Apteka.uz
SavatKirish

PEO poroshok 1g N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ispaniya
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Seftriakson
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:J01DD04
Barcha Peo dorilari
82 ta dorixonada bor
Narxi 40 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 82 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PEO poroshok 1g N1 qo'llanmasi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Mushak ichiga va vena ichiga inyeksiya uchun bir flakon 1 g faol modda – seftriakson (natriyli tuzi shaklida) saqlaydi.

Mushak ichiga inyeksiya uchun bir flakon 1 g faol modda – seftriakson (natriyli tuzi shaklida) va ampula - erituvchi 3,5 ml 1% lidokain saqlaydi.

Farmakologik ta'siri

III avlod sefalosporin antibiotiki. Bakteritsid taʼsir qiladi. Beta-laktamazalar taʼsiriga chidamli. Preparatga aerob grammusbat bakteriyalar: Straphylococcus aureus, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes; aerob grammanfiy bakteriyalar: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumoniae), Serrata spp., Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Citrobacter freundii; anaerob bakteriyalar: Clostridium perfringens ga sezgir. Seftriaksonga shuningdek Borrelia burgdorferi, Treponema pallidum sezgir.

Preparatga Staphylococcus epidermidis, Enterobacter cloacae, Pseudomonas aeruginosa oʻrtacha sezgir. Seftriaksonga Staphylococcus aureus (metitsillinga chidamli shtammlari), Enterococcus faecalis, Listeria monocitogenes, Clostridium difficile, Bacteroides fragilis chidamli.

1 g 30 minut davomida infuziya qilinganidan keyin qon plazmasidagi Smax 100-150 mg/ml ni tashkil qiladi. 1 g seftriakson mushak ichga yuborilganidan keyin plazmada Smax 1-3 soat oʻtgach erishiladi va 80 mg/l tashkil qiladi. Seftriakson organizmning toʻqimalari va biologik suyuqliklariga yaxshi oʻtadi, shu jumladan gemato-ensefalik toʻsiq orqali ham. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 83-96% ni tashkil qiladi.

Seftriakson buyraklar (40-60%) va ichak (35-45%) orqali chiqariladi. T1/2 6-9 soatni tashkil qiladi. Davomli T1/2 tufayli plazma va toʻqimalarda 24 soat davomida bakteritsid konsentratsiyalariga erishiladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, koʻngil aynishi, qusish, stomatit, glossit; kam – transaminazalar faolligini oshishi, exogrammada oʻt-safro qopini qorongʻilashishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, granulotsitopeniya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya.

MNT tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi.

Allergik reaksiyalar: toshma, qichishish, dermatit, eshakemi, shishlar, ekssudativ polimorf eritema; kam – anafilaktoid yoki anafilaktik reaksiyalar.

Mahalliy reaksiyalar: kam hollarda – flebit. Mushak ichiga lidokainsiz yuborish ogʻriq chaqiradi.

Biologik taʼsiri bilan bogʻliq boʻlgan samaralari: superinfeksiya rivojlanishi (jinsiy yoʻllarining mikozlari) mumkin.

Boshqalar: oliguriya, zardob kreatininini oshishi, isitma, qaltirash, qon ivishini buzilishi.

Barcha nojoʻya taʼsirlarining tez-tezligi 2% dan oshmaydi.

Qo'llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklarni davolash:

- bakterial meningit;

- bakterial endokardit;

- sepsis;

- yuqori nafas yoʻllari va LOR-aʼzolarining infeksiyalari;

- nafas yoʻllarining pastki boʻlimlarining infeksiyalari (oʻtkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, oʻpka abssessi, plevra empiyemasi);

- siydik jinsiy aʼzolarining infeksiyalari (oʻtkir va surunkali piyelonefrit, piyelit, prostatit, epididimit, sistit);

- gonoreya (shu jumladan homiladorlikdagi);

- suyaklar va boʻgʻimlarning infeksiyalari;

- teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari;

- shigellez;

- salmonellyoz;

- Layma kasalligi.

Operatsiyadan keyingi infeksion asoratlarni oldini olish va davolash.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Seftriakson va aminoglikozidlar koʻpchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan taʼsir sinergizmiga ega.

Bir vaqtda Seftriaksonning katta dozalari va “halqali” diuretiklar masalan, furosemid qoʻllanganida, buyraklar faoliyatini buzilishi kuzatilmagan. Seftriaksonni aminoglikozidlarning nefrotoksikligini oshirishiga koʻrsatmalar yoʻq.

Probenetsid Seftriaksonni chiqarilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Seftriakson eritmasi boshqa antibiotiklarni saqlovchi eritmalar bilan toʻgʻri kelmaydi (tayyorlanishida ham, yuborilishida ham).

Dozirovkasi

Preparat mushak ichiga, vena ichiga va 30 minut davomida vena ichiga infuziyalar koʻrinishida yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 g dan sutkada 1-marta yoki har 12 soatda buyuriladi. Hayot uchun xavfli ogʻir infeksiyalarda maksimal sutkalik doza 4 g ni tashkil qiladi. Bunday holda preparat bemorga har 12 soatda 30 minutli vena ichiga infuziyalar koʻrinishida yuboriladi.

12 yoshgacha boʻlgan bolalarga tavsiya etiladigan sutkalik doza 50-75 mg/kg tana vanigani tashkil qiladi, lekin sutkada 2 g dan koʻp emas. Preparat sutkada 2-marta har 12 soatda yuboriladi. Meningitda 100 mg/kg/sutka start dozasini buyurish mumkin, lekin sutkada 4 g dan koʻp emas.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarga (2 haftalikkacha) 20-50 mg/kg dozada sutkada 1-marta buyuriladi. Doza hisoblanganida bolaning yetilmaganlik darajasi hisobga olinmaydi.

Emizikli bolalarga (hayotining 3 haftasidan) 20-80 mg/kg tana vazniga sutkada 1-marta buyuriladi.

Gonoreyada bir marta 250 mg mushak ichiga yuborish tavsiya qilinadi.

Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun operatsiya boshlanishidan 30-90 minut oldin bir marta 1-2 g preparat yuborish (yuqish xavfining darajasiga qarab), tavsiya qilinadi.

Buyraklarning faoliyati yaqqol buzilgan bemorlar uchun (kreatinin klirensi 10 ml/min) maksimal sutkalik doza 2 g ni tashkil qiladi.

Davolashning davomiyligi infeksiyaning ogʻirligiga bogʻliq, biroq davolashni infeksiya simptomlari yoʻkolganidan keyin kamida uch kun davomida davom ettirish kerak.

Eritmalarni tayyorlash va yuborish tartibi

Faqat yangi tayyorlangan eritmalarni ishlatish kerak.

Mushak ichiga yuborish uchun 1 g preparat 3,5 ml 1% lidokain eritmasida eritiladi. Bir dumbaga 1 g dan koʻp boʻlmagan preparat yuborish tavsiya qilinadi. Tayyorlagan lidokain saqlovchi preparat, vena ichiga inyeksiyalar uchun moʻljallangan.

Vena ichiga inyeksiya uchun 1 g preparat 10 ml inyeksiya uchun suvda eritiladi. Preparat vena ichiga asta-sekin 2-4 minut davomida yuboriladi. Vena ichiga quyish uchun 2 g preparat kalsiy ionlarini saqlamaydigan 40 ml eritmada eritiladi. Odatda quyidagi asos eritmalari ishlatiladi: fiziologik eritma; glyukozaning 5% yoki 10% eritmasi; 5% levuloza eritmsi; 0,45% natriy xloridi eritmasi + 2,5% glyukoza eritmasi. Eritma 30 minut davomida yuboriladi. Peo eritmalarini, toʻgʻri kelmasligi mumkinligi tufayli, yuqorida sanab oʻtilganlardan tashqari, boshqa antibiotiklarni saqlovchi eritmalarga yoki boshqa erituvchilarga aralashtirish yoki qoʻshish mumkin emas.

Yangi tayyorlangan eritma 250S haroratda saqlanganida 6 soat davomida, sovutgichda (20S dan 80S gacha haroratda) saqlanganida 24 soat davomida ishlatiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda preparatning dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Peoni homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun boʻlgan potensial xavfdan ortiq boʻlgan holdagina qoʻllash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qoʻllashning zarurati boʻlganida, emizishni toʻxtatish masalasini hal qilish kerak.

Ehtiyot choralari

Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki qarama-qarshi allergiya boʻlishi mumkin. Preparat buyrak-jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanganida dozalash tartibini toʻgʻrilash kerak. Gemodializda seftriaksonni ozgina qismi yoʻqotiladi, biroq gemodializda boʻlgan patsiyentlarda, seftriaksonning plazmadagi konsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Preparat bilan uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Yangi tugʻilganlarga preparat qatʼiy shifokor nazorati ostida buyuriladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PEO poroshok 1g N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PEO poroshok 1g N1 o'xshash dorilari

PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g
PRAZOBAK poroshok 1g, 1,5g
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
Narxi
43 000 so'm dan
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Retseptli
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
14 100 so'm dan
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
Narxi
47 800 so'm dan
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
27 100 so'm dan

PEO poroshok 1g N1 analoglari

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma, PAO
•69 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
NIKOSEF poroshok 1,0g N1
Retseptli
NIKOSEF poroshok 1,0g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
•19 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
RAPISEF poroshok 1g N1
Retseptli
RAPISEF poroshok 1g N1
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
ABiPharm, OOO
•7 ta dorixonada bor
Narxi
43 000 so'm dan
ULTRASEF poroshok 1,0g N1
Retseptli
ULTRASEF poroshok 1,0g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Retseptli
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Ispaniya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Limited
•38 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
ROTASEF poroshok 1,0g N1
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm, Velikobritaniya proizvedeno: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
•38 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
SEFAMED poroshok 1,0g N1
SEFAMED poroshok 1,0g N1
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: E.I.P.I.Co.
•62 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•12 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•28 ta dorixonada bor
Narxi
166 800 so'm dan
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BKRS Pharma Pvt. Ltd.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan

PEO poroshok 1g N1 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
62 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
63 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
63 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
63 000 so'm
Bron qilish

PEO poroshok 1g N1 haqida savollar

PEO poroshok 1g N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil