SENADEKSIN tabletkalari N10

SENADEKSIN tabletkalari N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Senna antraglikozidlarining metabolitlari deyarli so'rilmaydi, asosan axlat bilan, shuningdek siydik bilan chiqariladi. Shuningdek ter bilan chiqariladi, ko'krak sutiga o'tadi.
Farmakologik ta'siri
Surgi ta'sir ko'rsatadi, bu antraglikozidlar (asosan sennozidlar A va B), shuningdek boshqa glikozidlar bilan bog'liq. Ichga qabul qilinganda senna glikozidlari oshqozon va ingichka ichak orqali o'zgarmagan holda, so'rilmasdan o'tadi. Yo'g'on ichakda antraglikozidlar ichak bakteriyalari tomonidan farmakologik faol antronlar va antranolgacha parchalanadi, ular yo'g'on ichak interoretseptorlarini ta'sirlaydi, peristaltikani kuchaytiradi va ichak bo'shatilishini tezlashtiradi. Antronlar va antranoller suv va elektrolitlar so'rilishiga to'sqinlik qiladi, suvning ichak bo'shlig'iga diffuziyasiga yordam beradi. Osmotik samara natijasida axlat massalari yumshashi va hajmining oshishi sodir bo'ladi, bu antraglikozidlarning surgi samarasiga yordam beradi.
Surgi ta'siri 6-10 soatdan keyin namoyon bo'ladi. Preparat uzoq muddat qo'llanilganda organizmda kaliy miqdori kamayishi oqibatida uning ta'sir intensivligi pasayishi mumkin.
Nojo'ya samaralari
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan:
- qorinda spastik og‘riqlar,
- ko‘ngil aynishi,
- qusish,
- diareya,
- meteorizm,
- yo‘g‘on ichak atoniyasi,
- yo‘g‘on ichak pigmentatsiyasi (yo‘g‘on ichak shilliq qavatida melanin pigmentining to‘planishi).
Allergik reaksiyalar:
- teri qichishishi,
- eritema,
- teri toshmasi.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan:
- siydikning sarg‘ish-jigarrang yoki qizg‘ish rangga bo‘yalishi (buyraklar orqali chiqariladigan metabolitlar hisobiga; bu patologik belgi hisoblanmaydi va preparat bekor qilingandan so‘ng o‘tib ketadi),
- proteinuriya,
- gematuriya (uzoq muddat qo‘llanilganda, ayniqsa yuqori dozalarda).
Metabolizm buzilishlari:
- gipovolemiya,
- gipokaliemiya (uzoq muddat qabul qilinganda, ayniqsa yuqori dozalarda, diuretiklar, kortikosteroidlar va yurak glikozidlari qabul qilinishi fonida),
- ikkilamchi giperaldosteronizm.
Boshqalar:
- toliqish,
- ongning chalkashishi,
- mushak tirishishlari (uzoq muddat qo‘llanilganda).
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni faqat ich kelishini normallashtirishga dietani o‘zgartirish yoki ichak tarkibini hajmini oshiruvchi preparatlarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmagan holdagina qo‘llash tavsiya etiladi.
Preparat uzoq muddat qo‘llanilganda o‘rganib qolish rivojlanishi mumkin, shu munosabat bilan uni qabul qilishni boshqa surgi vositalari bilan navbatma-navbat qo‘llash maqsadga muvofiq.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar bitta tabletkada taxminan 0,17 g uglevod (0,014 XE) borligini hisobga olishlari kerak.
Davolash vaqtida kislotali siydik sarg‘ish-jigarrang rangga, ishqoriy esa – qizg‘ish rangga kirishi mumkin.
Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik,
- bachadondan qon ketishlar,
- ichak tutilishi,
- spastik qabziyat,
- ichakning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit, appenditsit),
- peritonit,
- me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning peptik yarasi,
- me’da-ichakdan qon ketishlar,
- qisilgan churra,
- sistit,
- kelib chiqishi noma’lum qorin sohasidagi og‘riq,
- suv-elektrolit muvozanatining og‘ir buzilishlari,
- homiladorlik, emizish davri,
- laktaza yetishmovchiligi,
- laktoza o‘zlashtira olmaslik,
- glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi,
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
- Qandli diabet,
- jigar va/yoki buyrak kasalliklari,
- 12 yoshdan katta bolalar.
- Uglevodlar miqdori kamaytirilgan parhezda bo‘lgan shaxslarga.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Uzoq muddat qo'llanilganda yoki yuqori dozalarda qo'llanilganda preparat organizmda kaliy miqdori kamayishi oqibatida yurak glikozidlari va antiaritmik vositalar samarasini kuchaytiradi, tetratsiklin qatori antibiotiklari so'rilishini buzadi.
Tiazidli diuretiklar, buyrak usti bezi po'stlog'i gormonlari va qizilmiya preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda gipokaliemiya rivojlanishi xavfi ortadi.
Me'da-ichak traktida sekin so'riladigan preparatlar samaradorligini pasaytiradi.
Dozirovkasi
Ichga kuniga bir marta kechqurun uyqudan oldin, suv bilan ichib qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – 1-2 tabletkadan; samara bo'lmaganda doza qabulga 2-3 tabletkagacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka.
Yumshoq axlat olish uchun zarur bo'lgan eng kichik dozani qo'llash kerak. Tanlash jarayonida bitta dozani bir necha kun davomida qabul qilish va samara bo'lmaganda dozani asta-sekin ½ tabletkaga oshirish kerak. Agar maksimal dozani qo'llaganda uch kun ichida defekatsiya sodir bo'lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni ikki haftadan ortiq qo'llash mumkin emas.
Zarurat bo'lganda shifokor tavsiyasiga ko'ra preparatni kursli qo'llashda, ikki hafta qo'llagandan so'ng ikki hafta tanaffus qilish kerak.
SENADEKSIN tabletkalari N10 o'xshash dorilari



Senadeksin boshqa chiqarish shakllari
SENADEKSIN tabletkalari N10 analoglari
SENADEKSIN tabletkalari N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 60141,
"stores_apteka_id": 307681,
"slug": "senadeksin-tabletki-10sht-4115",
"stores_apteka_slug": "senadeksin-tabletki-n10",
"name": "SENADEKSIN tabletkalari N10",
"brand_name": "SENADEKSIN",
"image": "uploads/iblock/233/2339858dd58822f5618558cfbf0a20a5.webp",
"atx_code": "A06AB06",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Remedy Group SP OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 487,
"slug": "pishchevaritelnyy-trakt-i-obmen-veshchestv",
"name": "Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi",
"external_link_title": "Gastroenterolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gastroenterolog"
},
"drug_group": {
"id": 7461,
"slug": "senadeksin",
"name": "Senadeksin"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8836,
"slug": "sennozidy",
"name": "sennozidi"
}
],
"tags": []
}
}











