vodorod perikisi eritma 100ml 3%

vodorod perikisi eritma 100ml 3% o'xshash dorilari


vodorod perikisi eritma 100ml 3% qo'llanmasi
O'rganilmagan.
Jarohatga ishlov berish vaqtida achishish hissi, allergik reaksiyalar.
Chayish uchun uzoq muddat (1 oydan ortiq) qo‘llanilganda til so‘rg‘ichlari gipertrofiyasi, sezuvchanlik yo‘qolishi mumkin.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya effektlar kuchaysa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya effektlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Faqat sirtga va mahalliy qo‘llash uchun. Preparatni okklyuzion bog‘lamlar ostida ishlatish tavsiya etilmaydi. Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Bo‘shliqlarni va teshilgan yaralarni yuvish uchun qo‘llanilmasin.
Yarani vodorod peroksidi eritmasi bilan ishlash qoqshol va boshqa yara infeksiyalaridan zararlanishdan kafolat bermaydi.
3% li eritma toksikologik amaliyotda kaliy permanganat bilan zaharlanishda antidot sifatida (3% li sirka kislotasi eritmasi bilan kombinatsiyada) ichga qo‘llaniladi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va buyrak dekompensatsiyalangan kasalliklari, gipertireoz, gerpetiform dermatit.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Dori vositasi homiladorlik va emizish davrida, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llaniladi
Vodorod peroksidi eritmasi ishqoriy muhitda, metall tuzlari, ba'zi oksidlovchilarning murakkab radikallari ishtirokida, shuningdek yorug'lik va issiqlik ta'sirida beqaror.
Mahalliy (og'iz bo'shlig'i va tomoqni chayish, shilliq qavatlarga surtish uchun) 0,25% li eritma ko'rinishida (3% li eritma suv bilan 1:11 nisbatda suyultiriladi) qo'llaniladi. Davolash davomiyligi 7 kungacha.
Suyultirilmagan eritma shilliq qavatlarga ishlov berish uchun qo'llanilmasin! Teri yoki shilliq qavatning shikastlangan joylariga preparat eritmasi bilan namlangan paxta yoki doka tampon bilan ishlov beriladi. Tamponlarni pinset bilan ushlash kerak. Jarohat yuzasiga oqim bilan purkash mumkin.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish simptomlari: yuqori nafas yo'llarining ta'sirlanishi (kuyish, laringobronxospazm); ichga tushganda - oshqozon-ichak trakti shilliq qavatlarining ta'sirlanishi, gemoliz, gemoglobinuriya; o'lim dozasi - taxminan 3 g.
Davolash: oshqozonni 0,5% li natriy tiosulfat eritmasi, natriy gidrokarbonat eritmalari bilan yuvish, vena ichiga natriy tiosulfat 30% - 300 ml gacha.
Perekis vodoroda boshqa chiqarish shakllari

vodorod perikisi eritma 100ml 3% analoglari





















