Ташкент
logo
SavatKirish

MAGVIT kapsulalar N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:UP MINSKINTERKAPS
Teglar:Stressdan
ATX kodi:A12CC30
Barcha MAGVIT dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MAGVIT kapsulalar N30 o'xshash dorilari

MAGVIT kapsulalar N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: piridoksin gidroxloridi – 5 mg, magniy sitrati ko'rinishidagi magniy – 50 mg;
yordamchi moddalar: magniy stearati, kartoshka kraxmali, laktoza;
kapsula qobig'ining tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, titan dioksidi, natriy lauril sulьfati, bo'yovchilar: xinolin sarig'i Ye-104, “quyosh shafag'i” sarig'i Ye-110.

Farmakodinamikasi

Fiziologik aspektlari:
Magniy asosan hujayra ichidagi kation hisoblanadi. U neyronlar qo'zg'aluvchanligini va asabiy qo'zg'aluvchanlikning neyromushak uzatilishini pasaytiradi, ko'pgina fermentativ jarayonlarda qatnashadi.
Magniy a'zo va to'qimalarning muhim elementi hisoblanadi: suyak to'qimalarida inson organizmidagi magniyning umumiy miqdorining yarmi mavjud.
Klinik aspektlari:
Zardobdagi magniy darajasi:
12 va 17 mg/l o'rtasida (1-1,4 mEkv/l yoki 0,5-0,7 mmolь/l): magniyning o'rtacha tanqisligiga ishora qiladi;
12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki 0,5 mmolь/l): magniyning og'ir tanqisligiga ishora qiladi.
Tanqislik quyidagicha bo'lishi mumkin:
birlamchi, magniy metabolizmining tug'ma anomaliyasi tufayli,
ikkilamchi, quyidagilar tufayli:
organizmga adekvat tushmasligi (to'yib ovqatlanmaslikning og'ir shakli, alkogolizm, to'liq parenteral oziqlanish),
me'da-ichak so'rilishidagi buzilishlar (surunkali ich ketishi, me'da-ichak teshigi, gipoparatiroidizm),
buyrak darajasidagi ortiqcha yo'qotishlar (kanalchalarning kasalligi, sezilarli poliuriya, diuretiklarni suiste'mol qilish, surunkali piyelonefrit, birlamchi giperalьdosteronizm, sisplatin bilan davolash).
Piridoksin (V6 vitamini) ko'plab metabolik jarayonlarda, nerv tizimi metabolizmini tartibga solishda qatnashadi. V6 vitamini MIYdan magniy so'rilishini va uning hujayralarga o'tishini yaxshilaydi.
Tarkibida magniy sitrati va V6 vitamini bo'lgan majmuaviy preparatni qo'llash quyidagi ma'lumotlar bilan asoslangan:
V6 vitamini va magniy bir-birining farmakologik ta'sirini to'ldiradi;
V6 vitamini plazma va eritrotsitlardagi magniy miqdorini oshiradi va organizmdan chiqariladigan magniy miqdorini kamaytiradi;
V6 vitamini MIYdan magniyni so'rilishini va uning hujayralarga o'tishini yaxshilaydi;
magniy piridoksinning jigarda piridoksalь-5-fosfat faol metabolitiga aylanish jarayonini faollashtiradi;
V6 vitamini hujayra ichidagi magniy miqdorini oshishiga yordamlashadi.
Magvit tarkibiga kiruvchi suvda eriydigan magniy organik tuzi (magniy sitrati) yaxshi so'riladi, piridoksin esa magniyni so'rilishini va uning hujayralarga borishini yanada ko'proq oshiradi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi va taqsimlanishi
MIYdan qabul qilinganidan so'ng magniyning taxminan 50% absortsiyalanadi. Organizmda magniy asosan hujayra ichi hududida (taxminan 99%) taqsimlanadi, ularning taxminan 2/3 qismi suyak to'qimasiga, uchdan bir qismi esa silliq va ko'ndalang-targ'il mushak to'qimasiga taqsimlanadi.
Piridoksin ingichka ichakda so'riladi, qon oqimi bilan to'qimalarga boradi va hujayralarga o'tgan holda ATF va piridoksalьkinazalar ishtirokida fosforlanadi.
Chiqarilishi
Siydik chiqarish tizimi magniy chiqarilishining asosiy yo'li hisoblanadi. Plazmadagi magniyning 70% tugunli filьtratsiyaga uchraydi, keyin uning 95-97% buyrak kanalchalarida reabsorbtsiyalanadi. Siydikdagi magniy ichga qabul qilingan magniyning o'rtacha uchdan birini tashkil etadi.
Siydik bilan chiqadigan 4-piridoksil kislotasi piridoksin katabolizmining asosiy mahsuloti hisoblanadi.

Nojo'ya samaralari

Preparat yaxshi o'zlashtiriladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - qorinda og'riqlar, diareya.
Boshqalar: allergik reaktsiyalar, teri reaktsiyalari bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Kalьtsiyning yondosh tanqisligida magniyning organizmdagi tanqisligini kalьtsiy preparatlarini qabul qilishni boshlashdan oldin bartaraf qilish kerak.
Og'ir magniy tanqisligi va uni so'rilishidagi buzilishlarda davolash vena ichiga yuborishdan boshlanishi kerak.
Tetratsiklin va Magvit birga qo'llanganida bu preparatlarning qabullar orasidagi 3 soatlik intervalga rioya qilish kerak.
Surgi vositalari, etanoli tez-tez iste'mol qilinganida, katta ruxiy va jismoniy yuklamalarda, magniyga bo'lgan ehtiyoj oshadi va organizmda magniyning tanqisligini rivojlanishini xavfi oshadi.
Kapsulalarda laktoza mavjudligi tufayli, preparatni galaktozani tug'ma o'zlashtiraolmaydigan, Lap laktazasi tanqisligi, galaktoza-glyukoza malьabsorbtsiyasi bo'lgan patsiyentlar chn qo'llash mumkin emas.
Kapsula qobig'ining tarkibiga kiruvchi bo'yovchi moddalar allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Ushbu dori shakli 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga byurilmaydi.
Mo''tadil buyrak yetishmovchiligida, gipermagniyemiya bilan bog'liq xavfni oldini olish maqsadida, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
V6 vitamini (>200 mg/sut) uzoq vaqt davomida qo'llanganida (bir necha oy yoki yil) sensorli neyropatiyalar yuzaga keladi, ular odatda terapiya to'xtatilganidan keyin o'tib ketadi.

Qo'llanilishi

Ushbu dori vositasi magniy saqlaydi, quyidagi alomatlar organizmda magniy tanqisligidan dalolat berishi mumkin:
asabiylik, serjahllik, sust bezovtalik, o'tkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishlari,
bezovtalikning me'da-ichak spazmlari, yurakni tez urishi (sog'lom yurakda) shaklida namoyon bo'lishi,
mushak tortishishlari, sanchiqlarni his qilish.
Magniyni buyurilishi ushbu simptomlarni bartaraf etishga yordam berishi mumkin.
Agar bir oy davolangandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, ushbu preparat bilan monoterapiyani davom ettirish maqsadga muvofiq emas.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar bo'lib, uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, shuningdek yaqqol buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30 ml dan kam), gipermagniyemiya, 6 yoshgacha bo'lgan bolalar hisoblanadi.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak faoliyatining o'rtacha yetishmovchiligida, chunki gipermagniyemiyani rivojlanish xavfi bo'ladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Magvit va fosfatlar va kalьtsiy tuzlarini saqlovchi preparatlar bir vaqtda qo'llanganida magniyning MIYdan so'rilishi sezilarli kamayishi mumkin.
Preparat temirni o'zlashtirilishi, tetratsiklinni so'rilishini pasaytiradi.
Birga qo'llanganda magniy peroral trombolitik vositalarning ta'sirni susaytiradi.
Piridoksin diuretiklar ta'sirini kuchaytiradi; levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini sezilarli darajada pasaytiradi, yurak glikozidlari (miokardda qisqaruvchi oqsillarning sintezini oshishiga yordam beradi), glutamin kislotasi va asparkam (gipoksiyaga chidamlilik oshadi) bilan yaxshi mos tushadi.

Dozirovkasi

Organizmda magniyning tanqisligini taqsimlanishi majmuaviy davolashda preparat ichga kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta ovqatlanishi vaqtida buyuriladi.
Magniyning qondagi kontsentratsiyasi me'yorlashganidan keyin davolashni to'xtatish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Buyraklar faoliyati me'yorida bo'lganida magniyni ichga qabul qilish toksik reaktsiyalarni chaqirmaydi.
Magniy bilan zaharlanish buyrak yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin. Toksik samaralari asosan magniyning qondagi miqdoriga bog'liq.
Simptomlari: AB ni tushishi, ko'ngil aynishi, qusish, markaziy nerv tizimini susayishi, reflekslarni yo'qolishi, nafasni susayishi, koma, yurakni to'xtashi va nafasni falaji, EKG anomaliyasi, anuriya.
Davolash: regidratatsiya, jadallashtirilgan diurez.
Buyrak yetishmovchiligida gemodializ yoki peritonal dializ o'tkazish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik davrida preparatni faqat ko'rsatmalar bo'yicha va shifokorning nazorati ostida qo'llash mumkin.
Preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya qilinmaydi. Magniy ko'krak suti bilan chiqariladi.

Xususiyatlar MAGVIT kapsulalar N30

MAGVIT kapsulalar N30 boshqa chiqarish shakllari

MAGVIT kapsulalar  N30
Retseptsiz
MAGVIT kapsulalar N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Minskinterkaps, UP
•82 ta dorixonada bor
Narxi
43 500 so'm dan
Analoglar MAGVIT kapsulalar N30
Analoglari yo'q

MAGVIT kapsulalar N30 savollari

MAGVIT kapsulalar N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil