KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30

KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingan kaltsiy glyukonatining taxminan 1/5-1/3 qismi ingichka ichakda so'riladi; bu jarayon D vitamini mavjudligi, pH, parhez xususiyatlari va kaltsiy ionlarini bog'lashga qodir omillar mavjudligiga bog'liq. Kaltsiy ionlarining so'rilishi uning tanqisligida va kaltsiy ionlari miqdori kamaytirilgan parhezda ortadi. Taxminan 20% buyraklar orqali, qolgan qismi (80%) ichak orqali chiqariladi (me'da-ichak yo'lining terminal qismi devori orqali faol ajralib chiqadi).
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar, qabziyat, me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatining ta'sirlanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinning yuqori qismida og‘riqlar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Yengil giperkaltsiuriyasi, buyrak funktsiyasining biroz buzilishi yoki anamnezida siydik tosh kasalligi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash va siydik bilan kaltsiy ekskretsiyasi darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Siydikda tosh hosil bo'lishiga moyilligi bo'lgan bemorlarga iste'mol qilinadigan suyuqlik hajmini oshirish tavsiya etiladi. Boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lganda shifokor nazorati kerak.
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Ma'lumotlar yo'q.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, giperkalsemiya (kalsiy konsentratsiyasi 12 mg% = 6 mEkv/l dan oshmasligi kerak), giperkalsiuriya, nefrourolitiaz (kalsiyli), sarkoidoz, yurak glikozidlari bilan intoksikatsiya (aritmiyalar paydo bo'lish xavfi), og'ir buyrak yetishmovchiligi, trombozlarga moyillik. 5 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
Degidratatsiya, elektrolit buzilishlar (giperkalsemiya rivojlanish xavfi), diareya, malabsorbsiya sindromi, arzimas giperkalsiuriya, o'rtacha surunkali buyrak yetishmovchiligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, tarqalgan ateroskleroz, giperkoagulyatsiya, me'da-ichak traktining surunkali kasalliklari, anamnezda kalsiyli nefrourolitiaz.
Homiladorlik va laktatsiya:
Ma'lumotlar yo'q.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
"Sekin" kaltsiy kanallari blokatorlarining farmakologik ta'sirlarini kamaytiradi.
Xinidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qorinchalar ichki o'tkazuvchanligining sekinlashishi va xinidin toksikligining oshishi mumkin. Tetratsiklinlar, digoksin, peroral temir preparatlarining so'rilishini sekinlashtiradi (ularni qabul qilish oralig'i kamida 2 soat bo'lishi kerak), tiazidli diuretiklar bilan birga qo'llanilganda giperkalsiemiyani kuchaytirishi mumkin, giperkalsiemiyada kaltsitonin samarasini pasaytiradi, fenitoin biokiraolishligini pasaytiradi.
Etanol, karbonatlar, salitsilatlar, sulfatlar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi (erimaydigan yoki qiyin eriydigan kaltsiy tuzlarini hosil qiladi).
Dozirovkasi
5 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 2-3 tabletkadan (1-1.5 g);
7 dan 9 yoshgacha - 3-4 tabletkadan (1.5-2 g);
10 dan 14 yoshgacha - 4-6 tabletkadan (2-3 g).
Kuniga 2-3 marta qabul qilinadi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: giperkalsiemiya.
Davolash: uni bartaraf etish uchun - 5-10 ME/kg/sut kalsitonin yuboriladi (uni 0,5 l 0,9 % natriy xlorid eritmasida suyultirib). Yuborish davomiyligi 6 soat.
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30 o'xshash dorilari




Kalsiy Glyukonat boshqa chiqarish shakllari



KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30 analoglari





