logo
SavatKirish

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Seftriakson
Ishlab chiqaruvchi:Krasfarma, PAO
ATX kodi:J01DD04
Barcha Seftriakson dorilari
63 ta dorixonada bor
Narxi 4 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 63 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g o'xshash dorilari

SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Retseptli
SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•108 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
LEVOFEV eritma 100 ml
Retseptli
LEVOFEV eritma 100 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
•16 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
MEROBAK poroshok 1g
MEROBAK poroshok 1g
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Biokiraolishligi - 100 %, mushak ichiga (m/i) yuborilgandan so'ng maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (ТStax) - 2-3 soat, vena ichiga (v/i) yuborilgandan so'ng - infuziya oxirida. 0,5 g va 1 g dozalarda m/i yuborilgandan so'ng maksimal kontsentratsiya (Сmах) - mos ravishda 38 va 76 mkg/ml. 0,5 g, 1 g va 2 g dozalarda v/i yuborilganda Сmах - mos ravishda 82, 151 va 257 mkg/ml. Kattalarda 50 mg/kg dozada yuborilgandan 2-24 soat o'tgach orqa miya suyuqligidagi (OMS) kontsentratsiya meningitning eng keng tarqalgan qo'zg'atuvchilari uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyadan ko'p marotaba oshadi. Miya qobiqlari yallig'langanda OMS ga yaxshi kirib boradi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 83-96 %. Taqsimlanish hajmi - 0,12-0,14 l/kg (5,78-13,5 l), bolalarda - 0,3 l/kg, plazma klirensi - 0,58-1,45 l/soat, buyrak klirensi - 0,32-0,73 l/soat.

M/i yuborilgandan so'ng yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 5,8-8,7 soat, meningiti bo'lgan bolalarda 50-75 mg/kg dozada v/i yuborilgandan so'ng - 4,3-4,6 soat; gemodializda bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi (KK) 0-5 ml/daq), - 14,7 soat, KK 5-15 ml/daq bo'lganda - 15,7 soat, 16-30 ml/daq - 11,4 soat, 31-60 ml/daq - 12,4 soat.

O'zgarmagan holda - 33-67 % buyraklar orqali; 40-50 % - safro bilan ichakka chiqariladi, u yerda inaktivatsiya sodir bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda buyraklar orqali preparatning taxminan 70 % i chiqariladi. Gemodializ samarasiz.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: toshma, qichishish, isitma yoki titroq.

Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko'ngil aynishi, qusish, ta'm bilishning buzilishi, soxtamembranoz kolit.

Qon yaratish organlari tomonidan: anemiya (shu jumladan gemolitik), leykopeniya, limfopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, trombotsitoz, eozinofiliya.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: qin kandidozi, vaginit.

Mahalliy reaksiyalar: v/i yuborilganda - flebit, og'riq, vena bo'ylab qattiqlashuv; m/i yuborilganda - og'riq, issiqlik hissi, yuborish joyida taranglik yoki qattiqlashuv. Laborator ko'rsatkichlar: protrombin vaqtining uzayishi (qisqarishi), «jigar» transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, giperkreatininemiya, mochevina kontsentratsiyasining oshishi, siydikda cho'kma bo'lishi.

Boshqalar: ko'p terlash, «qizib ketishlar».

0,1 % dan kam chastotali nojo'ya reaksiyalar: abdominal og'riq, agranulotsitoz, allergik pnevmonit, anafilaksiya, bazofiliya, xolelitiaz, bronxospazm, kolit, dispepsiya, burundan qon ketishi, qorin dam bo'lishi, o't pufagi «sladj-fenomeni», glyukozuriya, gematuriya, sariqlik, leykotsitoz, limfotsitoz, monotsitoz, nefrolitiaz, yurak urishi, tirishishlar, zardob kasalligi. Postmarketing tajribasi: stomatit, glossit, oliguriya, toshma, allergik dermatit, eshakemi, shish, ko'p shaklli eritema, Stivens-Jonson sindromi, Layell sindromi.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Tseftriakson faqat statsionar sharoitida qo‘llaniladi.

Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligi birgalikda kelganda, shuningdek gemodializdagi bemorlarda plazmadagi preparat konsentratsiyasini muntazam aniqlab turish kerak.

Uzoq muddatli davolashda periferik qon manzarasini, jigar va buyrak funksional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish zarur.

Kamdan-kam hollarda o‘t pufagi UTTda qorayishlar (tseftriakson kalsiy tuzi pretsipitatlari) qayd etiladi, ular davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi. O‘t pufagi kasalligi ehtimolini ko‘rsatuvchi simptomlar yoki belgilar rivojlanganda, yoki UTTda «sladj-fenomen» belgilari mavjud bo‘lganda preparat yuborishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Preparat qo‘llanilganda, ehtimol o‘t yo‘llari obstruksiyasi oqibatida rivojlangan pankreatitning kamdan-kam holatlari tasvirlangan. Bemorlarning ko‘pchiligida o‘t yo‘llarida dimlanish xavf omillari (preparat bilan oldingi davolash, og‘ir yo‘ldosh kasalliklar, to‘liq parenteral oziqlantirish) mavjud bo‘lgan; bunda o‘t yo‘llarida tseftriakson ta'sirida pretsipitatlar hosil bo‘lishining ishga tushiruvchi rolini istisno qilib bo‘lmaydi.

Tseftriakson tarkibida N-metiltiotetrazol guruhi yo‘q, bu guruh etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda disulfiramsimon effektlar va qon ketishga moyillik chaqiradi va ba'zi tsefalosporinlarga xosdir.

Preparat qo‘llanilganda protrombin vaqti o‘zgarishining kamdan-kam holatlari tasvirlangan. K vitamini tanqisligi (sintez buzilishi, ovqatlanish buzilishi) bo‘lgan bemorlarda davolash vaqtida protrombin vaqtini nazorat qilish va davolash boshlanishidan oldin yoki davolash vaqtida protrombin vaqti uzayganda K vitamini (10 mg/haftasiga) tayinlash talab qilinishi mumkin.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasi va buyragida tseftriakson-Ca2+ pretsipitatlari to‘planishi natijasida o‘lim bilan yakunlangan reaksiyalar holatlari tasvirlangan. Nazariy jihatdan tseftriaksonning Ca2+ saqlovchi vena ichiga yuboriladigan eritmalar bilan o‘zaro ta'siri ehtimoli boshqa yosh guruhidagi bemorlarda ham mavjud, shuning uchun tseftriakson Ca2+ saqlovchi eritmalar (shu jumladan parenteral oziqlantirish uchun) bilan aralashtirilmasligi, shuningdek bir vaqtda, shu jumladan turli sohalardagi infuziya uchun alohida kirish yo‘llari orqali yuborilmasligi kerak. Nazariy jihatdan tseftriaksonning 5 ta yarim chiqarilish davri hisob-kitobiga asoslanib, tseftriakson va Ca2+ saqlovchi eritmalar yuborilishi orasidagi interval kamida 48 soatni tashkil qilishi kerak. Tseftriaksonning peroral Ca2+ saqlovchi preparatlar bilan, shuningdek mushak ichiga yuboriladigan tseftriaksonning Ca2+ saqlovchi preparatlar (vena ichiga va peroral) bilan o‘zaro ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.

Tseftriakson bilan davolashda Kumbs sinamasi, galaktozemiyaga sinama, siydikda glyukozani aniqlashda (glyukozuriyani faqat fermentativ usulda aniqlash tavsiya etiladi) soxta musbat natijalar qayd etilishi mumkin.

Anamnezni batafsil yig‘ishga qaramay, anafilaktik shok rivojlanish ehtimolini istisno qilib bo‘lmaydi, bu shoshilinch terapiyani talab qiladi - avval vena ichiga epinefrin, keyin glyukokortikosteroidlar yuboriladi.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Transport vositalari haydovchilari va diqqatni yuqori jamlash va harakatlar koordinatsiyasini talab qiluvchi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa sefalosporinlarga, penitsillinlarga, karbapenemlarga), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda giperbilirubinemiya, kalsiy ionlarini (Sa2*) saqlovchi eritmalarni v/i yuborish ko‘rsatilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar.

Ehtiyotkorlik bilan. Chala tug‘ilgan bolalar, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, yarali kolit, antibakterial dori vositalarini (DV) qo‘llash bilan bog‘liq enterit yoki kolit. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash. Seftriaksonni homiladorlikda qo‘llash, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa joizdir. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganda davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bakteriostatik antibiotiklar seftriaksonning bakteritsid samarasini pasaytiradi.

In vitro xloramfenikol bilan antagonizm.

Sag* saqlovchi eritmalar (shu jumladan Xartman va Ringer eritmasi), shuningdek amsakrin, vankomitsin, flukonazol va aminoglikozidlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.

Tarkibida N-metiltiotetrazol guruhi yo'q, shuning uchun etanol bilan o'zaro ta'sir qilganda ba'zi sefalosporinlarga xos bo'lgan disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishiga olib kelmaydi.

Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing.

Dozirovkasi
DozalashVena ichiga (v/i), mushak ichiga (m/i).

Preparatni suyultirish uchun Ca2+ saqlovchi eritmalarni ishlatmang!

Kattalarda boshlang‘ich sutkalik doza infeksiya turi va og‘irlik darajasiga qarab sutkasiga 1 marta 1-2 g ni yoki 2 qabulga bo‘lingan holda (har 12 soatda) tashkil qiladi, umumiy sutkalik doza 4 g dan oshmasligi kerak.

Laym kasalligi: kattalar va bolalarga - 50 mg/kg (lekin 2 g dan ko‘p emas) sutkasiga 1 marta 14 kun davomida. Asoratlanmagan gonoreyada - 250 mg m/i bir marta.

Operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olish uchun - operatsiya boshlanishidan 30-60 daqiqa oldin bir marta 1 g. Yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdagi operatsiyalarda qo‘shimcha ravishda 5-nitroimidazollar guruhiga kiruvchi preparatni yuborish tavsiya etiladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun doza - 20-50 mg/kg/sut.

Teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarini davolash uchun bolalarda tavsiya etilgan sutkalik doza - 50-75 mg/kg, 2 qabulga bo‘lingan holda (har 12 soatda), umumiy sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak.

Bolalarda bakterial meningitda boshlang‘ich doza - 100 mg/kg (lekin 4 g dan ko‘p emas) sutkasiga 1 marta, keyinchalik 100 mg/kg/sut (lekin 4 g dan ko‘p emas) sutkasiga 1 marta yoki 2 qabulga bo‘lingan holda (har 12 soatda). Davolash davomiyligi - 7-14 kun.

Bolalarda o‘tkir o‘rta otitni davolashda 50 mg/kg (lekin 1 g dan ko‘p emas) dozada bir marta m/i yuborish tavsiya etiladi.

Bolalarda boshqa infeksiyalarni davolashda tavsiya etilgan sutkalik doza - 50-75 mg/kg, 2 qabulga bo‘lingan holda (har 12 soatda), umumiy sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak.

Tana vazni 50 kg va undan yuqori bo‘lgan bolalarda kattalar uchun dozalar qo‘llaniladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBY) (KK 10 ml/daq dan kam) - sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak; gemodializdagi bemorlarga gemodializ seansidan keyin qo‘shimcha doza yuborish talab etilmaydi, biroq plazmadagi seftriakson konsentratsiyasini nazorat qilish zarur, chunki bunday bemorlarda uning chiqarilishi sekinlashishi mumkin (dozani to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin).

Buyrak-jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon plazmasidagi preparat konsentratsiyasini aniqlamasdan sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak.

Seftriakson bilan davolash infeksiya belgilari va simptomlari yo‘qolganidan keyin kamida yana 2 kun davom ettirilishi kerak. Davolash kursi odatda 4-14 kunni tashkil qiladi; asoratlangan infeksiyalarda uzoqroq yuborish talab qilinishi mumkin. Streptococcus pyogenes chaqirgan infeksiyalarda davolash kursi kamida 10 kunni tashkil qilishi kerak.

Eritmalarni tayyorlash va yuborish: faqat yangi tayyorlangan eritmalarni ishlatish kerak. M/i yuborish uchun 1 g preparat 3,5 ml 1% li lidokain eritmasida eritiladi. Bir dumbaga 1 g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yuborish tavsiya etiladi.

V/i inyeksiya uchun 1 g preparat 10 ml inyeksiya uchun suvda eritiladi. V/i sekin (2-4 daqiqa) yuboriladi.

V/i infuziyalar uchun 2 g preparat Ca2+ saqlamaydigan 40 ml eritmada (0,9% natriy xlorid eritmasi, 5-10% dekstroza eritmasi, 5% levuloza eritmasi) eritiladi.

50 mg/kg va undan yuqori dozalar v/i tomchilab, 30 daqiqa davomida yuborilishi kerak.

Lidokain eritmasini hech qachon vena ichiga yuborish mumkin emas!Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ongning chalkashishi, talvasalar.

Davolash: simptomatik. Gemodializ va peritoneal dializ samarasiz.

Seftriakson boshqa chiqarish shakllari

SEFTRIAKSON UNI poroshok 1,0g N5
Retseptli
SEFTRIAKSON UNI poroshok 1,0g N5
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
Unimed Group Corp proizvedeno Yevro Medikal Britano-Gruzinskoe proizvodstvo,OOO
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 5ml N2
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 5ml N2
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Bioximik, PAO
SEFTRIAKSON 1,0 FLAK V/V V/M IND/UP /SINTEZ/
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 FLAK V/V V/M IND/UP /SINTEZ/
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
SEFTRIAKSON poroshok 1.0g N1
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1.0g N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biosintez, PAO
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
Retseptli
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Borshagovskiy XFZ, PAO, NPS
•108 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
SEFTRIAKSON UNI poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFTRIAKSON UNI poroshok 1,0g N1
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
Unimed Group Corp proizvedeno Yevro Medikal Britano-Gruzinskoe proizvodstvo,OOO
SEFTRIAKSON SRN poroshok 1,0g
Retseptli
SEFTRIAKSON SRN poroshok 1,0g
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co, Ltd po zakazu B.V.Chemie Pharmacie Holland
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 1,0g N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
SEFTRIAKSON LP poroshok 1g N50
Retseptli
SEFTRIAKSON LP poroshok 1g N50
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Nanjing Pharmacare Co., Ltd, Kitay proizvedeno: Beijing Unisplendor Pharmaceutical Co., Ltd
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 500mg N1
Retseptli
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 500mg N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
SEFTRIAKSONA NATRIYA poroshok 1,0g N10
Retseptli
SEFTRIAKSONA NATRIYA poroshok 1,0g N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
CHINA MEHECO Corporation, Kitay proizvedeno: Hainan General Sanyang Pharmaceutical Co., Ltd.

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g analoglari

AZARAN 1,0 poroshok N10
AZARAN 1,0 poroshok N10
Xitoy/Serbiya
Ishlab chiqaruvchi:
SiEsPiSi OUI FARMASYUTIKAL Ko., Ltd/Xemofarm A.D.
ROSEFIN 1,0 poroshok 3,5ml
ROSEFIN 1,0 poroshok 3,5ml
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
F.Xoffmann-Lya Rosh LTD
ROSEFIN 1,0 poroshok 10ml
ROSEFIN 1,0 poroshok 10ml
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
F.Xoffmann-Lya Rosh LTD
SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10
Retseptli
SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10
Portugaliya
Ishlab chiqaruvchi:
«Labesfal Laboratorios Almiro, S.A.»
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 5ml N2
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 5ml N2
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Bioximik, PAO
SEFTRIAKSON 1,0 FLAK V/V V/M IND/UP /SINTEZ/
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 FLAK V/V V/M IND/UP /SINTEZ/
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok dlya ineksiy
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok dlya ineksiy
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma, PAO
SEFTRIAKSON 1,0 inyeksiya uchun
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 inyeksiya uchun
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma OAO
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N20
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 1,0g N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N1
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Bioximik, PAO

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g haqida savollar

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil