Apteka.uz
SavatKirish

ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bangladesh
Faol modda:Moksifloksasin
Ishlab chiqaruvchi:Beximso Pharmaceuticals Ltd
Teglar:Ko'z tomchilar
ATX kodi:S01AX22
Barcha Oditsin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
moksifloksatsin (moksifloksatsin gidroxloridi ko'rinishida) – 5 mg.
yordamchi moddalar:
borat kislotasi – 3.0 mg, natriya xloridi – 6.4 mg, natriya gidroksidi – 0.388 mg, in'ektsiya uchun suv – q.s.
1 ml gacha.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo'llanilganda moksifloksatsinning tizimli so'rilishi: Cmax 2,7 ng/ml, AUC ko'rsatkichi –
45 ngxsoat/ml ni tashkil qiladi. Bu ko'rsatkichlar moksifloksatsinning 400 mg terapevtik dozasi peroral qo'llanilganda keyingi Cmax va AUC
nisbatan taxminan 1600 va 1000 marta kam.
Moksifloksatsinning plazmadan T 1/2 taxminan 13 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Moksifloksatsin – IV avlod ftorxinolon
antibakterial preparati bo'lib, bakteritsid ta'sirga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, anaeroblar, kislotaga chidamli va atipik bakteriyalarning keng doirasiga nisbatan faollik namoyon qiladi.
Ta'sir mexanizmi topoizomeraza II (DNK - giraza) va topoizomeraza IV ni ingibitsiya qilish bilan bog'liq. DNK giraza – bakteriyalarning DNK replikatsiyasi, transkriptsiyasi i reparatsiyasida ishtirok etuvchi fermentdir. Topoizomeraza IV – bakterial xujayrani bo'linish vaqtida xromosoma DNK ni parchalanishida ishtirok etuvchi fermentdir.
Makrolidlar, aminoglikozidlar va tetratsiklinlar bilan kesishga rezistentligi mavjud emas. Tizimli qo'llanilgan moksifloksatsinni va boshqa ftorxinolonlar orasida kechishgan rezistentlik rivojlanganligi haqida xabar berilgan.
Moksifloksatsin mikroorganizmlarning ko'pgina shtammlariga nisbatan (in vitro sharoitda ham, in vivo sharoitda ham) faol:
Grammusbat bakteriyalar: Corynebacterium spp.,shu jumladan Corynebacterium diphtheria; Micrococcus
luteus (shu jumladan eritromitsinga, gentamitsinga, tetratsiklinga va/yoki trimetorprimga sezgir bo'lmagan shtammlar); Staphylococcus aureus (shu jumladan metitsillinga, eritromitsinga, gentamitsinga, ofloksatsinga, tetratsiklinga va/yoki trimetoprimga sezgir bo'lmagan shtammlar); Staphylococcus
epidermidis (shu jumladan metitsillinga, eritromitsinga, gentamitsinga, ofloksatsinga, tetratsiklinga va/yoki trimetorprimga sezgir bo'lmagan shtammlar); Staphylococcus haemolyticus (shu
jumladan metitsillinga, eritromitsinga,
gentamitsinga, ofloksatsinga, tetratsiklinga va/yoki trimetorprimga sezgir bo'lmagan shtammlar); Staphylococcus hominis (shu jumladan metitsillinga, eritromitsinga, gentamitsinga, ofloksatsinga, tetratsiklinga va/yoki trimetorprimga sezgir bo'lmagan shtammlar); Staphylococcus wamery (shu jumladan eritromitsinga sezgir bo'lmagan shtammlar); Streptococcus mitis (shu jumladan penitsillinga, eritromitsinga, tetratsiklinga va/yoki trimetorprimga sezgir bo'lmagan shtammlar); Streptococcus
pneumoniae (shu jumladan penitsillinga, eritromitsinga, gentamitsinga, tetratsiklinga va/yoki trimetorprimga sezgir bo'lmagan shtammlar); viridans guruhi Streptococcus (shu jumladan penitsillinga,



eritromitsinga, tetratsiklinga va/yoki trimetorprimga sezgir bo'lmagan shtammlar).
Grammanfiy bakteriyalar: Asinetobakler lwoffii; Haemophilus influenzae (shu jumladan ampitsillinga sezgir bo'lmagan shtammlar); Haemophilus parainfluenzae; Klebsiella spp.
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis. Moksifloksatsin in vitro sharoitdaquyida sanab o'tilgan mikroorganizmlarning ko'pchiligiga qarshi ta'sir ko'rsatadi, lekin bu ma'lumotlarning klinik ahamiyati noma'lum:
Grammusbat bakteriyalar: Listeria monocytogenes; Staphylococcus saprophyticus; Streptococcus agalactiae; Streptococcus mitis; Streptococcus pyogenes; C, G, F guruhi Streptococcus;
Grammanfiy bakteriyalar: Acinetobakler baumannii; Acinetobakter calcoaceticus; Citrobakter freundii; Citrobakter koseri; Enterobakter aerogenes; Enterobakter cloacae; Esherichia coli; Klebsiella oxytoca; Klebsiella pneumonia; Moraxella catarrhalis; Morganella morganii; Neisseria gonorrhoeae; Proteus mirabilis; Proteus vulgaris; Pseudomonas stutzeri;
Anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfringens; Fusobacterium spp.; Prevotella spp.; Propionibacterium acnes.
Boshqa organizmlar: Chlamydia pneumonia;
Legionella pneumophila; Mycobacterium avium; Mycobacterium marinum; Mycoplasma pneumonia.

Nojo'ya samaralari

Mahalliy. 1-10 % holatlarda – ko'zlarda og'riq, ta'sirlanish va qichishish, «quruq» ko'z sindromi, kon'yunktiva giperemiyasi, ko'zlar giperemiyasi. 0,1-
1 % holatlarda –shox parda epiteliysi nuqsoni, nuqtali keratit, subkon'yunktival qon quyilishi, kon'yunktivitlar, ko'zlarni shishi, ko'zlarda diskomfort xissi, ko'rishni noaniqligi, ko'rish o'tkirligini pasayishi, qovoqlar eritemasi, ko'zlardagi odatdagi xissiyot.
Tizimli. 1-10 % holatlarda – disgevziya. 0,1-1 % holatlarda – bosh og'rig'i, paresteziya, qonda gemoglobin darajasini pasayishi, burunda diskomforta, faringolaringeal og'riq, tomoqda yod jism xissi, qusish, alaninaminotransferaza va gamma-glutamiltransferaza darajasini oshishi.
Postmarketing tajriba (tez-tezligi noma'lum):
Mahalliy: endoftalьmit, yarali keratit, shox parda eroziyasi, shox pardada nuqsonlarni paydo bo'lishi,
ko'z ichki bosimini oshishi, shox pardani xiralashishi, shox parda infilьtratlari, shox pardada cho'kmalar, ko'zlarda allergik reaktsiyalar, shox parda shishi, fotofobiya, blefarit, qovoqlarning shishi, ko'pq ko'z yosh oqishi, ko'zlardan ajralmalar ajralishi,
ko'zlarda yod jism xissi.
Tizimli: yurak urib ketishi, bosh aylanishi,
hansirash, ko'ngil aynishi, eritema, toshma, teri qoplamalarini qichishishi, o'ta yuqori sezuvchanlik.
Allergik reaktsiyalarni yuzaga kelishi preparatni bekor qilishni talab etadi!
Xinolon qatori tizimli preparatlarni, shu
jumladan moksifloksatsinni qo'llagan patsiyentlarda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaksiya),
shu jumladan birinchi dozani qo'llagandan keyin darxol – kollaps, xushdan ketish, Kvinke shishi,
nafas yo'llari obstruktsiyasi, hansirash, teri qichishishi, toshma kuzatilgan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Xinolon qatori tizimli preparatlarini qo'llagan patsiyentlarda og'ir, ayrim hollarda esa o'lim bilan yakunlangan o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaksiya), ba'zida birinchi dozani qo'llagandan keyin kuzatilgan. Ayrim reaktsiyalar o'tqir qon tomir yetishmovchiligi, hushdan ketish, Kvinke shishi (shu jumladan xiqildoq, xalqum yoki yuzni shishi), nafas yo'llari obstruktsiyasi, xansirash, eshak yemi va teri qichishishi bilan kechgan.
ODITSINga allergik reaktsiya yuzaga kelganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Moksifloksatsinga yoki boshqa komponentlarga o'tkir
o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzaga kelganda reanimatsion chora-tadbirlarni o'tkazish talab etilishi mumkin. Klinik ko'rsatmalar bo'lganida kislorod qo'llanadi va nafas yo'llarining o'tkazuvchanligi tiklanadi.
Boshqa antibiotiklar bilin bo'lgani kabi uzoq vaqt qo'llaganda sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarni, shu jumladan zamburug'larni xaddan ziyod o'sishiga olib kelishi mumkin. Superinfektsiya yuzaga kelgan hollarda preparatni bekor qilish vamuqobil davolashni buyurish kerak.
Patsiyentlar ko'zlarning bakterial infektsiyalarining belgilari va simptomlari bo'lganda kontakt linzalarni taqish mumkin emasligi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.
Xomiladorlik yoki laktatsiya davrida qo'llanishi.
Preparatni xomiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash bo'yicha yetarli tajriba yo'q. Preparatni xomiladorlik vaqtda (FDA bo'yicha S toifa) faqat,
ona uchun kutilayotgan davolovchi foydasi homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgandagina qo'llash mumkin. ODITSIN kam miqdorda ko'krak sutiga o'tishi mumkin, shuning uchun preparat bilan davolash davrida emizishni to'xtatish kerak.
Pediatriyada qo'llanishi
Preparatni 1 yoshdan kichik bolalarda qo'llashning xavfsizligi va samaradorligi haqidagi
ma'lumotlar yo'q.
Yangitug'ilgan chaqaloqlarda Neisseria gonorrhoeae yoki Chlamydia trachomatis chaqirgan kon'yunktivitlarda ftorxinolonlarga rezistentlik rivojlanishini oldini olish uchun holatga qarab tizimli davolash buyuriladi.
Dori vositasini transport vositalarini yoki patentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi
Preparat qo'llangandan keyin ko'rish aniqligini vaqtincha pasayishi mumkin, u tiklanguncha avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni va reaktsiyani talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Qo'llanilishi

