Levomitsetin
Levomitsetin chiqarilish shakllari






Levomitsetin haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Ichish uchun: xloramfenikolga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari, sh.j.: qorin tifi, paratif, dizenteriya, brutsellyoz, tulyaremiya, ko'kyo'tal, toshmali tif va boshqa rikketsiozlar; traxoma, pnevmoniya, meningit, sepsis, osteomielit. Sirtga qo'llash uchun: terining yiringli shikastlanishlari, furunkullar, uzoq vaqt bitmaydigan trofik yaralar, II va III darajali kuyishlar, emizikli ayollarda so'rg'ichlar yoriqlari. Oftalmologiyada mahalliy qo'llash uchun: ko'zning yallig'lanish kasalliklari.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Qon kasalliklari, jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermenti tanqisligi, teri kasalliklari (psoriaz, ekzema, zamburug‘li kasalliklar); homiladorlik, laktatsiya, 4 haftagacha bo‘lgan bolalar yoshi (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar), xloramfenikol, tiamfenikol, azidamfenikolga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- Faol moddalar: Xloramfenikol - 0,25 g. Yordamchi moddalar: Bor kislotasi, tozalangan suv 1 ml xloramfenikol 2.5 mg 1 ml xloramfenikol 2.5 mg Yordamchi moddalar: bor kislotasi, suv. Faol modda: Levomitsetin - 0,5 g Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, polivinilpirrolidon (povidon), kaltsiy stearati Xloramfenikol - 1g, Yordamchi moddalar: etanol 70% 100ml gacha xloramfenikol 2.5 mg Yordamchi moddalar: bor kislotasi. xloramfenikol 2,5mg; Yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali, quyi molekulyar povidon Xloramfenikol 500mg; Yordamchi moddalar: kaltsiy stearati monogidrati, povidon, kartoshka kraxmali xloramfenikol 500mg; Yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali, quyi molekulyar povidon xloramfenikol; Yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali, quyi molekulyar povidon
Farmakodinamikasi
Keng ta'sir doirali bakteriostatik antibiotik, mikrob hujayralarida oqsil sintezi jarayonini buzadi (yog' erituvchi bo'lib, bakteriyalar hujayra membranasi orqali kiradi va oqsil sintezini buzilishiga olib keluvchi, o'sib borayotgan peptid zanjirlarga aminokislotalar harakatini kechiktiruvchi bakterial ribosomlarni 50S subbirligi bilan qaytar bog'lanadi), ularda o'suvchi peptik zanjirlarga aminokislotalar to'xtab qoladi, bu oqsil sintezini buzilishiga olib keladi). Penitsillin, tetratsiklin, sulfanilamidlarga chidamli bakteriyalarning shtammlariga samarali. Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae bakteriya shtammlari, Enterobacter (Aerobacter), ayrim turlari, Neisseria, Staphylococcus aureus, Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Streptococcus hemolyticus), Moraxella lacunata, rikkettsiya va mikoplazma turlariga nisbatan faol. Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens ga nisbatan samarasiz.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: periferik nevrit, ko'ruv nervi nevriti, bosh og'rig'i, depressiya, ongning chalkashishi, deliriy, ko'rish va eshitish gallyutsinatsiyalari. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish. Mahalliy reaktsiyalar: ta'sirlovchi ta'sir (sirtqi yoki mahalliy qo'llanilganda).
Bolalar uchun qo'llanilishi
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda levomitsetin qo'llanilmaydi, chunki "kulrang sindrom" ning rivojlanishi mumkin (meteorizm, ko'ngil aynishi, gipotermiya, kulrang-ko'k terining rangi, progressiv siyanoz, nafas qisilishi, yurak-qon tomir etishmovchiligi).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Xloramfenikol homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish) foydalanish uchun kontrendikedir.
Dozirovkasi
- 0,25 % 0,25% 0,5 g 1 % 250 mg 3 % 500 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Ko'z tomchilari rangsiz tiniq suyuqlik Ko'z tomchilari 0.25% Ko'z tomchilari 0.25% Tiniq rangsiz yoki biroz sarg'ish tusli rangsiz, o'ziga xos spirt hidli suyuqlik. Sirtga qo'llash uchun spirtli eritma tiniq, rangsiz yoki sarg'ish tusli, o'ziga xos spirt hidli. Tabletkalar 0,5 g li tabletkalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Oftal'mologik shakllar qo'llanilgandan keyin suyak ko'migi gipoplaziyasi rivojlanish haqida alohida ma'lumot mavjud (davolash jarayonida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak). Oldindan tsitostatik davolash yoki nur terapiya qabul qilgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi Homiladorlik, emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Preparat dozasi shifokor tomonidan kasallikning turi va og'irligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Odatda ovqatdan 20-30 daqiqa oldin (ko'ngil aynishi va qusish holatida ovqatdan bir soat keyin) qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar davolash boshida o'rtacha dozani, tana vaznining 25-50 mg/kg ga teng bo'lgan sutkalik dozani 6 soatlik interval bilan 3-4 qabulda, keyinchalik esa sutkasiga 25 mg/kg dan qabul qiladilar. Faqat og'ir holatlarda (qorin tifi, peritonit va boshqalar) preparatni sutkasiga 3 g gacha dozada (shifokor nazorati ostida hamda qon tahlili va buyrak funksiyasini tekshirish bilan) tayinlash mumkin. Bolalarga (4 haftalik go'daklardan tashqari) preparat boshqa antibiotiklarni qo'llash mumkin bo'lmagan hollarda tayinlanadi; bir martalik doza – 15 mg/kg, 3 yoshdan 8 yoshgacha bo'lganlarga 150-200 mg dan, 8 yoshdan 12 yoshgacha 200-400 mg dan sutkasiga 3 marta tayinlanadi. Davolash davomiyligi 7-10 kun, umumiy davolash dozasi qoida tariqasida 30 g dan oshmasligi kerak, bolalar uchun esa 700 mg/kg ni tashkil qiladi. Dozani oshirib yuborishda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Qayta qabul qilish faqat uzoq tanaffusdan keyin mumkin. Davolash davrida periferik qon manzarasining o'zgarishini doimiy ravishda tekshirish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

















