vodorod perikisi eritma 100ml 3%

vodorod perikisi eritma 100ml 3% o'xshash dorilari


vodorod perikisi eritma 100ml 3% qo'llanmasi
O'rganilmagan.
Jarohatga ishlov berish vaqtida achishish, allergik reaksiyalar.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya effektlar kuchaysa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa har qanday nojo‘ya effektlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Preparatni okklyuzion bog‘lamlar ostida ishlatish tavsiya etilmaydi.
Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak!
Bo‘shliqlarni yuvish uchun qo‘llanilmasin!
Yarani vodorod peroksidi eritmasi bilan ishlash qoqshol va boshqa yara infeksiyasidan zararlanishdan kafolat bermaydi.
3% li eritma toksikologik amaliyotda kaliy permanganat bilan zaharlanishda antidot sifatida (3% li sirka kislotasi eritmasi bilan kombinatsiyada) ichga qo‘llaniladi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) ta'sir qilmaydi.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va buyrak dekompensatsiyalangan kasalliklari, gipertireoz. gerpetiform dermatit.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Vodorod peroksidi eritmasi ishqoriy muhitda, metall tuzlari, ba'zi oksidlovchilarning murakkab radikallari ishtirokida, shuningdek yorug'lik va issiqlik ta'sirida beqaror.
Suyultirilmagan eritma shilliq qavatlarga ishlov berish uchun qo'llanilmaydi.
Teri yoki shilliq qavatning shikastlangan joylariga preparat eritmasi bilan namlangan paxta yoki doka tampon bilan ishlov beriladi. Tamponlarni pinset bilan ushlash kerak. Jarohat yuzasiga oqim bilan purkash mumkin.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: yuqori nafas yo'llarining ta'sirlanishi (kuyish, laringo-bronxospazm): ichga tushganda - oshqozon-ichak trakti shilliq qavatlarining ta'sirlanishi, gemoliz, gemoglobinuriya; o'lim dozasi - taxminan 3 g.
Davolash: oshqozonni 0,5% li natriy tiosulfat eritmasi, natriy gidrokarbonat eritmalari bilan yuvish, vena ichiga natriy tiosulfat 30% 300 ml gacha.
Perekis vodoroda boshqa chiqarish shakllari

vodorod perikisi eritma 100ml 3% analoglari





















