Salitsil kislotasi
Salitsil kislotasi chiqarilish shakllari








Salitsil kislotasi haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- salitsil kislotasiga yuqori sezuvchanlik;
- buyrak yetishmovchiligi;
- bolalar yoshi;
- homiladorlik va laktatsiya davri.
Farmakologik ta'siri
Sirtga qo‘llash uchun vosita. Keratolitik, antiseptik, mahalliy ta’sirlovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ va ter bezlari sekretsiyasini bostiradi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni xollarga, so'gallarga, genitaliy yoki yuz sohasidagi so'gallarga surtmaslik kerak.
Shilliq qavatlarga tushganda tegishli sohani ko'p miqdordagi suv bilan yuvish zarur.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Salitsil kislotasi terining sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan boshqa dori vositalari uchun o'tkazuvchanligini oshirishi va shu orqali ularning so'rilishini kuchaytirishi mumkin.
So'rilgan salitsil kislotasi metotreksat va peroral gipoglikemik dori vositalari, sulfonil-mochevina hosilalarining nojo'ya samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Eritma Rezorsin (Rezorsinol&) (eruvchan aralashmalar hosil qiladi) va rux oksidi (erimaydigan rux salisilatini hosil qiladi) bilan farmatsevtik jihatdan mos kelmaydi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Sirtga. Preparat terining zararlangan joylariga kuniga 2-3 marta surtiladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 10 ml (0,2 g salitsil kislotasiga to'g'ri keladi). Davolash kursi - 1 haftadan oshmasligi kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













