KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120

KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 o'xshash dorilari



KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 qo'llanmasi
faol moddalar: kaltsiy karbonati – 1 250 mg (500 mg kaltsiyga ekvivalent), xolekaltsiferol (D3 vitamini) 10 mkg (400 XB D3 vitaminiga ekvivalent).
yordamchi moddalar: laktoza, qand, sukraloza, izomalt, limon aromatizatori, apelsin aromatizatori, yalpiz aromatizatori, magniy stearati, titan dioksidi, makkajo'xori kraxmali.
10 tadan tabletka kontur uyali o'ramlarda. 3, 5, 6, 7, 9, 10 yoki 12 kontur uyali o'ramdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yuriqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.
Shuningdek 30, 50, 60, 90, 100, 120 tabletka yukori zichlikdagi polietilen flakonda buraladigan kapkok bilan. 1 flakon davlat tilida va rus tilida tibbiyotda kullanilishiga doir yuriknomasi bilan kattik kogozdagi kuti ichiga soliniladi.
Kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Organizmda kaltsiy va D3 vitamini tanqisligini to'ldirib, suyak to'qimasini so'rilib ketishini susaytiradi va zichligini oshiradi, tishlarni mineralizasiyasi uchun zarur.
Kaltsiy nervlarda impuls o'tkazuvchanligini, mushak qisqarishlarini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimining asosiy komponenti hisoblanadi.
Kaltsiyni etarli darajada iste'mol qilish homiladorlik, laktasiya va o'sish davrida muhim.
D3 vitamini (xolekaltsiferol) kaltsiyni ichakda so'rilishini oshiradi.
Kaltsiy va D3 vitaminini qo'llash, suyak to'qimasi so'rilishini oshishini rag'batlantiruvchisi bo'lgan paratireoid gormonini (PTG), ishlab chiqarilishini oshishga to'sqinlik qiladi (kaltsiyni suyaklardan yuvish).
Kaltsiy
So'rilishi
Odatda me'da-ichak yo'llarida so'riluvchi kaltsiyning miqdori qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
Organizmda kaltsiyning 99% suyak va tishlarning dag'al strukturasida jamlangan. Qolgan 1% hujayra ichki va tashqi suyuqliklarida joylangan. Qondagi kaltsiy miqdorining taxminan 50% fiziologik faol ionlashgan shaklda bo'ladi, ulardan taxminan 10% tsitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% oqsillar, birinchi navbatda, albumin bilan bog'langan bo'ladi.
Chiqarilishi
Kaltsiy ichak, buyraklar va ter bezlari orqali chiqariladi. Buyraklar orqali chiqarilishi kalavali filtrasiya va kaltsiyning kanalchali qayta so'rilishiga bog'liq.
D3 vitamini
So'rilishi
D3 vitamini ingichka ichakda oson so'riladi (qabul qilingan dozaning taxminan 80%).
Taqsimlanishi va metabolizmi
Spesifik globulin bilan bog'langan xolekaltsiferol va uning metabolitlari qonda aylanib yuradi. Xolekaltsiferol jigarda gidroksil guruhini qo'shilish yo'li orqali 25-gidroksixolekaltsiferolgacha aylanadi. So'ngra buyraklarda faol shakli 1,25-gidroksixolekaltsiferolga aylanadi. 1,25-gidroksixolekaltsiferol kaltsiy so'rilishining oshishi uchun mas'ul bo'lgan metabolit hisoblanadi.
Metabolizmga uchramagan D3 vitamini yog'va mushak to'qimalarda to'planadi.
Chiqarilishi
D3 vitamini ichak va buyraklar orqali chiqariladi.
Har qanday dori vositasi kabi Kaltsiy D3 Nika Forte ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Preparatning nojo'ya samaralari tez-tezligi quyidagi ko'rinishda tavsiflanadi: juda tez-tez 1/105; tez-tez: 1/100, 1/10; tez-tez emas: 1/1000, 1/100; kam hollarda: 1/10 000, 1/1000: 1/10 000; tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra hisoblab bo'lmaydi).
Alohida holatlarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar ehtimoli mavjud:
moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: tez-tez emas - giperkaltsiemiya va giperkaltsiuriya; juda kam hollarda – sut-ishqoriy sindromi (Bernett sindromi), odatda doza oshirib yuborilgandagina kuzatiladi ("dozani oshirib yuborilishi" bo'limiga qarang);
me'da-ichak yo'llari tomonidan: kam hollarda - qabziyat, meteorizm, ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, diareya, dispepsiya;
teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda - qichishish, toshma, eshakemi;
immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum – angionevrotik shish yoki hiqildoq shishi kabi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, shifokoringizga, farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.
Uzoq davolanganda, qon zardobidagi kaltsiy va kreatinin miqdorini nazorat qilib turish kerak. Yurak glikozidlari va diuretiklar bilan bir vaqtda davolashda kuzatuv olib borish keksa yoshdagi pasientlarda va buyraklarda tosh hosil bo'lishiga yuqori moyilligi bo'lgan pasientlarda ayniqsa muhim ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Doza oshirib yuborilmasligining oldini olish uchun boshqa manbalardan D3 vitamini va kaltsiyning qo'shimcha ravishda kirishini inobatga olish kerak.
Kaltsiy va D3 vitamini giperkaltsiemiya rivojlanishi xavfi tufayli, osteoporozi bo'lgan immobilizasiyalangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanishi shart.
Tetrasiklin yoki xinolon guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo'llash, odatda, tavsiya etilmaydi yoki ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi shart ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi
Ma'lumotlar yo'q.
Buyrak funktsiyasi buzilishlarida qo'llanishi
Giperkaltsiemiya yoki buyrak funktsiyasini buzilishlari hollarida dozani kamaytirish yoki davolanishni to'xtatish lozim.
Preparatni nefrolitiazda qo'llash mumkin emas.
D3 vitamini buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Ushbu holatda qon zardobida kaltsiy va fosfatlar miqdorini nazorat qilib turish kerak. Shuningdek yumshoq to'qimalarda kaltsinoz yuzaga kelishi xavfini inobatga olish lozim.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Agar siz preparatni qo'llash vaqtida homilador ekanligingizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga shu haqda xabar bering, chunki faqat u davolashni davom ettirish zaruriyati to'g'risidagi masalani hal etishi mumkin.
Kaltsiy D3 Nika Forte homiladorlikda organizmda kaltsiy va D3 vitamini tanqisligini to'ldirish uchun qo'llanadi. Homiladorlikda sutkalik umumiy tushum kaltsiy uchun 1500 mg va D3 vitamini uchun 600 XB dan oshmasligi shart. Homiladorlik davrida dozaning oshirib yuborilishi ortidan yuzaga chiqqan giperkaltsiemiya rivojlanayotgan homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Kaltsiy D3 Nika Forte laktasiya davrida qo'llaniladi.
Kaltsiy D3 Nika Forte ko'krak sutiga o'tishi mumkin, shuning uchun ona va bolaga boshqa manbalardan kirayotgan kaltsiy va D3 vitaminini inobatga olish zarur.
Pediatriyada qo'llanishi
Tabletka dori shaklidagi preparat 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Avtotransport va texnik jihatdan murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga kaltsiy D3 Nika Forte preparatining ta'siri bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
-Keksalarda kaltsiy va vitamin D3 tankisligini davolashda va oldini olishda qo'llanadi.
- Osteoporozni davolashda, organizmda kaltsiy va D3 vitamini tanqisligi bo'lgan pasientlarda kaltsiy va D3 vitamini qo'shimcha davolash maqsadida qo'llaniladi.
Kaltsiy D3 Nika Forte quyidagi holatlarda:
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik (laktozani o'zlashtira olmaslik, laktoza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya);
- og'ir buyrak etishmovchiligi;
- giperkaltsiemiya (qonda kaltsiyning yuqori kontsentrasiyasi) va giperkaltsiuriya (siydikda kaltsiyning yuqori miqdori);
- siydik-tosh kasalligi (kaltsiyli toshlarini hosil bo'lishi);
- kaltsiyni yo'qotadigan o'smalar (mieloma, suyak metastazalari, sarkoidoz);
- osteoporoz (immobilizasiya bilan bog'liq bo'lgan);
- o'pka tuberkulezi (faol shakli);
- 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun);
- D3 gipervitaminozida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktasiya davri, buyrak etishmovchiligida qo'llash kerak.
Agar siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.
Kaltsiy va D3 vitamini preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda, giperkaltsiemiya yurak glikozidlarining toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. EKG va qon zardobidagi kaltsiy miqdorini nazorat qilish lozim.
Kaltsiy preparatlari me'da-ichak yo'llaridan tetrasiklinlar so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun tetrasiklin qatori preparatlarni kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qabul qilishdan eng kamida 2 soat oldin yoki 4-6 soatdan so'ng qabul qilish kerak.
Bisfosfonat preparatlari so'rilishining pasayishini oldini olish uchun ularni kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qabul qilishdan eng kamida bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Glyukokortikosteroidlar kaltsiy so'rilishini pasaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolanish kaltsiy D3 Nika Forte preparatini dozasini oshirishni talab etishi mumkin.
Tiazid qatori diuretiklari bir vaqtda qo'llanganda giperkaltsiemiya paydo bo'lishi xavfi oshadi, chunki ular kaltsiyning kanalchalarda qayta so'rilishini uzaytirishadi. Tiazid diuretiklar bir vaqtda qo'llanganda muntazam ravishda kaltsiyning qon zardobidagi miqdorini nazorat qilib turish lozim.
Kaltsiy levotiroksin samaradorligini uning so'rilishini kamaytirgan holda pasaytiriradi. Levotiroksin va kaltsiy D3 Nika Forte preparatlarini qabul qilishlar orasidagi davr eng kamida 4 soatni tashkil qilishi shart.
Xinolon guruhi antibiotiklarining so'rilishi kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda pasayadi. Shuning uchun xinolon guruhi antibiotiklarini kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 6 soatdan so'ng qabul qilish kerak.
Kaltsiy tuzlari temir, rux va strontsiy ranelat so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux yoki strontsiy ranelat preparatlarini kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qabul qilishdan eng kamida ikki soat oldin yoki ikki soatdan keyin qabul qilish kerak.
Orlistat bilan davolanish yog'da eruvchan vitaminlar (masalan, D3 vitamini) ning so'rilishini potentsial ravishda buzishi mumkin.
Har doim Kaltsiy D3 Nika Forte ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Kattalar va keksa yoshdagi odamlarda: 1 tabletkadan kuniga 2 marta buyuriladi.
Bolalarda: Kaltsiy D3 Nika Forte bolalarda qo'llashga mo'ljallanmagan.
Tabletkalarni chaynash yoki so'rish mumkin hamda ovqatlanish vaqtida qabul qilish maqsadga muvofiq
Pasientlarning maxsus guruhlari
Jigar funktsiyasi buzilgan pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak funktsiyasi buzilgan pasientlar
Og'ir buyrak etishmovchiligida Kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qo'llash mumkin emas.
Davolash davomiyligi
Kaltsiy va/yoki D3 vitamini tanqisligini davolash va oldini olish uchun qo'llanilganda, davolash kursining o'rtacha davomiyligi eng kamida 4-6 hafta. Yil davomida takroriy kurslar soni individual ravishda aniqlanadi.
Osteoporoz va uning asoratlari (suyak sinishlari)ni spesifik davolash va oldini olishga qo'shimcha sifatida qo'llanganda, davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda aniqlanadi.
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganda darhol shifokorga murojaat qiling!
Dozani oshirib yuborilishi giperkaltsiemiya va D gipervitaminoziga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari (giperkaltsiemiya): anoreksiya, chanqoq, poliuriya, mushak kuchsizligi, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorindagi og'riq, yuqori darajada toliqish, suyaklarda og'riq, ruxiyatni buzilishi, polidipsiya, nefrokaltsinoz, buyrak tosh kasalligi va og'ir hollarda, yurak aritmiyalari. Ortiqcha dozalar uzoq muddat qo'llanganda (2500 mg kaltsiy) – buyraklarning shikastlanishi, yumshoq to'qimalar kaltsinozi.
Katta miqdordagi kaltsiy va so'riluvchi ishqor ichga qabul qilinganda, pasientlarda sut-ishqoriy sindrom (Bernett sindromi) paydo bo'lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi belgilari aniqlangan holatda kaltsiy va D3 vitamini, shuningdek tiazid diuretiklar va yurak glikozidlarini qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Davolash: me'dani yuvish, yo'qotilgan suyuqlikni tiklash, xalqali diuretiklar (masalan, furosemid), glyukokortikosteroidlar, kaltsitonin, bisfosfonatlarni qo'llash.
Qon plazmasida elektrolitlar miqdori, buyraklar funktsiyasi va diurezni nazorat qilib turish zarur. Og'ir holatlarda Markaziy vena bosimi (MVB) ni o'lchash va elektrokardiogramma (EKG) ni nazorat qilish kerak.
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 boshqa chiqarish shakllari



KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 analoglari













