PERTUSSIN EKO sirop 100ml

PERTUSSIN EKO sirop 100ml o'xshash dorilari



PERTUSSIN EKO sirop 100ml qo'llanmasi
ma'lumotlar mavjud emas.
Balg'am ko'chiruvchi
Allergik reaksiyalar, zarda bo‘lishi mumkin.
preparat 8-11 % etanol saqlaydi. Absolyut spirt miqdori: 1 choy qoshiqda (5 ml) 0,43 g gacha,
1 desert qoshiqda (10 ml) - 0,87 g gacha, 1 osh qoshiqda (15 ml) - 1,3 g gachani tashkil qiladi.
Kattalar uchun preparatning maksimal sutkalik dozasida - 3 osh qoshiq (45 ml) - 3,9 g gacha absolyut etil spirti saqlanadi.
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ko‘rsatma:
preparatning 1 choy qoshig‘ida (5 ml) saxaroza miqdori taxminan 0,32 XE ga to‘g‘ri keladi,
1 desert qoshiqda (10 ml) - taxminan 0,64 XE; 1 osh qoshiqda - taxminan 0,96 XE.
preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati,
bosh miya kasalliklari, epilepsiya, surunkali yurak yetishmovchiligi (dekompensatsiya bosqichida),
homiladorlik, emizish davri, fruktoza o‘zlashtira olmaslik, saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi,
glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi, bolalar yoshi (3 yoshgacha).
Ehtiyotkorlik bilan: qandli diabet; 3 yoshdan katta bolalar (preparat tarkibida etanol mavjudligi sababli).
Preparatni yo'talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas,
chunki bu suyulgan balg'amning yo'talib chiqarilishini qiyinlashtiradi.
Kattalarga - 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta;
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1/2-1 choy qoshiqdan kuniga 3 marta;
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1-2 choy qoshiqdan kuniga 3 marta;
12 yoshdan katta bolalarga - 1 desert qoshiqdan kuniga 3 marta.
Davolash kursi 10-14 kun. Davolash davomiyligini uzaytirish va takroriy kurslarni o'tkazish
shifokor tavsiyasiga ko'ra mumkin.Dozani oshirib yuborishpreparat dozasini oshirib yuborish holatida ko'ngil aynishi mumkin.
Davolash: simptomatik.
Pertussin boshqa chiqarish shakllari






