NAFTIZIN PLYUS S MORSKOY VODOY burun uchun tomchilar 15ml 0,1%

NAFTIZIN PLYUS S MORSKOY VODOY burun uchun tomchilar 15ml 0,1% o'xshash dorilari


NAFTIZIN PLYUS S MORSKOY VODOY burun uchun tomchilar 15ml 0,1% qo'llanmasi
Mahalliy qo'llanilganda tizimli absorbsiya past. Tomirlarni toraytiruvchi ta'sir bir necha daqiqadan so'ng boshlanadi va bir necha soat davom etadi
Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimning oshishi, reaktiv giperemiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi.
Mahalliy reaksiyalar: ta’sirlanish, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishishi, 1 haftadan ortiq qo‘llanilganda - burun bo‘shlig‘i shilliq qavati shishi, atrofik rinit.
Rezorbtiv ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Uzoq muddat qo'llanilganda tomir toraytiruvchi ta'sirning yaqqolligi asta-sekin pasayadi (taxifilaksiya hodisasi), shu munosabat bilan 5-7 kun qo'llanilgandan so'ng bir necha kunga tanaffus qilish tavsiya etiladi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, yaqqol ateroskleroz, gipertireoz, surunkali rinit, ko'zning og'ir kasalliklari, qandli diabet, taxikardiya, monoaminoksidaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish va ularni qo'llash tugagandan keyin 14 kungacha bo'lgan davr, 1 yoshgacha bo'lgan yosh (0,05 % eritma uchun), 15 yoshgacha bo'lgan yosh (0,1 % eritma uchun).
Ehtiyotkorlik bilan
Yurak ishemik kasalligi (stenokardiya), prostata bezi giperplaziyasi, feoxromotsitoma, homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri.
Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlarni davolash uchun va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holdagina mümkin.
Monoaminoksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda yoki ular qo'llanilgandan keyin 14 kun davomida qo'llash mumkin emas.
Mahalliy og'riqsizlantiruvchi dori vositalarining so'rilishini sekinlashtiradi (yuzaki anesteziya o'tkazishda ularning ta'sirini uzaytiradi).
Boshqa tomirlarni toraytiruvchi dori vositalari bilan birga buyurish nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi xavfini oshiradi.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga preparatning 0,05-0,1 % eritmasidan 1-3 tomchidan kuniga 3-4 marta tayinlanadi.
Bolalarga 0,05 % eritma qo'llaniladi: 1 yoshdan 6 yoshgacha - 1-2 tomchidan, 6 yoshdan 15 yoshgacha - 2 tomchidan kuniga 1-3 marta.
Diagnostik maqsadlarda - burun tozalangandan so'ng har bir burun yo'liga 3-4 tomchi tomizish yoki 0,05 % eritmada namlangan tamponni kiritish va 1-2 daqiqaga qoldirish kerak.
Rinitlarda davolash kursi kattalarda 5-7 kundan va bolalarda 3 kundan oshmasligi kerak.Dozani oshirib yuborishBelgilari: tana haroratining pasayishi, bradikardiya, arterial qon bosimining oshishi. Davolash: simptomatik.
Xususiyatlar NAFTIZIN PLYUS S MORSKOY VODOY burun uchun tomchilar 15ml 0,1%
Naftizin boshqa chiqarish shakllari







NAFTIZIN PLYUS S MORSKOY VODOY burun uchun tomchilar 15ml 0,1% analoglari



















