Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Suyak mushak tizimi  / XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3

XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Janubiy Koreya
Ishlab chiqaruvchi:Hankook Korus Pharmaceutical Co., Ltd
ATX kodi:M09AХ01
Barcha XAY-FLEKS dorilari
25 ta dorixonada bor
Narxi 1 529 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 25 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3 o'xshash dorilari

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
206 000 so'm dan
TERAFLEKS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
408 000 so'm dan
SERRIDAZA tabletkalari 10mg N30
SERRIDAZA tabletkalari 10mg N30
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•78 ta dorixonada bor
Narxi
43 680 so'm dan
ALSERA tabletkalari 10mg N20
Retseptli
ALSERA tabletkalari 10mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.

XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har bir shpris saqlaydi:

faol modda: gialuronat natriy – 20 mg; 

yordamchi moddalar: natriy xloridi – 17 mg; natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati va in'ektsiya uchun suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Qo'llashga tayyor shprislar, 3 shprisdan blisterda, bitta blister o'ramda.Qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi – o'ramini ichida.

Farmakologik ta'siri

Xay-FLEKS engil va o'rtacha darajadagi osteoartrit yoki osteoartrozni davolash uchun bo'g'im ichidagi sinovial bo'shliqqa yuborish uchun qovushqoq elastik implantat ko'rinishida qo'llanadi. 

Xay-FLEKS juda tozalangan, yuqori molekulyar natriy gialuronatning 1% (10 mg/ml) steril eritmasi hisoblanadi (o'rtacha molekulyar vazni – 3 mln Dalton). 

Natriy gialuronati – sinovial suyuqlikning asosiy komponenti bo'lib, moylovchi va zarbni kamaytiruvchi, Tog'ay va sinovial suyuqlik o'rtasida metabolik almashinuvlarni boshqaruvchi yarim o'tkazgich to'siq, hujayralar harakatini boshqaruvchi agent va sinoviositlar va ular bilan bog'lanib turuvchi nerv oxirlari atrofidagi qovushqoq ekran bo'lib xizmat qiladi. 

Sog'lom bo'g'imda natriy gialuronati sinovial membrananing yuzaki qavatlarida va bo'g'imning o'zida yuqori kontsentrasiyada bo'ladi. Asosiy moddaning tarkibini o'zgarishi degenerasiyasiga olib keladi: Tog'ay o'zining qovushqoqligini yo'qotadi, notekis yupqalashadi, unda yoriqlar hosil bo'ladi, suyak to'qimasi chetlariga qarab o'sib ketadi. 

Bakterial fermentasiya usuli bilan olingan Xay-FLEKS, aslida, odamning sinovial suyuqligini analogi va o'rnini bosuvchi hisoblanadi. 

Shikastlangan bo'g'imga yuborilgan Xay-FLEKS yo'qolgan sinovial muvozanatni tiklaydi: sinovial suyuqlikning qovushqoqligini oshiradi, uning moylovchi va zarbni kamaytiruvchi hususiyatlarini tiklaydi, tog'ayni mexanik va kimyoviy shikastlanishidan himoya qiladi, sinovial qobiqning yallig'lanishini kamaytiradi va uning himoya faoliyatini tiklaydi. 

Preparatning ta'sir etarlicha uzoq vaqt davomida – 12 haftadan 6 oy, ba'zida 12 oygacha saqlanadi.

Nojo'ya samaralari

Klinik tadqiqotlar, preparatni bo'g'imga yuborish og'riq, o'sma va/yoki shish, bo'g'imga suyuqlik yig'ilishi (ba'zan keskin og'riqlarni paydo bo'lishi bilan birga) ni namoyon qilishi mumkinligini ko'rsatdi. Kam hollarda teri reaktsiyalari kuzatilga. Shuningdek qizib ketish hissi va haroratni ko'tarilishi bo'lishi mumkin. 

Odatda ko'pchilik nojo'ya reaktsiyalar bir necha kun davomida yo'qoladi, shish yoki bo'g'imga suyuqlik yig'ilishi kabi mahalliy noxush reaktsiyalar atigi 10-15 minut davomida tez bartaraf bo'ladi (masalan, muzli xalta yordamida). 

Agar nojo'ya ta'sirlar uzoq muddat davom etsa yoki etarlicha jiddiy bo'lsa, pasientni kuzatayotgan shifokor natriy gialuronatini yuborishni bekor qilishi va bunday holda kerakli davolashni hal qilishi kerak. 

Umuman olganda, natriy gialuronati pasientlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. 

Biron-bir toksik va mutagen reaktsiyalar haqida ma'lumotlar yo'q. 

Preparatning chiqarilish shaklini qulayligi tufayli (qo'llashga tayyor shprislar) in'ektsiya qilinganida ikkilamchi infektsiyani yuqish ehtimoli minimal holatga keltirilgan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Xay-Fleksni faqat shifokorning tavsiya bo'yicha qo'llash kerak. Uni yuborganda bo'g'im ichi in'ektsiyalari uchun mo'ljallangan barcha tegishli ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. 
Preparat yuboriladigan joyga antiseptik bilan ishlov berish kerak (to'rtlamchi ammoniy tuzlari saqlovchi vositalar qo'llanilmasin). 
Xay-Fleksni faqat bo'g'im ichi bo'shlig'iga yuborish kerak: mahalliy va umumiy nojo'ya samaralar asosan preparat noto'g'ri yuborilganida rivojlanadi. 
Xay-FLEKS bilan bir vaqtda bo'g'im ichiga yuboriladigan boshqa dori vositalar ishlatilmasin: bu davolash havfsizligi va samaradorligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. 
Sut mahsulotlari, tuxum, qushlarning patlariga allergiyasi bo'lgan pasientlarni davolashda juda ehtiyot bo'lish kerak. 
Bolalarda, shuningdek homilador va emizikli ayollarda natriy gialuronatini qo'llash havfsizligi o'rganilmagan. Bu guruhdagi pasientlarga Xay-Fleksni buyurish e'tibor va ehtiyotkorlikni talab etadi. 
Davolashni amalga oshirayotgan tibbiy xodimlar vena ichiga yuboriladigan in'ektsiyaning sterilligini ta'minlovchi barcha choralarga rioya qilishlari kerak: preparat tegishli haroratda saqlansin, shprislarni faqat bir marta ishlatilsin va qisman ishlatilgan shprislarni darhol tashlab yuborilsin, agar dori vositasining birlamchi o'rami zararlangan bo'lsa, u ishlatilmasin. 
Pasientni mumkin bo'lgan nojo'ya reaktsiyalar haqida ogohlantiring va jismoniy harakatlar va faol hayot tarzi (masalan, sport bilan shug'ullanish) dan saqlanish kerakligi haqida pasientga ma'lumot berish kerak.

Qo'llanilishi

Og'riqni qoldiruvchi samaraga ega bo'lgan Xay-FLEKS quyidagi ko'rsatmalarda qo'llashga tavsiya etilgan: 

tizza, chanoq-son va boshqa sinovial bo'g'imlarni degenerativ-distrofik va travmatik o'zgarishlari keltirib chiqargan, harakatlanishini cheklanishi va og'riq; 

sinovial suyuqlikni vaqtinchalik o'rnini bosish va to'ldirish; 

Shuningdek Xay-Fleksni shikastlangan bo'g'imlarni muntazam ishlashiga olib keladigan faol hayot tarzidagi (og'ir toshlarni ko'tarish, sport mashg'ulotlari va h.) pasientlarni davolash uchun qo'llash mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarga, bo'g'imlarni yallig'lanish kasalliklarida (masalan, revmatoid artrit) yoki in'ektsiya qilish mo'ljallangan sohada teri kasalliklari bo'lganida Xay-Fleksni buyurish mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Natriy gialuronatini bo'g'im ichiga yuboriladigan boshqa eritmalar bilan nomutanosibligi haqida ma'lumotlar yo'q. Zarurat bo'lganida davolashni boshlang'ich davrida analgetiklar va yallig'lanishga qarshi dori vositalarni buyurish mumkin.

Ta'rifi

Shaffof rangsiz yopishqoq eritma

Dozirovkasi

Xay-FLEKS shikastlangan bo'g'imga haftada bir marta 15 kun davomida: 1-chi, 8-chi va 15-kun yuboriladi. Bir davolash kursi uchun qo'llashga tayyor 3 ta shpris saqlovchi preparatning bitta o'rami etarlidir. 

Zarurat bo'lganida katta yoshdagi pasientlarda in'ektsiyaning tez-tezligini o'zgartirish mumkin, masalan, kuchli og'riqlarda oshirish mumkin. 

Bir vaqtning o'zida bir necha bo'g'imlarni davolash mumkin. 

Klinik samarasi, odatda birinchi davolash kursini (3 ta bo'g'im ichi in'ektsiyalari) o'tkazgandan so'ng kuzatiladi va kasallikni og'irligiga qarab, uchdan olti va undan ortiq oygacha uzayadi. 

Takroriy davolash kurslarini shifokor pasientning holatiga muvofiq ravishda buyuradi. 

Shifoxonada davolash talab etilmaydi, ambulator sharoitda o'tkazish mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

O'rganilmagan: dozani oshirib yuborilishi hollari haqida ma'lumotlar yo'q.

XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3 boshqa chiqarish shakllari

XAY FLEKS eritma 20mg/2ml N1
XAY FLEKS eritma 20mg/2ml N1
Janubiy Koreya
Ishlab chiqaruvchi:
Hankook Korus Pharmaceutical Co.
Narxi
540 000 so'm dan
Analoglar XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3
Analoglari yo'q

XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3 savollari

XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil