SERTOBEK
SERTOBEK qo'llanmasi
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SERTOBEK PRO
SERTOBEC PRO
Preparatning savdo nomi: Sertobek Pro
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): natriy gialuronati, xondroitin sulfati
Dori shakli: bo‘g‘im ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi:
1 shpris quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
natriy gialuronati 60 mg;
natriy xondroitin sulfati 90 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy digidrofosfat monogidrati, dinatriy fosfat dodekagidrati, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: oq rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan tiniq qovushqoq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: tayanch-harakat apparatining kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi: M09AX01
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Sertobek Pro gialuron kislotasining natriyli tuzi va natriy xondroitin sulfat fraksiyalarining steril, apirogen, qovushqoq buferli suvli eritmasidir. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi osteoartrit yoki osteoartroz bilan xastalangan pasientlarda bo‘g‘im ichiga sinovial bo‘shliqqa yuborish uchun qovushqoq elastik implantat ko‘rinishida qo‘llanadi. Tizza bo‘g‘im yoki har qanday boshqa sinovial bo‘g‘imlarni davolash uchun ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, odamning sinovial suyuqligini analogi hisoblanadi.
Gialuron kislotasi – ekstrasellyulyar matriksning muhim komponenti bo‘lib, bo‘g‘im tog‘ayi va sinovial suyuqlikning tarkibida yuqori konsentrasiyalarda bo‘ladi. Endogen gialuron kislotasi sinovial suyuqlikning qovushqoqligi va elastikligini ta‘minlaydi, shuningdek u bo‘g‘im tog‘ayida proteoglikanlarni shakllanishi uchun muhimdir.
Osteoartrozda sinovial suyuqlik va tog‘ayning tarkibida gialuron kislotasining sifatini o‘zgarishlari va tanqisligi kuzatiladi. Sinovial tog‘ayning yuzasini degenerativ o‘zgarishlari va sinovial suyuqlikni patologiyasi fonida gialuron kislotasini bo‘g‘im ichiga yuborish bo‘g‘imning funksional holatini yaxshilanishiga olib keladi.
Xondroitin sulfati D-glyukuron kislotasining disaxaridli qoldiqlari va glyukozaminoglyukandan tarkib topgan. Xondroprotektorlar guruhiga kiradi, to‘qimalar regenerasiyasi stimulyatori hisoblanadi, tog‘ay to‘qimalarida suvni ushlanib qolishi va amortizasiyasi faoliyatini tiklanishiga yordam beradi. Yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, bo‘g‘imlarning harakatchanligini oshishiga va og‘riq hissini kamayishiga yordam beradi. Xondroitin sulfati tog‘ay to‘qimalarining matriks tuzilmasiga kiradi va shu orqali metabolik jarayonlarga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Barcha biriktiruvchi to‘qimalarning asosiy tuzilmasi hisoblangan kollagen sintezi va himoyasiga yordam beradi.
Sertobek Pro qo‘llanganida davolash boshlangan vaqtdan boshlab uzoq vaqt davomida osteoartrozning klinik kechishini yaxshilanishi kuzatiladi, yallig‘lanishga qarshi hamda og‘riq qoldiruvchi samaralari kuzatiladi.
Qo‘llanilishi
- tizza, chanoq-son va boshqa sinovial bo‘g‘imlarni degenerativ-distrofik hamda travmatik o‘zgarishlari tomonidan chaqirilgan og‘riqlarda va harakat cheklanganida;
- osteoartrozda;
- sinovial suyuqlikni vaqtinchalik o‘rnini almashtirish va to‘ldirish uchun;
- faol hayot tarzini kechiradigan va shikastlangan bo‘g‘imni muntazam ravishda yuklaydigan pasientlarni davolashda;
- ortopedik jarrohlikda yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sertobek Pro faqat bo‘g‘im ichiga yuborish uchun qo‘llanadi.
Sertobek Pro in‘eksiyasi faqat shifokor-mutaxassislar tomonidan aseptik sharoitlarda o‘tkaziladi.
Tayyor shpris steril futlyardan yechib olinadi, qalpoqchasi yechiladi, shundan so‘ng biroz burash orqali fiksasiya bo‘ladigan steril igna o‘rnatiladi. Eritmali shprisga havoni kirib qolishidan saqlanish kerak.
Bir dona to‘ldirilgan shprisning ichidagisini bo‘g‘im ichiga, haftada bir marta uch hafta davomida ketma-ket yuborish kerak. Bir necha bo‘g‘imlarni bir vaqtda davolash mumkin. Eritmani bo‘g‘im bo‘shlig‘iga yuborish in‘eksiya vaqtida og‘riq paydo bo‘lganida to‘xtatilishi kerak. Oxirigacha ishlatilmagan eritmani saqlab qo‘yish mumkin emas. Aynan bir bo‘g‘im uchun takroriy davolash kursini kamida 6 oydan keyin o‘tkazish mumkin. O‘rtacha ta‘sir davomiyligi 9 oy (6 oydan 12 oygacha) muddatni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Sertobek Pro qo‘llanayotgan pasientlarda mahalliy simptomlar (og‘riq, qizib ketish hissi, qizarish va shish) paydo bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar o‘tkinchi xarakterga ega va odatda 72 soat o‘tgach yo‘qoladi. Ko‘rsatilgan simptomlar rivojlanganida shikastlangan bo‘g‘imga yuklama tushishidan saqlanish va muz bosish tavsiya etiladi.
Allergik (qichishish, toshma, eshakemi) va anafilaktik reaksiyalarning yagona holatlari kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Sertobeka Proning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik;
- in‘eksiya qilingan sohada teri qoplamlarini shikastlanishi yoki infeksiyani borligi;
- bo‘g‘imlarning infeksion kasalliklari;
- shikastlangan bo‘g‘im tomonda vena yoki limfa qon tomirlari stazi;
- qon ivishi tizimini buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sertobek Pro preparatini, yetarli darajada tajriba yo‘qligi tufayli, bo‘g‘im ichiga yuboriladigan boshqa in‘eksiyalar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
To‘rtlamchi ammoniy tuzlarini saqlovchi dezinfeksiya qiluvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas, chunki gialuron kislotasi ushbu moddalar ta‘sirida cho‘kma hosil qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llansin.
Muolaja o‘tkazilganidan so‘ng birinchi ikki sutka davomida bo‘g‘imga ortiqcha harakatlar yuklash tavsiya etilmaydi, ayniqsa uzoq vaqt faol harakatlar bajarishdan saqlanish kerak. Sertobek Pro eritmasini yuborishdan oldin aspirasion suyuqlik olinganida bakterial etiologiyali artritni istisno qilish uchun muvofiq tekshiruvlar o‘tkazish kerak.
Shikastlangan yoki ochilgan o‘ramli vositani ishlatish mumkin emas.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida Sertobek Pro preparatini qo‘llash mumkin emas, chunki klinik ma‘lumotlar yo‘q.
Pediatriyada qo‘llanishi
Sertobek Pro vositasini qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, pediatriyada qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Bo‘g‘im ichiga yuborish uchun eritma shisha shprisda. 1 shpris 3 ml dan kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram ignasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha
SERTOBEK barcha rasmlari














