Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Nazal vositalar  / NAZIMET burun uchun tomchilar 5ml 0,05% N10

NAZIMET burun uchun tomchilar 5ml 0,05% N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Nazal vositalar
Farmakoterapevtik guruh:

LOR a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
Teglar:Burun bitishiga qarshi
ATX kodi:R01AA05
Barcha Nazimet dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NAZIMET burun uchun tomchilar 5ml 0,05% N10 o'xshash dorilari

OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•122 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
SNUP sprey 15ml 0,1%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,1%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Ursafarm Arzneimittel GmbH
•121 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
Vraggripp burun tomchilari 10ml
Retseptsiz
Vraggripp burun tomchilari 10ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
•37 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan

NAZIMET burun uchun tomchilar 5ml 0,05% N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokor retseptisiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,1 mg, 0,25 mg va 0,5 mg;

Yordamchi moddalar: glitserin, natriy tsitrati digidrati, suvsiz limon kislotasi, benzalkoniy xloridi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha

Сhiqarilish shakli:

5 ml va 10 ml dan polietilen yoki polipropilendan tayyorlangan, buraluvchi qopqoqli tomchili flakonlarda. Flakon qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan karton qutida.

Farmakodinamikasi

Nazimet – α (al'fa) - adrenomimetik bo'lib, mahalliy qo'llash uchun qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarga kiruvchi imidazolin hosilalari. Burun ichiga yuborilganda preparat α2 – adrenoretseptorlarini rag'batlantiradi va burun bo'shlig'i shilliq qavati qon tomirlarini toraytiradi, natijada shish, giperemiya, ekksudatsiya kamayadi, burun orqali nafas tiklanadi, burundan ajralmalar kamayadi. Shilliq kavatining shishi bartaraf qilingandan keyin, burun yondosh bo'shliqlarining aeratsiyasi uchun chiqaruvchi kanallar ochiladi va kengayadi. Bu burun bo'shlig'i drenaj funktsiyasini rag'batlantiradi va bakterial asoratlarni rivojlanishini oldini oladi. Nazimet shuningdek, yevstaxiit va o'rta otitda drenajni yaxshilab, yevstaxiy nayi atrofidagi shilliq qavat shishini kamaytiradi.

Faol moddaning virusga qarshi, immunrag'batlantiruvchi va antioksidant ta'siri isbotlangan. Oksimetazolinning virusga qarshi ta'siri, viruslar bilan infektsiyalangan kul'tivatsiya qilingan xujayralar qo'llanilgan tekshiruvlarda tasdiqlangan (davolash usuli). Ushbu sabab-natija ta'sir  mexanizmi blyashkalarni kamaytirish, viruslarning qoldiq yuqumliligini (viruslarni titrlash) aniqlash, shuningdek virusli tsitopatogen ta'sirni ingibitsiya qilish uchun testdan foydalanib, shamollash va burun bitishiga olib keladigan viruslarning faoliyatini susaytirish orqali namoyish qiladi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy intranazal qo'llanganida preparat tizimli ta'sirga ega bo'lmaydi. Burunga tomizgandan keyin oksimetazolin ta'siri tez, bir necha minut davomida sodir bo'ladi. Preparatning ta'sir davomiyligi 12 soatgacha.

Yarim chiqarilish davri intranazal yuborilganida 35 soatni tashkil qiladi. 2,1% oksimetazolin siydik bilan va taxminan 1,1% axlat bilan chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

LOR a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita

Dori shakli

Burun tomchilari 0,01%, 0,025% va 0,05%.

Nojo'ya samaralari

Tez-tez (≥ 1% dan < 10% gacha):

·               burun  shilliq qavatini qurushi va achishish xissi

·               aksirish, ayniqsa sezuvchan bemorlarda.

Tez-tez emas (≥ 0,1% dan < 1% gacha):

·                          burun “bitishi” xissi (reaktiv giperemiya);

·                          burundan qon ketish

·               yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anginevrotik shish, toshma, qichishish).

Kam hollarda (≥ 0,01% dan < 0,1% gacha):

·               yurak urushini tezlashishi, pul'sni tezlashishi va arterial' bosimni oshishi.

Juda kam hollarda (< 0,01% va ayrim hollarda):

·               xavotirlik, uyqusizlik, charchoqlik (uyquchanlik, sedativ ta'sir), bosh og'rig'i, gallyutsinatsiyalar (ayniqsa bolalarda);

·               aritmiyalar;

·               chaqaloqlarda va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda apnoe;

·               tirishishlar.

Qon tomir toraytiruvchi preparatlarni uzoq vaqt uzluksiz qo'llash taxifilaksiya, burun bo'shlig'i shilliq qavati atrofiyasi va burun shillig'ini qaytar shishiga(medikamentoz rinit) olib kelishi mumukin.

чувство жжения или сухость слизистой оболочки носа

чихание, особенно у чувствительных пациентов.

Нечасто (от ≥ 0,1% до < 1%):

чувство «заложенности» носа (реактивная гиперемия); носовое кровотечение.

реакции повышенной чувствительности (ангионевротический отек, сыпь, зуд).

Редко (от ≥ 0,01% до < 0,1%):

учащенное сердцебиение, учащение пульса и повышение артериального давления.

Очень редко < 0,01% и единичные случаи:

беспокойство, бессонница, усталость (сонливость, седативное действие), головная боль, галлюцинации (особенно у детей);

аритмии;

апноэ у младенцев и новорожденных;

судороги.

Длительное непрерывное использование сосудосуживающих препаратов может привести к тахифилаксии, атрофии слизистой оболочки полости носа и возвратному отеку слизистой носа (медикаментозный ринит).

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni ko'zga tushishidan saqlanish kerak.

Infektsiya tarqalishini oldini olish uchun, preparatni individual qo'llash kerak. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va chaqaloqlarda davolash alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.

Preparat tarkibiga konservant sifatida kiruvchi benzalkoniy xloridiga yuqori sezuvchanlik bo'lganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – burun pardasi shilliq qavati shishi, ayniqsa preparatni uzoq qo'llanganda paydo bo'lishi mumkin.

Qon tomir toraytiruvchi preparatlarni uzoq vaqt uzluksiz qo'llash taxiflaktsiyaga, burun bo'shlig'i shilliq qavati atrofiyasiga va medikamentoz rinitga olib kelishi mumkin.

Xomiladorlik va emizish davrida qo'llash

Xomiladorlik yoki emizish davrida qo'llanganida tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Preparat faqat, ona va xomila uchun xavf va foyda nisbati sinchkovlik bilan baxolanganidan keyin qo'llanishi lozim.

Dori vositasini transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o'ziga xosligi

Uzoq muddat, tavsiya qilinganidan ortiqroq dozalarda oksimetazolin saqlovchi tumovga qarshi vositalarni  qabul qilgandan keyin, yurak qon-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga umumiy ta'sirini inkor etish mumkin emas. Bunday hollarda transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat – e'tbor va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan band bo'lishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Qo'llanilishi

 rinit belgilari (tumov) bilan kechuvchi o'tkir respirator kasalliklar;

  allergik rinit;

  vazomotor rinit;

  burunning yondosh bo'shliqlarini yallig'lanishida, yevstaxiitda, o'rta otitda drenajni tiklash uchun;

  diagnostik muolajalardan oldin burun bo'shlig'i shilliq qavatidagi shishni bartaraf qilish uchun qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

·               Oksimetazolin va xar qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;

·               atrofik rinit;

·               yopiq burchakli glaukoma;

·               Nazimet 0,025%, burun tomchilari 1 yoshdan kichik bolalarda qo'llash mumkin emas;

·               Nazimet 0,05%, burun tomchilari 6 yoshgacha bolalarda qo'llash mumkin emas;

·               transsfenoidal gipofizektomiyadan keyingi holat

·               miya qattiq pardasida jarrohlik aralashuvlarda (anamnezda) qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

·               monoaminooksidaza ingibitorlarini va arterial bosimni oshishiga yordam beruvchi boshqa preparatlarni (shuningdek, ularni bekor qilgandan keyingi 14 kun davrda) qabul qilayotgan patsientlarda;

·               ko'z ichi bosimi oshgan bemorlarda,

·                          ifodalangan aterosklerozda va yurak qon-tomir kasalliklarining og'ir shakllarida (yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, aritmiya);

·                          tireotoksikoz, feoxromatsitoma va qandli diabetda;

·               porfiriyada;

·                          surunkali buyrak yetishmovchiligi;

·                          siydik tutilish klinik simtomlari bilan prostata bezi giperplaziyasi bo'lgan bemorlarda;

·                          xomiladorlik va emizish davrida.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Oksimetazolin va tritsiklik antidepressantlar, traniltsiprominlar tipidagi monoaminoksidaza ingibitorlari va boshqa giperteziv ta'sirga ega preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, agar mumkin bo'lsa, ushbu preparatlarni bir vaqtda qo'llash kerak emas.

Mahalliy og'riqsizlantiruvchi dori  vositalarni so'rilishini sekinlashtiradi, ularning ta'sirin cho'zdiradi.

Qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarni birga buyurilishi nojo'ya ta'sirlarni rivojlanish havfini oshiradi.

Ta'rifi

Deyarli tiniq, rangsizdan biroz sarg'ish rangligacha eritma.

Dozirovkasi

0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazimet tomchilari burun ichiga tomizish uchun mo'ljallangan.

0.01% li Nazimet burun uchun tomchilari 4 haftagacha bo'lgan chaqaloqlarda 1 tomchidan xar bir burun yo'liga kuniga 2-3 marta qo'llaniladi. Xayotining 5 haftasidan va 1 yoshgacha - 1- 2 tomchidan xar bir burun yo'liga kuniga 2-3 marta.

Shuningdek quyidagi muolajalarda samarasi isbotlangan: yoshga qarab 0.01% li eritmani 1-2 tomchi paxtaga tomiziladi va burun yo'llari artiladi.

0.025% li Nazimet burun uchun tomchilarini 1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga xar bir burun yo'liga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tavsiya etiladi.

0.05% li Nazimet burun uchun tomchilarini kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga 1-2 tomchidan har bir burun yo'liga kuniga 2-3 marta qo'llanadi.

Preparat 5-7 kundan ortiq qo'llanilmaydi. Preparatni faqatgina bir necha kun o'tgandan keyin qayta tavsiya etish mumkin. Preparatni tavsiya qilingan ko'p dozada faqat shifokor nazorati ostida qo'llash mumkin. Preparatning bir martalik dozasini sutkada 3 martadan ko'p ishlatish mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: tavsiya qilingan dozadan oshganda yoki tasodifan ichga qabul qilganda quyidagi simptomlar paydo bo'lishi mumkin: qorachiqlar torayishi, ko'ngil aynishi, qusish, tsianoz, xaroratni ko'tarilishi, taxikardiya, aritmiya, kollaps, yurak faoliyatini susayishi, arterial gipertenziya, o'pka shishi, nafas buzilishlari, bundan tashqari ruxiy buzilishlar, shuningdek uyquchanlik, tana haroratini  pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafas to'xtashi va komani paydo bo'lishi bilan kechuvchi markaziy nerv tizimi funktsiyasini pasayishi paydo bo'lishi mumkin.

Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni qabul qilish (preparatni tasodifiy qabul qilganda); simptomatik.

Dozani oshirib yuborishning og'ir hollarida statsionar sharoitda intensiv terapiya ko'rsatilgan.

Qon tomir toraytiruvchi vositalarni qo'llash taqiqlanadi.

Xususiyatlar NAZIMET burun uchun tomchilar 5ml 0,05% N10

NAZIMET burun uchun tomchilar 5ml 0,05% N10 analoglari

Narxi
29 000 so'm dan

NAZIMET burun uchun tomchilar 5ml 0,05% N10 savollari

NAZIMET burun uchun tomchilar 5ml 0,05% N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil