SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2%

SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2% qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Sirtga qo‘llash uchun vosita. Keratolitik, antiseptik, mahalliy ta’sirlovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ va ter bezlari sekretsiyasini bostiradi.
Nojo'ya samaralari
Individual o'zlashtira olmaslik, allergik reaksiyalar; mahalliy reaksiyalar (achishish, qichishish, giperemiya) bo'lishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni xollarga, so'gallarga, genitaliy yoki yuz sohasidagi so'gallarga surtmaslik kerak.
Shilliq qavatlarga tushganda tegishli sohani ko'p miqdordagi suv bilan yuvish zarur.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- salitsil kislotasiga yuqori sezuvchanlik;
- buyrak yetishmovchiligi;
- bolalar yoshi;
- homiladorlik va laktatsiya davri.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Salitsil kislotasi terining sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan boshqa dori vositalari uchun o'tkazuvchanligini oshirishi va shu orqali ularning so'rilishini kuchaytirishi mumkin.
So'rilgan salitsil kislotasi metotreksat va peroral gipoglikemik dori vositalari, sulfonil-mochevina hosilalarining nojo'ya samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Eritma Rezorsin (Rezorsinol&) (eruvchan aralashmalar hosil qiladi) va rux oksidi (erimaydigan rux salisilatini hosil qiladi) bilan farmatsevtik jihatdan mos kelmaydi.
Dozirovkasi
Sirtga. Preparat terining zararlangan joylariga kuniga 2-3 marta surtiladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 10 ml (0,2 g salitsil kislotasiga to'g'ri keladi). Davolash kursi - 1 haftadan oshmasligi kerak.
Hajm/og'irlik
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2% o'xshash dorilari


Salitsil kislotasi boshqa chiqarish shakllari
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2% analoglari






















