PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N10

PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng MITYdan yaxshi so'riladi. Plazmadagi Cmax 90 daqiqadan keyin qayd etiladi. Plazmada prednizolonning katta qismi transkortin (kortizol bog'lovchi globulin) bilan bog'lanadi. Asosan jigarda metabollanadi.
T taxminan 200 daqiqani tashkil qiladi. Buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi - 20%.
Farmakologik ta'siri
GKS. Leykotsitlar va to‘qima makrofaglari faoliyatini bostiradi. Leykotsitlarning yallig‘lanish sohasiga migratsiyasini cheklaydi. Makrofaglarning fagotsitoz qobiliyatini, shuningdek interleykin-1 hosil bo‘lishini buzadi. Lizosomal membranalar barqarorlashuviga yordam beradi, shu bilan yallig‘lanish sohasida proteolitik fermentlar konsentratsiyasini pasaytiradi. Gistamin ajralib chiqishi bilan bog‘liq kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Fibroblastlar faolligini va kollagen hosil bo‘lishini bostiradi.
Fosfolipaza A faolligini ingibitsiya qiladi, bu prostaglandinlar va leykotrienlar sintezi bostirilishiga olib keladi. TsOG (asosan TsOG-2) ajralib chiqishini bostiradi, bu ham prostaglandinlar ishlab chiqarilishi kamayishiga yordam beradi.
Aylanib yuruvchi limfotsitlar (T- va B-hujayralar), monotsitlar, eozinofillar va bazofillar sonini ularning tomir o‘zanidan limfoid to‘qimaga ko‘chishi oqibatida kamaytiradi; antitanachalar hosil bo‘lishini bostiradi.
Prednizolon gipofiz tomonidan AKTG va β-lipotropin ajralib chiqishini bostiradi, ammo aylanib yuruvchi β-endorfin darajasini pasaytirmaydi. TTG va FSG sekretsiyasini susaytiradi.
Bevosita tomirlarga qo‘yilganda vazokonstriktor samara ko‘rsatadi.
Prednizolon uglevodlar, oqsillar va yog‘lar metabolizmiga yaqqol dozaga bog‘liq ta’sirga ega. Glyukoneogenezni rag‘batlantiradi, jigar va buyraklar tomonidan aminokislotalar qamrab olinishiga yordam beradi va glyukoneogenez fermentlari faolligini oshiradi. Jigarda prednizolon glikogensintetaza faolligini va oqsil almashinuvi mahsulotlaridan glyukoza sintezini rag‘batlantirib, glikogen to‘planishini kuchaytiradi. Qonda glyukoza miqdori oshishi insulin ajralib chiqishini faollashtiradi.
Prednizolon yog‘ hujayralari tomonidan glyukoza qamrab olinishini bostiradi, bu lipoliz faollashuviga olib keladi. Biroq insulin sekretsiyasi ortishi oqibatida lipogenez rag‘batlantirilishi ro‘y beradi, bu yog‘ to‘planishiga yordam beradi.
Limfoid va biriktiruvchi to‘qima, mushaklar, yog‘ to‘qimasi, teri, suyak to‘qimasida katabolik ta’sir ko‘rsatadi. Gidrokortizonga qaraganda kamroq darajada suv-elektrolit almashinuvi jarayonlariga ta’sir qiladi: kaliy va kalsiy ionlari chiqarilishiga, organizmda natriy ionlari va suv ushlanib qolishiga yordam beradi. Osteoporoz va Itsenko-Kushing sindromi GKS bilan uzoq muddatli davolashni cheklovchi asosiy omillar hisoblanadi. Katabolik ta’sir natijasida bolalarda o‘sishning bostirilishi mumkin.
Yuqori dozalarda prednizolon miya to‘qimalari qo‘zg‘aluvchanligini oshirishi mumkin va tirishishga tayyorgarlik ostonasi pasayishiga yordam beradi. Me’dada xlorid kislota va pepsinning ortiqcha ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, bu peptik yara rivojlanishiga olib keladi.
Tizimli qo‘llanilganda prednizolonning terapevtik faolligi yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, immunodepressiv va antiproliferativ ta’sir bilan bog‘liq.
Sirtga va mahalliy qo‘llanilganda prednizolonning terapevtik faolligi yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va antiekssudativ (vazokonstriktor samara tufayli) ta’sir bilan bog‘liq.
Gidrokortizon bilan solishtirganda prednizolonning yallig‘lanishga qarshi faolligi 4 baravar yuqori, mineralokortikoid faolligi 0,6 baravar kam.
Nojo'ya samaralari
Endokrin tizimi tomonidan: hayz siklining buzilishi, buyrak usti bezlari funksiyasining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi, gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funksiyasining bostirilishi, uglevodlarga tolerantlikning pasayishi, steroidli diabet yoki latent qandli diabetning namoyon bo'lishi, bolalarda o'sishning sekinlashishi, bolalarda jinsiy rivojlanishning kechikishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning steroidli yarasi, pankreatit, ezofagit, MITY dan qon ketish va perforatsiya, ishtahaning oshishi yoki pasayishi, meteorizm, hiqichoq. Kamdan-kam hollarda - jigar transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan: oqsillar katabolizmi tufayli manfiy azot balansi, organizmdan kaltsiy chiqarilishining kuchayishi, gipokalsemiya, tana vaznining oshishi, ko'p terlash.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kaliy yo'qotilishi, gipokaliyemik alkaloz, aritmiya, bradikardiya (yurak to'xtashigacha); steroidli miopatiya, yurak yetishmovchiligi (rivojlanishi yoki simptomlarning kuchayishi), gipokaliyemiyaga xos bo'lgan EKG o'zgarishlari, AB oshishi, giperkoagulyatsiya, trombozlar. O'tkir miokard infarkti bo'lgan bemorlarda - nekroz o'chog'ining tarqalishi, chandiq to'qimasining shakllanishining sekinlashishi, bu yurak mushagining yorilishiga olib kelishi mumkin.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: bolalarda o'sish va suyaklanish jarayonlarining sekinlashishi (epifizar o'sish zonalarining muddatidan oldin yopilishi), osteoporoz (juda kam hollarda - patologik sinishlar, yelka va son suyagi boshchasining aseptik nekrozi), mushak paylarining uzilishi, mushak holsizligi, steroidli miopatiya, mushak massasining kamayishi (atrofiya).
Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, kalla suyagi ichki bosimining oshishi, deliriy, dezorientatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal-depressiv psixoz, depressiya, asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi, vertigo, miyacha soxta o'smasi, talvasa xurujlari.
Ko'rish organi tomonidan: orqa subkapsulyar katarakta, ko'z ichki bosimining oshishi (ko'rish nervining shikastlanishi bilan), shox pardaning trofik o'zgarishlari, ekzoftalm, ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishiga moyillik (bakterial, zamburug'li, virusli).
Teri va teri osti-yog' kletchatkasi tomonidan: petexiyalar, ekximozlar, terining yupqalashishi va mo'rtligi, giper- yoki gipopigmentatsiya, husnbuzarlar, striyalar, piodermiya va kandidoz rivojlanishiga moyillik.
Immunodepressiv ta'sir bilan bog'liq reaksiyalar: regeneratsiya jarayonlarining sekinlashishi, infeksiyalarga chidamlilikning pasayishi.
Parenteral yuborilganda: ayrim hollarda anafilaktik va allergik reaksiyalar, giper- yoki gipopigmentatsiya, teri va teri osti kletchatkasi atrofiyasi, bo'g'im ichiga qo'llanilgandan keyin zo'rayish, Sharko tipidagi artropatiya, steril abssesslar, bosh sohasidagi o'choqlarga yuborilganda - ko'rlik.
Maxsus saqlash sharoitlari
Virusli, zamburug'li yoki bakterial tabiatli parazitar va yuqumli kasalliklarda (hozirgi vaqtda yoki yaqinda o'tkazilgan, shu jumladan bemor bilan yaqinda bo'lgan muloqot) - oddiy gerpes, o'rab oluvchi gerpes (viremik faza), suvchechak, qizamiq, amebiaz, strongiloidoz (aniqlangan yoki gumon qilingan), tizimli mikoz; faol va latent sil kasalligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Og'ir yuqumli kasalliklarda qo'llashga faqat maxsus terapiya fonida yo'l qo'yiladi.
Emlashdan oldin 8 hafta va keyin 2 hafta davomida, BSJ emlashdan keyingi limfadenitda, immunitet tanqisligi holatlarida (shu jumladan OITS yoki OIV infektsiyalanganlik) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Me'da-ichak yo'llari kasalliklarida: me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, ezofagit, gastrit, o'tkir yoki latent peptik yara, ichakning yaqinda hosil qilingan anastomozi, teshilish yoki abstsesslanish xavfi bo'lgan nospetsifik yarali kolit, divertikulitda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida, shu jumladan yaqinda o'tkazilgan miokard infarktidan keyin (o'tkir va o'tkir osti miokard infarkti bo'lgan bemorlarda nekroz o'chog'ining tarqalishi, chandiq to'qimasi shakllanishining sekinlashishi va buning natijasida yurak mushagining yorilishi mumkin), dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligida, arterial gipertenziyada, giperlipidemiyada), endokrin kasalliklarda - qandli diabet (shu jumladan uglevodlarga tolerantlikning buzilishi), tireotoksikoz, gipotireoz, Itsenko-Kushing kasalligi, og'ir surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, nefrourolitiazda, gipoalbuminemiyada va uning paydo bo'lishiga moyillik tug'diruvchi holatlarda, tizimli osteoporoz, miasteniya, o'tkir psixoz, semizlikda (III-IV daraja), poliomiyelitda (bulbar ensefalit shakli bundan mustasno), ochiq va yopiq burchakli glaukomada ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Bo'g'im ichiga yuborish zarurati bo'lganda umumiy og'ir holati bo'lgan, oldingi 2 ta yuborishning samarasizligi (yoki ta'sirining qisqa muddatliligi) bo'lgan bemorlarda (qo'llanilgan GKS ning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Davolash vaqtida (ayniqsa uzoq muddatli) okulist kuzatuvi, AB va suv-elektrolit balansi, shuningdek periferik qon manzarasi, qondagi glyukozani nazorat qilish zarur; nojo'ya ta'sirlarni kamaytirish maqsadida anabolik steroidlar, antibiotiklar tayinlash, shuningdek organizmga kaliy kirishini oshirish (parhez, kaliy preparatlari) mumkin. Prednizolon bilan davolash kursidan so'ng AKTG yuborish zarurligini aniqlashtirish tavsiya etiladi (teri sinamasi o'tkazilgandan so'ng!).
Addison kasalligida barbituratlar bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.
Davolash to'xtatilgandan so'ng bekor qilish sindromi, buyrak usti bezi yetishmovchiligi, shuningdek prednizolon tayinlangan kasallikning zo'rayishi yuzaga kelishi mumkin.
Interkurrent infektsiyalarda, septik holatlarda va sil kasalligida bir vaqtda antibiotikoterapiya o'tkazish zarur.
O'sish davridagi bolalarda GKS ni faqat mutlaq ko'rsatmalar bo'yicha va shifokorning sinchkov nazorati ostida qo'llash kerak.
Sirtga 14 kundan ortiq qo'llash kerak emas. Oddiy yoki pushti husnbuzarlarda qo'llanilganda kasallik zo'rayishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qisqa muddatli qo'llash uchun - prednizolonga yuqori sezuvchanlik.
Bo'g'im ichiga yuborish va bevosita shikastlanish o'chog'iga yuborish uchun: oldingi artroplastika, patologik qonash (endogen yoki antikoagulyantlarni qo'llash chaqirgan), suyakning bo'g'im ichi sinishi, bo'g'imdagi infeksion (septik) yallig'lanish jarayoni va periartikulyar infeksiyalar (shu jumladan anamnezda), shuningdek umumiy infeksion kasallik, yaqqol bo'g'im oldi osteoporozi, bo'g'imda yallig'lanish belgilarining yo'qligi ("quruq" bo'g'im, masalan sinovitsiz osteoartrozda), bo'g'imning yaqqol suyak destruksiyasi va deformatsiyasi (bo'g'im yorig'ining keskin torayishi, ankiloz), artrit oqibati sifatidagi bo'g'im beqarorligi, bo'g'imni hosil qiluvchi suyaklar epifizlarining aseptik nekrozi.
Sirtqi qo'llash uchun: bakterial, virusli, zamburug'li teri kasalliklari, teri sili, zaxmning teri ko'rinishlari, teri o'smalari, emlashdan keyingi davr, teri qoplamalari butunligining buzilishi (yaralar, jarohatlar), bolalar yoshi (2 yoshgacha, anus sohasidagi qichishishda - 12 yoshgacha), rozatsea, oddiy husnbuzarlar, perioral dermatit.
Oftalmologiyada qo'llash uchun: ko'zning bakterial, virusli, zamburug'li kasalliklari, ko'zning sil shikastlanishi, traxoma, ko'z epiteliysi butunligining buzilishi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Salitsilatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketishlar yuzaga kelishi ehtimoli oshishi mumkin.
Diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda elektrolitlar almashinuvi buzilishlarining chuqurlashishi mumkin.
Gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qonda glyukoza darajasi pasayishi tezligi kamayadi.
Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda glikozidli intoksikatsiya rivojlanish xavfi kuchayadi.
Rifampitsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda rifampitsinning terapevtik ta'siri susayishi mumkin.
Gipotenziv vositalar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning samaradorligi pasayishi mumkin.
Kumarin hosilalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda antikoagulyant samara susayishi mumkin.
Rifampitsin, fenitoin, barbituratlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda prednizolon ta'siri susayishi mumkin.
Gormonal kontraseptivlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda - prednizolon ta'siri kuchayadi.
Asetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda qonda salisilatlar miqdori kamayishi mumkin.
Prazikvantel bilan bir vaqtda qo'llanilganda qonda uning konsentratsiyasi kamayishi mumkin.
Boshqa GKS, androgenlar, estrogenlar, peroral kontraseptivlar va steroid anaboliklar bir vaqtda qo'llanilishi girsutizm va husnbuzarlar paydo bo'lishiga yordam beradi. GKS fonida antipsixotik vositalar, karbutamid va azatioprin qo'llanilganda katarakta rivojlanish xavfi oshadi.
m-xolinoblokatorlar (shu jumladan antigistamin preparatlar, tritsiklik antidepressantlar), nitratlar bilan bir vaqtda tayinlash ko'z ichi bosimi oshishi rivojlanishiga yordam beradi.
Dozirovkasi
Muayyan preparatni qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan preparatning dori shakli foydalanish ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy mos kelishiga rioya qilish kerak.
PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N10 o'xshash dorilari

Prednizolon boshqa chiqarish shakllari


PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N10 analoglari






{
"data": {
"id": 62605,
"stores_apteka_id": 497487,
"slug": "prednizolon-tabletki-5-mg-n10",
"stores_apteka_slug": "prednizolon-5mg-tab-n10",
"name": "PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N10",
"brand_name": "PREDNIZOLON",
"image": "uploads/iblock/936/9360261bf8b312ddb2c37857b4931775.webp",
"atx_code": "H02AВ06",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "UZXIMFARM, AO (upakov.) Rusan Pharma Ltd.,Indiya (proiz.)",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 486,
"slug": "gormonalnye",
"name": "Gormonal vositalar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 7743,
"slug": "prednizolon",
"name": "Prednizolon"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5940,
"slug": "prednizolon",
"name": "Prednizolon"
}
],
"tags": []
}
}