- moksifloksatsinga sezgir mikroorganizmlar
chaqigan ko'zlarning old sohalarining yallig'lanishli kasalliklari (shu kon'yunktivit, blefarit, keratit, shox parda yarasi, dakriotsistit, meybomiit, govmichcha) ni davolash;
- ko'zlarni shikastlanishi yoki ko'zlardagi
operatsiyadan keyin yuzaga keluvchi ko'zlarning bakterial yallig'lanishini oldini olish va davolash uchun qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-preparatning har qanday komponentiga yoki boshqa xinolonlarga o'ta yuqori sezuvchanlik;
-oddiy gerpes,suvchechak, shox parda va kon'yunktivaning virusli infektsiyasi, ko'zlarning zamburug'li kasalliklari chaqirgan epitelial
keratit;
-glaukoma;
-shox pardani yupqalashishiga olib keluvchi holat;
-emizish davri;
-1 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ko'z tomchilarini boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri o'rganilmagan. Mahalliy qo'llash oqibatida moksifloksatsinning past tizimli kontsentratsiyasida dorilarning o'zaro ta'siri kuzatilmagan.

Dozirovkasi

Kattalar va 1 yoshdan oshgan bolalar
Shikastlangan ko'zga bir tomchidan kuniga 3 marta tomiziladi. Odatda 5 kundan keyin yaxshilanish kuzatiladi, davolashni keyingi 2-3 kun davomida davom ettirish kerak.
Agar 5 kun davomida yaxshilanish kuzatilmasa,
diagnoz va/yoki davolashni qayta ko'rib chiqish kerak. Davolash davomiyligi xolatning og'irlik darajasi, shuningdek kasallikning klinik va bakteriologik kechishiga bog'liq.
Tomchilagich va eritmani bakterial ifloslanishini oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish va qovoqlar, ko'z atrofi va boshqa yuzalarga tomchilagich bilan teginmaslik kerak. Tomchilarni burun shilliq qavati orqali so'rilishini oldini olish uchun, ayniqsa yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalarda tomchilar qo'llanilgandan keyin 2-3 min davomida
ko'z yoshi-burun kanalini yopish kerak.
Bir necha tibbiy oftalьmologik preparatlarni buyurganda ularni qo'llash orasidagi tanaffus
kamida 5 min bo'lishi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Ko'zlarga preparatning ortiqcha miqdori tushganida ko'zlarni iliq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Kon'yunktival xaltaning sig'imini cheklanganligi dori preparatining dozasini oshirib yuborilishi ehtimolini deyarli inkor etadi. Flakondagi faol komponentning miqdori, to'satdan ichga qabul qilinganda nojo'ya samaralar chaqirishi uchun haddan tashqari kam.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1 o'xshash dorilari

Narxi
41 400 so'm dan
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
•32 ta dorixonada bor
Narxi
41 000 so'm dan
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Retseptli
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
•32 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan

ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1 xususiyatlari

ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1 analoglari

VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5%
VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Alkon-Kuvrer N.V. S.A.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
S.C. Rompharm Company S.R.L.
•93 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan
MOKSISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Retseptli
MOKSISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Likvor FarmKompaniya
•111 ta dorixonada bor
Narxi
46 900 so'm dan
APDROPS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
APDROPS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ajanta Pharma Limited
•79 ta dorixonada bor
Narxi
52 500 so'm dan
BIVOKSA ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
BIVOKSA ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics, Velikobritaniya proizvedeno: S.C. Rompharm Company S.R.L.
•21 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
MOKSIKUM infuziya uchun eritma 250ml 400mg/250ml
Retseptli
MOKSIKUM infuziya uchun eritma 250ml 400mg/250ml
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Mefar Ilac Sanayii A.S.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
112 700 so'm dan
MOKSIKUM tabletkalari 400mg N7
Retseptli
MOKSIKUM tabletkalari 400mg N7
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
•105 ta dorixonada bor
Narxi
98 500 so'm dan
MOKSITAV ko'z tomchilari 5ml 0,5%
MOKSITAV ko'z tomchilari 5ml 0,5%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
•54 ta dorixonada bor
Narxi
46 100 so'm dan
KINOLOKS tabletkalari 400mg N5
KINOLOKS tabletkalari 400mg N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novugen Pharma, IP OOO
•30 ta dorixonada bor
Narxi
61 000 so'm dan

ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1 haqida savollar

ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil