Š¢Š°ŃˆŠŗŠµŠ½Ń‚
logo
SavatKirish

KLEKSAN 4000 eritma 4000 anti-xa me/0,4ml N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:Sanofi Vintrop Industriya
Teglar:Qon uchun, Gemofiliyani davolash uchun
ATX kodi:B01AB05
Barcha Kleksan dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
Toā€˜lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd toā€˜lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada koā€˜rsatilgan tarif boā€˜yicha. Onlayn yoki kuryerga toā€˜lov

KLEKSAN 4000 eritma 4000 anti-xa me/0,4ml N10 o'xshash dorilari

KLEKSAN 4000 eritma 4000 anti-xa me/0,4ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Ushbu dozalash rejimlarida enoksaparin farmakokinetikasi chiziqli xususiyatga ega. Bemorlar guruhlari ichida va ular orasida o'zgaruvchanlik past. Enoksaparin natriy 40 mg sutkada bir marta takroriy teri ostiga yuborilgandan va enoksaparin natriy 1,5 mg/kg tana vazniga dozada sutkada bir marta teri ostiga yuborilgandan so'ng sog'lom ko'ngillilarda muvozanat konsentratsiyasiga 2-kunga kelib erishiladi, bunda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon bir marta yuborilgandan keyingiga qaraganda o'rtacha 15% ga yuqori. Enoksaparin natriy 1 mg/kg tana vazniga sutkalik dozada sutkada ikki marta takroriy teri ostiga yuborilgandan so'ng muvozanat konsentratsiyasiga 3-4 kundan keyin erishiladi, bunda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon bir marta yuborilgandan keyingiga qaraganda o'rtacha 65% ga yuqori va o'rtacha maksimal konsentratsiyalar mos ravishda 1,2 XB/ml va 0,52 XB/ml ni tashkil qiladi.

Anti-Xa faolligi asosida baholanadigan teri ostiga yuborilganda enoksaparin natriyning biokiraolishligi 100% ga yaqin.

Enoksaparin natriyning anti-Xa faolligining taqsimlanish hajmi taxminan 5 l ni tashkil qiladi va qon hajmiga yaqinlashadi.

Enoksaparin natriy past klirensli preparat hisoblanadi. 1,5 mg/kg tana vazniga dozada 6 soat davomida vena ichiga yuborilgandan so'ng plazmadagi anti-Xa klirensining o'rtacha qiymati 0,74 l/soatni tashkil qiladi.

Preparatning chiqarilishi yarim chiqarilish davrlari 4 soat (bir marta teri ostiga yuborilgandan so'ng) va 7 soat (preparat ko'p marta yuborilgandan so'ng) bo'lgan monofazali xususiyatga ega.

Enoksaparin natriy, asosan, jigarda desulfatlanish va/yoki depolimerizatsiya yo'li bilan juda past biologik faollikka ega bo'lgan past molekulyar moddalar hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Preparat faol fragmentlarining buyraklar orqali chiqarilishi yuborilgan dozaning taxminan 10% ini, faol va nofaol fragmentlarning umumiy ekskretsiyasi esa yuborilgan dozaning taxminan 40% ini tashkil qiladi. Keksa yoshdagi bemorlarda yosh bilan bog'liq buyrak funksiyasining pasayishi natijasida enoksaparin natriyning chiqarilishi kechikishi mumkin.

Buyrak funksiyasi pasaygan bemorlarda enoksaparin natriy klirensining kamayishi qayd etilgan. Enoksaparin natriy 40 mg sutkada bir marta takroriy teri ostiga yuborilgandan so'ng buyrak funksiyasi yengil (kreatinin klirensi 50-80 ml/daq) va o'rtacha (kreatinin klirensi 30-50 ml/daq) buzilgan bemorlarda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon bilan ifodalangan anti-Xa faolligi oshishi kuzatiladi. Buyrak funksiyasi og'ir buzilgan (kreatinin klirensi 30 ml/daq dan kam) bemorlarda muvozanat holatidagi farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon preparat 40 mg dan sutkada bir marta takroriy teri ostiga yuborilganda o'rtacha 65% ga yuqori bo'ladi.

Ortiqcha vaznli odamlarda preparat teri ostiga yuborilganda klirens biroz kamroq bo'ladi. Agar bemorning tana vaznini hisobga olgan holda dozaga tuzatish kiritilmasa, 40 mg enoksaparin natriy bir marta teri ostiga yuborilgandan so'ng anti-Xa faolligi tana vazni 45 kg dan kam bo'lgan ayollarda 50% ga va tana vazni 57 kg dan kam bo'lgan erkaklarda 27% ga oddiy o'rtacha tana vazniga ega bo'lgan bemorlarga nisbatan yuqori bo'ladi.

Nojo'ya samaralari

Natriy enoksaparinning nojoā€˜ya ta'sirlarini oā€˜rganish klinik tadqiqotlarda ishtirok etgan 15000 dan ortiq bemorlarda oā€˜tkazilgan, ulardan 1776 bemorda - umumjarrohlik va ortopedik operatsiyalarda venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olishda; 1169 bemorda - oā€˜tkir terapevtik kasalliklar tufayli yotoq rejimida boā€˜lgan bemorlarda venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olishda; 559 bemorda - oā€˜pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan yoki oā€˜pka arteriyasi tromboemboliyasisiz chuqur venalar trombozini davolashda; 1578 bemorda - nostabil stenokardiya va Q tishsiz miokard infarktini davolashda; 10176 bemorda - ST segmenti koā€˜tarilishi bilan miokard infarktini davolashda. Natriy enoksaparinni yuborish rejimi koā€˜rsatmalarga qarab farq qilgan. Umumjarrohlik va ortopedik operatsiyalarda yoki yotoq rejimida boā€˜lgan bemorlarda venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olishda kuniga bir marta teri ostiga 40 mg yuborilgan. Oā€˜pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan yoki usiz chuqur venalar trombozini davolashda bemorlar har 12 soatda teri ostiga tana vazniga 1 mg/kg yoki kuniga bir marta teri ostiga tana vazniga 1,5 mg/kg hisobidan natriy enoksaparin olganlar. Nostabil stenokardiya va Q tishsiz miokard infarktini davolashda natriy enoksaparin dozasi har 12 soatda teri ostiga tana vazniga 1 mg/kg ni tashkil etgan, ST segmenti koā€˜tarilishi bilan miokard infarkti holatida esa 30 mg vena ichiga bolyus yuborish va keyinchalik har 12 soatda teri ostiga tana vazniga 1 mg/kg yuborish oā€˜tkazilgan.

Noxush reaksiyalar yuzaga kelish tez-tezligi boā€˜yicha quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≄1/10), tez-tez (≄1/100 - <1/10), tez-tez emas (≄1/1000 - <1/100), kam hollarda (≄1/10000 - <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar boā€˜yicha aniqlab boā€˜lmaydi).

Tomirlar tomonidan buzilishlar

Qon ketishlar

Klinik tadqiqotlarda qon ketishlar eng tez-tez uchraydigan noxush reaksiyalar boā€˜lgan. Ularga 4,2% bemorlarda kuzatilgan katta qon ketishlar kirgan (agar qon ketishi gemoglobin miqdorining 2 g/l va undan koā€˜proqqa kamayishi bilan kechgan boā€˜lsa, 2 yoki undan ortiq doza qon komponentlarini quyishni talab qilgan boā€˜lsa; shuningdek, agar u qorin parda orti yoki bosh miya ichiga boā€˜lsa, katta qon ketish hisoblangan). Ushbu holatlarning ba'zilari oā€˜lim bilan tugagan.

Boshqa antikoagulyantlar qoā€˜llanilganda boā€˜lgani kabi, natriy enoksaparin qoā€˜llanilganda qon ketishi yuzaga kelishi mumkin, ayniqsa qon ketishi rivojlanishiga yordam beruvchi xavf omillari mavjud boā€˜lganda, invaziv muolajalar oā€˜tkazilganda yoki gemostazni buzuvchi preparatlar qoā€˜llanilganda ("Maxsus koā€˜rsatmalar" va "Boshqa dori vositalari bilan oā€˜zaro ta'siri" boā€˜limlariga qarang).

Quyida qon ketishlar tavsiflanganda "*" belgisi quyidagi qon ketish turlariga ishorani bildiradi: gematoma, ekximozlar (in'ektsiya joyida rivojlanganlardan tashqari), yara gematomalari, gematuriya, burun qonashlari, me'da-ichakdan qon ketishlar.

Juda tez-tez

Jarrohlik bemorlarida venoz trombozlarni oldini olishda va oā€˜pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan yoki usiz chuqur venalar trombozini davolashda qon ketishlar*.

Tez-tez

Yotoq rejimida boā€˜lgan bemorlarda venoz trombozlarni oldini olishda va nostabil stenokardiya, Q tishsiz miokard infarkti va ST segmenti koā€˜tarilishi bilan miokard infarktini davolashda qon ketishlar*.

Tez-tez emas

Oā€˜pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan yoki usiz chuqur venalar trombozini davolashda, shuningdek ST segmenti koā€˜tarilishi bilan miokard infarktini davolashda bemorlarda qorin parda orti qon ketishlari va bosh miya ichiga qon quyilishlari.

Kam hollarda

Jarrohlik bemorlarida venoz trombozlarni oldini olishda va nostabil stenokardiya va Q tishsiz miokard infarktini davolashda qorin parda orti qon ketishlari.

Trombositopeniya va trombotsitoz





Juda tez-tez

Jarrohlik bemorlarida venoz trombozlarni oldini olishda va oā€˜pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan yoki usiz chuqur venalar trombozini davolashda trombotsitoz (periferik qonda trombositlar soni 400x109/l dan ortiq).

Tez-tez

ST segmenti koā€˜tarilishi bilan oā€˜tkir miokard infarkti boā€˜lgan bemorlarni davolashda trombotsitoz.

Jarrohlik bemorlarida venoz trombozlarni oldini olishda va oā€˜pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan yoki usiz chuqur venalar trombozini davolashda, shuningdek ST segmenti koā€˜tarilishi bilan oā€˜tkir miokard infarktida trombositopeniya.

Tez-tez emas

Yotoq rejimida boā€˜lgan bemorlarda venoz trombozlarni oldini olishda va nostabil stenokardiya va Q tishsiz miokard infarktini davolashda trombositopeniya.

Juda kam hollarda

ST segmenti koā€˜tarilishi bilan oā€˜tkir miokard infarkti boā€˜lgan bemorlarni davolashda immun-allergik trombositopeniya.

Koā€˜rsatmalardan qat'i nazar boshqa klinik ahamiyatli noxush reaksiyalar - quyida taqdim etilgan ushbu noxush reaksiyalar tizim-a'zolar sinflari boā€˜yicha guruhlangan, yuqorida aniqlangan ularning yuzaga kelish tez-tezligi koā€˜rsatilgan holda va ogā€˜irligining kamayishi tartibida berilgan.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Allergik reaksiyalar.

Kam hollarda

Anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar (shuningdek, quyida "Preparat bozorga chiqqandan keyin olingan ma'lumotlar" kichik boā€˜limiga qarang).

Jigar va oā€˜t chiqarish yoā€˜llari tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez

"Jigar" fermentlari faolligining oshishi, asosan transaminazalar faolligining oshishi, normaning yuqori chegarasidan uch baravardan koā€˜proq oshishi).

Teri va teri osti toā€˜qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Eshakemi, qichishish, eritema.

Tez-tez emas

Bullyoz dermatit.

Umumiy buzilishlar va in'ektsiya joyidagi buzilishlar

Tez-tez

In'ektsiya joyida gematoma, in'ektsiya joyida ogā€˜riq, in'ektsiya joyida shish, qon ketishi, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, yalligā€˜lanish, in'ektsiya joyida qattiqlashishlar hosil boā€˜lishi.

Tez-tez emas

In'ektsiya joyida ta'sirlanish, in'ektsiya joyida teri nekrozi.

Laborator va instrumental ma'lumotlar

Kam hollarda

Giperkaliemiya.

Preparat bozorga chiqqandan keyin olingan ma'lumotlar

Quyidagi noxush reaksiyalar KleksanĀ® preparatini postmarketing qoā€˜llash vaqtida qayd etilgan. Ushbu nojoā€˜ya reaksiyalar haqida spontan xabarlar mavjud boā€˜lgan va ularning tez-tezligi "tez-tezligi noma'lum" (mavjud ma'lumotlar boā€˜yicha aniqlab boā€˜lmaydi) sifatida belgilangan.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan shok.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Bosh ogā€˜rigā€˜i.

Tomirlar tomonidan buzilishlar

Natriy enoksaparin spinal/epidural anesteziya yoki spinal punktsiya fonida qoā€˜llanilganda spinal gematoma (yoki neyroaksial gematoma) rivojlanishi holatlari qayd etilgan. Ushbu reaksiyalar turli ogā€˜irlik darajasidagi nevrologik buzilishlar, shu jumladan turgā€˜un yoki qaytmas falaj rivojlanishiga olib kelgan ("Maxsus koā€˜rsatmalar" boā€˜limiga qarang).

Qon yoki limfa tizimi tomonidan buzilishlar

Gemorragik anemiya.

Tromboz bilan immun-allergik trombositopeniya rivojlanishi holatlari; ba'zi hollarda tromboz a'zolar infarkti yoki oyoq-qoā€˜llar ishemiyasi rivojlanishi bilan asoratlangan ("Maxsus koā€˜rsatmalar" boā€˜limi, "Periferik qonda trombositlar sonini nazorat qilish" kichik boā€˜limiga qarang.

Eozinofiliya.

Teri va teri osti toā€˜qimalari tomonidan buzilishlar

In'ektsiya joyida teri vaskuliti, teri nekrozi rivojlanishi mumkin, ulardan oldin odatda purpura yoki eritematoz papulalar (infiltrlangan va ogā€˜riqli) paydo boā€˜ladi. Bunday hollarda KleksanĀ® preparati bilan terapiyani toā€˜xtatish kerak.

Preparat in'ektsiyasi joyida qattiq yalligā€˜lanish tugunlari-infiltratlari hosil boā€˜lishi mumkin, ular bir necha kundan keyin yoā€˜qoladi va preparatni bekor qilish uchun asos boā€˜lmaydi.

Alopesiya.

Jigar va oā€˜t chiqarish yoā€˜llari tomonidan buzilishlar

Jigarning gepatotsellyulyar shikastlanishi.

Jigarning xolestatik shikastlanishi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi toā€˜qima tomonidan buzilishlar

Uzoq muddatli terapiyada (uch oydan ortiq) osteoporoz.

Maxsus saqlash sharoitlari

Umumiy

Past molekulyar og'irlikli geparinlar o'zaro almashinuvchi hisoblanmaydi, chunki ular ishlab chiqarish jarayoni, molekulyar og'irligi, spesifik anti-Xa faolligi, dozalash birliklari va dozalash rejimi bilan farqlanadi, bu ularning farmakokinetikasi va biologik faolligidagi farqlar (antitrombin faolligi va trombotsitlar bilan o'zaro ta'siri) bilan bog'liq. Shuning uchun past molekulyar og'irlikli geparinlar sinfiga mansub har bir preparat uchun qo'llash bo'yicha tavsiyalarni qat'iy bajarish talab etiladi.

Qon ketish

Boshqa antikoagulyantlar qo'llanilganda bo'lgani kabi, KleksanĀ® preparati yuborilganda ham har qanday lokalizatsiyali qon ketishlar rivojlanishi mumkin ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang). Qon ketish rivojlanganda uning manbaini topish va tegishli davolashni tayinlash kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda qon ketishlar

KleksanĀ® preparati profilaktik dozalarda qo'llanilganda keksa yoshdagi bemorlarda qon ketishlar rivojlanish xavfi ortishi qayd etilmagan.

Preparat terapevtik dozalarda qo'llanilganda keksa yoshdagi bemorlarda (ayniqsa 80 yosh va undan katta yoshda) qon ketishlar rivojlanish xavfi yuqori bo'ladi. Bunday bemorlarning holatini sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi ("Farmakokinetika" bo'limi va "Qo'llash usuli va dozalari" bo'limi, "Keksa yoshdagi bemorlar" kichik bo'limiga qarang).

Gemostazga ta'sir qiluvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda qo'llash

Gemostazga ta'sir qiluvchi preparatlar (salitsilatlar, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan ketorolak; molekulyar og'irligi 40 kDa bo'lgan dekstran, tiklopidin, klopidogrel; glyukokortikosteroid preparatlar, trombolitiklar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, shu jumladan glikoprotein IIb/IIIa retseptorlari antagonistlari) qo'llanilishi enoksaparin natriy bilan davolash boshlanishidan oldin to'xtatilishi tavsiya etiladi, ularni qo'llash zarur bo'lgan holatlar bundan mustasno. Agar enoksaparin natriyning ushbu preparatlar bilan kombinatsiyasi ko'rsatilgan bo'lsa, sinchkovlik bilan klinik kuzatuv va tegishli laboratoriya ko'rsatkichlari monitoringini o'tkazish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda enoksaparin natriyning tizimli ekspozitsiyasi ortishi natijasida qon ketish rivojlanish xavfi mavjud.

Og'ir buyrak funktsiyasi buzilishi (kreatinin klirensi 30 ml/daq dan kam) bo'lgan bemorlarda enoksaparin natriy ekspozitsiyasining sezilarli ortishi qayd etiladi, shuning uchun preparatni profilaktik, hamda terapevtik qo'llashda dozani to'g'irlash tavsiya etiladi. Garchi yengil va o'rtacha buyrak funktsiyasi buzilishi (kreatinin klirensi 30-50 ml/daq yoki 50-80 ml/daq) bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmasa-da, bunday bemorlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi ("Farmakokinetika" va "Qo'llash usuli va dozalari" bo'limlari, "Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar" kichik bo'limiga qarang).

Past tana vazni

Enoksaparin natriy profilaktik qo'llanilganda tana vazni 45 kg dan kam bo'lgan ayollarda va tana vazni 57 kg dan kam bo'lgan erkaklarda uning ekspozitsiyasi ortishi qayd etilgan, bu esa qon ketishlar rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday bemorlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.

Semizligi bo'lgan bemorlar

Semizligi bo'lgan bemorlarda trombozlar va emboliyalar rivojlanish xavfi yuqori bo'ladi. Semizligi bo'lgan (TVI 30 kg/m dan ortiq) bemorlarda enoksaparin natriyni profilaktik dozalarda qo'llash xavfsizligi va samaradorligi oxirigacha aniqlanmagan va dozani to'g'irlash bo'yicha umumiy fikr yo'q. Ushbu bemorlarni trombozlar va emboliyalar simptomlari va belgilari rivojlanishi yuzasidan diqqat bilan kuzatish kerak.

Periferik qonda trombotsitlar sonini nazorat qilish

Antitana-vositachiligidagi geparin-induktsiyalangan trombotsitopeniya rivojlanish xavfi past molekulyar og'irlikli geparinlar qo'llanilganda ham mavjud. Agar trombotsitopeniya rivojlansa, u odatda enoksaparin natriy bilan terapiya boshlanganidan keyin 5- va 21-kunlar orasida aniqlanadi. Shu munosabat bilan KleksanĀ® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin va uni qo'llash vaqtida periferik qonda trombotsitlar sonini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Trombotsitlar sonining tasdiqlangan sezilarli kamayishi (boshlang'ich ko'rsatkichga nisbatan 30-50% ga) mavjud bo'lganda enoksaparin natriyni darhol bekor qilish va bemorni boshqa terapiyaga o'tkazish kerak.

Spinal/epidural anesteziya

Spinal/epidural anesteziya bir vaqtda o'tkazilganda KleksanĀ® preparati qo'llanilganda neyroaksial gematomalar paydo bo'lishi va uzoq muddat mavjud bo'luvchi yoki qaytmas falaj rivojlanishi holatlari tasvirlangan. Ushbu ko'rinishlar paydo bo'lish xavfi preparat 40 mg yoki undan past dozada qo'llanilganda kamayadi. Xavf KleksanĀ® preparatining yuqori dozalari qo'llanilganda, shuningdek operatsiyadan keyin doimiy kateterlar ishlatilganda yoki gemostazga ta'sir qiluvchi qo'shimcha preparatlar, masalan, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bir vaqtda qo'llanilganda ortadi ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). Xavf shuningdek travmatik o'tkazilgan yoki takroriy orqa miya punktsiyasida yoki anamnezida umurtqa pog'onasi sohasida o'tkazilgan operatsiyalar yoki umurtqa pog'onasi deformatsiyasi bo'lgan bemorlarda ortadi.

Enoksaparin natriyni qo'llash va epidural yoki spinal anesteziya/anal'geziya o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan ehtimoliy qon ketish xavfini kamaytirish uchun preparatning farmakokinetik profilini hisobga olish kerak ("Farmakokinetika" bo'limiga qarang). Kateterni o'rnatish yoki olib tashlashni enoksaparin natriyning past antikoagulyant samarasida o'tkazish yaxshiroq, biroq turli bemorlarda antikoagulyant samarani yetarlicha pasayishiga erishish uchun aniq vaqt noma'lum. Kateterni o'rnatish yoki olib tashlash KleksanĀ® preparatining pastroq dozalari (sutkada bir marta 20 mg, sutkada bir yoki ikki marta 30 mg, sutkada bir marta 40 mg) yuborilgandan so'ng kamida 12 soat o'tgach va KleksanĀ® preparatining yuqori dozalari (sutkada ikki marta 0,75 mg/kg tana vazni, sutkada ikki marta 1 mg/kg tana vazni, sutkada bir marta 1,5 mg/kg tana vazni) yuborilgandan so'ng kamida 24 soat o'tgach o'tkazilishi kerak. Ushbu vaqt nuqtalarida preparatning anti-Xa faolligi aniqlanishi davom etadi va vaqtni kechiktirish neyroaksial gematoma rivojlanishidan qochishning kafolati hisoblanmaydi. Enoksaparin natriyni sutkada ikki marta 0,75 mg/kg tana vazni yoki sutkada ikki marta 1 mg/kg tana vazni dozalarda qabul qilayotgan bemorlarga, bunday (sutka davomida ikki martalik) dozalash rejimida, kateterni o'rnatish yoki almashtirish oldidan intervalni oshirish uchun ikkinchi dozani yubormaslik kerak. Xuddi shunday, foyda/xavf nisbatini baholashdan (xavf omillari mavjudligini hisobga olgan holda protsedura o'tkazishda tromboz va qon ketishlar rivojlanish xavfi) kelib chiqib, preparatning keyingi dozasini yuborishni kamida 4 soatga kechiktirish imkoniyati masalasini ko'rib chiqish kerak. Biroq kateter olib tashlangandan so'ng enoksaparin natriyning keyingi dozasini yuborish vaqti bo'yicha aniq tavsiyalar berish imkoni yo'q. Kreatinin klirensi 30 ml/daq dan kam bo'lgan bemorlarda enoksaparin natriy chiqarilishi sekinlashishini hisobga olish kerak. Shuning uchun, ushbu toifadagi bemorlarda kateter olib tashlangan paytdan boshlab vaqtni ikki baravar oshirish masalasini ko'rib chiqish kerak: enoksaparin natriyning pastroq dozalari uchun kamida 24 soat (sutkada bir marta 30 mg) va yuqori dozalari uchun kamida 48 soat (sutkada 1 mg/kg tana vazni).

Agar shifokor tayinloviga ko'ra epidural/spinal anesteziya yoki lyumbal punktsiya o'tkazish vaqtida antikoagulyant terapiya qo'llanilsa, belda og'riq, sensor va motor funktsiyalar buzilishi (oyoqlarda uvishish yoki holsizlik), ichak va/yoki qovuq funktsiyasi buzilishi kabi har qanday nevrologik simptomlarni aniqlash uchun bemorni doimiy kuzatish zarur. Bemorni yuqorida tavsiflangan simptomlar paydo bo'lganda darhol shifokorga xabar berish zarurligi haqida yo'riqnoma berish kerak. Orqa miya gematomasiga xos simptomlarga shubha qilinganda, shoshilinch diagnostika va davolash, shu jumladan zarurat bo'lganda, orqa miya dekompressiyasi zarur.

Geparin-induktsiyalangan trombotsitopeniya

Anamnezida tromboz bilan birga yoki usiz kechuvchi geparin-induktsiyalangan trombotsitopeniya haqida ma'lumotlar bo'lgan bemorlarda KleksanĀ® preparatini o'ta ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Geparin-induktsiyalangan trombotsitopeniya rivojlanish xavfi bir necha yil davomida saqlanib qolishi mumkin. Agar anamnezda geparin-induktsiyalangan trombotsitopeniya mavjudligi taxmin qilinsa, in vitro sharoitda trombotsitlar agregatsiyasiga testlar uning rivojlanish xavfini prognoz qilishda cheklangan ahamiyatga ega. Bunday holda KleksanĀ® preparatini qo'llash to'g'risidagi qarorni faqat tegishli mutaxassis bilan maslahatlashgandan so'ng qabul qilish mumkin.

Teri orqali koronar angioplastika

Barqaror bo'lmagan stenokardiya va Q tishsiz miokard infarktini va ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarktini davolashda invaziv qon tomir instrumental manipulyatsiyasi bilan bog'liq qon ketish xavfini minimallashtirish maqsadida, ushbu protseduralarni KleksanĀ® preparatini yuborishlar orasidagi intervallarda o'tkazish kerak. Bu teri orqali koronar aralashuv o'tkazilgandan so'ng gemostazga erishish uchun zarur. Yopuvchi qurilma ishlatilganda son arteriyasi introd'yuseri darhol olib tashlanishi mumkin. Manual (qo'lda) kompressiya qo'llanilganda son arteriyasi introd'yuserini enoksaparin natriyning oxirgi vena ichiga yoki teri ostiga in'ektsiyasidan 6 soat o'tgach olib tashlash kerak. Agar enoksaparin natriy bilan davolash davom ettirilsa, keyingi dozani son arteriyasi introd'yuseri olib tashlanganidan keyin kamida 6-8 soat o'tgach yuborish kerak. Qon ketish va gematoma hosil bo'lishi belgilarini o'z vaqtida aniqlash uchun introd'yuser yuborilgan joyni kuzatib borish zarur.

Yurak mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan bemorlar

Yurak mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan bemorlarda tromb hosil bo'lishini oldini olish uchun KleksanĀ® preparatini qo'llash yetarlicha o'rganilmagan. Tromb hosil bo'lishini oldini olish uchun enoksaparin natriy bilan terapiya fonida yurak mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan bemorlarda yurak klapanlari trombozi rivojlanishi haqida alohida xabarlar mavjud. Ushbu xabarlarni baholash yurak sun'iy klapanlari trombozi rivojlanishiga yordam beruvchi raqobatdosh omillar, shu jumladan asosiy kasallik mavjudligi va klinik ma'lumotlarning yetishmasligi tufayli cheklangan.

Yurak mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan homilador ayollar

Yurak mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan homilador ayollarda tromb hosil bo'lishini oldini olish uchun KleksanĀ® preparatini qo'llash yetarlicha o'rganilmagan. Yurak mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan homilador ayollarda o'tkazilgan klinik tadqiqotda trombozlar va emboliyalar xavfini kamaytirish uchun enoksaparin natriy sutkada ikki marta 1 mg/kg tana vazni dozasida qo'llanilganda, 8 nafar ayoldan 2 tasida yurak klapanlari bloklanishiga va ona hamda homila o'limiga olib kelgan tromblar hosil bo'lgan.

Tromb hosil bo'lishini oldini olish uchun enoksaparin bilan davolangan yurak mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan homilador ayollarda yurak klapanlari trombozi haqida alohida postmarketing xabarlar mavjud.

Yurak mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan homilador ayollarda tromboz va emboliya rivojlanish xavfi yuqori.

Laboratoriya testlari

Tromboembolik asoratlar profilaktikasi uchun qo'llaniladigan dozalarda KleksanĀ® preparati qon ketish vaqtiga va qon ivishi ko'rsatkichlariga, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasiga yoki ularning fibrinogen bilan bog'lanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.

Doza oshirilganda AChTV va faollashtirilgan qon ivish vaqti uzayishi mumkin. AChTV va faollashtirilgan ivish vaqtining oshishi preparatning antikoagulyant faolligi oshishiga to'g'ridan-to'g'ri chiziqli bog'liqlikda emas, shuning uchun ularni monitoring qilishga zarurat yo'q.

O'tkir terapevtik kasalliklari bo'lgan, yotoq rejimida bo'lgan bemorlarda venoz trombozlar va emboliyalar profilaktikasi

O'tkir infektsiya, o'tkir revmatik holatlar rivojlanganda enoksaparin natriyning profilaktik qo'llanilishi, agar yuqorida sanab o'tilgan holatlar venoz tromb hosil bo'lishining quyidagi xavf omillaridan biri bilan birga kelsa o'zini oqlaydi:

- yosh 75 yoshdan katta;

- xavfli o'smalar;

- anamnezda trombozlar va emboliyalar;

- semizlik;

- gormonal terapiya;

- yurak yetishmovchiligi;

- surunkali nafas yetishmovchiligi.

Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

KleksanĀ® preparati transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Enoksaparin natriyga, geparinga yoki uning hosilalariga, shu jumladan boshqa past molekulyar geparinlarga yuqori sezuvchanlik.

- Faol katta qon ketish, shuningdek qon ketish xavfi yuqori bo'lgan holatlar va kasalliklar: xavf soluvchi abort, bosh miya tomirlari anevrizmasi yoki aorta anevrizmasining qavatlanishi (bunga qarshi jarrohlik aralashuvi o'tkaziladigan hollar bundan mustasno), yaqinda o'tkazilgan gemorragik insult, nazorat qilinmaydigan qon ketish, enoksaparin natriy ishtirokida in vitro sharoitida antitrombotsitar antitelolarga ijobiy test bilan birga keladigan trombotsitopeniya.

- Yurakning mexanik sun'iy klapanlari bo'lgan homilador ayollarda tromboz hosil bo'lishining oldini olish maqsadida KleksanĀ® preparatini qo'llash tavsiya etilmaydi (klinik tajriba yetarli emas).

- 18 yoshgacha bo'lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Ehtiyotkorlik bilan:

Qon ketish rivojlanishining potentsial xavfi bo'lgan holatlar:

- gemostaz buzilishlari (shu jumladan gemofiliya, trombotsitopeniya, gipokoagulyatsiya, Villebrand kasalligi va b.), og'ir vaskulit;

- anamnezda me'da yoki o'n ikki barmoqli ichak yarasi yoki oshqozon-ichak traktining boshqa eroziv-yarali shikastlanishlari;

- yaqinda o'tkazilgan ishemik insult;

- nazorat qilinmaydigan og'ir arterial gipertenziya;

- diabetik yoki gemorragik retinopatiya;

- og'ir qandli diabet;

- yaqinda o'tkazilgan yoki taxmin qilinayotgan nevrologik yoki oftalmologik operatsiyalar;

- spinal yoki epidural anesteziya o'tkazish (gematoma rivojlanishining potentsial xavfi), orqa miya punksiyasi (yaqinda o'tkazilgan);

- yaqinda bo'lgan tug'ruqlar;

- bakterial endokardit (o'tkir yoki o'tkir osti);

- perikardit yoki perikardial suyuqlik yig'ilishi;

- buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;

- bachadon ichki kontrasepsiyasi (BIK);

- og'ir jarohat (ayniqsa markaziy asab tizimi), katta yuzalarda ochiq yaralar;

- gemostaz tizimiga ta'sir qiluvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish;

- tromboz bilan yoki trombozsiz kechadigan geparin chaqirgan trombotsitopeniya (anamnezda).

Kompaniyada KleksanĀ® preparatini quyidagi kasalliklarda klinik qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q: faol sil, nur terapiyasi (yaqinda o'tkazilgan).

Homiladorlik va laktatsiya:

Insonda homiladorlikning ikkinchi trimestrida enoksaparin natriyning yo'ldosh to'sig'i orqali o'tishi haqida ma'lumotlar yo'q. Homiladorlikning birinchi va uchinchi trimestrlari bo'yicha tegishli ma'lumotlar mavjud emas. Homilador ayollarda adekvat va yaxshi nazorat qilingan tadqiqotlar yo'qligi va hayvonlardagi tadqiqotlar insonda homiladorlik davrida enoksaparin natriy yuborilishiga bo'lgan reaktsiyani har doim ham oldindan aytib bera olmasligi sababli, uni homiladorlik davrida faqat shifokor tomonidan belgilangan o'ta zarur hollardagina qo'llash kerak. O'zgarmagan enoksaparin natriy insonda ko'krak sutiga ajralib chiqishi noma'lum. Onani KleksanĀ® preparati bilan davolash vaqtida ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

KleksanĀ® preparatini boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas!

Gemostazga ta'sir qiluvchi preparatlar (tizimli ta'sirga ega salitsilatlar, atsetilsalitsil kislotasi, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar [shu jumladan ketorolak], 40 kDa molekulyar og'irlikka ega dekstran, tiklopidin va klopidogrel, tizimli glyukokortikosteroidlar, trombolitiklar yoki antikoagulyantlar, boshqa antitrombotsitar preparatlar [shu jumladan glikoprotein IIb/IIIa antagonistlari]) bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketish rivojlanish xavfi ortadi ("Maxsus ko'rsatmalar"ga qarang).

Dozirovkasi
DozalashMaxsus holatlar bundan mustasno (quyida "ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi miokard infarktini dori vositalari yoki teri orqali koronar aralashuv yordamida davolash" va "Gemodializ o'tkazishda ekstrakorporal qon aylanish tizimida tromb hosil bo'lishining profilaktikasi" bo'limlariga qarang), enoksaparin natriy chuqur teri ostiga yuboriladi. In'ektsiyalarni bemor "yotgan" holatida o'tkazish maqsadga muvofiq. 20 mg va 40 mg ga oldindan to'ldirilgan shpritslardan foydalanishda preparat yo'qotilishining oldini olish uchun in'ektsiyadan oldin shpritsdan havo pufakchalarini chiqarib tashlash kerak emas. In'ektsiyalarni navbatma-navbat qorinning chap yoki o'ng old-lateral yoki orqa-lateral yuzasiga o'tkazish kerak.

Ignani bosh va ko'rsatkich barmoqlar orasida yig'ilgan va in'ektsiya tugaguncha ushlab turiladigan teri burmasiga vertikal ravishda (yonboshdan emas) to'liq uzunligi bo'yicha kiritish kerak. Teri burmasi faqat in'ektsiya tugagandan so'ng qo'yib yuboriladi.

Preparat yuborilgandan so'ng in'ektsiya joyini uqalash kerak emas. Oldindan to'ldirilgan bir martalik shprits qo'llashga tayyor. Preparatni mushak ichiga yuborish mumkin emas!

Jarrohlik aralashuvlarida, ayniqsa ortopedik va umumiy jarrohlik operatsiyalarida venoz trombozlar va emboliyalarning profilaktikasi

Trombozlar va emboliyalar rivojlanish xavfi o'rtacha bo'lgan bemorlarga (masalan, abdominal operatsiyalar) KleksanĀ® preparatining tavsiya etilgan dozasi 20 mg yoki 40 mg ni tashkil qiladi, sutkasiga bir marta teri ostiga. Birinchi in'ektsiyani jarrohlik aralashuvidan 2 soat oldin qilish kerak.

Trombozlar va emboliyalar rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarga (masalan, ortopedik operatsiyalarda) preparat 40 mg dozada sutkasiga bir marta teri ostiga, birinchi dozani jarrohlik aralashuvidan 12 soat oldin yuborish bilan, yoki 30 mg dozada sutkasiga ikki marta, operatsiyadan 12-24 soat o'tgach yuborishni boshlash bilan tavsiya etiladi.

KleksanĀ® preparati bilan davolash davomiyligi o'rtacha 7-10 kunni tashkil qiladi. Zarurat bo'lganda terapiyani tromboz va emboliya rivojlanish xavfi saqlanib turguncha va bemor ambulator rejimga o'tguniga qadar davom ettirish mumkin.

Ortopedik operatsiyalarda boshlang'ich terapiyadan so'ng KleksanĀ® preparatini 40 mg dozada sutkasiga bir marta 3 hafta davomida yuborish yo'li bilan davolashni davom ettirish maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin.

Spinal/epidural anesteziyada, shuningdek koronar revaskulyarizatsiya muolajalarida KleksanĀ® preparatini qo'llash xususiyatlari "Maxsus ko'rsatmalar" bo'limida ta'riflangan.

O'tkir terapevtik kasalliklar oqibatida yotoq rejimida bo'lgan bemorlarda venoz trombozlar va emboliyalarning profilaktikasi. KleksanĀ® preparatining tavsiya etilgan dozasi 40 mg ni tashkil qiladi, sutkasiga bir marta, teri ostiga, kamida 6 kun davomida. Terapiyani bemor to'liq ambulator rejimga o'tguniga qadar (maksimal 14 kun davomida) davom ettirish kerak.

O'pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan yoki usiz chuqur venalar trombozini davolash

Preparat tana vaznining 1,5 mg/kg hisobidan sutkasiga bir marta yoki tana vaznining 1 mg/kg hisobidan sutkasiga ikki marta teri ostiga yuboriladi. Asoratlangan tromboembolik buzilishlari bo'lgan bemorlarda preparatni 1 mg/kg dozada sutkasiga ikki marta qo'llash tavsiya etiladi.

Davolash davomiyligi o'rtacha 10 kunni tashkil qiladi. Darhol bilvosita antikoagulyantlar bilan terapiyani boshlash kerak, bunda KleksanĀ® preparati bilan davolashni terapevtik antikoagulyant ta'sirga erishilgunga qadar davom ettirish zarur (Xalqaro Normallashtirilgan Nisbat [XNN] ko'rsatkichlari 2,0-3,0 ni tashkil qilishi kerak).

Gemodializ vaqtida ekstrakorporal qon aylanish tizimida tromb hosil bo'lishining profilaktikasi

KleksanĀ® preparatining tavsiya etilgan dozasi o'rtacha tana vaznining 1 mg/kg ni tashkil qiladi. Qon ketish rivojlanish xavfi yuqori bo'lganda dozani ikki tomirlim kirishda tana vaznining 0,5 mg/kg gacha yoki bir tomirli kirishda 0,75 mg gacha kamaytirish kerak.

Gemodializda KleksanĀ® preparatini gemodializ seansi boshida shuntning arterial qismiga yuborish kerak. Bir doza, qoida tariqasida, to'rt soatlik seans uchun etarli, biroq uzoqroq davom etadigan gemodializda fibrin halqalari aniqlanganda preparatni qo'shimcha ravishda tana vaznining 0,5-1 mg/kg hisobidan yuborish mumkin.

Nostabil stenokardiya va Q tishsiz miokard infarktini davolash

KleksanĀ® preparati tana vaznining 1 mg/kg hisobidan har 12 soatda, teri ostiga, atsetilsalitsil kislotasini sutkasiga bir marta 100-325 mg dozada bir vaqtda qo'llash bilan yuboriladi.

Terapiyaning o'rtacha davomiyligi kamida 2 kunni tashkil qiladi va bemorning klinik holati barqarorlashguniga qadar davom etadi. Odatda preparatni yuborish 2 kundan 8 kungacha davom etadi.

ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarktini dori vositalari yoki teri orqali koronar aralashuv yordamida davolash

Davolash enoksaparin natriyning 30 mg dozasini bir marta vena ichiga bolusli yuborishdan boshlanadi. Uning ortidanoq teri ostiga 1 mg/kg tana vazni dozasida enoksaparin natriy yuboriladi. Keyinchalik preparat teri ostiga 1 mg/kg tana vazni dozasida har 12 soatda tayinlanadi (birinchi ikkita teri osti in'ektsiyasining har biri uchun maksimal 100 mg enoksaparin natriy, so'ngra - qolgan teri osti dozalari uchun 1 mg/kg tana vazni bo'yicha, ya'ni tana vazni 100 kg dan ortiq bo'lsa, bir martalik doza 100 mg dan oshishi mumkin).

75 yosh va undan katta bemorlarda boshlang'ich vena ichiga bolusli yuborish qo'llanilmaydi. Preparat teri ostiga 0,75 mg/kg dozada har 12 soatda yuboriladi (birinchi ikkita teri osti in'ektsiyasining har biri uchun maksimal 75 mg enoksaparin natriy, so'ngra - qolgan teri osti dozalari uchun 0,75 mg/kg tana vazni bo'yicha, ya'ni tana vazni 100 kg dan ortiq bo'lsa, bir martalik doza 75 mg dan oshishi mumkin).

Trombolitiklar (fibrin-spetsifik va fibrin-nospetsifik) bilan kombinatsiyada enoksaparin natriy trombolitik terapiya boshlanishidan oldin 15 daqiqa va undan keyin 30 daqiqa oralig'ida yuborilishi kerak. ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarkti aniqlangandan so'ng imkon qadar tezroq bemorlarga bir vaqtda atsetilsalitsil kislotasini tayinlash zarur va, agar qarshi ko'rsatmalar bo'lmasa, atsetilsalitsil kislotasini qabul qilishni (75-325 mg dozalarda) har kuni kamida 30 kun davomida davom ettirish kerak.

KleksanĀ® preparati bilan davolashning tavsiya etilgan davomiyligi 8 kunni yoki bemor kasalxonadan chiqquniga qadar muddatni tashkil qiladi (agar kasalxonada yotish muddati 8 kundan kam bo'lsa).

Enoksaparin natriyni vena ichiga bolusli yuborish venoz kateter orqali o'tkazilishi kerak. Enoksaparin natriy boshqa dori preparatlari bilan aralashtirilmasligi yoki birga yuborilmasligi kerak. Infuzion tizimda boshqa dori preparatlari izlari bo'lishi va ularning enoksaparin natriy bilan o'zaro ta'sirining oldini olish uchun venoz kateter enoksaparin natriyni vena ichiga bolusli yuborishdan oldin va keyin etarli miqdordagi 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasi bilan yuvilishi kerak. Enoksaparin natriy 0,9 % natriy xlorid eritmasi va 5 % dekstroza eritmasi bilan xavfsiz yuborilishi mumkin.

ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarktini davolashda 30 mg enoksaparin natriyni bolusli yuborishni o'tkazish uchun 60 mg, 80 mg va 100 mg li shisha shpritslardan ortiqcha preparat miqdori chiqarib tashlanadi, shunda ularda faqat 30 mg (0,3 ml) qoladi. 30 mg doza bevosita vena ichiga yuborilishi mumkin.

Enoksaparin natriyni venoz kateter orqali vena ichiga bolusli yuborishni o'tkazish uchun preparatni teri ostiga yuborish uchun mo'ljallangan 60 mg, 80 mg va 100 mg li oldindan to'ldirilgan shpritslardan foydalanish mumkin. 60 mg li shpritslardan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu shpritsdan chiqarib tashlanadigan preparat miqdorini kamaytiradi. 20 mg li shpritslar ishlatilmaydi, chunki ularda 30 mg enoksaparin natriyni bolusli yuborish uchun preparat etarli emas. 40 mg li shpritslar ishlatilmaydi, chunki ularda bo'linmalar yo'q va shuning uchun 30 mg miqdorni aniq o'lchash imkonsiz.

Teri orqali koronar aralashuv o'tkaziladigan bemorlarda, agar enoksaparin natriyning oxirgi teri osti in'ektsiyasi koronar arteriyaning toraygan joyiga kiritilgan ballonli kateterni shishirishdan 8 soatdan kam vaqt oldin o'tkazilgan bo'lsa, enoksaparin natriyni qo'shimcha yuborish talab qilinmaydi. Agar enoksaparin natriyning oxirgi teri osti in'ektsiyasi ballonli kateterni shishirishdan 8 soatdan ko'proq vaqt oldin o'tkazilgan bo'lsa, 0,3 mg/kg dozada enoksaparin natriyni qo'shimcha vena ichiga bolusli yuborishni amalga oshirish kerak.

Teri orqali koronar aralashuvlarni o'tkazishda venoz kateterga kichik hajmlarni qo'shimcha vena ichiga bolusli yuborishning aniqligini oshirish uchun preparatni 3 mg/ml kontsentratsiyagacha suyultirish tavsiya etiladi. Eritmani suyultirishni bevosita yuborishdan oldin o'tkazish tavsiya etiladi.

60 mg li oldindan to'ldirilgan shprits yordamida 3 mg/ml kontsentratsiyali enoksaparin natriy eritmasini olish uchun 50 ml li infuzion eritma (ya'ni 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasi) idishidan foydalanish tavsiya etiladi. Infuzion eritma idishidan oddiy shprits yordamida 30 ml eritma olinadi va chiqarib tashlanadi. Enoksaparin natriy (teri ostiga yuborish uchun 60 mg li shprits tarkibi) idishda qolgan 20 ml infuzion eritmaga kiritiladi. Suyultirilgan enoksaparin natriy eritmasi bo'lgan idish tarkibi ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Yuborish uchun shprits yordamida enoksaparin natriyning suyultirilgan eritmasidan kerakli hajm olinadi, u quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

Suyultirilgan eritma hajmi = Bemor tana vazni (kg) x 0,1 yoki quyida keltirilgan jadval yordamida.

Suyultirilgandan keyin vena ichiga yuborilishi kerak bo'lgan hajmlar

Bemor tana vazni [kg] Kerakli doza (0,3 mg/kg) [mg] Yuborish uchun zarur bo'lgan, 3 mg/ml kontsentratsiyagacha suyultirilgan eritma hajmi

45 13,5 4,5

50 15 5

55 16,5 5,5

60 18 6

65 19,5 6,5

70 21 7

75 22,5 7,5

80 24 8

85 25,5 8,5

90 27 9

95 28,5 9,5

100 30 10

Bemorlarning alohida guruhlarida dozalash tartibi

Keksa yoshdagi bemorlar

ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi miokard infarktini davolashdan tashqari (yuqoriga qarang) barcha boshqa ko'rsatmalar uchun keksa yoshdagi bemorlarda, agar ularda buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lmasa, enoksaparin natriy dozalarini kamaytirish talab qilinmaydi.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar

Og'ir buyrak funktsiyasi buzilishi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) Enoksaparin natriy dozasi quyida keltirilgan jadvallarga muvofiq kamaytiriladi, chunki bu bemorlarda preparatning tizimli ekspozitsiyasi (ta'sir qilish davomiyligi) oshishi kuzatiladi.

Preparatni davolash maqsadida qo'llashda dozalash tartibini quyidagicha to'g'irlash tavsiya etiladi:

Odatdagi dozalash tartibi Og'ir buyrak etishmovchiligida dozalash tartibi

1 mg/kg tana vazni teri ostiga sutkasiga ikki marta 1 mg/kg tana vazni teri ostiga sutkasiga bir marta

1,5 mg/kg tana vazni teri ostiga sutkasiga bir marta 1 mg/kg tana vazni teri ostiga sutkasiga bir marta

75 yoshdan kichik bemorlarda ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarktini davolash

Bir marta vena ichiga bolusli yuborish 30 mg plyus 1 mg/kg tana vazni teri ostiga; keyinchalik teri ostiga 1 mg/kg tana vazni dozasida sutkasiga ikki marta yuborish bilan (birinchi ikkita teri osti in'ektsiyasining har biri uchun maksimal 100 mg) Bir marta vena ichiga bolusli

yuborish 30 mg plyus 1 mg/kg tana

vazni teri ostiga; keyinchalik

teri ostiga 1 mg/kg tana vazni

dozasida sutkasiga bir marta yuborish bilan

(faqat birinchi teri osti in'ektsiyasi

uchun maksimal 100 mg)

75 yosh va undan katta bemorlarda ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarktini davolash

0,75 mg/kg tana vazni teri ostiga

sutkasiga ikki marta boshlang'ich

vena ichiga bolusli yuborishsiz

(birinchi ikkita teri osti

in'ektsiyasining har biri uchun

maksimal 75 mg) 1 mg/kg tana vazni teri ostiga sutkasiga bir marta

boshlang'ich vena ichiga

bolusli yuborishsiz (faqat birinchi teri osti

in'ektsiyasi uchun maksimal

100 mg)

Preparatni profilaktika maqsadida tromboembolik asoratlar rivojlanish xavfi o'rtacha bo'lgan bemorlarda qo'llashda dozalash tartibini quyidagi jadvalda keltirilganidek to'g'irlash tavsiya etiladi.

Odatdagi dozalash tartibi Og'ir buyrak etishmovchiligida dozalash tartibi

40 mg teri ostiga sutkasiga bir marta 20 mg teri ostiga sutkasiga bir marta

20 mg teri ostiga sutkasiga bir marta 20 mg teri ostiga sutkasiga bir marta

Tavsiya etilgan dozalash tartibini to'g'irlash gemodializda qo'llanilmaydi.

Engil (kreatinin klirensi 50-80 ml/min) va o'rtacha (kreatinin klirensi 30-50 ml/min) buyrak funktsiyasi buzilishida

Dozani to'g'irlash talab qilinmaydi, biroq bemorlar shifokorning sinchkov nazorati ostida bo'lishlari kerak.

Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlar

Klinik tadqiqotlar yo'qligi sababli, KleksanĀ® preparatini jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.Dozani oshirib yuborishKleksanni vena ichiga, ekstrakorporal yoki teri ostiga qo'llashda tasodifiy dozani oshirib yuborish gemorragik asoratlarga olib kelishi mumkin. Ichga qabul qilinganda hatto katta dozalarda ham preparatning so'rilishi ehtimoldan yiroq.

Antikoagulyant ta'sirlarni, asosan, protamin sulfatni sekin vena ichiga yuborish yo'li bilan neytrallash mumkin, uning dozasi yuborilgan Kleksan dozasiga bog'liq. Bir mg (1 mg) protamin sulfat bir mg (1 mg) Kleksanning antikoagulyant ta'sirini neytrallaydi (protamin tuzlarini qo'llash haqidagi ma'lumotga qarang), agar enoksaparin natriy protamin yuborilishidan 8 soat oldinroq yuborilmagan bo'lsa. 0,5 mg protamin 1 mg Kleksanning antikoagulyant ta'sirini neytrallaydi, agar oxirgi yuborishdan 8 soatdan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsa yoki protaminning ikkinchi dozasini yuborish zarurati tug'ilsa. Agar enoksaparin natriy yuborilgandan keyin 12 soat va undan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsa, protamin yuborish talab qilinmaydi. Biroq, hatto protamin sulfatning katta dozalari yuborilganda ham, Kleksanning anti-Xa faolligi to'liq neytrallanmaydi (maksimal 60% ga).

Xususiyatlar KLEKSAN 4000 eritma 4000 anti-xa me/0,4ml N10

Kleksan boshqa chiqarish shakllari

KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 8000 anti-xa me/0,8ml N10
Retseptli
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 8000 anti-xa me/0,8ml N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis France, Fransiya proizvedeno: Sanofi Winthrop Industrie
•75 ta dorixonada bor
Narxi
779 800 so'm dan
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 6000 anti-xa me/0,6ml N2
Retseptli
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 6000 anti-xa me/0,6ml N2
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis France, Fransiya proizvedeno: Sanofi Winthrop Industrie
•54 ta dorixonada bor
Narxi
130 000 so'm dan

KLEKSAN 4000 eritma 4000 anti-xa me/0,4ml N10 analoglari

ENIKSUM inyeksiya uchun eritma 0,4ml 10000anti-xa me/ml N10
ENIKSUM inyeksiya uchun eritma 0,4ml 10000anti-xa me/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmFirma &amp;quot;Soteks&amp;quot;,ZAO
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 6000 anti-xa me/0,6ml N2
Retseptli
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 6000 anti-xa me/0,6ml N2
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis France, Fransiya proizvedeno: Sanofi Winthrop Industrie
•54 ta dorixonada bor
Narxi
130 000 so'm dan
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 8000 anti-xa me/0,8ml N10
Retseptli
KLEKSAN inyeksiya uchun eritma 8000 anti-xa me/0,8ml N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis France, Fransiya proizvedeno: Sanofi Winthrop Industrie
•75 ta dorixonada bor
Narxi
779 800 so'm dan
FLENOKS eritma 0,4ml 4000 anti-Xa ME N10
FLENOKS eritma 0,4ml 4000 anti-Xa ME N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
490 000 so'm dan
FLENOKS eritma 0,6ml 6000 anti-Xa ME N10
FLENOKS eritma 0,6ml 6000 anti-Xa ME N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
589 518 so'm dan
ENIKSUM inyeksiya uchun eritma 0,4ml N1
Retseptli
ENIKSUM inyeksiya uchun eritma 0,4ml N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Soteks Farmfirma, ZAO
ENIKSUM inyeksiya uchun eritma 0,6ml N1
Retseptli
ENIKSUM inyeksiya uchun eritma 0,6ml N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Soteks Farmfirma, ZAO

KLEKSAN 4000 eritma 4000 anti-xa me/0,4ml N10 haqida savollar

KLEKSAN 4000 eritma 4000 anti-xa me/0,4ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan boā€˜lasiz. Batafsil