Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Shamollash va gripp  / RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5

RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:

OʼRK «shamollash» simptomlarini bartaraf etish uchun vosita (analьgetik nonarkotik vosita+psixostimulyatori vosita+alьfa-adrenostimulyator + N1–gistamin retseptorlarining blokatori).

Ishlab chiqaruvchi:Shreya Layf Saensiz Pvt Ltd
Teglar:Grippdan
ATX kodi:R05CB10
Barcha Rinikold dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

Quruq joyda, 25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retsept boʼyicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
Har bir paketcha (sashe) (5 g) quyidagilarni saqlaydi: 
faol moddalar: 750 mg paratsetamol, 20 mg feniramin maleati, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 30 mg kofein;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, suvsiz limon kislotasi, suvsiz natriy sitrati, aspartam, suvsiz laktoza, mannitol, dinatriy edetati, layma aromatizatori, sariq xinolin boʼyovchisi, apelьsin aromatizatori, shafaq-sariq boʼyovchisi, ananas aromatizatori.

Chiqarilish shakli 
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (ananasli, apelьsinli, limonli) (sashe). 5 g dan uch qavatli material: qogʼoz/alyuminiy folьga/polietilen paketchalarda (sashe). 5, 10 yoki 50 paketchadan (sashe) tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Majmuaviy preparatdir. Paratsetamol isitmani tushiruvchi va ogʼriqni qoldiruvchi taʼsir koʼrsatadi: «shamollash» kasalliklarida kuzatiladigan ogʼriq sindromini, tomoq ogʼrigʼini, bosh ogʼrigʼini, mushak va boʼgʼim ogʼrigʼini kamaytiradi, yuqori haroratni pasaytiradi. Fenilefrin qon tomirlarni toraytiruvchi taʼsir koʼrsatadi – nafas yoʼllarining yuqori boʼlimlari va yondosh boʼshliqlarining shilliq qavatining shishini va giperemiyasini kamaytiradi. Feniramin allergiyaga qarshi taʼsir koʼrsatadi: koʼzlar, burun va tomoqning qichishishini, burun, tomoq va burunning yondosh boʼshliqlari shilliq qavatini shishini va giperemiyasini bartaraf qiladi, ekssudativ koʼrinishlarni kamaytiradi. Kofein markaziy nerv tizimiga ragʼbatlantiruvchi taʼsirga ega, bu charchoqni va uyquchanlikni kamayishiga, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol oshqozon-ichak traktidan toʼliq va tez soʼriladi.
Preklinik va klinik sharoitlarda 30-60 daqiqa ichida plazmada maksimal kontsentratsiyasiga erishadi va absorbtsiya 4 soatda yakunlanadi. Uning yarimchikarilish davri taxminan terapevtik dozalardan 2 soatdan keyin hisoblanadi. Bu tana suyuqliklari boʼylab teng taqsimlanadi. Jigarda keng metabolizmga uchraydi. Preparatning taxminan 
4% glutation kuchsizlanishi uchun masʼul boʼlgan yuqori reaktiv oraliq hosil qilish uchun metabolizatsiyaga uchraydi.
Fenilefrin ogʼiz orqali qabul qilinganda past biokiraolishlikka ega, chunki fenilefrinning absorbtsiyasi tartibsiz boʼlib, ichak va jigardan birlamchi oʼtishida monoaminoksidaza metabolizmga uchraydi.
Feniramin ogʼiz orqali yuborilgandan soʼng qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga 1-2,5 soatda yetadi. Yakuniy yarim chiqarilishi ogʼiz orqali qabuldan soʼng, 16 - 19 soatdan keyin amalga oshadi. U tana suyuqliklarida keng tarqalgan boʼlib, ogʼiz orqali qabul qilingan dozasining 84% gacha siydik orqali chiqariladi.
Kofein ogʼiz orqali qabul qilinganda osongina soʼriladi va tanada keng tarqaladi. Markaziy asab tizimiga va soʼlakka osongina oʼtadi. U deyarli butunlay oksidlanish orqali jigarda metabollanadi va siydik orqali chiqariladi. Yarim chikarilish davri taxminan 
3 dan 7 soatgacha. Yarim parchalanishi chekish orqali va jismoniy mashqlar orqali kamayadi. Jigar disfunktsiyasi vaqtida ortadi,masalan virusli gepatitda va homiladorlik davrida. Yarim parchalanishga qarilik yoki semizlik taʼsir qilmaydi.

Farmakoterapevtik guruh

OʼRK «shamollash» simptomlarini bartaraf etish uchun vosita (analьgetik nonarkotik vosita+psixostimulyatori vosita+alьfa-adrenostimulyator + N1–gistamin retseptorlarining blokatori).

Nojo'ya samaralari

Аllergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish. 
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquga ketishni buzilishi, yuqori qoʼzgʼaluvchanlik. 
Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya. 
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʼngil aynishi, qusish, epigastral sohada ogʼriq, ogʼizni qurishi, gepatotoksik taʼsiri. 
Sezgi aʼzolari tomonidan: midriaz, akkomodatsiya falaji, koʼz ichki bosimini oshishi. Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, agranulotsitoz. 
Boshqalar: bronxospazm, siydikni tutilishi kuzatilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni qabul qilishdan oldin quyidagi hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak: metoklopramid, domperidon, kolestiramin, antikoagulyantlarni (varfarin) qabul qilish.
Davolanish davrida alkogolni, uxlatuvchi va anksiolitik (trankvilizator) dori vositalarni qabul qilishdan saqlanish kerak. Paratsetamol saqlovchi boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilinmasin. Diqqatni jamlashni, harakat va ruxiy reaktsiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Аgar kasallikning simptomlari 3-5 kun davomida oʼtib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Jigarning toksik shikastlanishiga yoʼl qoʼymaslik uchun paratsetamolni alkogolli ichimliklarini qabul qilish bilan qoʼshish, shuningdek alkogolni surunkali isteʼmol qilishga moyil shaxslar qabul qilishlari mumkin emas.

Qo'llanilishi

«Shamollash» kasalliklari, gripp, OʼRVI (isitmali va ogʼriqli sindrom, rinoreya) ni simptomatik davolashda qoʼllanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Paratsetamolga va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik; preparatning tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi boshqa dori vositalarni qabul qilish; tritsiklik antidepressantlarni, beta-adrenoblokatorlarni, MАO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish, shu jumladan bekor qilinganidan keyin 14 kungacha boʼlgan davrda; homiladorlik, laktatsiya davri; bolalarda (15 yoshgacha) qoʼllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan
Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, arterial gipertenziya, tireotoksikoz, feoxromotsitoma, qandli diabet va nasliy qandning soʼrilishini buzilishlari, bronxial astma, oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tanqisligi, tugʼma giperbilirubinemiyalar (Jilьber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari) jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezining giperplaziyasida extiyotkorlik bilan qoʼllash lozim.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

MАO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning taʼsirini kuchaytiradi. Аntidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydikni tutilishi, ogʼizni qurishi, qabziyatlarni rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol urikozurik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MАO ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda gipertonik krizga, qoʼzgʼalishga, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Galotanni bir vaqtda buyurilishi qorinchalar aritmiyasining rivojlanishi xavfini oshiradi. Fenilefrin guanetidinning gipotenziv samarasini pasaytiradi. Guanetidin fenilefrinning alьfa-adrenostimulyator samarasini, tritsiklik antidepressantlar esa simpatomimetik samarasini kuchaytiradi.
Preparat barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin va jigarning mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari bilan bir vaqtda buyurilganida, paratsetamolning gepatotoksik taʼsirining rivojlanishi xavfini oshiradi.

Ta'rifi

Limonli kukun: sargʼish tusli deyarli oq rangli, oq dogʼlari boʼlgan sochiluvchan kukun. 200 ml issiq suvda eritilganda biroz yashil tusli sariq rangli, limon hidli, tovlanuvchi eritma hosil boʼladi.
Аpelsinli kukun: pushti tusli deyarli oq rangli, oq dogʼlari boʼlgan sochiluvchan kukun. 
200 ml issiq suvda eritilganda toʼq sariq rangli, apelьsin hidli eritma hosil boʼladi.
Аnanasli kukun: och-sariq rangli, oq dogʼlari boʼlgan sochiluvchan kukun. 200 ml issiq suvda eritilganda yashil-sariq rangli, ananas hidli eritma hosil boʼladi.

Dozirovkasi

1 sashening (paketcha) ichidagisi stakanga toʼkiladi, issiq suv quyiladi, toʼliq erigunicha aralashtiriladi va ichiladi (xohishga qarab qand yoki asal qoʼshish mumkin). Preparat katta miqdordagi suyuqlik bilan ovqat qabul qilinganidan keyin 1-2 soat oʼtgach qabul qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketchadan sutkada 3-4 marta, qabul qilishlar orasida 4-6 soatlik interval bilan. Maksimal sutkalik doza – 4 paketcha.
Preparatni shifokorning koʼrsatmasi va kuzatuvisiz ogʼriqni qoldiruvchi sifatida besh kundan ortiq va isitmani tushiruvchi sifatida uch kundan ortiq qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Preparatning sutkalik dozasini yoki davolash davomiyligini faqat shifokorning kuzatuvi ostida oshirish mumkin. Koʼrsatilgan dozani oshirmang. Doza oshirib yuborilganida, xatto agarda oʼzingizni yaxshi xis qilayotgan boʼlsangiz ham, darhol shifokorga murojaat qiling.

Dozani oshirib yuborilishi

Odatda paratsetamol bilan bogʼliq va 10-15 g dan ortiq paratsetamol qabul qilinganidan keyin namoyon boʼladi. Simptomlari: teri qoplamalarining oqarishi, anoreksiya, koʼngil aynishi, qusish; «jigar» transaminazalarining faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi. Dozani oshirib yuborilishi hollarida shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash: keyingi faollashtirilgan koʼmir buyurish bilan meʼdani yuvish; simptomatik davolash, doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat oʼtgach metionin va 12 soat oʼtgach N-atsetiltsistein yuborish.

Ehtiyot choralari

Jigarning toksik shikastlanishiga yoʼl qoʼymaslik uchun paratsetamolni alkogolli ichimliklarini qabul qilish bilan qoʼshish, shuningdek alkogolni surunkali isteʼmol qilishga moyil shaxslar qabul qilishlari mumkin emas.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Yaroqlilik muddati tugagandan soʼng qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5 o'xshash dorilari

ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•73 ta dorixonada bor
Narxi
54 420 so'm dan
Narxi
68 880 so'm dan

RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5 xususiyatlari

Rinikold boshqa chiqarish shakllari

RINIKOLD tabletkalari N100
Retseptsiz
RINIKOLD tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences Pvt. Ltd.
Narxi
100 000 so'm dan
Analoglar RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5
Analoglari yo'q

RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5 haqida savollar

RINIKOLD XOTMIKS limon ta’mli kukun N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil