LEVOMISETIN eritma 25ml 1%

LEVOMISETIN eritma 25ml 1% haqida qo'llanma
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, angionevrotik shish.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: kam hollarda - retikulotsitopeniya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombositopeniya, eritropeniya, aplastik anemiya, agranulotsitoz.
Maxsus saqlash sharoitlari
Davolash jarayonida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur.
Keng yuzalarga surtilganda etanolni bir vaqtda qabul qilish bilan disulfiramsimon reaktsiyalar (teri qoplamalari giperemiyasi, taxikardiya, ko'ngil aynishi, qusish, reflektor yo'tal, tirishishlar) rivojlanishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Individual o'zlashtira olmaslik, suyak ko'migi qon yaratishining susayishi, o'tkir o'zgaruvchan porfiriya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, jigar, buyrak yetishmovchiligi, teri kasalliklari (psoriaz, ekzema, zamburug'li shikastlanishlar), homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri, yangi tug'ilganlik davri (4 haftagacha).
Ehtiyotkorlik bilan.
Erta bolalik yoshi; ilgari sitostatik dori vositalari bilan davolangan yoki nur terapiyasi olgan bemorlarda.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Eritromitsin, klindamitsin, linkomitsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda xloramfenikol ushbu preparatlarni bog'langan holatdan siqib chiqarishi yoki ularning bakterial ribosomalar 50S subvahdasi bilan bog'lanishiga to'sqinlik qilishi hisobiga ta'sirning o'zaro susayishi qayd etiladi. Penitsillinlar va tsefalosporinlarning antibakterial ta'sirini kamaytiradi.
Suyak ko'migi qon hosil bo'lishini susaytiruvchi dori vositalari mielosupressiya xavfini oshiradi.
Dozirovkasi
Hajm/og'irlik
LEVOMISETIN eritma 25ml 1% o'xshash dorilari



Levomitsetin boshqa chiqarish shakllari
LEVOMISETIN eritma 25ml 1% analoglari
















