlarining ko'krak sutiga o'tishi haqida ma'lumotlar yo'q. Agar laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sirlar ta'riflanmagan.
Dozirovkasi
Mahalliy qo‘llanadi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatiga purkash yo‘li bilan. Ovqatdan keyin qo‘llanadi.
Spreyni birinchi marta ishlatishdan oldin ballonchani chayqatib, purkagichni ikki marta bosish kerak.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun doza: har bir qo‘llashda 4 marta purkash, kuniga 3 marta, 7 kun davomida.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun doza: har bir qo‘llashda 2 marta purkash, kuniga 3 marta, 7 kun davomida.
Preparat qo‘llangandan so‘ng 1 soat davomida ovqat va ichimlik iste’mol qilishdan saqlanish kerak.
Agar davolanishdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Preparatni faqat ushbu ko‘rsatmalarga, qo‘llash usuliga va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozalarga muvofiq qo‘llang.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: preparatni tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qabul qilish oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Hajm/og'irlik
GRAMMIDIN DETSKIY sprey 0,03mg+0,1mg 112 doz o'xshash dorilari


GRAMMIDIN DETSKIY sprey 0,03mg+0,1mg 112 doz xususiyatlari
Grammidin boshqa chiqarish shakllari



GRAMMIDIN DETSKIY sprey 0,03mg+0,1mg 112 doz analoglari





