Ташкент
logo
SavatKirish

LESIP FORTE sirop 200ml N1

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:East African (India) Overseas
ATX kodi:М01АВ15
Barcha Letsip dorilari
4 ta dorixonada bor
Narxi 189 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 4 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LESIP FORTE sirop 200ml N1 o'xshash dorilari

PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Retseptli
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
77 700 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N10
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
ETOKSIB tabletkalari 90mg N7
Retseptli
ETOKSIB tabletkalari 90mg N7
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
Aviten kukuni 20mg N1
Aviten kukuni 20mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Montage Laboratories Pvt. Ltd
•2 ta dorixonada bor
Narxi
62 000 so'm dan

LESIP FORTE sirop 200ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har 5ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

tsiprogeptadin gidroxloridi 2 mg;

tiamin gidroxloridi 10 mg;

piridoksin gidroxloridi 10 mg;

riboflavin 10mg;

nikotinamid 15mg;

tsianokobalamin 100mkg;

lizin gidroxloridi 150mg;

levokarnitin 150 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, suyuq glyukoza, propilenglikol, natriy benzoati, bronopol, dinatriy edetat, neomalt, limon kislotasi monogidrati, gliserol, "karamel" bo'yovchisi, Malina aromatizatori, kardamon aromatizatori, sukraloza, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Eritma 200 ml dan jigarrang rangli flakonlarda, birinchi marta ochish nazorati bo'lgan alyumin qalpoqchalar bekitilgan. 1 flakon davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.


Farmakodinamikasi

Lesip Forte – majmuaviy preparat bo'lib, ishtahani rag'batlantirish va organizmni normal o'sishi uchun mo'ljallangan, ovqat hazm bo'lish jarayonlarini, ovqatni so'rilishi va o'zlashtirilishini yaxshilaydi.

Tsiprogeptadin gidroxloridi – Lesip Forte preparatining asosiy komponenti – ishtahani gipotalamus darajasida rag'batlantiradigan moddadir. Tsiprogeptadin gidroxloridi serotoninning antagonisti hususiyatlariga ega.

Preparat vitaminlar (V1, V2, V3, V6, V12) majmuasini saqlaydi, ular lipidlar, oqsillar va uglevodlar metabolizmida koferment vazifasini bajarib, ularni hujayra darajasida o'zlashtirilishiga yordam beradi.

V1 vitamini – ushbu vitamin shuningdek tiamin deb nomlanadi. U hujayralarda, ayniqsa Markaziy nerv tizimida almashinuv jarayonlarini uchun muhim. Ushbu vitamin intellekt, xotira va diqqat uchun javobgar. Shu bilan birga V1 vitamini miy va yurakning ishini boshqarish uchun kerak.

V2 vitamini – uglevod, oqsil va yog'almashinuvida, glikogen sintezida ishtirok etadi, temirni o'zlashtirilishiga yordam beradi, immunitetni va organizmning himoya mexanizmlarini mustahkamlaydi, nerv tizimining faoliyatida muhim rol o'ynaydi, tutqanoq, Alsgeymer kasalligi va yuqori havotirlik kabi kasalliklarni davolashda yordam beradi. Og'iz bo'shlig'i va ichakning shilliq qavatlarini normal holatda ushlab turish uchun zarur, qalqonsimon bez funktsiyasini boshqaradi. Yorug'likni sezish va rang ajratish faoliyatlarini normal kechishiga yordam beradi, ko'zning to'r pardasini ultrabinafsha nurlarining ortiqcha ta'siridan himoya qiladi, ko'zlarni toliqishini kamaytiradi, qorong'ilikka moslashishni ta'minlaydi, ko'rish o'tkirligini oshiradi va kataraktani bartaraf qilish uchun katta rol o'ynaydi. Husnbuzar toshmasi, dermatit, ekzemada yordam beradi, shikastlangan to'qimalarni bitishini tezlashtiradi.

V3 vitamini fermentlarni sintezi uchun, yog'lar, uglevodlar, oqsillarni o'zlashtirilishini uchun kerak, energiya ajralib chiqishiga yordam beradi, uglevodlar almashinuvini faollashtiradi, xolesterin almashinuvini normallashtiradi, turli gormonlar (jinsiy gormonlar, kortizon, insulin, tiroksin) ni ishlab chiqarish uchun kerak, bosh miya va MNT normal funktsiyasini tutib turadi, eritrositlar sintezini rag'batlantiradi.

V6 vitamini aminokislotalar, uglevodlar va yog'larni metabolizmi uchun zarur. Piridoksinni tanqisligi kattalarda asosan periferik nerv tizimi, teri, shilliq qavatlar va qon yaratish tizimini shikastlaydi. Bolalarda MNT ga ta'sir qiladi. Piridoksin etishmovchiligini klinik simptomlari bo'lib seboreyali dermatit, mikrositar anemiya, depressiya hurujlari hisoblanadi.

V12 vitamini – faol modda bo'lib, nukleoproteinlar va mielinni sintezi, reproduktsiyasi, eritropoezni o'sishi va normal tutib turish uchun zarur. V12 vitaminini tanqisligi anemiyaga, aksonni degenerasiyasi bilan birga neyrobiologik shikastlanishiga olib keladi.

Lizin gidroxloridi – almashtirib bo'lmaydigan aminokislota bo'lib, preparatning formulasini to'ldiradi, oqsillar biosintezini asosi hisoblanadi, nogormonal anabolik ta'sir ko'rsatadi. Kaltsiyni bog'lanishini engillashtiradi va suyaklarni shakllanish jarayonini yaxshilaydi. Lizinni etishmovchilik simptomlari: o'sishdan orqada qolish, ishtahani pasayishi, charchoqlik hissi, tez toliqish, anemiya. Lizin me'dada xlorid kislotasi sekresiyasini rag'batlantirib, ovqat hazm bo'lish faoliyatini yaxshilaydi. Azotni katabolizmini rag'batlantiradi va proteinlarga olib keladi, gemoglobinning miqdorini va eritrositlar sonini oshiradi, jins va yoshidan qat'iy nazar metabolizmni rag'batlantiradi.

Preparatning tarkibidagi karnitin gidroxloridi anabolik, antigipoksant, yog'lar almashinuvini rag'batlantiruvchi, regenerasiya qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. U me'da-ichak va me'da osti bezi sekresiyasini rag'batlantiradi, ovqat hazm bo'lishi va so'rilishiga yordam beradi. Karnitin gidroxloridi organizmni o'sishiga va normal jismoniy rivojlanishiga yordam beradi. Yog'kislotalari metabolizmida ishtirok etib, ularni oksidlarinishini rag'batlantiradi. Karnitin gidroxloridi me'da osti bezining ovqat hazm qilish fermentlarini ajralib chiqishini rag'batlantiradi, shu tariqa ishtahani oshishiga va ovqat hazm bo'lishini yaxshilanishiga yordam beradi. Kaltsiyni bog'lanishini engillashtiradi va suyaklarni shakllanish jarayonini yaxshilaydi.

Preparatning komponentlarini birgalikdagi ta'siri organizmda muvozanatlangan moddalar almashinuviga yordam beradi

Farmakokinetikasi

Maksimal kontsentrasiyasi 4 soatdan keyin kuzatiladi. Dori vositasi yaxshi so'riladi. Siydik bilan 12 soat davomida chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Uyquchanlik, allergik reaktsiyalar, sedativ samarasi, ko'rishni xiralashishi bo'lishi mumkin.

Kam hollarda: qabziyat, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, holsizlik, ongni chalkashishi, bolalarda qo'zg'aluvchanlik va uyquchanlik, siydikni tutilishi, midriaz, akkomodasiya bilan muammolar, yurakni tez urib ketishi, gipotoniya, toshma, eshakemi, fotodermatit bo'lishi mumkin.

Preparatning dozasini kamaytirib, ushbu samaralardan saqlanish mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Antixolinergik samaralari (ayniqsa kattalarda va ozib ketgan pasientlarda) borligi tufayli, gipotoniya, bosh aylanishi rivojlanishi mumkin, shuningdek anamnezida bronxial astma, gipertireoz, gipertoniya, o'pkani surunkali obstruktiv kasalligi, ko'z ichki bosimini oshishi va yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan pasientlarni yaxshilab nazorat qilish kerak. Fruktozani o'zlashtirolmaslik yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo'lgan pasientlar ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlikda preparatning havfsizligi o'rganilmagan. Preparatni ko'krak sutiga o'tishi yuzasidan ma'lumotlar yo'q, biroq preparatning tarkibida tsiprogeptadin borligi sababli, davolanish vaqtida emizishni to'xtatish yoki preparatni qabul qilmaslik tavsiya etiladi.

Avtotransportni yoki boshqa potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish hususiyati

Holsizlik va uyquchanlik kabi nojo'ya samaralar rivojlanishi mumkinligi tufayli, transport vositasi va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

bolalardagi psixologik anoreksiya;

  • infektsion kasalliklarni o'tkazgandan keyingi anoreksiya;

  • vitaminlar tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan anoreksiya;

  • kattalardagi anoreksiya;

  • tuzalish davri;

  • umumiy holsizlik, charchoqlik, toliqish;

  • konstitusion ozg'inlik.

  • V1, V2, V3, V6, V12 vitaminlar, aminokislotalar (karnitin va lizin) tanqisligida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga allergik reaktsiya;

  • o'tkir buyrak va jigar etishmovchiligi;

  • 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Alkogolli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinganida alkogol Markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytirishi mumkin. Monoaminooksidaza ingibitorlari (Mao) saqlovchi preparatlar tsiprogeptadinning antixolinergik samarasini kuchaytirishi mumkin. Tsiprogeptadin fluoksetin, fenelzin, paroksetinning antidepressiv samarasini susaytirishi mumkin. Oral homilaga qarshi vositalar va askorbin kislotasi tsianokobalaminning faolligini kamaytirishi mumkin.


Dozirovkasi

2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 5-10 ml dan kuniga 3 marta buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 10 ml dan kuniga 3 marta buyuriladi.

12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga: 10-20 ml dan kuniga 3 marta buyuriladi.

Lesip Forte preparatini ovqatdan 0,5-1 soat oldin qabul qilish kerak.

Davolash kursi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.

Davoshning davomiyligi:

Davolashning ta'siri odatda dori vositasini qo'llash boshlanganidan so'ng 4-10 kundan keyin namoyon bo'ladi. Davolash 15 kundan 1 oylikkacha bo'lgan tanaffus bilan 1-2 oy davomida davom ettirish mumkin. Hech qanday noxush nojo'ya samaralar kuzatilmagan.

Analoglar LESIP FORTE sirop 200ml N1
Analoglari yo'q

LESIP FORTE sirop 200ml N1 haqida savollar

LESIP FORTE sirop 200ml N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil