Apteka.uz
SavatKirish

LinAkva forte spreyi naz 125ml N1

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:«Groteks»
Barcha LinAkva dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LinAkva forte spreyi naz 125ml N1 qo'llanmasi

Tarkibi

Natriy xloridini (NaCl) 21 g/l saqlovchi, bo'lgan, gipertonik, tabiiy steril dengiz suvi. 

Dengiz suvining barcha faol moddalari va mikroelementlarini: K, Mg, Na, sa, Cl, Se, I, Zn, Cu, Fe va boshqalarni saqlaydi. Konservantlarni saqlamaydi.  

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Aerozol balloni burun uchun 125 ml xajmli biruch ligi bilan.

Farmakologik ta'siri

Qo'llanilish sohasi – Otorinolaringologiya. Vosita 2 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun LOR-a'zolarining o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va majmuaviy davolashda har kuni qo'llash uchun mo'ljallangan. 


Tibbiy buyumning xususiyatlari 

Yallig'lanishga qarshi va yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi, ta'sirlanishni bartaraf etadi.  

Burun bo'shlig'i va burun-xalqumni bakteriyalar, viruslar, allergenlar, ushoq, shilliq, chang zarralaridan faol tozalab, barcha qismlarini yaxshilab yuvadi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavatlarini normal fiziologik holatini bir maromda saqlab turadi, mahalliy immunitetni oshiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni tiklash qobiliyatiga ega. 

Burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga sepiladigan dori vositalarining terapevtik samarasini oshiradi va respirator kasalliklarning davomiyligini qisqartiradi. 

Infektsiyalarni burunoldi bo'shliqlari va quloq bo'shlig'iga tarqalish xavfini kamaytiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatini regenerasiya jarayonlarini tezlashtiradi, burun bo'shlig'i va burunoldi bo'shliqlarida o'tkaziladigan operasiyalaridan so'ng asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Vositani qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq qo'llanganda nojo'ya ta'sirlar aniqlanmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Vositani homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. 

Insonning psixomotor holatiga ta'sir ko'rsatadigan tibbiy buyumlar qatoriga kirmaydi.

Qo'llanilishi

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun "Linakva forte" aerozol vositasini 2 yoshdan oshgan bolalar va kattalarda qo'llash mumkin:

- burun bo'shlig'ining surunkali yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va majmuaviy davolash maqsadida har kuni foydalanish uchun:

-o'tkir va surunkali rinitlar; 

-o'tkir va surunkali sinusitlar;

-o'tkir va surunkali adenoiditlar;

-allergik va atrofik rinitlar;

- dori vositalarini qo'llash uchun burun bo'shlig'ini tayyorlash uchun.

- operasiyadan avval tozalash uchun.

Purkash – "Struya"

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- yuvish va chayish uchun vositalarning komponentlarini shaxsiy o'zlashtiraolmaslik;

- burun yo'llarini to'liq berkilib qolishi;

- o'tkir otit va surunkali otit xurujida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Intranazal qo'llash uchun barcha vositalar va fizioterapevtik muolajalar bilan mutanosib.

Ta'rifi

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun bolalar va kattalar uchun "Linakva forte" vositasi (keyinchalik – vosita) tiniq, rangsiz, xidsiz suyuqlik.

Dozirovkasi

Majmuaviy davolash va profilaktikada: har bir burun bo'shlig'ini kuniga 4 marta yuvish. 

Tibbiy buyumni qo'llash davomiyligi va soni cheklanmagan.


Yuvish va chayish usullari

Boshni yon tomonga egiltiring. 

Yuqorida joylashgan burun yo'llariga ballonning uchligini yuboring. 

Bir necha sekund davomida burun bo'shlig'ini yuving. 

Burunni qoqing. Zarurati bo'lsa muolajani takrorlang. 

Muolajani ikkinchi burun yo'lida o'tkazing.


Muolaja tugaganidan so'ng purkagichning uchini salfetka bilan arting va himoya qalpog'ini taqing.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LinAkva forte spreyi naz 125ml N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LinAkva forte spreyi naz 125ml N1 o'xshash dorilari

DOLMASTO og'iz tomchilari 50ml
DOLMASTO og'iz tomchilari 50ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
“Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.”
•104 ta dorixonada bor
Narxi
113 500 so'm dan
Narxi
140 500 so'm dan
Endosin tabletkari N30
Endosin tabletkari N30
Ishlab chiqaruvchi:
GRІSARCHEMICAL srl. Via Ѕ
•94 ta dorixonada bor
Narxi
172 000 so'm dan
Analoglar LinAkva forte spreyi naz 125ml N1
Analoglari yo'q

LinAkva forte spreyi naz 125ml N1 haqida savollar

LinAkva forte spreyi naz 125ml N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil