Ташкент
logo
SavatKirish

KATEGOR OFTA ko'z tomchilari 5mg/ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Faol modda:Ketorolak
Farmakoterapevtik guruh:

Ko‘z kasalliklarini davolash uchun preparatlar. NYaQV.

Ishlab chiqaruvchi:Balkanpharma-Razgrad AD, Razgrad, Bolgariya
Teglar:Ko'z tomchilar
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:S01ВС05
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KATEGOR OFTA ko'z tomchilari 5mg/ml N1 o'xshash dorilari

Narxi
41 400 so'm dan
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
Retseptli
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
Narxi
41 900 so'm dan
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
•32 ta dorixonada bor
Narxi
41 000 so'm dan

KATEGOR OFTA ko'z tomchilari 5mg/ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 1 ml eritma qo‘yidagilarni saqlaydi: faol modda: ketorolak trometamol 5 mg; yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, oktoksinol 40 (70% li eritma), natriy xloridi, natriy gidroksidi (10% li eritma) va/yoki xlorid kislotasi (10% li eritma) (pH ga tuzatish kiritish uchun), in'ektsiyalar uchun suv.

Farmakodinamikasi

Ketorolak trometamoli prostaglandinlar sintezini bostirishga bo‘lgan qobiliyati tufayli og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitma tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘zga mahalliy qo‘llanilganda ketorolak ko‘zning suvsimon namligida Ye2 prostaglandinlar darajasini pasaytiradi.

Ketorolak trometamoli ko‘z ichi bosimiga ahamiyatli ta'sirga ega emas.


Farmakokinetikasi

Ketorolak trometamoli ko‘z ichi bosimiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi. Plazmada ketorolakni juda past darajasi yoki kon'yunktival haltaga instillyatsiyadan so‘ng aniqlanmaydigan daraja mahalliy yuborilgandan keyin preparatni tizimli qon oqimiga past absorbtsiyasidan guvohlik beradi.

Taqsimlanishi

Ketorolak ko‘zning to‘qimalarida faol taqsimlanadi, shu bilan birga, ko‘p qismi muguz parda va oq pardada ushlanib qoladi. To‘qimalarda preparatning maksimal kontsentratsiyasi qo‘llanilgandan so‘ng 0,5-1 soatdan keyin aniqlanadi, rangdor parda va mujgon tanadan tashqari, u yerda maksimal kontsentratsiyasi qo‘llanilgandan so‘ng 4 soatdan keyin aniqlanadi.

Ketorolakning ko‘p qismi siydik bilan va ahamiyatsiz qismi ichaklar orqali chiqariladi.


Farmakoterapevtik guruh

Ko‘z kasalliklarini davolash uchun preparatlar. NYaQV.

Dori shakli

5 ml preparatdan ochilishdan himoyalovchi halqa bilan burab qotiriluvchi qalpoqcha bilan yopilgan PZPEdan tomizgich bilan oq plastik flakonda. 1 flakondan davlat va rus tillarida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.

Nojo'ya samaralari

Ketorolakni qo‘llashda ko‘zlar uchun eng tez-tez uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lib achishish va sanchishning o‘tkinchi hissiyotlari hisoblanadi.

Nojo‘ya samaralarning yuzaga kelishi tez-tezligi tasniflanishi (MedDRA a'zolar tizimi sinfi bo‘yicha sanab o‘tilgan): juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100dan <1/10gacha); tez-tez emas (≥1/1000dan <1/100gacha); kam hollarda (≥1/10 000dan <1/1 000gacha); juda kam hollarda (<1/10 000); noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).

Juda tez-tez (≥1/10)

- Ta'sirlanishi (jumladan achishish hissiyoti); 

- Og‘riq (jumladan sanchish).

Tez-tez (≥ 1/100dan < 1/10gacha)

- Yuqori sezuvchanlik, shu jumladan mahalliy allergik reaktsiyalar;

- Bosh og‘riqlari;

- Yuzaki (nuqtali) keratit, ko‘z va/yoki qovoqlarning shishishi, qichishish, kon'yunktiva giperemiyasi, ko‘z infektsiyasi, yallig‘lanish, irit, muguz parda pretsipitatsiyasi, ko‘z pardasiga qon quyilishi, o‘smali makulyar shish, ko‘z jarohatlanishi, yuqori ko‘z ichi bosimi, ko‘rishning xiralashishi yoki pasayishi;

- Muguz pardasi yarasi, muguz pardasi infilьtratsiyasi, ko‘z quruqligi, epifora.

Tez-tez emas (≥1/1000dan <1/100gacha)

- Ko‘zning oldingi qismining tiniq qatlamini yallig‘lanishi yoki shikastlanishi, ko‘zning quruqligi va/yoki ko‘zdan yosh oqishi.

Noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas)

- Muguz pardasining shikatlanishi (masalan, yupqalanish, eroziya,  epiteliyning shikastlanishi va teshilish*

- Bronxospazm yoki astmaning zo‘riqishi**

* Muguz pardasining shikastlanishi, shu jumladan yupqalanish, eroziya, epiteliyning shikastlanishi va muguz pardasining teshilishi haqida so‘ralmagan postmarketing xabarlari mavjud. Ular asosan mahalliy kortikosteroidlarni qabul qiluvchi va/yoki hamkorlikdagi kasalliklarga moyilkor patsiyentlarda yuzaga keladi.

** Aspiringa/NYaQPga nisbatan ma'lum yuqori sezuvchanlik yoki ketorolakni qo‘llash munosabati bilan anamnezda astmasi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm yoki astmaning zo‘riqishi haqida postmarketing xabarlar mavjuddir.


Maxsus saqlash sharoitlari

O‘zaro sezuvchanlikni paydo bo‘lishi. Ilgaridan atsetilsalitsil kislotasiga, feniluksus kislotasining hosilalariga va boshqa NYaQPlarga sezuvchanligi aniqlangan shaxslarni davolashda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur. 

Qon ketishga moyilligi bo‘lgan yoki qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalarni qo‘llayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. 

Korneal ta'sirlar. Mahalliy NYaQPlarni qo‘llanilishi keratitni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.  Kasallikka moyil ayrim patsiyentlarda, topik NYaQPlarni qo‘llanilishi epiteliyni qatlamlarga ajralishiga, muguz pardani ingichkalanishiga va perforatsiyasiga olib kelishi mumkin. Bu ko‘rish qobiliyatini yo‘qolish xavfiga olib kelishi mumkin. Muguz parda epiteliyalari qatlamlarini ajralishining belgilari bo‘lgan patsiyentlar darhol mahalliy NYaQPlarni qo‘llashni to‘xtatishlari va muguz parda tekshiruvini o‘tishlari kerak.

Interkurrent ko‘z holatlari. Ko‘rish organi tomonidan interkurrent holatlar paydo bo‘lganida (masalan, jarohat yoki infektsiya) yoki oftalьmologik jarrohlik o‘tkazilganda preparat bilan davolashni davom etish masalasi bo‘yicha oftalьmolog-shifokorga murojaat qilish kerakligi  borasida patsiyentlarni ogohlantirish kerak.

Yondosh mahalliy davolash. Kategor Oftani α-agonistlar, β-adrenoretseptorlar blokatorlari, akkomodatsiya paralichini davolash uchun preparatlar va midriatik vositalar kabi boshqa mahalliy oftalьmologik dori vositalari bilan birga qo‘llash mumkin.

Agar patsiyent bittadan ko‘p oftalьmologik preparatni qo‘llayotgan bo‘lsa, tomizdirishlar o‘rtasida 5 minutlik oraliqqa rioya qilish lozim.

Preparat mikrobli ifloslanishi borasida ogohlantirish. Flakonning uchi ko‘zga yoki ko‘z atrofiga tegishiga yo‘l qo‘ymang, chunki bu uni bakteriyalar bilan ifloslanishiga olib kelishi mumkin, ular ko‘z infektsiyalarini chaqiradi. Keyinchalik ko‘rish qobiliyatini yo‘qolishi bilan ko‘zlarning jiddiy shikastlanishi ifloslangan eritmalarni qo‘llashning natijasi bo‘lishi mumkin.

Kontakt linzalaridan foydalanish. Kontakt linzalaridan foydalanishda Kategor Oftadan foydalanmaslik lozim.

Ko‘zni shikastlanishi va ifloslanishi- patsiyentga ko‘zlar flakon uchi yoki boshqa qandaydir narsa bilan aloqa qilishiga yo‘l qo‘ymasligi tavsiya etiladi, chunki bu mikrobli ifloslanish va ko‘z infektsiyasini rivojlanishining sababi bo‘lishi mumkin.  

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Kategor Ofta preparatini instillyatsiyasida ko‘rish qisqa muddatli xiralashishi mumkin, shuning uchun ko‘rish qobiliyati tiklangunga qadar transport vositasini boshqarmaslik va diqqatni yuqori jamlanishini va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi faoliyat turlarini bajarmaslik kerak.



Qo'llanilishi

- Ko‘zlardagi og‘riq, yallig‘lanish, yod jism hissi, achishish, fotofobiya, muguz pardada refraktsion jarrohlikdan keyin ko‘z yoshlanishini simptomatik davolashda qo‘llaniladi. 

Keksa bemorlarda qo‘llanilishi:

Keksa yoshdagi va yosh bemorlarda samaradorligi va xavfsizligi borasidagi farqlari aniqlanmagan.


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;

- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas: preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Ta'rifi

Tiniq rangsiz eritma.
Dozirovkasi

Davolash: katarakta yuzasidan jarrohlik kunidan 1 kun oldin boshlab, jarrohlik kunida davom ettirib va jarrohlik davridan keyin birinchi 3 hafta mobaynida shikastlangan ko‘zga preparatning 1 tomchisidan boshlab, sutkada 3 marta tomizdiriladi. 

Bolalar: preparatni bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun Kategor Oftani pediatriya amaliyotida qo‘llamaslik lozim.


Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: achishish va sanchishlar.

Davolash: darhol ko‘zlar suv bilan yoki fiziologik eritma bilan yuviladi.


 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Kategor Oftani homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Xususiyatlar KATEGOR OFTA ko'z tomchilari 5mg/ml N1

KATEGOR OFTA ko'z tomchilari 5mg/ml N1 analoglari

DOLAK 0,01 tabletkalari N20
DOLAK 0,01 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
«Kadila Farmasyutikalz Limited»
DOLAK 0,03/ML eritma N10
DOLAK 0,03/ML eritma N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
«Kadila Farmasyutikalz Limited»
KETOKAM 0,01 tabletkalari N20
KETOKAM 0,01 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Simpeks Farma Pvt Ltd
KETOROL 0,01 tabletkalari N20
KETOROL 0,01 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
KETOROL 0,03/ML eritma 1ml N10
KETOROL 0,03/ML eritma 1ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
KETOROL gel 30g 2%
Retseptsiz
KETOROL gel 30g 2%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•57 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
KETOROL gel 50g 2%
KETOROL gel 50g 2%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
KETOROLAK 0,01 tabletkalari N20
Retseptli
KETOROLAK 0,01 tabletkalari N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
KETOROL eritma
Retseptsiz
KETOROL eritma
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
KONLAK eritma
KONLAK eritma
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Biogen SP OOO
ALKETOPEYN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
Retseptli
ALKETOPEYN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Alchemy Medicine Private Limited
DOLAK tabletkalari 10mg N20
DOLAK tabletkalari 10mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Cadila Pharmaceuticals Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan

KATEGOR OFTA ko'z tomchilari 5mg/ml N1 savollari

KATEGOR OFTA ko'z tomchilari 5mg/ml N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil