Apteka.uz
SavatKirish

KARSIL 0,035 draje N180

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:Sofarma AO
Teglar:Jigar uchun
ATX kodi:A05BA03
Barcha Karsil dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KARSIL 0,035 draje N180 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi va taqsimlanishi

Ichga qabul qilingandan so'ng silimarin MIY dan sekin so'riladi. Ichak-jigar sirkulyatsiyasiga uchraydi. Organizmda to'planmaydi.

14C izotopi bilan nishonlangan silibinin tadqiq qilinganda eng yuqori konsentratsiyalar jigarda va juda oz miqdorlari - buyraklar, o'pka, yurak va boshqa organlarda aniqlanadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Jigarda kon'yugatsiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi. T1/2 - 6 soat. Asosan (80%) safro bilan glyukuronidlar va sulfatlar ko'rinishida va oz darajada (taxminan 5%) siydik bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - ko‘ngil aynishi, dispepsiya, diareya.

Allergik reaksiyalar: ayrim hollarda - teri qichishishi, toshma.

Boshqalar: kam hollarda - mavjud vestibulyar buzilishlarning kuchayishi, ayrim hollarda - alopesiya.

Karsil yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya ta'sirlar kamdan-kam hollarda yuzaga keladi, o‘tkinchi xarakterga ega va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni qo'llaganda silimarinning estrogenu'xshash ta'siri namoyon bo'lishi mumkin. Shuning uchun gormonal buzilishlari (endometrioz, bachadon miomasi, sut bezi, tuxumdonlar, bachadon, prostata bezi kartsinomasi) bo'lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.

Karsil preparatida yordamchi vosita sifatida bug'doy kraxmali mavjud, bu tseliakiya (glyuten enteropatiyasi) bilan og'rigan bemorlar uchun xavf tug'dirishi mumkin.

Shuningdek preparatda yordamchi komponent sifatida glitserol mavjud, u yuqori dozalarda bosh og'rig'ini chaqirishi yoki oshqozon shilliq qavatiga ta'sirlantiruvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— 12 yoshgacha bo'lgan bolalar;

— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Silimarinni peroral kontraseptiv preparatlar va gormonal o'rinbosar terapiyada ishlatiladigan dorilar bilan birga qo'llaganda oxirgilarining ta'siri kamayishi mumkin.

Silimarin sitoxrom P450 tizimini bostiradi va diazepam, alprazolam, ketokonazol, lovastatin, vinblastin kabi dorilarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashKattalar va 12 yoshdan katta bolalarga jigar og'ir shikastlanishlarini davolash uchun preparat sutkalik 420 mg dozada - 4 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.

Yengilroq holatlarni davolash uchun va ushlab turuvchi terapiya sifatida 1-2 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.

Profilaktika uchun 2-3 drajedan kuniga 1 marta buyuriladi.

Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil qiladi.

Drajeni ichishga, ovqatdan oldin, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak.Dozani oshirib yuborishHozirgi vaqtda dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KARSIL 0,035 draje N180 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KARSIL 0,035 draje N180 o'xshash dorilari

ISHALIV sirop 100ml
Retseptsiz
ISHALIV sirop 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
38 000 so'm dan
ODESTON tabletkalari 200mg N50
Retseptsiz
ODESTON tabletkalari 200mg N50
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed S.A.
•120 ta dorixonada bor
Narxi
139 000 so'm dan
Narxi
58 000 so'm dan
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar  300mg N90
Retseptsiz
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N90
Germaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
A.Nattermann end Sie GmbX
Narxi
360 000 so'm dan

KARSIL 0,035 draje N180 xususiyatlari

Karsil boshqa chiqarish shakllari

KARSIL FORTE kapsulalar  90mg N30
KARSIL FORTE kapsulalar 90mg N30
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sopharma PLC
•117 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
KARSIL tabletkalari 22,5mg N80
Retseptsiz
KARSIL tabletkalari 22,5mg N80
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sopharma AD
•125 ta dorixonada bor
Narxi
58 000 so'm dan
Analoglar KARSIL 0,035 draje N180
Analoglari yo'q

KARSIL 0,035 draje N180 haqida savollar

KARSIL 0,035 draje N180 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil