GRAMMIDIN NEO tabletkalari

GRAMMIDIN NEO tabletkalari o'xshash dorilari


GRAMMIDIN NEO tabletkalari qo'llanmasi
Faol moddalar mahalliy ta'sir ko'rsatadi va MITYdan deyarli so'rilmaydi, bu tizimli ta'sirlarning deyarli to'liq yo'qligini belgilaydi.
Mahalliy qo'llash uchun majmuaviy dori vositasi.
Gramitsidin S - mikroblarga qarshi vosita. Ta'sir mexanizmi mikrob hujayrasi sitoplazmatik membranasi o'tkazuvchanligining oshishi bilan bog'liq bo'lib, bu uning barqarorligini buzadi va hujayra o'limini keltirib chiqaradi. Gramitsidin S og'iz bo'shlig'i va halqumning infektsion kasalliklari qo'zg'atuvchilariga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Tsetilpiridiniy xloridi - antiseptik vosita. Og'iz bo'shlig'i infektsion kasalliklari qo'zg'atuvchilarining o'sishi va ko'payishini bostiradi.
Majmuaviy dori vositasi yallig'lanishni kamaytiradi, mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi, tomoqdagi noxush hislarni yumshatadi, yutinishni osonlashtiradi, so'rilganda gipersalivatsiyani chaqiradi, bu og'iz bo'shlig'i va halqumni mikroorganizmlardan mexanik tozalashga yordam beradi.
Qo'llashning 7 kuni davomida terapevtik samara bo'lmaganda shifokorga murojaat qilish kerak.
4 yoshgacha bo‘lgan bolalar; homiladorlikning I uchoyligi; dori vositasi tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Mahalliy va tizimli ta'sir etuvchi boshqa mikroblarga qarshi vositalar samaralarini kuchaytiradi.
Grammidin boshqa chiqarish shakllari





GRAMMIDIN NEO tabletkalari analoglari












