KODELAK tabletkalari N10

KODELAK tabletkalari N10 o'xshash dorilari



KODELAK tabletkalari N10 qo'llanmasi
Majmuaviy preparat, yaqqol yo'talga qarshi va balg'am ko'chiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Kodein yo'tal markazi qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi va uzoq vaqt yo'talni qo'zg'atuvchi reflekslarni to'xtatadi, kuchsiz analgetik va sedativ ta'sir ko'rsatadi. Kichik dozalarda nafas olish markazini susaytirmaydi, hilpillovchi epiteliy faoliyatini buzmaydi va bronxial sekretsiyani kamaytirmaydi. Termopsis o'ti faol moddalar sifatida izoxinolin alkaloidlarini saqlaydi. Nafas olishni qo'zg'atadi va qusish markazlarini rag'batlantiradi. Bronxial bezlarning sekretor faoliyatini oshirish, kiprikli epiteliy faolligini kuchaytirish va sekret chiqarilishini tezlashtirish, markaziy vagotrop ta'sir hisobiga bronxlar silliq mushaklari tonusini oshirishda namoyon bo'ladigan yaqqol balg'am ko'chiruvchi ta'sir ko'rsatadi. O'simlik tarkibidagi biologik faol moddalar gangliobloklovchi xususiyatlarga ega. Natriy gidrokarbonat bronxial shilliq pH ining ishqoriy tomonga siljishini chaqiradi, balg'am qovushqoqligini pasaytiradi. Hilpillovchi epiteliy va bronxiolalarning motor faoliyatini rag'batlantiradi. Qizilmiya ildizi balg'am ko'chiruvchi, yallig'lanishga qarshi va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Balg'am ko'chiruvchi xususiyatlari traxeya va bronxlardagi kiprikli epiteliy faolligini rag'batlantiruvchi, shuningdek yuqori nafas yo'llari shilliq qavatlarining sekretor faoliyatini kuchaytiruvchi glitsirrizin saqlanishi bilan bog'liq. Silliq mushaklarga spazmolitik ta'sir flavon birikmalari (eng faoli – likviritozid) saqlanishi bilan bog'liq. Yallig'lanishga qarshi ta'sir gistamin, serotonin va bradikinin chaqiradigan yallig'lanish reaktsiyalarini bartaraf etishda namoyon bo'ladi. Glitsirrizin kislotasi organizmda metabolik o'zgarishlarga uchrab, glyukokortikosteroidsimon ta'sir ko'rsatadi.
Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, eshakemi; ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, bosh og'rig'i, uyquchanlik. Uzoq muddat nazoratsiz qo'llanilganda - kodeinga dori qaramligi rivojlanishi.
Buyrak funksiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlarda kodeinning chiqarilishi sekinlashgan, shuning uchun preparatni qabul qilish orasidagi intervallarni uzaytirish tavsiya etiladi.
Preparatni qabul qilish vaqtida alkogol iste'mol qilish mumkin emas. Sportchilar preparat kodein saqlashini va doping ekanligini yodda tutishlari kerak.
Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi
Homila tushishi xavfi bo'lganda, homiladorlikda (ayniqsa I va III trimestr), emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak (kodein yo'ldosh va gematoensefalik to'siqlar orqali yaxshi o'tishi munosabati bilan bolada nafas olish susayishi rivojlanish xavfi).
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sedativ ta'sir rivojlanishi mumkinligi sababli, davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni, psixomotor va harakat reaksiyalari tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.
Preparat yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasligi va bolalar ololmaydigan joyda saqlanishi kerak.
Yuqori sezuvchanlik, nafas yetishmovchiligi, astmatik status, bolalar yoshi (12 yoshgacha).
Farmakodinamik: xloramfenikol kodeinning jigardagi metabolizmini tormozlaydi va shu orqali uning organizmdagi ta'sirini kuchaytiradi. MNS ni susaytiruvchi dori vositalari (uxlatuvchi, antipsixotik va b.) bilan bir vaqtda qo'llanilganda sedativ samara va nafas markaziga susaytiruvchi ta'sir kuchayishi mumkin. Kodein etanolning psixomotor funksiyaga ta'sirini kuchaytiradi.
Farmakokinetik: kodein katta dozalarda qo'llanilganda yurak glikozidlari ta'siri kuchayishi mumkin, chunki peristaltika susayishi munosabati bilan so'rilish kamayadi. Adsorbentlar, biriktiruvchi va o'rab oluvchi vositalar preparat tarkibiga kiruvchi alkaloidlar va kodeinning oshqozon-ichak traktida so'rilishini kamaytirishi mumkin.
Ichga, 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta. Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi - 5 kun.
Kodelak boshqa chiqarish shakllari







