Ташкент
logo
SavatKirish

KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
ATX kodi:A12CX
Barcha KMA dorilari
4 ta dorixonada bor
Narxi 37 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 4 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
ENTOBAN kapsulalar  N20
Retseptsiz
ENTOBAN kapsulalar N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
26 800 so'm dan
ENTEROJERMINA kapsulalar  2mlrd N12
Retseptsiz
ENTEROJERMINA kapsulalar 2mlrd N12
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis S.p.A., Italiya proizvedeno: Sanofi S.p.A.
Narxi
40 000 so'm dan

KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: kaliy gidroksidi – 0,390 g; magniy oksidi – 0,1116 g; L-asparagin kislotasi – 1,5160 g; 

yordamchi moddalar: sorbitol – 2,0 g, in’eksiya uchun suv 100 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Chiqarilish shakli

100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml shisha butilkalarda (flakonlarda).


Farmakokinetikasi

Kaliy va magniy ionlari tez va to‘liq so‘riladi va organizmni barcha to‘qimalari bo‘yicha taqsimlanadi. Kaliy tezda hujayra ichiga tushishi va organizmdan chiqarilishi tufayli, qon plazmasidagi kaliyning konsentratsiyasini nisbatan qisqa muddat yuqori bo‘lib qoladi. Magniy ionlarini ahamiyatli qismi plazmada oqsillar bilan (25-30%) kompleks birikmalarni hosil qiladi. Kaliy va magniy ionlari asosan siydik, oz miqdori – ahlat, ter, ko‘z yoshi va boshqalar bilan chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida kaliy va magniy ionlarini chiqarilishi sekinlashishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

KMA-DGF kaliy va magniy tanqisligini bartaraf qilishga yordam beradi, elektrolit muvozonatni normallashtiradi, antiaritmik ta’sir ko‘rsatadi, miokardda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Kaliy ionlari ATF, glikogen, oqsillar atsetilxolin va boshqa moddalarni sintezini rag‘batlantiradi. Manfiy xrono– va batmotrop, yuqori dozalarda – manfiy ino- va dromotrop ta’sirlarga ega. Kaliy ionlari past dozalarda koronar arteriyalarni kengaytiradi, yuqori dozalarda toraytiradi. Shuningdek o‘rtacha diuretik ta’sir ham ko‘rsatadi.

Magniy ionlari neyronlarni qo‘zg‘atuvchanligini kamaytiradi, nerv-mushak o‘tkazuvchanligini sekinlashtiradi, ko‘pchilik fermentativ reaksiyalarda, elektrolitlarni muvozanatini saqlashda ionlarni tashishilida, membranalarni, o‘tkazuvchanligida ishtirok etadi. Magniy kaliyni hujayralarga kirishiga yordam beradi, ya’ni hujayradan natriyni chiqarib va kaliyni qaytarib, natriy-kaliy ATF-azani faollashtiradi, natriyni konsentratsiyasini kamaytiradi, qon tomirlarni silliq mushaklarida rezistentlikni pasaytirib natriyni kaliyga almashinuviga to‘sqinlik qiladi. Magniy DNK (pentozofosfat) strukturasiga kiradi, RNK sintezi, nasliy apparatini hujayrani o‘sishida va hujayralarni bo‘linish jarayonlarida ishtirok etadi. Stressda katexolaminni haddan ziyod ajralib chiqarilishini cheklaydi va oldini oladi, mumkin bo‘lgan lipolizni va erkin yog‘ kislotalarini ajralib chiqarilishini kamaytiradi. Miokard to‘qimalariga ishemiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi: yurak ritmini qisqarishi tarangligini va tez-tezligini kamaytiradi, bu miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojni pasayishiga olib keladi, qon tomirlarni, shu jumladan koronar qon tomirlarini kengayishini chaqiradi.

Asparaginat magniy va kaliy ionlarini hujayra ichi bo‘shlig‘iga kirishiga yordam beradi, fosfatlarni hujayralararo sintezini rag‘batlantiradi.

KMA-DGF nerv tolalari bo‘yicha impulslarni o‘tkazilishini, sinaptik o‘tkazuvchanlik, mushaklarni qisqarishini, yurak mushagini ishini boshqaradi. Magniy ionlari hisobiga energiyani tushishi va ishlatilishi jarayonlarida ishtirok etadi, membranalarni o‘tkazuvchanligini, nerv-mushak o‘tkazuvchanligini, DNK, RNK sintezini hujayralarni o‘sishi, hujayralarni bo‘linishi, kislorodni o‘zlashtirilishini va fosfatlarni sintezini normallashtiradi. U shuningdek yurak glikozidlariga yuqori sezuvchanligini pasaytiradi, ularni toksiklik belgilarini kamaytiradi, glyukokortikosteroidlar va diuretiklar chaqirgan gipokalemiyani bartaraf qiladi.

Dori shakli

Infuziya uchun eritma.

Nojo'ya samaralari

V/i tez oqim bilan yuborilganda yoki preparatni terapevtik dozadan ahamiyatli yuqori dozalarda yuborilganda giperkalemiyada: simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, mushak zaifligi, oyoq-qo‘llarni paresteziyasi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik sekinlashish, aritmiyalar, yurakni to‘xtashi va boshqalar) va gipermagniyemiya simptomlari (yuzni qizarishi, chanqoqlik, arterial gipotenziya, bradikardiya, parezlar, arefleksiya, mushak zaifligi, nafas markazini susayishi, aritmiyalar, tirishishlar, charchoqlik va boshqalar) shuningdek flebit va tromboz rivojlanishi mumkin.

Qo'llanilishi

KMA-DGF kaliy va magniy tanqisligini bartaraf qilish uchun, yurak ishemik kasalligida, shu jumladan o‘tkir miokard infarktida; surunkali yurak yetishmovchiligida, yurak ritmini buzilishlarida (shu jumladan gipokalemiya, yurak glikozidlarini intoksikatsiyasi chaqirgan aritmiyalarda), shuningdek kardioxirurgik patsiyentlarda dastlabki va keyingi davolash uchun qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga (shu jumladan sorbitolga) yuqori sezuvchanlik, o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliyemiya, gipermagniyemiya, shok, atrioventrikulyar blokada, arterial gipotenziya, oliguriya va anuriya, degidratatsiya, o‘tkir metabolik atsidoz, og‘ir miasteniya, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining yetishmovchiligi, Addison kasalligi, gemoliz, metanol bilan zaharlanish, fruktozo-1-6-fosfataza tanqisligi, aminokislotalar almashinuvini buzilishida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar faoliyatini buzilishlari, shishlarni paydo bo‘lishi xavfi, qon plazmasida fosfatlar darajasini pasayishi, kalsiy, magniy va fosfatini almashinuvini buzilishlari bilan bog‘liq siydik-tosh kasalligi, bolalarda.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kaliy tejovchi diuretiklar va/yoki angiotenzinga - aylantiruvchi fermenti (AAF) ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, geparin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkalemiyaga olib kelishi mumkin (qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish zarur).

KMA-DGF yurak glikozidlari eritmalari bilan farmatsevtik mutanosib (ularni o‘zlashtiraolinishini yaxshilaydi, noxush samaralarni kamaytiradi), unga zarurat bo‘lganida yurak glikozidlari eritmalarini qo‘shish mumkin.

KMA-DGF aritmiyaga qarshi preparatlarning manfiy dromo- va batmotrop ta’sirini kuchaytiradi.

Magniy ionlarini saqlashi hisobiga neomitsin, polimiksin V, tetratsiklin va streptomitsin samarasini pasaytiradi. Kalsitrol qon plazmasida magniy konsentratsiyasini oshiradi, kalsiy preparatlari magniyning samarasini pasaytiradi. Umumiy anestetiklar markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sirini oshiradi. Qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar (atrakuriy bezilati, deksametazon bromidi va suksametoniy xloridi, bromid, yodid bilan) bir vaqtda qo‘llanganida nerv-mushak blokadasi kuchayishi mumkin. Agar preparatni boshqa in’eksion eritmalar bilan aralashtirilganda xiralashish yoki opalessensiya paydo bo‘lsa, u holda bunday aralashmalarni yuborish mumkin emas.

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

Dozirovkasi

KMA-DGF parenteral: vena ichiga (v/i), tomchilab yuboriladi. V/i yuborishni sekin o‘tkazish lozim. Preparatni giperkalemiya va gipermagnemiya xavfi, patsiyentni hayotiga xavf tug‘diruvchi aritmiyani paydo bo‘lishi tufayli, v/i tez yuborish mumkin emas. Preparatni dozasi va yuborish davomiyligi qo‘llash uchun ko‘rsatma va gipokalemiya darajasiga qarab shaxsiy ravishda aniqlanadi.

Kattalarga odatda eritmani v/v tomchilab 250-500 ml dan sutkada 1-2 marta, minutiga 15-30 tomchi tezlikda buyuriladi. Kardioxirurgik aralashuvlardan bir hafta oldin, operatsiyadan keyin bir hafta davomida eritmani v/i tomchilab minutiga 20-25 tomchi tezlikda sutkada 250-500 ml dan har kuni yuboriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi giperkalemiya va gipermagniyemiya simptomlari bilan kechadi.

Giperkaliyemiya simptomlari: umumiy holsizlik, kardiovaskulyar simptomlar (bradikardiya, aritmiya, qon bosimini tushishi, tomirli kollaps, xushdan ketish xatto yurak qorinchalarini lipillashi va diastolada yurakni to‘xtashi); neyrotoksik simptomlar (propriotseptiv sezuvchanlikni buzilishi, oyoqlarda paresteziyalar va ongni chalkashishi).

Gipermagniyemiya simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda metall ta’mi, letargiya, qovuq atoniyasi, qabziyat, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni va qorinchalarda qo‘zg‘alishni tarqalishini yomonlashishi yuqoriroq konsentratsiyalarda: chuqur pay reflekslarni so‘nishi, qon bosimini tushishi, nafasni falaji, diastolada yurakni to‘xtab qolishi.

Davolash: kalsiy va natriy tuzi eritmalarini v/i ga yuborish: 0,9% li natriy xloridi eritmasini; 10-40 ml 10% li kalsiy glyukonati yoki kalsiy xloridini (dozani oshirib yuborilishini og‘irligiga qarab), insulin bilan 300-500 ml glyukozaning 5% li eritmasini v/i tomchilab (har 3-5 g glyukozaga 1 TB insulin) nafas faoliyatini va gemodinamikani tutilib turishi bo‘yicha tadbirlarni, simptomatik davolash o‘tkaziladi. Magniy ionlarining toksik ta’siri chaqirgan periferik parezlarda, ayniqsa nafas mushaklarini parezida fizostigmin yuborish mumkin. Og‘ir zaharlanish holatlarida sanab o‘tilgan tadbirlar samarasiz bo‘lganida yoki buyrak yetishmovchiligida bo‘lganida gemodializ yoki peritoneal dializni o‘tkazish ko‘rsatilgan.

 

KMA boshqa chiqarish shakllari

KMA DFG infuziya uchun eritma 100ml
KMA DFG infuziya uchun eritma 100ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
•8 ta dorixonada bor
Narxi
26 000 so'm dan
Analoglar KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml
Analoglari yo'q

KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml haqida savollar

KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil