KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10

KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10 o'xshash dorilari




KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10 qo'llanmasi
Qonda kaltsiy ionlashgan va bog'langan holatda bo'ladi. Plazmada kaltsiyning taxminan 45% oqsillar bilan kompleksda bo'ladi. Ionlashgan kaltsiy fiziologik faollikka ega. Suyak to'qimasida to'planadi. Preparatning taxminan 20% buyraklar orqali, qolgan qismi (80%) - ichak orqali chiqariladi. Kalavachalar filtratsiyasi yo'li bilan chiqariladigan kaltsiyning 95% Genle halqasining ko'tariluvchi segmentida, shuningdek proksimal va distal buyrak naychalarida rezorbsiyaga uchraydi.
Vena ichiga yuborilganda avval og‘iz bo‘shlig‘ida, keyin esa butun tanada issiqlik hissi, og‘izda bo‘r ta'mi, periferik vazodilatatsiya, qon bosimining pasayishi, aritmiya (shu jumladan bradikardiya), ko‘ngil aynishi, hushdan ketish bo‘lishi mumkin.
Teri osti kletchatkasi va mushakka tushganda kuchli ta'sirlanish va atrofdagi to‘qimalar nekrozini keltirib chiqaradi.
Tez yuborilganda yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, yurak to‘xtashigacha bo‘lishi mumkin.
Mahalliy reaksiyalar: vena bo‘ylab ta'sirlanish; teri giperemiyasi, og‘riq, toshma, kaltsifikatsiya ekstravazatsiyadan dalolat berishi mumkin, bu esa atrofdagi to‘qimalar nekroziga olib kelishi mumkin.
Teri ostiga va mushak ichiga yuborish mumkin emas!
Kaltsiy xlorid teri ostiga yoki mushak to'qimalariga tushganda o'choqli nekroz hosil bo'lishi bilan to'qimalarning kuchli mahalliy ta'sirlanishi rivojlanadi.
Davolash qondagi kaltsiy kontsentratsiyasi nazorati ostida o'tkaziladi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Davolash davrida nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi mumkinligi sababli avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Preparat komponentlariga gipersezuvchanlik, giperkalsemiya, og'ir surunkali buyrak yetishmovchiligi, qorinchalar fibrillatsiyasi, siydik tosh kasalligi, sarkoidoz, yaqqol ateroskleroz, tromb hosil bo'lishiga moyillik, yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik, laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan
Yengil va o'rtacha og'irlikdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi, degidratatsiya, elektrolit muvozanatining buzilishi (giperkalsemiya xavfi), yurak kasalliklari (aritmiya xavfi), buyrak kasalliklari, «o'pka» yuragi, respirator atsidoz, nafas yetishmovchiligi (kalsiy oksidlanishi oqibatida toksik reaksiyalar xavfi).
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash mumkin emas.
Laktatsiya davrida preparatni tayinlash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.
Bir vaqtda qo'llanilganda "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlarining ta'sirini kamaytiradi; boshqa kaltsiy va magniy saqlovchi preparatlar bilan ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda mos ravishda giperkalsiemiya yoki gipermagniemiya xavfi ortadi; xinidin bilan - qorinchalar ichki o'tkazuvchanligining sekinlashishi va xinidin toksikligining oshishi mumkin.
Nodepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar samaradorligini pasaytiradi. Tubokurarin xloridning ta'sir davomiyligini oshirishi mumkin.
Tetratsiklinlar, magniy sulfat, fosfatlar, karbonatlar yoki tartratlar saqlovchi dori preparatlari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.
Yurak glikozidlari bilan davolash vaqtida kaltsiy xloridni parenteral qo'llash tavsiya etilmaydi, bu kardiotoksik ta'sirning kuchayishi bilan bog'liq.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun preparat eritmasi oldindan 100-200 ml 0,9 % izotonik natriy xlorid eritmasida yoki 5 % dekstroza (glukoza) eritmasida suyultiriladi.
Allergik reaksiyalarda (eshakemi, angionevrotik shish, allergodermatozlar, zardob kasalligi), qo'rg'oshin sanchig'ida, magniy tuzlari bilan doza oshirib yuborilganda - 7,5-15 ml.
O'tkir gipokalsiemiyada - 7,5-15 ml 1-3 kun davomida, zarurat bo'lganda yuborish har 1-3 kunda takrorlanadi.
Gipokalsiemik tetaniyada - 5-17,5 ml. Yuborish terapevtik samaraga erishilgunga qadar har 8 soatda takrorlanadi.
Giperkaliemiyada (elektrokardiogramma nazorati ostida) - 2,45-15 ml, zarurat bo'lganda takroriy doza 1-2 daqiqadan so'ng yuboriladi.
Bolalarga - 0,3 ml/kg dan, maksimal sutkalik doza - 15 ml.
Allergik kasalliklarda kalsiy xlorid va antigistamin preparatlarni birgalikda qo'llash tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: giperkalsiemiya (chanqoq, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, poliuriya, qorinda og'riq, mushak zaifligi, ruhiy buzilishlar, og'ir holatlarda - aritmiya, koma), ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda.
Davolash: yengil dozani oshirib yuborishda (kalsiy konsentratsiyasi - 2,6-2,9 mmol/l) yuborishni to'xtatadilar va boshqa kalsiy saqlovchi dori preparatlarini bekor qiladilar. Og'ir dozani oshirib yuborishda (kalsiy konsentratsiyasi 2,9 mmol/l dan yuqori) - 0,9 % izotonik natriy xlorid eritmasi yuborish; notiazid diuretiklar; zardobdagi konsentratsiyani nazorat qilish, zarurat bo'lganda kaliy va magniy preparatlarini yuborish; yurak faoliyatini nazorat qilish, aritmiyalarning oldini olish uchun beta-adrenoblokatorlarni yuborish, gemodializ.
Kalsiya Xlorid boshqa chiqarish shakllari




KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10 analoglari










