Kreabest kukuni 1g N10

Kreabest kukuni 1g N10 o'xshash dorilari



Kreabest kukuni 1g N10 qo'llanmasi
faol modda: kreatin fosfat 1,0 g.
1,0 g preparat flakonda №10. Tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.
Ishemiyaga uchragan kardiomiositlar va miositlar sarkolemmasining destruktsiyasini to'xtatadi, energetik almashinuvni ragbatlantiradi, nekroz va ishemiya soxalarini kichraytiradi. Ishemiyada va ishemiyadan keyingi reperfuziyada antiaritmik samara kursatdi, bunda korinchalar ektopik faolligini kamaytirdi va Purkine tolalari xujayralarining fiziologik faoliyatini saqlab qoladi.
Miokard va mushak to'qIMAlari metabolizmini yaxshilaydi.
Bir martalik v/i infuziyasidan keyin qon plazmasidagi Smax 1-3 min. da aniqlanadi. Ko'p mikdorda skelet mushaklarida, miokard va miyada, kam mikdorda - jigar va o'pka to'qimasida to'planadi.
T1/2 Tez bosqichida 30-35 min. ni; sekin bosqichda - bir necha soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Farmakologik ta'siri - antiaritmik, membranani ragbatlantiruvchi kardioprotektiv, metabolik vositadir.
AB keskin pasayishi (v/i ga tez yuborilganda).
Preparatni ishemiya belgilari paydo bo'lgandan so'ng maksimal qisqa vaqt ichida yuborish kerak, bu kasallikning yanada ijobiy prognozini ta'minlaydi. Preparat yurak faoliyatini buzilishlarini shoshilinch tuzatish kiritish uchun qo'llanmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Homiladolik va emizish davrida qo'llashdagi xavfsizlik va samaradorlik tug'risida ma'lumotlar mavjud emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobil va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarishda extiyotkorlikka rioya etish kerak.
-o'tkir miokard infarkti;
-surunkali yurak etishmovchiligi;
-intraoperasion miokard ishemiyasi;
-miya qon aylanishining o'tkir buzilishi (majmuaviy davolashda);
Sport tibbiyotida:
-jismoniy zo'riqish sindromi rivojlanishining profilaktikasida;
-ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashishni yaxshilashda.
Yuqori sezuvchanlik.
Birgalikda qo'llanganda antiaritmik, antianginal preparatlar, shuniningdek miokardning inotrop funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan preparatlarning samaradorligini oshiradi.
Oq yoki bir oz oq rangli kukun yoki kristall kukun
V/i.
O'tkir miokard infarktida birinchi sutkada 2-4 g oqim bilan, so'ngra 8-16 g 200 ml in'ektsiya uchun suvda, fiziologik eritmada yoki glyukozaning 5% eritmasida 2 soat davomida tomchilab infuziya ko'rinishida yuboriladi. Ikkinchi sutkada - 2-4 g dan kuniga 2 marta v/i tomchilab yuboriladi. Uchinchi sutkada - 2 g dan kuniga 2 marta v/i tomchilab. Zaruratga ko'ra infuziya kursini 2 g dan kuniga 2 marta v/i tomchilab 6 kun davomida amalga oshirish mumkin.
Surunkali yurak etishmovchiligida - 1-2 g dan sutkada 2 marta v/i tomchilab 10-14 kun davomida.
Intraoperasion miokard ishemiyasida preparatni kardioplegik eritma tarkibida 3 g/l miqdorida yuboriladi. Preparat eritmaga bevosita yuborishdan oldin qo'shiladi.Jarroxdik amaliyotidan oldingi 3-5 kun davomida va operasiyadan 1-2 kundan keyin, 2 g dan sutkada 2 marta 3-5 kun davomida infuziya kursini o'tkazish tavsiya etiladi.
Qo'l-oyoq uchlarining intraoperasion ishemiyasi rivojlanishi xavfida, operasiyadan oldin 2-4 g preparatni v/i ga oqim bilan, keyinchalik operasiya davrida va reperfuziya davrida 5% glyukozaning eritmasida 8-10 g miqdoridagi infuziyasi tavsiya etiladi.
Kreabest kukuni 1g N10 boshqa chiqarish shakllari
Kreabest kukuni 1g N10 analoglari




