KODELAK BRONXO S CHABRESOM 200ML ELIKSIR

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

KODELAK BRONXO S CHABRESOM 200ML ELIKSIR

Kategoriya: - Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi: - Rossiya
Faol modda: - Natriya glisirrizinat, - Ambroksol
Ishlab chiqaruvchi: - Фармстандарт-Лексредства ОАО
Shifokor konsultatsiyasi: - Каталог пульмонологов в Ташкенте
Ushbu dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestriga kiritilmagan.
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LAZOLVAN sirop 15 mg/5 ml 100 ml

LAZOLVAN sirop 15 mg/5 ml 100 ml

  • Davlat:Ispaniya
  • Ishlab chiqaruvchi:Берингер Ингельхайм Эспана С.А
LAZOLVAN sirop 30 mg/5 ml 100 ml

LAZOLVAN sirop 30 mg/5 ml 100 ml

  • Davlat:Ispaniya
  • Ishlab chiqaruvchi:Sanofi-Aventis Deutschland GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Espana S.A.


Mahsulot haqida tafsilotlar


KODELAK BRONXO S CHABRESOM 200ML ELIKSIR qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KODELAK® BRONXO S CHABRESOM

 

Preparatning savdo nomi: Kodelak® Bronxo s chabresom

Dori shakli: eliksir

Tarkibi:

5 ml eliksir quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ambroksol gidroxloridi – 10 mg, glisirrizin kislotasining trinatriyli tuzi (natriy glisirrizanati) – 30 mg, suyuq toshcho‘p ekstrakti – 500 mg;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 3,75 mg, propilparagidroksibenzoat (nipazol) – 1,25 mg, sorbitol (sorbit) – 3000 mg, tozalangan suv – 5 ml gacha.

Ta‘rifi: och-jigarrangdan jigarrang ranggacha suyuqlik.

Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

ATX kodi: R05CA10.

Farmakologik xususiyatlari

Yo‘talni davolash uchun majmuaviy preparat, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi faollikga ega. Kodelak® Bronxo s chabresom eliksirining ta‘siri uning komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq:

ambroksol sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi, alveolalarda surfaktant sekresiyasini oshiradi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uni ajralishiga yordam beradi;

glisirrat (glisirrizin kislotasi va uning tuzlari) yallig‘lanishga qarshi va viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Antioksidant va membranani turg‘unlashtiruvchi faolligi tufayli sitoprotektor ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatib, endogen glyukokortikosteroidlar ta‘sirini kuchaytiradi. Yaqqol yallig‘lanishga qarshi faolligi tufayli nafas yo‘llarida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishiga yordam beradi;

toshcho‘p o‘ti ekstrakti balg‘am ko‘chiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega efir moylarining aralashmasini saqlaydi. Bundan tashqari toshcho‘p o‘ti kuchsiz spazmolitik va reparativ xususiyatlarga ega.

Qo‘llanilishi

Qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi, ovqat qabul qilish vaqtida, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 10 ml dan sutkada 4 marta buyuriladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan eliksir sutkada 3 marta, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.

Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

Kam hollarda – holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llarini qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat, dizuriya. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me‘da va o‘n ikki barmoq yara kasalligi, bronxial astma.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yo‘talga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash balham ajralishini qiyinlashishiga olib keladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda 5 ml eliksirda 0,18 NB miqdorda sorbit mavjudligini hisobi bilan qo‘llash mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Kodelak® Bronxo s chabrisom preparatini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Kodelak® Bronxo s chabresom preparatini emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lsa emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Preparat transport vositalari va turli mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor va harakat reaksiyalarining tezligini talab qiluvchi potensial xavfli boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.

Davolash: sun‘iy qusishni chaqirish, preparatni qabul qilishdan keyin birinchi 1-2 soatda me‘dani yuvish.

Chiqarilish shakli

100 yoki 200 ml dan to‘q shisha flakonlarda. Bir flakon davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish: