Ташкент
logo
SavatKirish

Neyrosmart Kids tomchilari 50ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:OOO"Group Asia Pharm"
Barcha Neyrosmart dorilari
7 ta dorixonada bor
Narxi 89 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 7 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

Neyrosmart Kids tomchilari 50ml N1 o'xshash dorilari

5
1 отзывов
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar  300mg N30
Retseptsiz
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30
Germaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
A.Nattermann end Sie GmbX
Narxi
141 300 so'm dan
Narxi
153 500 so'm dan
ITTENSI Goluboy lyod pastilkalar N16
ITTENSI Goluboy lyod pastilkalar N16
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunik Farmasyutikal Laboratoriz, Indiya.

Neyrosmart Kids tomchilari 50ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

GAMK (gamma - aminomoy kislotasi) 150 mg

Gopanten kislotasi 100 mg

Glisin 30 mg

Glutamin kislotasi 20 mg

Ginko biloba 20 mg

Vitamin V3(nikotin kislotasi) 12 mg

Vitamin V6 (piridoksin) 1,5 mg 

Vitamin V2(riboflavin) 1,5 mg

Vitamin V12 (tsianokobalamin) 2,0 mkg

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

50 ml tomchilar flakonlarda. 1 flakon qo'llanishga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakologik ta'siri

Gamma-aminomoy kislotasi (GAMK) – MNT neyrotransmitteri qo'zg'alishini to'xtatishda bosh rolni o'ynaydi, uning kontsentrasiyasi ayniqsa miya to'qimalarida yuqori. Miya metabolizmini yaxshilaydi, nootrop, sedativ va tirishishga qarshi ta'sirga ega. Bu bosh miya tomirlarining kasallanishida, intellektual funktsiya pasayishi, entsefalopatiya, depressiyada juda muxim. Ekstremal xolatlarda GAMK parchalanib katta energiya beradi, bu miyaning maksimal ishlashiga yordam beradi. Tormozlanish jarayonlarining me'yorlashishi; xarakat faolligini boshqarish; bosh miyada nerv jarayonlarining dinamikasi; aqliy samaradorlik, xotirani yaxshilash, o'qishga layoqatni oshishi, uyquni yaxshilash, miyada qon aylanishi tufayli buzilgan xarakat va nutq tiklanishiga yordam beradi. 

Ginkgo Biloba – miyada qon aylanish mikrosirkulyasiyasini faollanishini yaxshilaydi. Bosh miyani glyukoza va kislorod bilan ta'minlaydi, vena va arteriyalarni tonusga olib kelishini oldini oladi va qon oqimini yaxshilaydi (trombositlarni yopishib qolishini oldini oladi), trombositlar faolligini to'xtadi, shishlarga qarshi sezilarli ta'sir ko'rsatadi; erkin radikallarning shakllanishini oldini oladi, neyromediatorlarning chiqarilishi va katabolizmiga, ularning membrana reseptorlari bilan bog'lanish qobiliyatiga yordam beradi.

Glisin – shartli alishtirib bo'ladigan aminokislota, tormozlantiruvchi Markaziy neyromediator vazifasini bajaradi. Miya to'qimalarida metabolik jarayonlarni yaxshilaydi, antidepressiv va sedativ ta'sir ko'rsatadi. Glutamat reseptorlar regulyatori hisoblanadi, Markaziy nerv tizimi faoliyatini me'yoriga keltiradi va faollashtiradi, psixoemosional bosimni, agressiyani va zardakilikni kamaytiradi; adaptasiya va kayfiyatni yaxshilaydi; uyquni yaxshilaydi; aqliy faoliyatni oshiradi; vegato - tomir buzilishlarini kamaytiradi (klimakterik xolatda xam) va ishemik insult va miya shikastlanishida samarali foyda beradi. 

Glutamin kislotasi – shartli alishtirib bo'ladigan aminokislota. Bosh miyada yuqori metabolik faol neyromediator vazifasini bajaradi, modda almashinuvining oksidlanish - tiklanish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, oqsillar almashinuvida qatnashadi. Bu neyromediator molekula bo'lib, MNT sinapslarida qo'zg'alishning uzatilishini rag'batlantiradi, ammiakni bog'laydi va chiqarilishiga yordam beradi. Miofibrill tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, boshqa aminokislotalar, atsetilxolin, ATF, mochevina sintez qilish jarayonida ishtirok etadi, kaliy ionlarining o'tishini ta'minlaydi, skelet muskullari faoliyatini yaxshilaydi. Tanani gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. Gepato ximoya jarayonini yaxshilaydi, oshqozonning sekretor funktsiyasini kamaytiradi. 

Vitamin V2 – (riboflavin) eritrositlarni, antitelalarni xosil bo'lishini, o'sishini boshqarishda, organizmdagi reproduktiv funktsiyalarni tartibga solish uchun zarur. U butun organizmni sog'lom bo'lishiga; terining, tirnoqlarning, sochlarning o'sishi, sog'lom bo'lishi va qalqonsimon bezning funktsiyasi uchun zarur.

Vitamin V3(nikotin kislotasi) - organizmda nikotinamidga aylanadi, u vodorod tashuvchi I va II kodegirogenazlar (NAD va NADF) kofermenti bilan bog'lanadi, yog'lar, oqsillar, aminokislotalar, purinlar almashinuvida, to'qimalarning nafas olishida, glikogenozada va biosintez jarayonlarida ishtirok etadi.

Vitamin V12 (tsianokobalamin) normal qon yaratish uchun zarur – eritrosit hujayralarining etilishiga yordam beradi. 

Jigar va asab tizimining faoliyatiga foydali ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarning yangilanish qobiliyatini oshiradi.

Vitamin V6 (piridoksin) - asosan metabolizmda stimulyator sifatida ishlatiladi. U aminokislotalarni qayta ishlashda ishtirok etadi va oqsillarni o'zlashtirilishini tartibga soladi. Piridoksinni qon hujayralarining rang beruvchi pigmenti – gemoglobin ishlab chiqarishda ishtirok etadi va hujayralarni glyukoza bilan ta'minlanishida ishtirok etadi.

Gopanten kislotasi – miyaning gipoksiyaga va toksik moddalar ta'siriga chidamligini oshiradi, neyronlardagi anabolik jarayonlarni rag'batlantiradi, o'rtacha sedativ ta'sirini yumshoq natijasini beradi, xatti – xarakatni tartibga solib qo'zg'aluvchanlikni pasaytiradi. Aqliy va jismoniy ish faoliyatini oshiradi.

Nojo'ya samaralari

Tarkibiy komponentlarga individual sezuvchanlikni oshishi mumkin bo'lgan reaktsiyalar.

Qo'llanilishi

Ovqatga qo'shimcha biologik faol qo'shimcha sifatida, vitaminlar, aminokislotalar, shuningdek fitokomponentlarning qo'shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi, bu birinchi navbatda asab tizimining fiziologik funktsiyalarini saqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, ularning yurak, qon tomirlari, endokrin tizim va jigar faoliyatiga bilvosita ijobiy ta'siri qayd etilgan. 
Qo'llash orqali o'zlashtirish qobiliyati, aqliy va jismoniy ko'rsatkichlar ham yaxshilanadi.
Engil tinchlantiruvchi ta'sir ish kunidan keyin yoqimli dam olishga va uyquning normal bo'lishiga yordam beradi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Komponentlarni individual o'zlashtira olmaslik.


Ogoxlantirish

Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llanilish bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!

Dozirovkasi

Ovqatdan 15-20 daqiqa oldin buyuriladi.

0 yoshdan 1 yoshgacha 1 tomchidan kuniga 1 - 2 mahal. 

1 yoshdan 3 yoshgacha 3 tomchidan kuniga 1 - 2 mahal.

3 yoshdan 6 yoshgacha 5 tomchidan kuniga 2 - 3 mahal.

6 yoshdan va undan kattalarga kuniga 5 tomchidan 3-4 mahal.

Istemol qilishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.

Qabul qilish muddati 3 oydan kam bo'lmasligi kerak. Samaradorligi 1 oy davomida bilinadi.

Neyrosmart Kids tomchilari 50ml N1 boshqa chiqarish shakllari

Analoglar Neyrosmart Kids tomchilari 50ml N1
Analoglari yo'q

Neyrosmart Kids tomchilari 50ml N1 savollari

Neyrosmart Kids tomchilari 50ml N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil