×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Neyrosmart kapsulalari N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Faol modda:
витамин B12, витамин B2, витамин B6, витамин В3, Глицин, Глутаминовая кислота, Гопантеновая кислота
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО"Group Asia Pharm"
Vakil:
- Asia Pharm Consulting
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 21 ta dorixonasida topildi

ico 81 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 90 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

28 600 s`om dan
BEROTEK N aerozol 100mkg Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Pharma GmbH & Co. KG Germaniya
59 000 s`om dan
AMIKSIN tabletkalari 125mg N6 ОАО «Фармстандарт-Томскхимфарм» Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Gamma - aminomoy kislotasi (GAMK) – kontsentrasiyasi bosh miya to'qimasida yuqori darajada bo'lib, MNTda asosiy tormozlantiruvchi neyrotransmitter vazifasini bajaradi. Gamma - aminomoy kislota miyaning metabolizmini yaxshilaydi, nootrop, sedativ va tirishishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Bu bosh miyaning tomir kasalliklarida, intelektual faoliyatda, entsefalopatiyada, depressiyada muximdir. Ekstremal xolatlarda GAMK parchalanib katta energiya beradi, bu miyaning maksimal ishlashiga yordam beradi. Tormozlanish jarayonlarining me'yorlashishi; xarakat faolligini boshqarish; bosh miyada nerv jarayonlarining dinamikasi; aqliy samaradorlik, xotirani yaxshilash, o'qishga layoqatni oshishi, uyquni yaxshilash, miyada qon aylanishi tufayli buzilgan xarakat va nutq tiklanishiga yordam beradi. 
Ginkgo Biloba – miyada qon aylanish mikrosirkulyasiyasini faollanishini yaxshilaydi. Bosh miyani glyukoza va kislorod bilan ta'minlaydi, vena va arteriyalarni tonusga olib kelishini oldini oladi va qon oqimini yaxshilaydi (trombositlarni yopishib qolishini oldini oladi), trombositlar faolligini to'xtadi, shishlarga qarshi sezilarli ta'sir ko'rsatadi; erkin radikallarning shakllanishini oldini oladi, neyromediatorlarning chiqarilishi va katabolizmiga, ularning membrana reseptorlari bilan bog'lanish qobiliyatiga yordam beradi.
Glisin - shartli alishtirib bo'ladigan aminokislota, tormozlantiruvchi Markaziy neyromediator vazifasini bajaradi. Miya to'qimalarida metabolik jarayonlarni yaxshilaydi, antidepressiv va sedativ ta'sir ko'rsatadi. Glutamat reseptorlar regulyatori hisoblanadi, Markaziy nerv tizimi faoliyatini me'yoriga keltiradi va faollashtiradi, psixoemosional bosimni, agressiyani va zardakilikni kamaytiradi; adaptasiya va kayfiyatni yaxshilaydi; uyquni yaxshilaydi; aqliy faoliyatni oshiradi; vegato - tomir buzilishlarini kamaytiradi (klimakterik xolatda xam) va ishemik insult va miya shikastlanishida samarali foyda beradi.
Glutamin kislotasi – shartli alishtirib bo'ladigan aminokislota. Bosh miyada yuqori metabolik faol neyromediator vazifasini bajaradi, modda almashinuvining oksidlanish - tiklanish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, oqsillar almashinuvida qatnashadi. Bu neyromediator molekula bo'lib, MNT sinapslarida qo'zg'alishning uzatilishini rag'batlantiradi, ammiakni bog'laydi va chiqarilishiga yordam beradi. Miofibrill tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, boshqa aminokislotalar, atsetilxolin, ATF, mochevina sintez qilish jarayonida ishtirok etadi, kaliy ionlarining o'tishini ta'minlaydi, skelet muskullari faoliyatini yaxshilaydi. Tanani gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. Gepato ximoya jarayonini yaxshilaydi, oshqozonning sekretor funktsiyasini kamaytiradi. 
Vitamin V2 (riboflavin) - eritrositlarni, antitelalarni xosil bo'lishini, o'sishini boshqarishda, organizmdagi reproduktiv funktsiyalarni tartibga solish uchun zarur. U butun organizmni sog'lom bo'lishiga; terining, tirnoqlarning, sochlarning o'sishi, sog'lom bo'lishi va qalqonsimon bezning funktsiyasi uchun zarur.
Vitamin V3(nikotin kislotasi)-organizmda nikotinamidga aylanadi, u vodorod tashuvchi I va II kodegirogenazlar (NAD va NADF) kofermenti bilan bog'lanadi, yog'lar, oqsillar, aminokislotalar, purinlar almashinuvida, to'qimalarning nafas olishida, glikogenozada va biosintez jarayonlarida ishtirok etadi.
Vitamin V12 (tsianokobalamin) - normal qon yaratish uchun zarur – eritrosit hujayralarining etilishiga yordam beradi. 
Jigar va asab tizimining faoliyatiga foydali ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarning yangilanish qobiliyatini oshiradi.
Vitamin V6 (piridoksin) - asosan metabolizmda stimulyator sifatida ishlatiladi. U aminokislotalarni qayta ishlashda ishtirok etadi va oqsillarni o'zlashtirilishini tartibga soladi. Piridoksinni qon hujayralarining rang beruvchi pigmenti – gemoglobin ishlab chiqarishda ishtirok etadi va hujayralarni glyukoza bilan ta'minlanishida ishtirok etadi.
Gopanten kislotasi – miyaning gipoksiyaga va toksik moddalar ta'siriga chidamligini oshiradi, neyronlardagi anabolik jarayonlarni rag'batlantiradi, o'rtacha sedativ ta'sirini yumshoq natijasini beradi, xatti – xarakatni tartibga solib qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi. Aqliy va jismoniy ish faoliyatini oshiradi.
GAMK (gamma -aminomoy kislotasi) 200 mg 

Glutamin kislotasi 200 mg

Glisin 100 mg

Gopanten kislotasi 50 mg

Ginkgo biloba 40 mg

Vitamin V3(nikotin kislotasi) 15 mg

Vitamin V2(riboflavin) 1,5 mg

Vitamin V6 (piridoksin) 1,5 mg

Vitamin V12 (tsianokobalamin) 2 mkg

Preparatning tarkibiy komponetlariga individual sezuvchanlikni oshishi mumkin bo'lgan reaktsiyalar.
Biologik faol qo'shimcha sifatida asosiy vitaminlar bilan ta'minlaydigan manba, aminokislotalar va kompleksdagi fitokomponentlar sifatida asosan nerv tizimining fiziologik funktsiyalarini tutib turishga qaratilgan ta'sir ko'rsatadi. 

Shuning bilan birga yurak, qon tomirlari, endokrin tizim va jigar faoliyatiga bilvosita ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Neyrosmartdan foydalanish, shuningdek, o'qish qobiliyatini, aqliy va jismoniy ish faoliyatini yaxshilaydi. Engil tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, ish kunidan keyin yoqimli dam olishga va uyquning normal bo'lishiga yordam beradi.

Komponentlarni induvidual o'zlashtira olmaslik. 14 yoshgacha bo'lgan bolalar.


Ogoxlantirish

Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llanilish bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Ichga qabul qilinadi. Kattalarga ovqatdan oldin 1 kapsuladan kuniga 1 maxal.
Davolanish kursi 3 oydan kam bo'lmagan muddatni tashkil qiladi. Samaradorligi 1 oy davomida bilinadi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Neyrosmart kapsulalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Neyrosmart kapsulalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Neyrosmart kapsulalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9