KORVALOL tabletkalari N10

KORVALOL tabletkalari N10 o'xshash dorilari



KORVALOL tabletkalari N10 qo'llanmasi
Sublingval qabul qilinganda so'rilish til osti sohasidayoq boshlanadi, faol moddalarning biokiraolishligi yuqori (taxminan 60ā80 %). Ta'sir tez namoyon bo'ladi (5ā10 daqiqadan so'ng). Ichga qabul qilinganda ta'sir 15ā45 daqiqadan so'ng rivojlanadi va 3ā6 soat davomida saqlanib turadi. Ilgari barbiturat kislotasi preparatlarini qabul qilgan shaxslarda, barbituratlar fermentlar induktsiyasini keltirib chiqaradigan jigarda fenobarbital metabolizmi tezlashishi hisobiga ta'sir davomiyligi qisqaradi. Keksa yoshdagi odamlarda va jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda KorvalolĀ® metabolizmi pasaygan, shuning uchun ularda yarim chiqarilish davri uzayadi, bu dozani kamaytirishni va preparatni qabul qilish oralig'ini uzaytirishni talab qiladi.
KorvalolĀ® ā tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi.
α-bromizovalerian kislotasining etil efiri asosan og'iz bo'shlig'i va burun-halqum retseptorlarining ta'sirlanishi, nerv tizimining markaziy bo'limlarida reflektor qo'zg'aluvchanlikning pasayishi va bosh miya po'stlog'i neyronlarida va po'stloq osti tuzilmalarida tormozlanish hodisalarining kuchayishi, shuningdek markaziy tomir harakatlantiruvchi markazlar faolligining pasayishi va tomirlar silliq mushaklariga to'g'ridan-to'g'ri mahalliy spazmolitik ta'sir bilan bog'liq reflektor tinchlantiruvchi va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi.
Fenobarbital o'rta va uzunchoq miya retikulyar formatsiyasi markazlarining katta yarim sharlar po'stlog'iga faollashtiruvchi ta'sirini bostiradi, shu bilan bosh miya po'stlog'i va po'stloq osti tuzilmalariga qo'zg'atuvchi ta'sirlar oqimini kamaytiradi. Faollashtiruvchi ta'sirlarning kamayishi, dozaga qarab, tinchlantiruvchi, trankvilizatsiya qiluvchi yoki uxlatuvchi samara beradi. KorvalolĀ® tomir harakatlantiruvchi markazlarga, koronar va periferik tomirlarga qo'zg'atuvchi ta'sirlarni kamaytiradi, umumiy arterial bosimni pasaytiradi, tomirlar, ayniqsa yurak tomirlari spazmlarini yo'qotadi va oldini oladi.
Yalpiz moyi ko'p miqdorda efir moylarini, shu jumladan taxminan 50% mentol va 4ā9% mentol efirlarini saqlaydi. Ular og'iz bo'shlig'ining Ā«sovuqĀ» retseptorlarini ta'sirlashga va reflektor ravishda asosan yurak va miya tomirlarini kengaytirishga, silliq mushaklar spazmlarini yo'qotishga, tinchlantiruvchi va yengil o't haydovchi ta'sir chaqirishga qodir. Yalpiz moyi antiseptik va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, meteorizm hodisalarini bartaraf etish qobiliyatiga ega.
KorvalolĀ®, odatda, yaxshi o'zlashtiriladi. Ayrim hollarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin:
ovqat hazm qilish trakti tomonidan: qabziyatlar, epigastral sohada og'irlik hissi, uzoq muddat qo'llanilganda ā jigar faoliyatining buzilishi, ko'ngil aynishi, me'da va ichak sohasida diskomfort;
asab tizimi tomonidan: holsizlik, ataksiya, harakatlar muvofiqlashtirilishining buzilishi, nistagm, gallyutsinatsiyalar, paradoksal qo'zg'alish, diqqatni jamlashning pasayishi, toliqish, reaksiyalarning sekinlashishi, bosh og'rig'i, kognitiv buzilishlar, ongning chalkashishi, uyquchanlik, yengil bosh aylanishi;
qon yaratish organlari tomonidan: anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz;
immun tizimi tomonidan: o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, bradikardiya; yurak ritmining sekinlashishi;
teri va shilliq qavatlar tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Stivens ā Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;
boshqalar: nafas olishning qiyinlashishi.
Brom saqlovchi preparatlarni uzoq muddat qabul qilish brom bilan zaharlanishga olib kelishi mumkin, u quyidagi simptomlar bilan tavsiflanadi: markaziy asab tizimining susayishi, depressiv kayfiyat, depressiya, ongning chalkashishi, ataksiya, apatiya, kon'yunktivit, rinit, ko'z yoshlanishi, akne yoki purpura.
Stivens ā Djonson va Layell sindromi rivojlanish xavfi davolashning birinchi haftalarida eng yuqori. Dori vositasiga qaramlik rivojlanishi xavfi, organizmda brom to'planishi va brom bilan zaharlanish rivojlanishi ehtimoli tufayli uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi. Yurak sohasidagi og'riq preparat qabul qilingandan keyin o'tib ketmagan hollarda, o'tkir koronar sindromni istisno qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Giperkinezlar, gipertireoz, buyrak usti bezlari gipofunksiyasi, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, o'tkir va doimiy og'riq, dori vositalari bilan o'tkir intoksikatsiyada ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Bir vaqtning o'zida spirtli ichimliklar iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Arterial gipotenziyada preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Preparat laktoza monogidrati saqlaydi, shuning uchun agar Sizda ba'zi qandlarni ko'tara olmaslik mavjud bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparatni mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslar, avtotransport haydovchilari va h.k. qabul qilmasliklari kerak.
ā Preparat komponentlariga, bromga yuqori sezuvchanlik;
ā jigar va/yoki buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari;
ā jigar porfiriyasi;
ā ogāir yurak yetishmovchiligi;
ā yaqqol arterial gipotenziya;
ā oātkir miokard infarkti;
ā qandli diabet;
ā depressiya;
ā miasteniya;
ā alkogolizm;
ā giyohvandlik va dori qaramligi;
ā hansirash, obstruktiv sindrom bilan kechuvchi respirator kasalliklar.
Markaziy susaytiruvchi turdagi ta'sirga ega preparatlar KorvalolŠĀ® ta'sirini kuchaytiradi.
Preparat tarkibida fenobarbital mavjudligi jigar fermentlarini induktsiya qilishi va mos ravishda ushbu fermentlar tomonidan metabolizmga uchraydigan ba'zi dori vositalarining (shu jumladan bilvosita antikoagulyantlar, yurak glikozidlari, mikroblarga qarshi, virusga qarshi, zamburug'ga qarshi, tutqanoqqa qarshi, tirishishga qarshi, psixotrop, peroral qand miqdorini pasaytiruvchi, gormonal, immunosupressiv, tsitostatik, antiaritmik, antigipertenziv dori vositalari, grizeofulvin, glyukokortikoidlar, peroral homiladorlikka qarshi vositalar) metabolizmini tezlashtirishi mumkin, chunki ularning samaradorligi metabolizmning yuqori darajasi natijasida pasayadi.
KorvalolŠĀ® analgetiklar, mahalliy anestetiklar va markaziy asab tizimini susaytiruvchi dori vositalari ta'sirini kuchaytiradi.
MAO ingibitorlari fenobarbital samarasini uzaytiradi. Rifampitsin fenobarbital samarasini pasaytirishi mumkin.
Fenobarbital oltin preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda buyrak shikastlanishi xavfi ortadi.
Fenobarbital nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan uzoq muddat bir vaqtda qo'llanilganda oshqozon yarasi paydo bo'lishi va qon ketish xavfi mavjud.
Fenobarbitalni zidovudin bilan bir vaqtda qo'llash ikkala preparatning toksikligini kuchaytiradi.
Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda uning samarasi kuchayadi.
Metotreksat bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgisining toksikligi kuchayadi.
Alkogol preparat samarasini kuchaytiradi, shuningdek uning toksikligini oshiradi. Preparatni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
KorvalolĀ® til ostiga (til tagiga) yoki ichga kattalarga 1 tabletkadan sutkasiga 2ā3 marta tayinlanadi.
Zarurat boālganda (yaqqol taxikardiya va koronar tomirlar spazmi) bir martalik doza 3 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
Preparatni qoāllash davomiyligini shifokor klinik samara va preparatni oāzlashtira olishiga qarab belgilaydi.
Korvalol boshqa chiqarish shakllari

KORVALOL tabletkalari N10 analoglari








