Apteka.uz
SavatKirish

KARSIL FORTE 0,09 kapsulalar N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:Sofarma AO
Teglar:Jigar uchun
ATX kodi:A05BA03
Barcha Karsil dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KARSIL FORTE 0,09 kapsulalar N30 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Absorbsiya past va sekin. Ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga uchraydi. To'planmaydi.

C14 bilan nishonlangan silibinin tadqiq qilinganda, eng yuqori konsentratsiyalar jigarda va juda oz miqdorlari - buyraklar, o'pka, yurak va boshqa organlarda aniqlanadi.

Jigarda kon'yugatsiya vositasida metabolizmga uchraydi. Safroda metabolitlar sifatida glyukuronidlar va sulfatlar aniqlangan.

T1/2 6 soatni tashkil qiladi. Asosan safro bilan (taxminan 80%) glyukuronidlar va sulfatlar ko'rinishida va oz darajada (taxminan 5%) siydik bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Dori vositasi yaxshi o‘zlashtiriladi. Kamdan-kam hollarda quyidagi nojo‘ya ta'sirlar kuzatiladi:

me'da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, dispepsiya, diareya.

teri tomonidan: yakka hollarda teri allergik reaksiyalari - qichishish, toshma, alopesiya bo‘lishi mumkin.

Boshqalar: kamdan-kam hollarda mavjud vestibulyar buzilishlarning kuchayishini kuzatish mumkin. Nojo‘ya ta'sirlar o‘tkinchi xarakterga ega va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri: preparatni monoterapiyada qo'llash avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— faol yoki har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik;

— 12 yoshdan kichik bolalar;

— laktaza yetishmovchiligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi sindromi (tarkibida laktoza borligi sababli).

— tseliakiya (glyutenli enteropatiya) (tarkibida bug'doy kraxmali borligi sababli).

Ehtiyotkorlik bilan: silimarinning estrogenimon ta'siri namoyon bo'lishi mumkinligi sababli gormonal buzilishlari (endometrioz, bachadon miomasi, sut bezi, tuxumdonlar va bachadon karsinomasi, prostata bezi karsinomasi) bo'lgan bemorlarga tayinlanadi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Silimarinni peroral kontraseptivlar va gormonal o'rinbosar terapiyada ishlatiladigan preparatlar bilan birga qo'llaganda oxirgilarining ta'siri kamayishi mumkin.

Silimarin sitoxrom P450 tizimiga bostiruvchi ta'siri tufayli diazepam, alprazolam, ketokonazol, lovastatin, vinblastin kabi dorilarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashKapsulalar ichishga, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar. Jigar og'ir shikastlanishlarini davolash 1 kapsuladan kuniga 3 marta dozadan boshlanadi. Yengilroq va o'rtacha og'irlikdagi holatlarda dozalash 1 kapsuladan kuniga 1-2 martani tashkil qiladi.

Kimyoviy intoksikatsiyalar profilaktikasi uchun - kuniga 1-2 kapsula. Davolash kursi kamida 3 oy davom etadi.

12 yoshdan kichik bolalar. Bolalarda qo'llash bo'yicha yetarli klinik ma'lumotlar yo'q.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KARSIL FORTE 0,09 kapsulalar N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KARSIL FORTE 0,09 kapsulalar N30 o'xshash dorilari

ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
Retseptli
ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis Grup, Fransiya proizvedeno: Famar Xels Kea Servisiz Madrid, S.A.U.
Narxi
170 700 so'm dan
Narxi
58 000 so'm dan
5
1 отзывов
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar  300mg N30
Retseptsiz
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30
Germaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
A.Nattermann end Sie GmbX
Narxi
134 500 so'm dan

KARSIL FORTE 0,09 kapsulalar N30 xususiyatlari

Karsil boshqa chiqarish shakllari

KARSIL FORTE kapsulalar  90mg N30
KARSIL FORTE kapsulalar 90mg N30
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sopharma PLC
•122 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
KARSIL tabletkalari 22,5mg N80
Retseptsiz
KARSIL tabletkalari 22,5mg N80
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sopharma AD
•128 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
Analoglar KARSIL FORTE 0,09 kapsulalar N30
Analoglari yo'q

KARSIL FORTE 0,09 kapsulalar N30 haqida savollar

KARSIL FORTE 0,09 kapsulalar N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil