MONURAL 3,0 paket granuli

MONURAL 3,0 paket granuli o'xshash dorilari



MONURAL 3,0 paket granuli qo'llanmasi
So'rilishi: Monural® peroral qabul qilinganda me'da-ichak yo'lidan tez so'riladi.
Organizmda fosfomitsin va trometamolgacha dissotsiatsiyalanadi. Ikkinchisi antibakterial xususiyatlarga ega emas. 3 g doza bir marta ichga qabul qilinganda biokiraolishlik 34 dan 65% gacha tashkil qiladi. Plazmadagi maksimal konsentratsiya peroral qabul qilinganidan 2-2,5 soat o'tgach kuzatiladi va 22-32 mg/l ni tashkil qiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 4 soatga teng.
Taqsimlanishi: Monural® plazma oqsillari bilan bog'lanmaydi, metabolizmga uchramaydi, asosan siydikda to'planadi. 3 g bir martalik doza peroral qabul qilinganda siydikda yuqori konsentratsiya (1053 dan 4415 mg/l gacha) hosil bo'ladi, bu siydik chiqarish yo'llari infeksiyalarining ko'pchilik odatdagi qo'zg'atuvchilari uchun 99% bakteritsid hisoblanadi. Ushbu qo'zg'atuvchilar uchun Monural® ning minimal ingibitsiya qiluvchi konsentratsiyasi 128 mg/l ni tashkil qiladi. U siydikda 24-48 soat davomida saqlanib turadi, bu bir dozali davolash kursini nazarda tutadi. Ye. coli uchun minimal bostiruvchi konsentratsiyadan yuqori bo'lgan Monural konsentratsiyasi siydikda kamida 80 soat davomida saqlanib turadi.
Chiqarilishi: Monural® 90% buyraklar orqali siydikda yuqori konsentratsiyalar hosil bo'lishi bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 10% ichak orqali o'zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak funksiyasi o'rtacha pasaygan (kreatinin klirensi
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, zarda, diareya), teri toshmasi, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Ovqatni bir vaqtda qabul qilish Monural® so'rilishini sekinlashtiradi - preparatni ovqatdan 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak.
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar 2 g yoki 3 g fosfomitsin dozali 1 ta Monural® paketida mos ravishda 2,100 g yoki 2,213 g saxaroza saqlanishini hisobga olishlari kerak.
Fosfomitsin trometamolga yuqori individual sezuvchanlik, og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 10 ml/min), 5 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlikda preparat faqat ona uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holdagina tayinlanadi.
Laktatsiya davrida preparatni tayinlash zarurati tug'ilganda davolash vaqtida ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak
Metoklopramid bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki bu zardobda va siydikda Monural® konsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Granulalar 1/3 stakan suvda eritiladi. Monural kuniga bir marta ichga och qoringa ovqatdan 2 soat oldin yoki keyin, afzalrog'i uxlashdan oldin, oldindan qovuqni bo'shatib qo'llaniladi.
Kattalarga 1 paketdan (3 g) kuniga 1 marta tayinlanadi.
Jarrohlik aralashuvi, transuretral diagnostik muolajalarda siydik chiqarish yo'llari infeksiyalanishining oldini olish maqsadida Monural yuqorida ko'rsatilgan dozalarda ikki marta qabul qilinadi: aralashuvdan 3 soat oldin va aralashuvdan 24 soat keyin.
5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkalik 2 g dozada kuniga 1 marta tayinlanadi.
Davolash kursi 1 kunni tashkil qiladi.
Og'irroq holatlarda (keksa bemorlar, qaytalovchi infeksiyalar) yana 1 paket 24 soatdan keyin qabul qilinadi.
Buyrak yetishmovchiligida doza kamaytiriladi va yuborishlar orasidagi intervallar uzaytiriladi.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish belgilari: diareya. Qaysar diareya paydo bo'lganda simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborish xavfi minimal, chunki Monural® 1 yoki 2 paketli o'ramda chiqariladi. Dozani oshirib yuborish holatida diurezni oshirish maqsadida ichga suyuqlik qabul qilish tavsiya etiladi.
Xususiyatlar MONURAL 3,0 paket granuli
Monural boshqa chiqarish shakllari

MONURAL 3,0 paket granuli analoglari














