XAY-FLEKS
XAY-FLEKS chiqarilish shakllari


XAY-FLEKS haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarga, bo'g'imlarni yallig'lanish kasalliklarida (masalan, revmatoid artrit) yoki in'ektsiya qilish mo'ljallangan sohada teri kasalliklari bo'lganida Xay-Fleksni buyurish mumkin emas.
Tarkibi
Har bir shpris saqlaydi:
faol modda: gialuronat natriy – 20 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi – 17 mg; natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati va in'ektsiya uchun suv.
Farmakologik ta'siri
Xay-FLEKS engil va o'rtacha darajadagi osteoartrit yoki osteoartrozni davolash uchun bo'g'im ichidagi sinovial bo'shliqqa yuborish uchun qovushqoq elastik implantat ko'rinishida qo'llanadi.
Xay-FLEKS juda tozalangan, yuqori molekulyar natriy gialuronatning 1% (10 mg/ml) steril eritmasi hisoblanadi (o'rtacha molekulyar vazni – 3 mln Dalton).
Natriy gialuronati – sinovial suyuqlikning asosiy komponenti bo'lib, moylovchi va zarbni kamaytiruvchi, Tog'ay va sinovial suyuqlik o'rtasida metabolik almashinuvlarni boshqaruvchi yarim o'tkazgich to'siq, hujayralar harakatini boshqaruvchi agent va sinoviositlar va ular bilan bog'lanib turuvchi nerv oxirlari atrofidagi qovushqoq ekran bo'lib xizmat qiladi.
Sog'lom bo'g'imda natriy gialuronati sinovial membrananing yuzaki qavatlarida va bo'g'imning o'zida yuqori kontsentrasiyada bo'ladi. Asosiy moddaning tarkibini o'zgarishi degenerasiyasiga olib keladi: Tog'ay o'zining qovushqoqligini yo'qotadi, notekis yupqalashadi, unda yoriqlar hosil bo'ladi, suyak to'qimasi chetlariga qarab o'sib ketadi.
Bakterial fermentasiya usuli bilan olingan Xay-FLEKS, aslida, odamning sinovial suyuqligini analogi va o'rnini bosuvchi hisoblanadi.
Shikastlangan bo'g'imga yuborilgan Xay-FLEKS yo'qolgan sinovial muvozanatni tiklaydi: sinovial suyuqlikning qovushqoqligini oshiradi, uning moylovchi va zarbni kamaytiruvchi hususiyatlarini tiklaydi, tog'ayni mexanik va kimyoviy shikastlanishidan himoya qiladi, sinovial qobiqning yallig'lanishini kamaytiradi va uning himoya faoliyatini tiklaydi.
Preparatning ta'sir etarlicha uzoq vaqt davomida – 12 haftadan 6 oy, ba'zida 12 oygacha saqlanadi.
Dozani oshirib yuborilishi
O'rganilmagan: dozani oshirib yuborilishi hollari haqida ma'lumotlar yo'q.
Maxsus ko‘rsatmalari
Xay-Fleksni faqat shifokorning tavsiya bo'yicha qo'llash kerak. Uni yuborganda bo'g'im ichi in'ektsiyalari uchun mo'ljallangan barcha tegishli ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
Preparat yuboriladigan joyga antiseptik bilan ishlov berish kerak (to'rtlamchi ammoniy tuzlari saqlovchi vositalar qo'llanilmasin).
Xay-Fleksni faqat bo'g'im ichi bo'shlig'iga yuborish kerak: mahalliy va umumiy nojo'ya samaralar asosan preparat noto'g'ri yuborilganida rivojlanadi.
Xay-FLEKS bilan bir vaqtda bo'g'im ichiga yuboriladigan boshqa dori vositalar ishlatilmasin: bu davolash havfsizligi va samaradorligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Sut mahsulotlari, tuxum, qushlarning patlariga allergiyasi bo'lgan pasientlarni davolashda juda ehtiyot bo'lish kerak.
Bolalarda, shuningdek homilador va emizikli ayollarda natriy gialuronatini qo'llash havfsizligi o'rganilmagan. Bu guruhdagi pasientlarga Xay-Fleksni buyurish e'tibor va ehtiyotkorlikni talab etadi.
Davolashni amalga oshirayotgan tibbiy xodimlar vena ichiga yuboriladigan in'ektsiyaning sterilligini ta'minlovchi barcha choralarga rioya qilishlari kerak: preparat tegishli haroratda saqlansin, shprislarni faqat bir marta ishlatilsin va qisman ishlatilgan shprislarni darhol tashlab yuborilsin, agar dori vositasining birlamchi o'rami zararlangan bo'lsa, u ishlatilmasin.
Pasientni mumkin bo'lgan nojo'ya reaktsiyalar haqida ogohlantiring va jismoniy harakatlar va faol hayot tarzi (masalan, sport bilan shug'ullanish) dan saqlanish kerakligi haqida pasientga ma'lumot berish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Natriy gialuronatini bo'g'im ichiga yuboriladigan boshqa eritmalar bilan nomutanosibligi haqida ma'lumotlar yo'q. Zarurat bo'lganida davolashni boshlang'ich davrida analgetiklar va yallig'lanishga qarshi dori vositalarni buyurish mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Xay-FLEKS shikastlangan bo'g'imga haftada bir marta 15 kun davomida: 1-chi, 8-chi va 15-kun yuboriladi. Bir davolash kursi uchun qo'llashga tayyor 3 ta shpris saqlovchi preparatning bitta o'rami etarlidir.
Zarurat bo'lganida katta yoshdagi pasientlarda in'ektsiyaning tez-tezligini o'zgartirish mumkin, masalan, kuchli og'riqlarda oshirish mumkin.
Bir vaqtning o'zida bir necha bo'g'imlarni davolash mumkin.
Klinik samarasi, odatda birinchi davolash kursini (3 ta bo'g'im ichi in'ektsiyalari) o'tkazgandan so'ng kuzatiladi va kasallikni og'irligiga qarab, uchdan olti va undan ortiq oygacha uzayadi.
Takroriy davolash kurslarini shifokor pasientning holatiga muvofiq ravishda buyuradi.
Shifoxonada davolash talab etilmaydi, ambulator sharoitda o'tkazish mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












